Warning: mkdir(): Permission denied in /var/www/tgoop/function.php on line 85

Warning: file_put_contents(aCache/detail/u/f/q/_/ufq_horizon.txt): Failed to open stream: Permission denied in /var/www/tgoop/function.php on line 87

Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
МУҲАММАД ХОРАЗМИЙ ВА ТИББИЁТ

Мусулмон уйғонишининг буюк намояндаси, улуғ ўзбек қомусий олими Муҳаммад Хоразмий (783 — 850) ўзининг тиббий қарашларини араб тилида илгари сурган туркистонлик илк мутафаккир саналади. Хусусан, Хоразмий инсоннинг ташқи кўриниши, яъни териси, сочи, кўзининг ранги, танасининг бақувват ёки кучсизлиги, соғлиғи яшайдигин муҳитга (ер, сув, ҳаво, озуқалар) боғлиқлигини таъкидлайди. Агap юрт тоғда жойлашган бўлиб, бу ерда шамол кучли эсиб турса, унинг аҳолиси унчалик баҳайбат бўлмайди, баданлари ингичка ва юмшоқ, терилари буғдойранг бўлади, ҳатто ундаги дарахтлар ҳам ингичка ва кичикроқ бўлади. Текисликда яшовчиларнинг таналари тоғликларга қараганда катта, гўштдор ва ҳўлроқ бўлади. Денгиз соҳилларида яшовчиларнинг кўриниши уларнинг озиқ-овқатлари, ернинг табиати, ҳавоси, суви, ҳароратига мувофиқ бўлади. Яьни улар қанчалик совуқ ва ёруғлик камроқ ерда яшасалар, терилари шунчалик оқроқ, жониворларнинг гўштларини кўпроқ есалар, баданлари шунчалик бақувват, тоза сувни қанчалик кўпроқ ичсалар, таналари шунчалик хўпроқ бўлади.
Хоразмий юқоридаги фикрлардан келиб чиқиб экватордан қутбларга томон чўзилган етти иқлимдаги инсонларнинг кўриниши (физиологияси), уларнинг қайсиси яшаш учун қулайлиги хусусида ҳам фикр юритади. Масалан, Хоразмий иқлимларнинг энг иссиғи сифатида иккинчи иқлимни кўрсатади, биринчи ва иккинчи иқлимлар аҳолиси иссиқ ҳаво, шамолларнинг кўплиги, Қуёшнинг кучли ёруғлик сочиши, тафти сабабли териси қора, сочи жингалак бўлади. Яъни Хоразмий атроф-муҳитнинг инсон танасига таьсирини амалиётдаги аниқ далиллар билан исботламокда.
Учинчи иқлимда эса оқ танлилар ҳам, қора танлилар ҳам аралаш учрайди, чунки Қуёшнинг тафти илгариги иқлимлардагидек кучли эмас, ёруғлик ҳам қияроқ тушади. лекин иккинчи иқлимга яқинлик ҳисобига инсонларнинг сочлари жингалак, таналари кичик ва кучсизроқ, буғдойранг бўлади.
Хоразмий инсон учун энг қулай иқлим сифатида тўртинчи иқлимни кўради. Чунки бу иқлим жойлашув бўйича ҳам, ҳарорат буйича ҳам мўтадил ҳисобланади: жуда иссиқ ҳам, шиддатли совуқ ҳам эмас, тўрт фасл ўз ўрнида келади. Ўсимлик, мева-чева, деҳқончилик яхши бўлганлигидан инсонлар яшаши учун зўр шароит мавжуд булиб, маданият, илм-фан асосан бу ерларда юксак тараққий этади. Муҳитнинг мўтадиллиги туфайли турли иқлимлардан шу ерга келганларнинг аҳволлари яхшиланади. Бу иқлим аҳолисининг териси оқ ва қора оралиғида, асосан буғдойранг, чучук сув ҳам кўп бўлади. Хуллас, Хоразмий бу ерда ҳам яхши шароит: мўтадил об-ҳаво, чучук ва тоза сув, сифатли озуқалар сабаб инсоннинг хаёт фаолияти яхши бўлиши, бу орқали илм-фан, маданият юксалишини яна бир бор кўрсатиб бермокда.
Бундан шимолдаги иқлимларда ҳаво совуқ, Қуёш тафти камлиги туфайли инсонларнинг териси оқ, кўзлари кўк, сочлари силлиқ ва текис, таналари юмшоқ бўлади. Яшаш қийинлиги, оғир шароит сабаб шимолий минтақаларда инсонлар анча бақувват ва чидамли, бироқ намлик ва чучук сувнинг етарлилиги туфайли таналари хўлроқ ва мулойимроқ бўлади.
Хоразмийнинг бу қарашларидан инсон еб-ичадичан нарсалар сабаб ҳам тана тузилиши ўзгариши бундан 1200 йил олдин ўз исботини топиб турибди. Яъни ўсимлик, мева-чева яхши ўсадиган жанубий минтақаларда гўштни камроқ еб, қолган эхтиёжларни ўсимлик маҳсулотлари билан қондирадиган инсонларнинг танаси ингичка ва кичикроқ, юқори ҳарорат ва иссиқ шамоллар туфайли шимолдагиларга нисбатан қуруқроқ, лекин чайир бўлиши аниқлашмоқда. Совуқ шимол томонларда ўсимлик кам ўсганлиги сабаб гўшт кўп ейилиб, инсон танаси баҳайбат ва бақувват, сув ва намликнинг мўллиги туфайли эса ҳўлроқ ва мулойимроқ бўлиши ҳам исботланмоқда.
Буларга асосланиб Муҳаммад Хоразмий инсоннинг физиологияси, яъни ҳаёти, ўсиши, ташқи кўриниши, тана тузилиши у яшаётган муҳит, у ейдиган-ичадиган нарсаларга боғликлигини илк бор исботлаб берган туркистонлик олим эканлигини айтишимиз мумкин.

Манба: Муҳаммад Хоразмийнинг "Мажистийнинг қисқартмаси китоби" асари

@ufq_horizon
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Mavzu: Turon olimlarning buyuk ixtirolari

Ekspertimiz: Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Islom Boʻriyev

Tomosha qiling ➡️ https://youtube.com/live/H5pwvj6kZtY

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline
Forwarded from Fikrat
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Mavzu: Bizdan berkitilgan ixtirolar: quyosh va suv soati, favvoralar chizmasi

Ekspertimiz: Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Islom Boʻriyev

Tomosha qiling ➡️ https://youtube.com/live/lhxTJTCAzgk

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING ASTRONOMIYAGA DOIR ASARI

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) shoh va shoirlikdan tashqari yetuk qomusiy olim ham sanaladi. Jumladan, ulugʻ bobomiz astronomiya va matematika bilan jiddiy shugʻullangan, bu fanlarga doir maxsus asar yozib qoldirgan. Ushbu asar “Tuhfat al-amir” (“Amirga sovgʻa”) oti bilan fan olamida tanilgan. “Amirga sovgʻa” muqaddima va asosiy qismdan iborat. Asosiy qismning oʻzi esa uch boʻlimga boʻlinadi: 1) astronomiya; 2) geometriya va geografiya; 3) arifmetika. Bulardan asarning qomusiy tabiatga egaligini bilish mumkin. Asarning yana bir oʻzgacha tomoni ulugʻ bobomiz uni arab tilida emas, fors tilida yozganligidir. Asarning yozilishi sababi ham diqqatga sazovor sanaladi. Zahiriddin Muhammad Bobur bu asarni oʻz oʻgʻli Nosiruddin Xumoyunga atab yozgan. Bunda bobomiz oʻz oʻgʻlidagi ilm-fanga qiziqish sabab uning yaxshi bilim olishini, ayniqsa, aniq va tabiiy fanlarni puxta oʻrganishini koʻzlagan, umid qilgan koʻrinadi. Bu umid zoyeʼ ketmagan: Humoyun Mirzoning oʻzi ham otasi Bobur Mirzoga munosib oʻgʻil boʻlib, uning izidan borib, aniq fanlarga doir maxsus asar yozgan. Bobur Mirzoning “Amirga sovgʻa” asarining yagona qoʻlyozma nusxasi bugungi kunda Tehronda Tehron Universiteti kutubxonasida saqlanadi.

https://www.tgoop.com/ufq_horizon
Forwarded from Fikrat
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Mavzu: Arablar va turkiylarning o'zaro munosabati qanday boshlangan?

Xalifalik nima sababdan aynan turkiy xalqlarni qo'shin safiga jalb qilishga ahamiyat berdi?

Ekspertimiz: Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Javohir Zafarzoda

Tomosha qiling ➡️ https://youtube.com/live/HySgfI7vldc?feature=share

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HUMOYUN MIRZONING MATEMATIKAGA DOIR ASARI

Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) katta oʻgʻli Nosiruddin Humoyun Mirzo (1506-1556) ham shoh va harbiy sarkarda boʻlishdan tashqari yetuk olim sanaladi. Uning bizgacha yetib kelgan yagona asari “Muxtasari dar bayoni davoiri izom” (“Katta aylanalarni tushuntirish toʻgʻrisida qisqacha kitob”) matematikaga oiddir. Biz bilamizki, Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzining astronomiya va matematikaga doir “Tuhfat al-amir” (“Amirga sovgʻa”) asarini oʻgʻli Nosiruddin Xumoyunga atagan. Humoyun Mirzoning oʻzi ham otasi Bobur Mirzoga munosib oʻgʻil boʻlib, uning izidan borib, aniq fanlarga doir maxsus asar yozgan. Bu asarni Humoyun Mirzo oʻz oʻgʻli Jaloliddin Akbar Mirzoga (1556-1605) atab fors tilida yozgan. Asarning yagona qoʻlyozmasi bugungi kunda Kobulda (Ittiloot 217) saqlanadi.

https://www.tgoop.com/ufq_horizon
BERUNIYNING USTOZI

Abu Said Ahmad ibn Muhammad ibn Abduljalil Sijziy (950-1025) Sijiston yerlarida 950-yilda tugʻilgan. Uning otasi Abul-Husayn Muhammad ibn Abduljalil Sijziy (10-11-yuzyillik) ham sijistonlik atoqli matematik va astronom olim boʻlgan. Shu sabab Abu Said Sijziy ilk bilimlarni oʻz otasidan oʻrgangan, deb qaraladi. Sijziy asta-sekin matematika, astronomiya, geografiya va boshqa aniq va tabiiy bilimlarni chuqur oʻrganib, yirik qomusiy olim boʻlib yetishadi. Keyinchalik Eronga borib, Buvayhiy podshoh Azududdavla (949-983) qoʻl ostidagi Sheroz shahrida ilmiy izlanishlarini davom ettiradi. Sijziyning dongʻi chiqib, oʻsha chogʻdagi dunyoning taniqli olimlari bilan ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, yozishmalar orqali izlanishlarini oʻrtoqlashib turgan. Sijziy 969-yilda 19-20 yoshlarida Sherozda atoqli astronomlar Abul-Husayn Abdurrahmon ibn Umar Soʻfiy (903-998), Abul-Qosim Ubaydulloh ibn Hasan Gʻulom Zuhal (oʻlimi 998), Nazif ibn Yumn (Yaman) Mutatabbib Qass Yunoniy (oʻlimi 990), Abu Sahl Vayjon (Vijon) ibn Rustam Koʻhiy (10-11-yuzyilliklar) bilan birgalikda Quyosh tutilishini kuzatib, astronomik izlanish olib borgan. Demak, Sijziy ancha yoshligidanoq astronomiya bilan jiddiy shugʻullangan. U Sijistonda yirik astronomik izlanishlar oʻtkazib, planetarium (sayyora va boshqa osmon jismlarining hakatini koʻrsatadigan qurilma yasagan. Sijziyning fan tarixidagi yana bir ulugʻ xizmati Abu Rayhon Beruniyga (973-1051) ustozlik qilganligidir. Beruniy astronomiyaga oid anchagina bilimlarni, masalan, koʻhna sijistonliklarning astronomiyak qarashlarini Abu Said Sijziydan oʻrgangan. Shuningdek, ular oʻzaro yozishmalarda olib borgan ilmiy izlanishlarini oʻrtoqlashib turishgan. Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya”, “Usturlоbni yasash boʻyicha mumkin boʻlgan yoʻsinlarni egallash (oʻrganish) toʻgʻrisida kitob”, “Doiraga uringan chiziq yordamida uning vatarlarini hisoblab chiqarish toʻgʻrisida maqola”, “Kartografiya”, “Soyalar boʻyicha soʻzlarni yigʻish toʻgʻrisida kitob” asarlarida Abu Said Sijziy va uning ilmiy izlanishlari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlarni bergan.
Sijziyning ilmiy merosi matematika va geometriyaga oid 55 ta hamda astronomiyaga oid 14 ta, shuningdek, astrologiyaga oid bir qancha asarni tashkil qiladi. Matematika va geometriyaga oid ayrim risolalari yunon mualliflarining asarlariga sharh yoki toʻldirma yoʻsinida yozilgan. Ularning ayrimlari esa oʻsha chogʻdagi yirik olimlarga maʼlum masala yuzasidan maktub oʻlaroq bitilgan (masalan, oʻz otasi Abul-Husayn Muhammad ibn Abduljalil Sijziy, Abu Ali Nazif ibn Yaman Mutatabbib Yunoniy). Sijziyning astronomiyaga oid asarlari orasida ham shundaylari uchraydi (“Abu Muhammad ibn Ali Hosibga qisqichbaqa koʻrinishidagi usturlob bilan ishlash toʻgʻrisida maktub”). Demak, Sijziy ajabtovur usturloblarni yasashni va ularni turli izlanishlarda ishilatishni yaxshi bilgan. Ulugʻ olim usturloblardan tashqari boshqa astronomik asboblar toʻgʻrisida ham durdona asarlar yozgan. Sijziyning astronomiya ilmidagi ulugʻ xizmati zardushtiylarning bu sohadagi bilimlarini chuqur oʻrganib, maxsus kitob yozib qoldirganligidadir. “Osmon darajalari tasvirlari toʻgʻrisida Zardushtning kitobi” asari bizgacha yetib kelgan boʻlib, Istanbul va Parij kutubxonalarida uning qoʻlyozma nusxalari saqlanadi.

https://www.tgoop.com/ufq_horizon
BIRINCHI UYGʻONISH CHOGʻIDAGI MAHALLALARIMIZ TARIXIDAN

Minglab yillik tarixga ega oʻzbek mahallalari Birinchi Uygʻonish chogʻida ham rivojlanishida davom etib, elning oʻzligini koʻrsatuvchi narsalardan biri boʻlgan va kishilarning kundalik turmushida muhim sanalgan. Bu chogʻda oʻtmishidagi singari Turon shaharlari mahallalarga boʻlingan, lekin ularning atalishida oʻzgarishlar yuz bergan. Bu Islom dini va arab tilidagi soʻzlarning Turonda tarqalishi bilan bogʻliq.
Bu chogʻda Samarqand shahrida Ushtobdiza, Bobi Daston, Bobi Kis (Kesh darvoza), Varasnin (Varasnon), Banjxin, Jokardiza (Chokardiza), Darbu Gʻazovad, Zagʻrimosh (Zagʻrimoj), Sanjadiza (Sankadiza), Gʻotfar (Raʼsu qantarati Gʻotfar), Gʻudovad, Farzomitan, Fagʻidiza, Qanvan, Sikkat al-labbodin (Koʻyi namatkunon - Kigizchilar koʻchasi), Moturid, Nund; Buxoro shahrida Mox, Dari alaffurushon (Koʻkat sotuvchilar darvozasi), Joʻyi Moʻliyon (Joʻyi Mavoliyon), Koraki Alaviyon (Hazrat Ali avlodlari ekinzori), Shamsobod, Darvoza, Darvozayi Attoron, Jubaki baqqolon, Kandiz (Koʻhandiz) darvozasi, Dari Haqrah (Toʻgʻri yoʻl darvozasi), Samarqand darvoza, Koʻyi bikor (Qizlar koʻchasi), Ushmiyun, Rev, Foriz (Qasri Foriza), Forjaq, Kalobod (Gulobod), Maydon; Nasaf (Qarshi) shahrida Poyon, Joʻybor, Nahr al-Qassorin (Gazlama oqlovchilar arigʻi); Margʻilonda Gʻandob; Nishopurda Kalobod (Gulobod), Kirmoniyya mahallalari boʻlgan.
Shuningdek, bu chogʻdagi shaharlarimizning koʻchalari toʻgʻrisida ham manbalarda maʼlumotlar uchraydi. Buxoroda Lays, Koʻyi Rindon (Koʻyi gabron - otashparastlar koʻchasi), Kox (Qasr); Mugʻlar, Dehqonlar, Alo, Sikkat al-jadid (Yangi koʻcha), Sufa; Samarqandda Muqotil, Abdak, Solih, Fanak, Silm (Tinchlik), Hayyon; Nasafda Sogʻa (Zargarlar), Shargʻiyon (Shargʻliklar), Juvik; Nishopurda Xargoʻsh (Quyon); Kosonda Sikkat az-zuhhod (Zohidlar koʻchasi), Isfahonda Taroz otli koʻchalar taniqli boʻlgan. Mahalla va koʻchalarning koʻpligi shaharning kattaligini hamda undagi aholining gavjumligini koʻrsatadi.

https://www.tgoop.com/ufq_horizon
Audio
Ramazon haqida Musannif Adham bilan suhbat

@ufq_horizon
ZARARKUNANDALARNI YO‘QOTISH BO‘YICHA IBN SINONING TAVSIYALARI

Ibn Sino uydan zararkunandalarni yo‘qotish bo‘yicha ajoyib tavsiyalarni 1000 yil ilgari berib ketgan. Masalan, bitlardan qutilishi uchun oldin sho‘r suv, keyin chukuk suv bilan yuvinib turishi, kiyimlarni tez-tez almashtirish, ipakli (ayollar uchun) va kanopli kiyimlar kiyishi kerak. Bunda tog‘ yalpizi qaynatmasiga sarimsoq qo‘shib ichish samarali usuldir. Bitlagan yerni yuvishda Misr boqilasi qaynatmasi, yulg‘un, lavlagi, tog‘ yalpizi, sarv, sanavbar bargi qaynatmalari kuchli dori sanaladi. Bitlagan yerni etmak, tog‘ mayizi, zirnix, omila shirasi, oltingugurt bilan bug‘lash ham samaralidir. Qizil xardalni uyda tutatilsa, ilonlar qochadi.
Tanadagi burgalardan qutilish uchun gazako‘t qaynatib surtiladi. Burga chaqqan yerni chaynalgan bug‘doy bilan davolash mumkin. Yovvoyi yalpizni yanchib, suvga aralashtirib sepilsa yoki nasha bargi tutatilsa, burgalar uydan ketadi. Sirka aralashtirilgan porey piyozi yoki inson qoni qo‘yilgan yerga burgalar to‘planadi, shunda ulardan qutilish mumkin.
Kuydirilgan qo‘rg‘oshin qo‘shilgan ovqatni yegan sichqon o‘ladi. Uyda otning tuyog‘i tutatilsa, sichqonlar, tuyaniki tutatilsa, chayonlar ham qochadi. Sichqon tekkan narsadan zaharlangan kishi eshak sutini ichib qusib tashlab zarardan qutilishi mumkin. Pashshadan qutilish uchun esa nargis ildizi zirnix bilan yanchilib, suvga aralashtirilib uyga sepiladi.

Manbalar:

Abu Ali ibn Sino. Judiya risolasi.
Abu Ali ibn Sino. Ko‘rkamlik sirri (Ziynat kitobi).
Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari.

https://www.tgoop.com/ufq_horizon
Diniy siyosatning kamchiliklari

Dunyoviy hukumatlarning diniy (islomiy) siyosatdagi harakatlarining samarasizligining bosh sababi, bu muammoni aniq tan olmaslik va xayoliy muammoga qarshi kurashishdadir. Hukumatlar odatlar, bid'atlar bilan zararlangan "an'anaviy", "mo'tadil" islomni "sof islom" deb, bu odatlarga qarshi kurashuvchi, dinamik islomni esa "radikal islom" deb tasniflaydilar va bu "radikal islom"ni mustaqil doktrina sifatida tan olish o'rniga, uni total rad etadilar.
Bu holda har qancha propaganda vositalari ishga solinmasin, islomning tabiatiga xos bo'lgan "sof fitratga" tortish kuchiga qarshi yetarli kuch bo'la olmaydi. "Mo'tadil islom" vakillarining chiqishlari esa xalq ko'zida sof islomga chaqiruvchi da'vat emas, leviafan bilan kelishuvga kirishgan klerik-ruhoniyni namoyon etadi.
Bunday holda sekulyar hukumatni xavfga solgan "radikalizm" muammosini hal qilish imkonsizdir. Kelishuv nuqtalarini topish uchun dunyoqarashlardagi ontologik farqlarni aniqlash, metodologik yechimlarni topish ustida ishlash lozim.
Buning uchun quyidagi omillarni inobatga olish kerak:

1. Islomni o'z tabiatiga ko'ra "radikal" deb qabul qilish lozim. Buni tan olmaslik va "yumshatish"ga urinish samarasiz.
2. Repressiv siyosat aks ta'sir ko'rsatadi, elitaga nisbatan antipatiya uyg'otadi va radikalizmning keskinlashuviga olib keladi.
3. "Radikal islom"ning metodologik asoslarini anglamasdan turib, u bilan ishlash mumkin emas.
4. Yechim yo'llari total inkor, takfir, "nolegitimga chiqarish" uslublari bilan topilmaydi.

@ufq_horizon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OYINA.UZ
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Maʼlumki, 8-mart 1913-1917-yillar oraligʻidagi ayollar harakati davrida bayramga aylangan. Xoʻsh, bunga qadar ota-bobolarimiz biror kunni ayollar bayrami sifatida nishonlaganmi?

Batafsil: https://oyina.uz/uz/teahause/2996

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X
Shayboniy Ubaydullaxonning Xurosonga yurishlari. Ikki saltanat va madaniyat toʻqnashuvi

Turon va Eron tarixi bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Baʼzi davrlarda turonliklar, baʼzida esa eronliklar siyosiy jihatdan ustunlikka erishgan. Ikkala tomon raqobatining asosiy sababi Xuroson oʻlkasi hisoblangan. Ayniqsa, Shayboniylar sulolasi davrida Xuroson uchun kurash shiddatli koʻrinish olgan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3601

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X
Abdallar va Sosoniylar qarama-qarshiligi: qasam, hiyla, xiyonat

Firuz ustunni 300 kishi boshchiligidagi 50 ta fil yordamida oʻz armiyasi oldida sudrab ketgan. U shu tarzda chegarani kesib oʻtmaslik haqidagi qasami bajarilgan deb daʼvo qilgan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3599

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X
Mirzo Ulugʻbekning “Ziji jadidi Koʻragoniy” asarining Berlinda saqlanadigan nusxasidan parcha. Bobomiz oʻngdagi jadvalda turkiy 12 ta muchalning otlari va ularning xitoy tilidagi tarjimasini birma-bir keltiradi. 12 ta muchalning xitoy tilidagi tarjimasi quyidagicha: 1) dji (sichqon), 2) jiu (sigir), 3) yim (yoʻlbars), 4) mou (quyon), 5) chin (baliq), 6) zir (ilon), 7) vu (ot), 8) viy (qoʻy), 9) shin (maymun), 10) yuu (tovuq), 11) su (it), 12) xobi (toʻngʻiz).

https://www.tgoop.com/ufq_horizon
2025/03/23 20:26:07
Back to Top
HTML Embed Code: