Telegram Web
Vazirlik ishchi guruhi Toshkent viloyatida

Vazir kotibiyati boshligʻi A.Sarabekov boshchiligidagi ishchi guruhi Qibray tumani va Chirchiq shahar adliya boʻlimlari faoliyati bilan tanishib, masʼul xodimlar bilan muloqot oʻtkazildi.

Xodimlar bilan faoliyat samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI), yuklatilgan funksiyalar bajarilishi, mehnat va ijro intizomiga rioya etilishi ahvoli haqida suhbat oʻtkazilib, zarur koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Ishchi guruhi hududdagi mahalla fuqarolari yigʻinlarida ham boʻlib, “mahalla yettiligi” faoliyatiga metodik yordam koʻrsatish, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining yetkazilishi ahvoli hamda aholining tizimli huquqiy muammolarini bartaraf etish yoʻnalishida adliya boʻlimlarining faoliyati ham tahlil qilindi.

Ishchi guruhi tomonidan oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bilasizmi

⚠️ Qonunchilikka ko'ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so'mdan subsidiya to'lanadi.

Bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno.


🔘Bunda:

🔹subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to'lanadi;

🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to'lash uchun asos bo'lib hisoblanadi;

🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko'p vaqt bo'lmagan shaxslar tushuniladi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram
Adliya vaziri Chirchiq shahrida “Huquqiy mahalla” loyihasi ijrosi bilan tanishdi

Adliya vaziri A.Toshqulov Toshkent viloyati Chirchiq shahriga qilgan xizmat safarida dastlab, Kamalak mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “Huquqiy mahalla” konsepsiyasining joylardagi amaliy ijrosi bilan yaqindan tanishdi.

Shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Husniddin Saypiyev tomonidan mahalladagi huquqiy targ‘ibot, jinoyatchilikni bartaraf etish, huquqiy xizmatlarga ehtiyoj va davlat organlari bilan aholi o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot ma’ruzasi qilindi.

Shundan so‘ng vazir mahalla yettiligi – rais, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, nuroniylar vakillari hamda boshqa jamoatchilik vakillari bilan suhbat o‘tkazib, aholi bilan ishlashda huquqiy yondashuvlar, joylarda muammolarni aniqlash va hal etish mexanizmlari haqida fikr almashdi.

Tashrif doirasida Kamalak mahallasida Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Adliya kutubxonasi” faoliyati ham o‘rganildi. Ushbu kutubxona mahalla aholisi va yoshlari huquqiy bilimini oshirish, ularga normativ-huquqiy hujjatlar, huquqiy adabiyotlar va maslahat resurslaridan beminnat foydalanish imkoniyatini yaratib bermoqda.

Uchrashuv yakunida vazir tomonidan huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, aholining huquqiy xizmatlardan xabardorligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha mahalla darajasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram
Mahallalarda jinoyatchilikni kamaytirish hamda tinch va xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi faoliyatini yanada kuchaytirish masalalari muhokama etildi

Adliya vaziri Chirchiq shahridagi Kamalak mahallasida joylashgan 3-sonli huquq-tartibot maskanida bo‘lib, shahar hokimi, shahar prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va viloyat adliya boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Prezidentimizning joriy yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini barvaqt olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Adliya vaziri
A. Toshqulov bu borada mahalliy hokimiyat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida huquq-tartibot organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda ish olib borish, aholi o‘rtasida huquqiy ongni yuksaltirish, jinoyatchilikni kamaytirish hamda tinch va xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish vazifalari belgilab olindi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram
2025/07/04 00:32:02
Back to Top
HTML Embed Code: