Telegram Web
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va «Uzcard» tomonidan o‘tkazilgan bank futbol  ligasining g'olibi Milliy bank.

19 oktyabr kuni Bank Futbol ligasining finali o'tkazildi . Natijalarga ko'ra - "Bank futbol ligasi 2024" da:

   📌 🏦 O‘zmilliybank - 1-o‘rin;

🏦 Trastbank - 2-o‘rin;

🏦  ОFB 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

    Eslatib o’tamiz,  Turnirda Respublika tijorat banklari xodimlaridan iborat 22 jamoa 8 guruhga bo‘lingan xolda to‘p surishdi.

     Ma'lumot uchun, mazkur bellashuv nafaqat ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib yetish, balki bank xodimlarini o‘zaro jipslashtirish, soha xodimlari o‘rtasida do‘stona munosabat o‘rnatish maqsadida o‘tkazildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni bugungi bayram bilan tabriklaydi.

21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
#ona_tilim_faxrim

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni bugungi bayram bilan tabriklaydi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun chindanda ahamiyatlidir. Chunki til bu millat yuragidir. U urib turar ekan millat yashaydi.

1989 yil 21 oktyabr. Til bayrami mehr muhabbat ezgulik kunidir. O‘zbek tilini asrash, uning og‘zaki va yozma shakllariga rioya etish, uni asrash barchamizni burchimizdir. Axir til bu o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi vositadir. O‘zbek tili milliy g‘ururimizdir.

Atoqli adiblarimiz, yozuvchi va shoirlarimiz nomidagi ijod maktablarida bugun yoshlarimiz bebaho boyligimiz bo‘lgan ona tilimiz va milliy adabiyotimizning sir-asrorlarini o‘rganmoqda. Bularning barchasi Prezidentimizning Uchinchi yuksalish davri poydevori yaratilayotgan bugungi kunda mustaqil davlatchiligimiz timsoli, maʼnaviy boyligimiz bo‘lgan o‘zbek tili taraqqiyotiga yuksak eʼtibori samarasidir.

Yana bir barcha yurtdoshlarimizni bugungi bayram bilan tabriklaymiz.

So‘zimizni O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Ona tilim o‘lmaydi” sheʼridan parcha bilan yakunlamoqchi edik.

Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.
Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Qaysi bank hozir ikkilamchi bozordan uy xarid qilish uchun ipoteka krediti ajratadi?

Javob: Hozirda  ikkilamchi bozordan uy xarid qilish uchun ipoteka krediti ajratadigan banklar bilan tanishing:

🏦 Tenge Bank1245;
Foizi - 23,9%;
Boshlang'ich to'lov - 25%;

🏦 BRB1254;
Foizi - 24,9%;
Boshlang'ich to'lov - 20%;

🏦 Agrobank 1216;
Foizi - 25%;
Boshlang'ich to'lov - 25%;

🏦 Hamkorbank — 1256;
Foizi - 25%;
Boshlang'ich to'lov - 26%;

🏦 Asakabank1152;
Foizi - 26%;
Boshlang'ich to'lov - 25%;

🏦 O‘zSQB1180;
Foizi - 26%;
Boshlang'ich to'lov - 20%;

🏦 Ipak yo‘li banki– 1296;
Foizi - 27 % boshlab;
Boshlang'ich to'lov - 25%;

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Uyga mebel-jihozlarini olish uchun bankdan isteʼmol krediti olmoqchi edim. Qaysi bankda nisbatan past foizda isteʼmol kreditini olsa bo‘ladi?

Javob: Hozirda tovar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish maqsadida nisbatan past foizli isteʼmol kreditini ajratayotgan banklar bilan tanishing:

🏦 O‘zSQB1180;
Foizi - 25%;
200 mln. so'mgacha

🏦 Trastbank 1287;
Foizi - 25%;
75 mln. so'mgacha

🏦 BRB1254;
Foizi - 26%;
187,5 mln. so'mgacha

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024 yil 27 oktyabr - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi

     O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida tashkilot kasaba uyushmasi tashabbusi bilan tadbir o‘tkazildi.


     Unda Aralash saylov tizimi: u bizga nima beradi va uning ahamiyati borasida so‘z bordi.

      Mamlakatimizda esa aralash saylov tizimi ilk bor joriy etilmoqda. Agar majoritar saylovda saylovchi konkret shaxsga ovoz bersa, proporsional saylovda u o‘zi maʼqul deb topgan siyosiy partiyaga ovoz beradi. Bu esa, o‘z-o‘zidan siyosiy partiya¬larning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshiradi.

     Tadbirda aralash saylov tizimi jamiyatda saylovchilarning huquqiy ongini yuksaltirish, ijtimoiy- siyosiy faolligini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Savol: Men hech qachon kredit olmaganman. Ammo 3 yil oldin tanishimga kafil bo‘lgandim. Endi kredit olaman desam, kredit tarixingiz salbiy deb bank qaytarmoqda.

Javob:
Kafil kredit mablag‘i ajratgan kredit tashkiloti oldida qarz oluvchi bilan baravar javob beradi. Agar kredit shartnomasida boshqa holatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa.

Shuningdek, kredit to‘lovidagi uzilishlar nafaqat qarzdorning, balki kafilning kredit tarixida ham aks etadi. 

Shunday ekan, biror kimga kafil bo‘lishdan oldin har tomonlama o‘ylab ko‘ring.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasiga keladigan murojaatlarning aksariyati aynan kredit tarixi yuzasidan kelib tushadi.

Hurmatli yurtdoshlar, kredit tarixiga oid barcha savollar bilan Kredit axborot-tahliliy markazi bilan bog‘lanishingiz mumkin.

❗️ Eslatib o‘tamiz, kredit grafigi bo‘yicha to‘lovlarni vaqtida bajaring. Chunki, ushbu maʼlumotlar besh yil saqlanadi.

Ma'lumot uchun, 2024-yilning 20-iyun sanasidan fuqaroning ruxsatisiz kredit tarixini endi hech kim o'rgana olmaydi. 2025 yil 1-yanvarigacha bu xizmat bepuldir.

      “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi kredit axboroti sub’yektlarining kredit tarixi va unga oid ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, “FREEZE” xizmatini test rejimida ishlamoqda.

          Mazkur xizmat orqali kredit axboroti subyektlari (jismoniy shaxslar) o’zlarining kredit tarixlarini “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi orqali olinishiga taqiq qo’yishlari mumkin bo'ladi .

➡️ Batafsil...

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Uy-joyni ta'mirlash uchun qaysi bankda nisbatan past foizda kredit olsa bo‘ladi?

Javob: Hozirda uy-joyni ta'mirlash uchun nisbatan past foizda kredit ajratayotgan banklar bilan tanishing:

🏦 Agrobank 1216;
Foizi - 25%;
170 mln. so'mgacha

🏦 Turonbank – 1220;
Foizi - 25%;
170 mln. so'mgacha

🏦 BRB1254;
Foizi - 25,9%;
375 mln. so'mgacha

🏦 Asakabank 1152;
Foizi - 25,9%;
170 mln. so'mgacha

🏦 Hamkorbank — 1256;
Foizi - 27%;
240 mln. so'mgacha

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida 2024 yil 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar, tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi.
  
      # 376- saylov uchastkasi

     Markaziy saylov komissiyasi bergan maʼlumotlarga ko‘ra,  850 dan ortiq xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar kuzatib bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar, tuman va shahar kengashlariga saylovlarda jami 15 million 27 ming 529  nafar saylovchi ovoz berdi. Bu ovoz bergan saylovchilar umumiy sonining 74,72 foizidan iboratdir.

   ➡️ Batafsil...

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi ishonch telefonlariga tushayotgan murojaatlar oqimining ko‘p qismi plastik kartalardan noqonuniy ravishda pul yechish holati bilan bog‘liqdir.

📣 Shularni inobatga olgan holda, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi aholiga eslatadi:

✔️ o‘z kartangizdagi maʼlumotlarni begonalarga bermang,

✔️ shubhali shaxslarga pul o‘tkazmang.

Shuni unutmangki, sizning kartangiz to‘g‘risidagi maʼlumotlar hamda SMS xabarnomadagi parolni faqat firibgarlar so‘raydi.

❗️ O‘z plastik kartangizdagi mablag‘ni saqlash o‘zingizni qo‘lingizdadir.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hududida yangi archa ko‘chatlari ekildi.

So‘nggi yillarda yurtimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida qator choralar ko‘rilmoqda. Banklar Assotsiatsiya ham o‘z hududida yil davomida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli olib bormoqda.

Ayni kuz faslining oktyabr oyi archa daraxtini ekish uchun eng qulay payt hisoblanadi. Assotsiatsiyada o‘tkazilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlaridan maqsad, tashkilot joylashgan hudud ekologik holatini yana-da yaxshilashga, obodonlashtirishga ko‘maklashish hamda atrof-muhitni manzarali daraxtlar bilan boyitish hisoblanadi.

➡️ Batafsil...

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Kredit skoringi nima va umuman uning kredit tarixidan farqi nimada?

Javob: Kredit skoringi — bu Sizning kreditni to‘lay olish qobiliyatingizni ballar berish orqali baholash tizimidir. Ya’ni, 500 ballik tizimda baholanadi. Sizga beriladigan ballar muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud yoki yo‘qligi, shuningdek, daromadlarga, faoliyat turiga, yosh va turmush holatlari hamda boshqa shu kabi omillarga bog‘liqdir.

Ya’ni, kredit skoringi, sizning nafaqat avvalgi kreditlardan qarzingiz bor yoki yo‘qligini, balki sizning daromadingiz qanday, yoshingiz, olinayotgan mablag‘ni qaytarish loyoqatingiz qay darajadaligini baholaydi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi binosida yong‘inga qarshi maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

      Yong‘inni o‘chirishda o‘t o‘chiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi katta ahamiyatga ega. Buning uchun muntazam mashg‘ulotlar va jismoniy mashqlar sifatiga alohida eʼtibor berish lozim.

      Mashg‘ulotlar obyektlarda yong‘inning oldini olish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar paytida avariya holatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish maqsadida o‘tkaziladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Xabar

InvestPro Uzbekistan Tashkent 2024

Markaziy Osiyodagi yetakchi biznes forumlaridan biri bo’lgan ushbu tadbir 2024 yil 21 noyabr kuni “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida bo’lib o’tadi.


“InvestPro Tashkent 2024” foydali investitsiya imkoniyatlarini kashf qilish, biznes aloqalarini kengaytirish va turli sohalardagi so‘nggi tendensiyalar haqida ma’lumot olish uchun ideal platformani taklif etadi.

Konferensiyaning asosiy mavzulari moliya va aktivlar, bank va toʻlov tizimlari, biznes immigratsiyasi, fintech va blokcheyn va boshqa koʻplab mavzular boʻladi.

Agar siz Markaziy Osiyo, Yevropa Ittifoqi, BAA, MDH, AQSH va butun dunyoda oʻz biznes doirangizni kengaytirmoqchi boʻlsangiz, xalqaro maʼruzachilar buni qanday qilib eng yaxshi tarzda amalga oshirishni aytib berishadi.

Investitsion gʻoyalar: Oʻzbekistonning jadal rivojlanishi, soliq imtiyozlari va xalqaro investitsiyalar uchun tayyor boʻlgan istiqbolli tarmoqlari haqida bilib oling.

➡️ Batafsil...

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
# O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Moliyaviy savodxonlik.

Hozirgi vaqtda qaysi tijorat banklarida taʼlim krediti berilmoqda va uni berilish tartibi qanday?

Javob: Hozirgi vaqtda imtiyozli taʼlim kreditlari ajratayotgan tijorat banklari bilan tanishing:

🏦 Agrobank1216;
🏦 Biznesni Rivojlanritish banki1254;
🏦 MKbank1285;
🏦 Xalq banki – 1106;
🏦 O‘zSQB1180;
🏦 O‘zmilliybank – 1344;
🏦 Turonbank – 1220;
🏦 Hamkorbank — 1256.

Taʼlim kredit olish uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kirib ariza yuborish kerak.

❗️2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim kreditini faqat kunduzgi taʼlim shaklida o‘qiyotgan talabalarga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati joriy yil 1 dekabriga qadar uzaytirilgan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Qaysi bankdan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolarga birlamchi bozordan avto kredit olsa bo'ladi?

Javob: Hozirda  rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolarga birlamchi bozordan avto kredit ajratayotgan banklar bilan tanishing:

🏦 Biznesni Rivojlanritish banki 1254;
Foizi - 19,99%;

🏦 O‘zSQB1180;
Foizi - 25%;

🏦 Asakabank1152;
Foizi - 25,5%;

🏦 ASIA ALLIANCE BANK1270;
Foizi -26,9%.

🏦 Mybank—(+99873)-241-70-31;
Foizi -27,9%.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Qaysi bankdan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun 100 million so‘mgacha mikroqarz olsa bo‘ladi?


🏦 Ipak yo‘li banki– 24-27,9 %

📱 1296;

🏦 Infinbank – 26,99-32,99%

📱 1214;

🏦 ASIA ALLIANCE BANK – 27,99 - 33%

📱 1270;

🏦 Ziraat Bank – 28-29%

📱 1293;

🏦 O‘zSQB – 31-33%

📱 1180;

🏦 Anorbank – 44%

📱 1290;

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/17 03:00:46
Back to Top
HTML Embed Code: