Telegram Web
Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi YUNESKO va YUNISEF bilan hamkorlikda “Ishonch” jamgʻarmasi loyihasining birinchi Boshqaruv qoʻmitasi yigʻilishini o'tkazdi.

"Vision 2030" fondi doirasida "O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish: yuqori sifatli va inklyuziv ta’lim natijalari uchun AKT va raqamli ta’limdan foydalanish" nomli dastur milliy ta'lim tizimining sifatini va inklyuzivligini yaxshilash uchun salohiyatini mustahkamlashni maqsad qilgan. Dastur, ayniqsa qizlar va imkoniyati cheklangan bolalar uchun sifatli ta'limga teng huquqli egalikni, shuningdek, ta'lim tizimining shaffof va samarali bo'lishini ta'minlashga ustuvor ahamiyat beradi.

Boshqaruv qo'mitasi dastur amalga oshirilishini boshqaradigan asosiy organ sifatida xizmat qiladi, milliy ta'lim ustuvorliklariga mosligini ta'minlaydi va muhim strategik qarorlar qabul qilishni osonlashtiradi. Bugun, boshqaruv qo'mitasi a'zolari loyihaning faoliyati uchun aniq yo'riqnomalarni belgilovchi Boshqaruv qo'mitasi Nizomini (TOR) qabul qilishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 YUNESKO tomonida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Sudyalar Oliy maktabi bilan hamkorlikda Samarqandda tashkil etilgan viloyatlararo treningidan maxsus reportajni taqdim etamiz.

Ikki kun davom etgan treningda huquqni muhofaza qilish xodimlari va sudyalar so‘z erkinligi, OAV xavfsizligi va axborotga ega bo'lish bo‘yicha muhim bilim va ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Shuningdek, trening davomida jurnalistlar bilan ham jonli muloqot tashkil etilib, mavjud muammolar va ularni odilona hal etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur trening O‘zbekistonda so‘z erkinligi va axborot olish huquqlarini huquqiy va sud tizimi doirasida mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishiga ishonamiz.

Eslatib o'tamiz: Ushbu mahalliy seminarlar Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamda YUNESKO moliyaviy ko‘magi ostidagi axborot olish, institutsional mas'uliyat va media savodxonlikni kuchaytirishga qaratilgan media dasturi doirasida tashkil etildi.
🇬🇧Bugun Afg‘onistonlik BMT amaliyotchilari Buyuk Britaniyada oliy ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nufuzli Chevening dasturiga bag‘ishlangan orientatsiya sessiyasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu ma’lumotli sessiya ishtirokchilarga stipendiya dasturining ariza topshirish jarayoni, talablariga javob berish mezonlari hamda foydalari haqida muhim tushunchalar berdi.

O‘zbekistonning YUNESKO vakolatxonasi Afg‘onistonlik amaliyotchilarning akademik imkoniyatlarini o‘rganishiga yo‘l ochib bergani uchun Toshkentdagi Buyuk Britaniya elchixonasining Chevening xodimiga o‘z chuqur minnatdorchiligini bildiradi.
🌷 Navro‘z — bahorning kelishi va tabiatning yangilanishini nishonlash bayramidir.

Bu yangi boshlanishlar, yangi umidlar va tabiatning qayta jonlanishini ko‘rish vaqti. Navro‘z odamlarni ulg’ayish, tinchlik va yangi o’zgarishlarning quvonchini nishonlash uchun birlashtiradi.

Navro’z muborak! 🎉

💐💐💐

🌷 Nowruz — the celebration of spring’s arrival and the renewal of nature.

It’s a time for fresh starts, new hope, and the beauty of nature coming back to life. Nowruz brings people together to celebrate growth, peace, and the joy of new beginnings.

Nowruz Mubarak! 🎉
🌺Navro‘z nafaqat bahor va yangilanish bayrami, balki to'kin-sochin dasturxon va birdamlikni ifodalovchi an’anaviy taomlarni tayyorlash vaqti hamdir. Markaziy Osiyo mamlakatlari, Eron va Pokistonda taomlar farqlanishi mumkin, ammo ularning aksariyatida bir-biriga o‘xshash ingredientlar va ramziy ma’no mujassam.

🍽Kelinglar, turli mamlakatlarda qaysi taom Navro'zning dasturxonining asosiy ramzi ekanini bilib olamiz!

-----
🌺Navruz is not only a celebration of spring and renewal but also a time to prepare traditional dishes that symbolize abundance and unity. While the specific dishes may vary across Central Asian countries, Iran, and Pakistan, many of them share similar ingredients and symbolic meanings.

🍽Let’s explore which dish is considered the main symbol of the Navruz feast in different countries!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Hayit ayyomi muborak bo’lsin!

Bu kun barchamizga o'zaro fikr yuritish, birdamlik va bir-birimizni e’zozlash vaqti bo’lishini tilab qolamiz.
———

Пусть этот день будет временем размышлений, солидарности и заботы друг о друге.

———
May this time be one of reflection, solidarity and care for one another.
📚O'tgan hafta Renessans taʼlim universiteti tomonidan “Oliy taʼlimni tashkil etishda xorijiy tajribalar: transformatsiya va innovatsiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

🌏Konferensiyada mahalliy vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari hamda AQSH, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Shvetsiya, Rossiya, Meksika, Finlandiya, Bolgariya, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi 15 dan ziyod xorijiy mamlakatlarning davlat va nodavlat OTMlaridan 70 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

🇺🇳Tadbir davomida YUNESKOning O'zbekistondagi vakili Sara Noshadi konferensiya ishtirokchilarini oliy ta’limni rivojlantirishda YUNESKO tashabbuslari bilan tanishtirdi. Shuningdek, anjumanda YUNESKOning ta'lim masalalari bo'yicha mutaxassisi Baxtiyor Namazovning 2024/2025 Global ta’lim monitoringi hisobotining milliy taqdimoti bo’yicha o'z taqdimoti bilan ishtirok etdi.
2025/04/02 02:48:37
Back to Top
HTML Embed Code: