Telegram Web
📍 Adliya vaziri O‘rtachirchiq tumanida huquq-tartibot maskani faoliyati bilan tanishdi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri A.Tashkulov Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi 1-son mahalla huquq-tartibot maskanida tuman hokimi, tuman IIB boshlig‘i va tuman prokurori bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori – “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

⚖️ Adliya vaziri huquq-tartibot maskanining imkoniyatlari, xodimlar faoliyati hamda fuqarolar bilan ishlash tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Maskanda o‘rnatilgan aqlli kuzatuv kamerasi tizimi orqali jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish bo‘yicha erishilayotgan natijalar alohida ta’kidlandi.

🇺🇿 Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda jinoyatchilikni barvaqt aniqlash masalalari yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram
Adliya vaziri Nurafshon shahrida adliya tizimiga oid qator muassasalar faoliyati bilan tanishdi.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov Nurafshon shahriga tashrifi davomida adliya tizimining bir nechta muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

🔹Tashrif davlat xizmatlari ko‘rsatish markazida boshlandi. Unda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, jarayonlarning avtomatlashtirilganligi hamda fuqarolar bilan ishlashda qo‘llanilayotgan yondashuvlar o‘rganildi.

🔹Mazkur markazda ikki yo‘nalishda taqdimot qilindi:
▪️Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish masalalari;
▪️Adliya organlari faoliyatini yoritish, axborot xizmatlari ishini samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar.

🔹Shundan so‘ng, Adliya vaziri X.Sulaymonova nomidagi Sud ekspertizasi markazi Nurafshon filiali faoliyati bilan tanishdi. Markazda ekspertiza yo‘nalishida mavjud sharoitlar, texnik baza va kadrlar salohiyati ko‘rib chiqildi.

🔹Tashrif davomida elektron tizimlar bo‘yicha ham alohida muhokamalar o‘tkazildi:
▪️ “E-Qaror” axborot tizimi doirasida hokim qarorlarining monitoringi amaliyoti adliya bo‘limida ko‘rib chiqildi;
▪️ “E-Huquqshunos” platformasi imkoniyatlari esa Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi (YXKM) xodimlari bilan muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
⚔️Adliya vaziri Toshkent viloyati adliya boshqarmasiga tashrif buyurdi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov Toshkent viloyati adliya boshqarmasiga tashrif buyurdi.

🔹 Tashrif doirasida vazir Viloyat fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) arxivi hamda Viloyat notarial arxivi faoliyati bilan tanishdi.

📂 Arxiv ish yuritish tartibi, hujjatlarning elektron shakldagi yuritilishi, ularni saqlash va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

👨‍💼 Uchrashuv yakunida Adliya vaziri mavjud ish tizimini yanada takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida fuqarolarga qulaylik yaratish va hujjatlarning shaffof yuritilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram
#Bilasizmi

🔖Qonunchilikka ko'ra, sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga davlat bojini quyidagi miqdorlarda qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

🔹birinchi instansiya sudida — to'langan davlat bojining 70 foizi;

🔹apellyatsiya va kassatsiya tartibida berilgan shikoyatlar bo'yicha sudda — to'langan davlat bojining 30 foizi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram
2025/07/05 14:49:43
Back to Top
HTML Embed Code: