Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan uchrashuvda “Turonbank” ATB Boshqaruvi raisi hamda hududlardagi barcha Bank xizmatlari markazlari va ofislaridan xodimlar ishtirok etishdi.
Hozirgi kunda, dunyo shiddat bilan o‘zgarib, raqamli dunyoga tobora sho‘ng‘ib boryapmiz, deyarli barcha ishlarimizni elektron qurilmalar orqali bajarishimiz mumkin, hatto ta’lim olish jarayoni ham onlayn, bank xizmatlaridan ham masofadan foydalanish mumkin. Ammo shu bilan bir qatorda insoniyatning taqdiri hamda kelajagiga tahdid solayotganxavf-xatarlar kuchayib borayotganini va xalqaro maydonda ziddiyatlar avj olayotganiga ham afsuski guvoh bo‘lyapmiz.
Tadbir davomida ayni shu masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi maslahatchisi Ilhom Ma’rupov bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avj olishiga zamin yaratayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, muqaddas dinimizning asl mohiyati tinchlik, farovonlik va ma’rifat dini ekanligi chuqur tahlil qilib berdi.
Shunday bir vaziyatda barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir..."
Hozirgi kunda yoshlar orasida uchrayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish asosiy maqsadlarimizdan biri ekanligiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
https://www.tgoop.com/turonbankmatbuotkotib
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM