Telegram Web
#Sayyor_qabul

4-sektor rahbari sayyor qabulda


Kecha, Toshkent tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Sanjar Abduvaliyev boshchiligida sektor hududidagi Oltintepa mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

Unda, tuman Xalq qabulxonasi rahbari Nigʻmat Muxamedov ham ishtirok etdi.

Masʼul korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etgan qabul davomida 20ga yaqin fuqaroning yoʻl infratuzilmasi, elektr taʼminoti, subsidiya va moddiy yordam yoʻnalishidagi murojaatlari tinglanib, ularning yechimi izlandi.

Har bir murojaat tegishliligi boʻyicha korxona yoki tashkilot rahbariga biriktirilib, yechimi boʻyicha muddat belgilandi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

🟢Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Belgiya davlati Jahon banki vakili Nuriya Branders tashrifi.

📌Kuni kecha, Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida  Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Belgiya davlati Jahon banki vakili Nuriya Branders mahallada kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va hokim yordamchilari bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamidagi  kambagʻallik va bandlik holatlari yuzasidan suhbatlashilib, oʻzaro fikr mulohazalar bildirildi.

♻️Ushbu uchrashuvda  tomonlar ijtimoiy himoya sohasidagi  bilim koʻnikma va malakalarini yanada mustahkamlash va yangi loyihalarni amalga oshirishdagi qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ushbu tashrif soha mutaxassislariga ilgʻor tajribalar bilan tanishish, zamonaviy yondashuvlarni oʻrganish hamda Oʻzbekistonda ijtimoiy xizmatlarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

3-sektorda sayyor qabul oʻtkazildi


Joriy yil 31-yanvar sanasida Toshkent tumani 3-sektor hududidagi Ko'kterak mahallasida 3-sektor hududida yashovchi aholi uchun sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulni 3-sektor rahbari, IIB boshlig'i v.v.b M.Sabirov bilan birgalikda tuman Xalq qabulxonasi rahbari N.Muxamedov oʻtkazdilar.

Qabulda kadastr, suv taʼminoti, elektr va gaz taʼminoti masalalari yuzasidan 20 dan ziyod fuqarodan 25ga yaqin murojaat kelib tushdi.

Murojaatlar 3-sektor tomonidan belgilangan muddatda hal qilinishi uchun chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib bosqichma-bosqich bartaraf qilinadigan boʻldi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

Endi haydovchilik guvohnomasini bepul olish mumkin!

NAHOTKI?

Gap shundaki, Yoshlar ishlari agentligi yoshlarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun yordamlashadigan bo’ldi.

Lekin aynan qaysi yoshlarga? Bepul o’qish uchun nima qilish kerak?

📹Videoda mutaxassis batafsil javob bergan!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

"Boyterak EKO" bozori ishga tushdi

Toshkent tumani Hasanboy mahallasida "Boyterak EKO" bozorining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.


Yangi bozor ochilishi tadbirida tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, shu jumladan tuman hokimi Sardorbek Ergashev ishtirok etib, aholiga sifatli va karmonbop mahsulotlarni yetkazish, aholi talab va istaklarini bajarish boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini yuritdilar.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#markaz_faoliyati

Markaz faoliyati yuqori baholandi

Toshkent tumani Yoshlar markaziga Voyaga yetmagan yoshlar ishlari bo‘yicha Respublika komissiyasi Toshkent viloyat boshqarmasi masʼul xodimi tashrif buyurdi.

Markazda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ijodiy loyihalar bilan tanishib chiqildi.

Tashrif davomida vakillar yoshlar uchun tashkil etilgan to‘garaklar, sport va o‘quv mashg‘ulotlari, shuningdek, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berishdi.  Yoshlarning maʼnaviy rivoji uchun bunday maskanlarning ahamiyati ta’kidlab o‘tildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔖 Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo'yicha manzilli ishlarni tashkil etish, mahalla profilaktika inspektorlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aniqlangan muammolarni mas'ul idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko'rish vazifasini amalga oshiruvchi migratsion profilaktika bo'linmalari tashkil etiladi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hafta_ichida

Hafta ichida-4-son

🟢Toshkent tumanida joriy yil 27-yanvardan 1-fevralga qadar sodir boʻlgan eng muhim voqea-hodisalar bilan "HAFTA ICHIDA" informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

🟢Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

📹Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Madhiya-millat gʻururi


Toshkent tumanida har bir mahalla yettiligi ish haftasini, qolaversa har bir ish kunini madhiya ijrosi bilan boshlaydi.

Bu oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillarining sidqidildan xizmat qilishga tayyorligini, berilgan topshiriq va vazifalarni bajarishga masʼuliyat bilan yondashishini bildiruvchi oʻziga xos bir odat.

Har bir yurtning oʻz bayrogʻi va madhiyasi boʻladi va bu davlat ramzlarini asrab avaylash, avloddan avlodga oʻtishini taʼminlash, nafaqat davlat xizmatchilarining, balki har bir Oʻzbekiston fuqarosining burchidir.

Ushbu tadbirlarda nuroniy otaxon va onaxonlarning ishtiroki mahalla yettiligiga oʻz haftasini natijador oʻtkazishga turki boʻlibgina qolmasdan, jarayonga oʻzgacha fayz bagʻishlashi shubhasiz.


📹Qirariq mahallasidagi jarayon video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 2300 dan ortiq Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini sotib oling!

🔹Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish (Ko'rish)

🔹Yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari (Ko'rish)

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
2025/02/05 21:55:20
Back to Top
HTML Embed Code: