Biotexnologiya- qadimiy soha yoki organik kimyoga oid eksperimental tadqiqotlarga asos solgan Sharq olimlarining ishlari
Telegraph

Ko’plab kishilar biotexnologiyani juda zamonaviy, yaqinda tashkil etilgan hamda asosiy kelajak fani deb biladilar. Albatta bu ko’p jihatdan to’g’ri xulosalar, biroq biotexnologiya nafaqat bugun yoki kelajak uchun ahamiyatli, balki uzoq o’tmishdan buyon muhim…
Ibn Xaldun aytadiki, davlat 5 bosqichdan o’tadi.
Birinchisi – dushmanni yengish va “oldingi hukumat qo’lidan tortib olish” orqali hukmni qo’lga olish. Bu bosqichda hukmdor o’zidan keyingilar uchun soliq yig’ishda, hududini himoya qilishda, o’zini boshqalardan ihotalamaslikda namuna bo’ladi.
Ikkinchi bosqichda hukmdor odamlar ustidan avtokratik ravishda boshqaruvni yo’lga qo’yadi va o’zini ulardan uzoq tutadi, ihotalaydi. Davlatni boshqarishda unga raqobat qilishi mumkin bo’lgan qarindoshlari va o’z asabiyyasi vakillarining kuchini kesish va kamsitish uchun o’ziga ko’plab vassallar va ergashuvchilar jalb qilishga urinadi. Ularni iqtidordan uzoqda ushlar ekan, u hukmni o’zi va o’z oilasida saqlab qoladi. Endi uning atrofida qabiladosh yoki qondosh bo’lmagan “begonalar” qoladi.
Uchinchi bosqich bemalolchilik va sokinlik davri. Shuningdek, bunda hukmdor boylik to’playdi va o’z nomini ulug’lashtiradi. hukmdor butun kuchini soliq yig’ish, kirim-chiqimlarni yo’lga solish va katta binolar, ulkan obidalar, keng shaharlar qurishga qaratadi. Shu orada hukmdor o’z qo’l ostidagilarga juda saxovatli bo’lib qoladi va mablag’ va mansabni ayamaydi. U o’z qo’shiniga e’tibor qaratib, askarlarining maoshiga katta miqdorda ustama qo’shib beradi. Buning natijasini bayram kunlarida askarlarning kiyimi, zeb-ziynatlari va qo’llarida ko’rish mumkin. Shunday qilib, u ittifoqdosh davlatlarda taassurot uyg’otishi va dushman davlatlarni qo’rqitishi mumkin. Bu bosqich – hukmdor mustaqil hukm yuritadigan va mustaqil qaror qabul qiladigan so’nggi bosqich.
To’rtinchi bosqich – qoniqish va tinchlanish bosqichi. Hukmdorni o’zidan oldingilar erishgan yutuqlar qoniqtiradi. U o’z sheriklari va dushmanlari bilan kelishib, tinch-totuv yashaydi. U o’zidan oldingi hukmdorlarga taqlid qiladi, ularning izidan yuradi. Agar bunday qilmasam, obro’-e’tiborim tushadi, deb hisoblaydi.
Beshinchi bosqich – isrofgarchilik va dabdababozlik davri. Bu bosqichda hukmdor o’zidan oldingilar qurgan narsalarni o’z nafs-havosi, istaklari va o’z guruhidagi yaqinlariga saxovat ko’rsatib, vayron qiladi. U atrofida yolg’on do’stlar va yovuz insonlar to’playdi, ularga davlatning katta masalalarini topshiradi, ular esa eplay olmaydilar. U shahar oqsoqollari va xalqning katta vakillari bilan yomon munosabatda bo’ladi, shuningdek, o’zidan oldingi hukmdorlarga hurmat ko’rsatmaydi. Bu insonlarning hukmdordan jahllari chiqadi va uni qo’llamay qo’yadilar. Askarlarining maoshini ham o’z istaklari yo’lida sarflagan hukmdorni qo’shinning bir qismi ham tark etadi. Shunday qilib, u o’zidan oldingilar qurgan va yo’lga qo’ygan tizimni ishdan chiqaradi. Oqibatda bu davlat tanazzulga yuz tutadi, bunga esa deyarli chora yo’qdir.
@ufq_horizon

KOʻHNA TURKISTONDAGI XALQ QABULXONALARI
Turkiston ellarining eng mashhur umumiy bayrami Navroʻzdir (soʻgʻdchada Navsard, eski xorazmchada Navsorji). Turkistonning otashparast podshohlari aynan shu kuni elni qabul qilib, arz-dodlarni eshitgan. Navroʻz kuni hukmdor bayramni boshlab, odamlarga oʻzining xalqni qabul etish va ularga yaxshilik qilish maqsadini jar soldirgan, arzlarni tinglab hal qilgan. Hukmdorning oʻziga nisbatan shikoyatlar esa mubad-qozilarga havola etilgan.
Bunday qabullar kuzda Mehrjon bayramida ham oʻtkazilgan. Yildagi soʻnggi qabul Xurmoh yoki Xurram roʻz bayrami kuni boʻlgan. Bu soʻzning maʼnosi “donishmand podshoh va yaratuvchi aql egasi” demakdir. Shu kuni podshoh shohlik taxtidan tushib, oq kiyimlar kiyar va sahroda oq paloslarda oʻtirgan, dunyo ishlari va dunyo ahli uchun vaqt ajratgan. Biron narsa haqida podshoh bilan gaplashishga muhtoj boʻlgan istalgan tabaqadagi kishi unga yaqin borib arzini aytgan. Podshoh dehqonlar va korandalar bilan oʻtirib ovqat yeb, sharob ichgan. Bu kun goho “navad roʻz” (“90 kun”) deb ham atalgan, chunki bu bilan navroʻz orasi toʻqson kun boʻlgan.
Bunday qabullar arablarga qaramlik chogʻida ham davom etadi. Shunday qilib hozirgi xalq qabulxonalarining tarixi minglab yillarga borib taqaladi.
Manba: Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari.
https://www.tgoop.com/ufq_horizon

Turkiyaning Sulaymoniya kutubxonasida saqlanadigan 4830 raqamli qoʻlyozmaning 108b-varagʻi. Unda shu qoʻlyozmadagi geometriyaga oid bir asarni Muhammad ibn Berqoq ibn Jubon (Choʻpon) otli kishi Bagʻdoddagi Nizomiyya madrasasida hijriy 727-yilda (milodiy 1327) oʻqib tahqiq qilgani va bu risoladan foydalangani toʻgʻrisida qayd mavjud. Eʼtiborli jihat shundaki, bobomiz Muhammad Xorazmiy qalamiga mansub oʻnga yaqin asar ham mazkur qoʻlyozmadan oʻrin olgan. Demak, oʻrta asrlarda sharqdagi madrasalarning mudarrislari-yu talabalari Xorazmiyning asarlarini oʻqishgan va ulardan oʻz ilmiy izlanishlarida foydalanishgan. Birinchi Uygʻonish chogʻidagi turkistonlik mutafakkirlarning asarlari madrasada oʻqitilmagan, degan fikr gʻirt safsata ekanligi bu maʼlumot orqali anglashiladi.
@ufq_horizon
@ufq_horizon
Muhammad Xorazmiyning “Bunduq deb ataladigan idish (suv soati) bilan ishlash” asaridan parcha
@ufq_horizon
@ufq_horizon
BERUNIYNING ASARLARI YEVROPAGA QACHОN YETIB BORGAN?
Abu Rayhon Beruniyning shoh asarlaridan biri “Kitobu-t-tafhim”ning nodir qoʻlyozma nusxasi 2000-yil 11-aprelda Christies auksionining 6281-sonida 212,750 funt sterlingga sotib yuboriladi. Bu qoʻlyozmaning keyingi qismati bizga nomaʼlum. Mazkur nusxa xattotlik va ishlatilgan qogʻoz turiga koʻra XIV asrga oid boʻlib, Andalusiyada koʻchirilgan. Qoʻlyozmaning bizgacha yetib kelish tarixi, afsuski, maʼlum emas. Qogʻoz Yevropada, aniqrogʻi, Ispaniya yoki Italiyada ishlab chiqarilgan. Suv belgisi aniqlanmagan. Umuman, qoʻlyozmaning tashqi koʻrinishidan u biror zodagon yoki anchagina boy kishi uchun koʻchirilganligi seziladi. Odatda qoʻlyozmalar oʻzidan oldin yaratilgan ancha eskiroq nusxadan koʻchiriladi. Bunga asoslanib Beruniyning asarlari Yevropaga XIV asrdan oldin yetib borgan deyishimiz mumkin.
Mazkur maʼlumotlar Beruniyning asarlari XIII — XIV asrlardayoq ham Sharqda, ham Gʻarbda keng tarqalganligini isbotlaydi.
https://www.christies.com/lot/lot-1749862

Christies
Abu Rayhan Muhammad ibn Ahmad al-Biruni (d. AH 442/1050 AD): Kitab al-tafhim li-awa'il sina'at al-tanjim, ANDALUSIA, CIRCA 14TH…
ISMOIL SOMONIY MUHADDIS BOʻLGAN(MI)?
Abu Ibrohim Ismoil ibn Ahmad ibn Asad ibn Somon Somoniy (849, Fargʻona — 908, Buxoro) adolatli hukmdor boʻlish bilan birga oʻz chogʻining mashhur olimlaridan ham sanalgan. Bu kishi oʻz umri davomida anchagina hadislarni yod olib muhaddislik bilan shugʻullangan. Bu ulugʻ turkiy hukmdor hadislarni oʻz otasi Ahmad ibn Asaddan rivoyat qilgan. Ismoil Somoniyning oʻzidan esa mashhur olimlar Muhammad ibn Quraysh Marvarrudiy, Abdurrahmon ibn Muhammad Qozi Abhariy, Iso ibn Muhammad ibn Iso Kotib va Abdulloh ibn Muhammad ibn Yaʼqub Buxoriy hadis rivoyat qilishgan. Bu bobomizning “Somoniya” deb nisbat berilgan farzandlari, qarindosh-urugʻlari, yaqinlari ham ilm ahlidan boʻlib, hadislar rivoyat qilishgan.
Xususan, Ismoil Somoniyning otasi amir Ahmad ibn Asad Somoniy (vafoti 865, Fargʻona) mashhur muhaddis va faqihlar Sufyon ibn Uyayna, Ismoil ibn Ulayya, Yazid ibn Horun va Mansur ibn Ammordan hadis rivoyat qilgan.
Ismoil Somoniyning akasi Abu Yaʼqub Isʼhoq ibn Ahmad Somoniy (vafoti 914, Buxoro) Buxoro amiri boʻlgan. Bu kishi oʻz inisi Ismoil ibn Ahmad Somoniy va muhaddis Abdulloh ibn Abdurahmondan hadis ilmidan taʼlim olgan. Oʻzidan esa Solih ibn Abu Rumayh va Abdulloh ibn Yahyo Qozi hadis rivoyat qilganlar. Ismoil Somoniyning yana bir akasi Abul Hasan Nasr ibn Ahmad Somoniy (vafoti 893) esa oʻz otasi Ahmad ibn Asad Somoniy, Solim ibn Gʻolib Samarqandiy va Abu Abdulloh Muhammad ibn Nasr Marvaziydan taʼlim olgan. Oʻzidan esa Sahl ibn Shozavayh hadis rivoyat qilgan.
Ismoil Somoniyning avlodlari ham muhaddis olimlar boʻlishgan.
Manbalar:
1. Abdulkarim Samʼoniy. “Nasabnoma”.
2. Najmiddin Umar ibn Muhammad Nasafiy. "Kitob al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand".

Beruniyning “Kitob istiyʼob al-vujuh al-mumkina fiy sanʼat al-usturlob” asarida keltirilgan xochsimon usturlob tasviri. Beruniy shunday noyob va nodir asboblarni yasash hamda ularni ishlatish yoʻllarini ham oʻz asarlarida koʻrsatib oʻtishi bilan boshqa olimlardan ajralib turadi. Usturlobning bunday shaklda boʻlishi dunyoning toʻrt tomoni bilan bogʻliq. Buning nasroniylikka hech qanday aloqasi yoʻq.
@ufq_horizon
@ufq_horizon
CHAVGON OʻYINI ARABLARGA TURKIYLARDAN OʻTGAN (MI)?
Turkiylarning milliy oʻyini chavgon minglаb yillik tarixga ega. U koʻngilochar oʻyin boʻlishdan tashqari qoʻshinlari asosan otliq askarlardan tuzilgan turkiylar uchun janglardan oldingi oʻziga xos harbiy mashgʻulot vazifasini ham bajargan.
Turkiston Arab Xalifaligi tarkibiga kirgach, turkiylardan arablarga anchagina narsalar oʻzlasha boshladi. Koʻngilocharligi va askarlarning harbiy mahoratini oshirishidagi oʻrni sabab chavgon Abbosiylar xalifaligi chogʻida arablarning sevimli oʻyiniga aylandi. Horun ar-Rashid (786-809) chavgon oʻynagan birinchi arab xalifasi sanalgan. Horunning oʻgʻli Amin (809-813) xalifalikka kelgach, birinchi qilgan yirik ishi oʻz saroyi oldida chavgon maydoni qurdirish boʻlgan. Shu tariqa chavgon Old Osiyo, Shimoliy Afrika va Yevropaga kirib bora boshladi. Hozirda esa chavgon butun dunyoda sevib oʻynaladigan oʻyinlardan biri sanaladi.
Manbalar:
1. Suyutiy. Tarix al-Xulafo.
2. Yaʼqubiy. Mushokalat an-nos lizamonihim.

KOʻHNA TURONLIK SHAHMATCHI AYOL URAYB BARMAKIYYA
Shahmat ming yillardan beri turonliklarning sevimli oʻyini boʻlib kelmoqda. Bu oʻyin, ayniqsa, 9-10-yuzyilliklarda jadal rivojlandi. Aynan shu chogʻda Abu Bakr Muhammad Suliy, Zayrab Katan, Abul Abbos Ahmad Saraxsiy singari turonlik mohir shahmatchilar yetishib chiqdi. Eʼtiborli jihat shundaki, koʻhna Turonda erkaklargina emas, ayollar ham shahmat oʻyinida mohir boʻlishgan. Bu chogʻda yashagan turonlik eng taniqli ayol shahmatchi Urayb Barmakiyyadir.
Urayb Maʼmuniyya Barmakiyya (797-890) Abbosiy xalifaligida vazir boʻlgan balxlik Jaʼfar ibn Yahyo Barmakiyning qizidir. Urayb 9-yuzyillik boshlarida Barmakiylar qamoqqa tashlanib, mol-mulklari xalifalik hisobiga oʻtganda asirga olinib choʻri qilinadi. U yoshligida xalifalar Amin (809-813), Maʼmun (813-833) va Moʻtasim (833-841)larga choʻri boʻlib xizmat qilgan. Uni choʻrilikdan xalifa Moʻtasim ozod qilgan. Shunday ogʻir sinovlarga qaramay Urayb mashhur shoira va mohir shahmatchi boʻlib yetishadi. Uning shahmatdagi mahoratiga oʻz vaqtida xalifa Maʼmun ham qoyil qolgan. Taniqli olim ibn Vakiʼ (vafoti 967) Uraybdan koʻra aqlliroq, mahoratliroq, yuzi chiroyliroq, ruhi yengilroq, nutqi ravon, tezroq javob beradigan, shahmatni yaxshi oʻynaydigan ayolni koʻrmaganligini yozgan. Bundan koʻrinadiki, Urayb ancha-muncha mohir shahmatchilardan ustun kelib, koʻpchilikning eʼtirofiga sazovor boʻlgan.
Shuningdek, Urayb Turon yerlaridan yetishib chiqqan va bizga hozirgacha maʼlum boʻlgan ilk shoira ayol hamdir. Uning arab tilida yozilgan sheʼrlari mingta daftardan iborat boʻlgan. U sheʼrlaridan bitta “Devon” ham tuzgan. Bu uning sheʼriyat sohasidagi merosi ham salmoqli boʻlganligini koʻrsatadi.
Manbalarga koʻra, Urayb ud cholgʻusini chalishda ham mohir boʻlgan, qoʻshiqlar kuylagan. U umri davomida mingta qoʻshiq bastalaganligi toʻgʻrisida maʼlumot bor. Shuningdek, Urayb husnixati goʻzal mohir xattot boʻlgan.
Urayb Barmakiyya toʻqson yoshdan oshiq umr koʻrib, Surramanraoda vafot etgan.
MANBALAR:
1. Abul-Faraj Isfahoniy. Kitob al-agʻoniy.
2. Ibn Asokir. Tarixu madinat al-Dimashq.
3. Tojuddin Abu Tolib ibn Soiy. Niso al-xulаfo.

Islomdan oldingi turk tibbiyoti shomonlik, buddaviylik, zardushtiylik va xristianlik kabi eʼtiqodlardan oziqlangan.
Uygʻur tibbiyoti qoʻlyozmalarida 60 ga yaqin, “Devonu lugʻatit-turk”da esa 194 tur dorivor oʻsimlik haqida gapiriladi. Uygʻur tibbiyoti xalq tabobatiga asoslangan boʻlib, bu davrda Xitoy va hind tibbiyotidan tarjima qilingan kitoblarga ham tayangan.
Manba va adabiyotlar:
@ufq_horizon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ikki yil avval Muqaddima asari bo‘yicha tarjimalarni boshlagan edik. Azon (Hozirgi Ildiz) nashriyoti tarjima qilayotganini e'lon qilgani uchun hurmat yuzasidan to‘xtadik.
Endi o‘zimiz kirishmasak bo‘lmas ekan. Bugundan tarjima boshlanadi. Yana kim istasa qilaversin, lekin biz endi to‘xtamaymiz.

Shaharlardagi hayotning sivilizatsiyalashuvi, madaniyatning yuksak darajalarga ko'tarilishi faqatgina davlatlarning mustahkamlanishi va chuqur ildiz otishi bilan ro'y berishi xususida
Buning sababi shudir: Madaniy hayot (hadariylik) ijtimoiy hayot uchun zaruriy holat emas, balki ijtimoiy hayot ehtiyojlaridan boshqa mohiyat kasb etadi. Xalqlarning farovonlik darajasi ozchilik va ko'plik jihatdan cheksiz farq qiladi. Xalqlarda madaniy hayotning ehtiyojlari, odatlari va turlari ortib borishi bilan barcha turdagi ehtiyojlarni yaratish hunarmandchilikning taraqqiy topishiga bog'liq bo'lib qoladi. Alaloqibat, bu madaniy ehtiyojlarining barcha turlari alohida ixtisoslashgan usta va hunarmandlar ta'minlash bilan qondiriladi.
Agar yahudiylar tarixini shu nuqtai nazardan ko‘rib chiqsangiz, Suriyada 1400 yil hukmronlik qilgani uchun ularning sivilizatsiyasi mustahkam poydevorlar ustida rivojlanganiga guvoh bo‘lasiz. Ular uzoq vaqt hukmronlik qilganliklari uchun tirikchilikning barcha sohalarida, madaniyatli turmush tarzida, oziq-ovqat, kiyim-kechak va barcha uy-roʻzgʻor anjomlarini yasashda mohir boʻlishgan. Bugungi kunda ham bu sohalardagi yangiliklarning ko'pchiligi ulardan olinmoqda. Aholisi bulardan va keyinchalik u yerda 600 yil hukmronlik qilgan Rimliklardan o'rnak olgani uchun jamiyat (Umran) hayotining shunga o'xshash ehtiyojlari va odatlari Suriyada rivojlandi. Rimliklar esa juda madaniyatli hayot kechirishgan. Qibtiylarning holati ham shunday. Ular dunyo yaratilganidan beri 3000 yil davomida hukmronlik surib, Misr shaharlari va qasabalarida madaniyatli hayotning ehtiyojlari va odatlarini saqlab qolishgan.
Keyinchalik Mag‘ribda aholi kamayib, mamlakat tanazzulga yuz tutdi, G‘arbiy Afrika xalqlari esa o‘zlarining eski odatlariga, ko‘chmanchi hayotga (badaviylik) qaytishdi.
[davomi bu yerda]
أَوَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ كَانُوا۟ مِن قَبْلِهِمْۚ كَانُوا۟ هُمْ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَءَاثَارًا فِى ٱلْأَرْضِ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ وَمَا كَانَ لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن وَاقٍ
Ma'nosi: Axir ular yer yuzida yurib, o‘zlaridan oldin o‘tganlarning oqibati qanday bo‘lganiga nazar solmaydilarmi?! O‘shalar ulardan ko‘ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko‘proq bo‘lgan edilar. Bas, Alloh o‘shalarni gunohlari sababli tutdi. Ularga Allohdan o‘zga bir saqlovchi bo‘lmadi. [G‘ofir surasi 21-oyat]
©️ "Muqaddima", Ibn Xaldun
Mutarjim: Shahzod Mirzayev

Ibn Xaldun haqidagi ba'zi maqolalar ro'yxati:
1. Ibn Xaldunga ko'ra xabarlar tasnifi
2. Ibn Xaldun shaxsiyati va faoliyati haqida maqola
3. Davlatlar tanazzulining sabablari haqida maqola
4. Asobiyya davrasi haqida maqola
5. Ibn Xaldun va Makiavelli haqida tarjima
6. Jamiyatning cho'kish belgilari haqida maqola
7. Asobiyya tushunchasi haqida
8. Xaldun va zamonaviy tarix haqida maqola tarjimasi
9. Ibn Xaldundan davlatlar tahlili tarjimasi
10. Muqaddima asaridan ta'lim borasidagi qarashlar
11. Tarixshunoslik haqida
12. Ibn Xaldun haqida suhbat
13. Ibn Xaldun haqida suhbat (mezbon sifatida)
14. Pandemiya va vabo haqida Ibn Xaldun
15. "Jug'rofiya — qadardir"
16. Ibn Xaldun donoligi
17. Ibn Xaldun va ta'lim
18. Ibn Xaldun hashamat haqida
19. Ibn Xaldunning iqtisodiy qarashlari
20. Farovonlik va aholi zichligi haqida
21. Ibn Xaldun ilm-fan haqida
22. Ibn Xaldun va tarix fani
23. Ibn Xaldun soliqlar haqida
24. Yetakchilik ilmi haqida
25. Davlatlarning umri
26. Muqaddimada Pedagogika
27. Ta'limning sifati
28. To'g'ri ovqatlanish
29. Ibn Xaldun shaharlar haqida
30. Shaharlar haqida (davomi)
31. Shaharning joylashuvi
32. Shaharlardagi hayotning sivilizatsiyalashuvi, madaniyatning yuksak darajalarga ko'tarilishi faqatgina davlatlarning mustahkamlanishi va chuqur ildiz otishi bilan ro'y berishi xususida
33. Ibn Xaldun effekti...

Ibn Xaldun
Abu Zayd Abdurahmon ibn Muhammad al-Xadramiy (ibn Xaldun) (1332-1406) – arab faylasufi, tarixchi va jamiyatshunos mutafakkir. U 1332-yil 27-mayda Tunisda tavallud topgan (Shimoliy Afrika). Ota-bobosi Ispaniya Andalusiyasidan. Ona shahrida Qur'on, hadis, fiqh…
Ibn Tufayl: hayoti va ijodi
Abu Bakr Muhammad ibn Abd al-Malik ibn Muhammad ibn Tufayl (1105–1185), musulmon olami tarixidagi mashhur faylasuf, shifokor, astronom va adib bo'lgan. U islom sivilizatsiyasining gullab-yashnagan davrida, Andalusiyada (hozirgi Ispaniya) tug‘ilgan. Shimoliy Afrika va Andalusiyaning ilmiy va madaniy markazlarida faoliyat olib borgan.
Ibn Tufayl yoshlik yillaridanoq ilmga bo‘lgan qiziqishi va aql-idroki bilan tanilgan. U tibbiyot, falsafa, astronomiya va tabiatshunoslik sohalarida chuqur bilimga ega bo‘lgan. Ibn Tufayl o‘z davrida fan va falsafa sohasidagi eng ilg‘or qarashlarni o‘rgangan va rivojlantirgan. Shuningdek, u davlat arbobi sifatida ham faoliyat yuritib, Almohadlar davlati hukmdorlariga maslahatchi bo‘lgan.
"Hayy ibn Yakzon" falsafiy romani
Ibn Tufayl o‘zining “Hayy ibn Yakzon” nomli asari bilan mashhurdir. Bu falsafiy roman o‘z vaqtida musulmon olamida va keyinchalik Yevropada katta ta’sir ko‘rsatgan. Asar bosh qahramoni Hayy ismli bola yolg‘iz bir orolda o‘sadi va tabiatni kuzatish orqali Yaratuvchini anglaydi. Ushbu asar inson aqli, kuzatuv va tafakkur orqali haqiqatni anglash mumkinligini ko‘rsatadi.
Asar bir nechta muhim falsafiy masalalarni yoritadi:
- Aql va ilohiy vahiy o‘rtasidagi munosabat.
- Insoniyatning ma’naviy taraqqiyoti va axloqiy mas’uliyati.
- Dunyoviy bilimlarning ilohiy haqiqatni anglashdagi roli.
Asar ko‘plab Yevropa tillariga tarjima qilinib, Uyg‘onish davrida G‘arb intellektual olamiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Uni yozishda Ibn Tufayl Ibn Sinoning shu nomli risolasidan ilhomlangan.
Tibbiyot va Ilmiy Faoliyat
Ibn Tufayl shifokor sifatida ham mashhur bo‘lib, inson tanasi va tabiat qonuniyatlarini o‘rganishga katta e’tibor bergan. U zamonaviy tibbiyot asoschisi Ibn Sinoning ishlarini davom ettirib, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirgan. Ibn Rushd bilan yaqin hamkorlik qilgan va uning falsafiy ta’limotlarini qo‘llab-quvvatlagan.Ibn Tufaylning falsafiy va ilmiy merosi musulmon olamining intellektual rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning “Hayy ibn Yaqzon” asari G‘arb faylasuflari, jumladan Spinoza va Jon Lokk kabi mutafakkirlarga ilhom manbai bo‘lgan. U nafaqat musulmon dunyosida, balki xalqaro miqyosda ham ilm-fan va falsafa tarixida muhim o‘rin egallaydi.

Ibn Sinoning to‘liq ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn Ali (980-1036) edi. Otasi Balxdan, onasi esa Buxoro yaqinidagi qishloqdan edi.
Ibn Sinoning o‘zi otasi va aka-ukalarining ismoiliylar tafakkurining afzalliklari haqidagi fikrlarini to‘liq o‘zlashtirmaganini tan olsa-da, uning qat’iy aqliy va ezoterik ma’naviy intilishlari hamda siyosiy yo‘nalishi unga ta’sir ko‘rsatdi.
Ibn Sino o‘zining kichik, biroq ramziy qissasini mahbuslikda yozgan.
U zindonning panjarali darchasidan hayotning keskin burilishlarida dovyurak aql egalariga doimo hamroh bo‘ladigan jozibali umidni ko‘rishga intilardi.
____________
Yuqoridagi matn "Tilmoch" portalida rus tilidan o'zbek tiliga shundayicha o'girildi. Matnning asli bu yerdagi manbadan olingan.
Ibn Sinoning "Hayy ibn Yaqzon" qissasi o'zbek tilida
@ufq_horizon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Kutubxona 📚
Абу Али ибн Сина, Сухраварди, ибн Туфайл — Повесть о Хаййе ибн Йакзане