Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Bugun Buxoroi sharifda Mir Arab madrasasining 500-yilligiga bagʻishlangan “Boqiy Buxoroning islom sivilizatsiyasidagi oʻrni” mavzuidagi xalqaro anjuman boʻlib oʻtmoqda

Nufuzli tadbirda Xalqaro musulmon ulamolar kengashi Oʻzbekiston, Misr, Ozarbayjon, Rossiya, Iordaniya,Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston singari mamlakatlar muftiylari, taniqli ulamolar, jumladan Shayx Saloh Abulhaj va islomshunos tadqiqotchi va diniy soha vakillari (“Mir Arab” madrasasi bitiruvchilari) ishtirok etadi.

🤲Alloh taolo mazkur yigʻilishlarni xayrli va manfaatli boʻlishini nasib etsin!

https://www.tgoop.com/ulamolar_yogdusi
Шайх Салоҳ Абул Ҳож ҳазратлари Мир Араб олий мадрасасида

Бугун, 27 ноябрь куни шайх Салоҳ Абул Ҳож ҳазратлари Мир Араб олий мадрасасига ташриф буюрдилар. Ташриф асносида мадрасада таҳсил олаётган талабалар билан учрашув ташкил этилди. Учрашувда шайх Салоҳ Абул Ҳож ҳазратлари «Бухоро фиқҳ мактабининг Ислом оламидаги аҳамияти» мавзусида суҳбат қилиб бердилар. Шу билан бир қаторда «Фатавои Қозихон» китобининг муқаддимаси ўқилиб, шарҳ қилинди.

«Фатавои Қозихон» китобининг муаллифи имом Фахриддин Ҳасан ибн Мансур Ўзгандий Фарғоний Ҳанафийдир.

Эслатиб ўтамиз, шайх Салоҳ Абул Ҳож ҳазратлари Тошкент, Самарқанд, Андижон ва Наманган вилоятларидаги олий ва ўрта махсус ислом билим юртларига ҳам ташриф буюришлари режалаштирилган.

@ulamolar_yogdusi
Бугун 28 ноябрь куни Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари Ислом илмлари халқаро университети, ҳанафий фиқҳи факультети мудири, доктор Салоҳ Муҳаммад Солим Абул Ҳож ҳазратларини қабул қилдилар.
🔸Файзли суҳбат чоғида Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари меҳмонни юртимизга ташрифи ва халқаро анжуманлардаги фаол иштироки учун миннатдорлик билдирдилар. Шунингдек, ушбу олимнинг Ислом ақидаси ва Ҳанафий фиқҳини муҳофаза қилишдаги хизматларини юқори баҳоладилар.

@ulamolar_yogdusi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Шайх САЛОҲ АБУЛ ҲОЖ
ҳазратларини
Ўзбекистонга ташрифлари

@ulamolar_yogdusi
Forwarded from Ulamolar Yog'dusi
🗣Ustozimiz Shayx Saloh Abulhoj hafizahullohning "HANAFIY MAZHABIGA TERAN NIGOH" mavzuidagi darslarining audio shakli kanalimizga to'liq holda joylashtirildi❗️

🎧 1-dars. Hanafiy mazhabiga teran nigoh "Muqaddima 1-qism";

🎧
2-dars. Hanafiy mazhabiga teran nigoh "Muqaddima";

🎧 3-dars. Fiqh va uning atrofidagi shubhalar;

🎧 4-dars. Ilmul hol;

🎧 5-dars. Nabiy sollallohu alayhi vasallam va sahobalar davrida fiqh | 1- qism;

🎧 6-dars. Nabiy sollallohu alayhi vasallam va sahobalar davrida fiqh | 2- qism;

🎧 7-dars. Mazhab ulamolariga hadislarning yetib kelish masalasi;

🎧 8-dars. Ahli ra'y va ahli hadis degan tushunchalarga tanqid ;

🎧 9-dars. Mujtahidlarning tabaqalari va vazifalari|1-qism;

🎧 10-dars. Mujtahidlarning tabaqalari va vazifalari|2-qism;

🎧 11-dars. Imom Abu Hanifa rohmatullohi alayhga qilingan ta'nalarga raddiya;

🎧 12-dars. Faqih muhaddislar yo‘nalishi;

🎧 13-dars. Faqihlarning hadislarni qabul qilishdagi usullari;

🎧 14-dars. Dolzarb savollarga javoblar;

🎧 15-dars. Bugun unutilayotgan fiqhiy haqiqatlar;

🎧 16-dars. Mazhablarga ergashishning sabablari;

🎧 17-dars. Mazhablarga ergashishning ahamiyati;

🎧 18-dars. Mutaassiblik va mazhabga ergashishning farqi;

🎧 19-dars. Mutaassiblik va mazhabga ergashishning farqi 2-qism;

🎧 20-dars. "Sahih hadis mening mazhabimdir" deyishning oqibati nima?

🎧 21-dars. Fuqaholar o'rtasidagi ixtilof usullar sabablidir;

🎧 22-dars. Fuqaholarning ixtilofiga sabab nima?

🎧 23-dars. Fiqhul-muqorinning zarari;

🎧 24-dars. Maqosidush-shari’a va qova’idush-shari’a;

🎧 25-dars. Maqosidush shari’aga munosabatimiz;

🎧 26-dars. Oldingi va hozirgi ulamolar oʻrtasida sharʼiy qoidalar borasidagi tushuncha;

🎧 27-dars. Ilmni ustozdan oʻrganish;

🎧 28-dars. Fatvo berish qoidalari;

🎧 29-dars. Fiqhiy kitoblarning tabaqalari;

🎧 30-dars. Fatvo berish qoidalari;

🎤 Shayx Saloh Abulhoj hafizahullohning

✔️ @UlamolarYogdusi Audio sahifamiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alloh taoloning fazli bilan Ustoz Shayx Saloh Abulhojning Youtube sahifalari qayta ishga tushdi.

👉@Ulamolar_yogdusi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👇
👉@Ulamolar_yogdusi

https://youtube.com/playlist?list=PL2DzsGZc6QxXJqXkdcnpYEW-JjAkUFlal&si=McfVZqFQcFl-4t3u

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👇
💬 Facebook | 📸Instagram |📹 Youtube| TikTok
“XALQARO ISLOM ILMLARI UNIVERSITETI” Hanafiy fiqhi fakulteti
talaba boʻlish orzusidagi yigit-qizlarni quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishga taklif qiladi:

- Qozilik va fatvo ishi;

- Hanafiy fiqhi;

- Jamiyatshunoslik va axloq.

Qabul shartlari :

- Arab tilini eng kamida B2 darajasida bilish (mutolaa, eshitib tushunish koʻnikmalari yaxshi shakllangan boʻlishi kerak);

- 17 yoshdan yuqori boʻlishi;

Yillik oʻquv toʻlovi (kontrakt):
1200 dollar (bu oʻz ichiga uch semestrni qamrab oladi: kuzgi, qishki va 40 kunlik tezkor yozgi semestr).

Oylik talaba xarajati 200$ - 300$ atrofida;

Oʻquv rejasiga butun dunyo tan oladigan kitoblar darslik sifatida kiritilgan;

Oʻqishning dasturlari Iordaniya ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Kerakli hujjatlar:

📑 Maktab shahodatnomasi (arab tiliga notarial tarjima qilinadi);

📑 Kollej yoki litsey diplomi (arab tiliga notarial tarjima)

Murojaat uchun:
👉 www.tgoop.com/hanafiy_kulliyasi

👉 www.tgoop.com/zafar_abdugaffor

www.tgoop.com/hanafiykulliyasi
Ўзбекистонлик вакиллар Урдундаги Халқаро Ислом илмлари университетида

Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлиги, Дин ишлари бўйича қўмита ва Ўзбекистон мусулмонлари идораси вакиллари Урдундаги Халқаро Ислом илмлари университетига ташриф буюришди. Бу ҳақда @hanafiykulliyasi телеграм канали хабар берди.

Вакилларимиз университет раҳбари, профессор, доктор, Салоҳ Абулҳаж ҳазратлари билан учрашув ўтказиб, университетдаги таълим муҳити, дарс ўтиш услуби билан яқиндан танишдилар.

Сўнгра, университетда таҳсил олаётган бир гуруҳ ўзбекистонлик талабалар билан мулоқот бўлиб ўтди. Мулоқот давомида ушбу ўқув даргоҳи таълим тизимидаги афзалликлар, ўзбек талабаларини ўйлантираётган масалалар юзасидан фикр алмашилди. Жумладан, араб тилидан бир қанча мутахассисларни Ўзбекистонга олиб бориш, университет билан Ўзбекистон Халқаро Ислом академияси ва Тошкент Ислом институти орасида талабалар алмашинувини йўлга қўйиш, имом-хатиб ва диний соҳа вакилларининг қисқа муддатли малака оширишларини таъминлаш, ушбу университетнинг Ҳанафий фиқҳи факультетининг таълим тизимини атрофлича ўрганиш ҳақида фикрлар айтиб ўтилди ҳамда талабалар томонидан таклифлар билдирилди.

Ўзбекистонлик вакиллар университет томонининг бу илиқ кутиб олишини юқори баҳолашди.

@ulamolar_yogdusi
#янгилик

🎉 Навбатдаги янгилик! «Марваридлар шодаси» китоби нашр қилинди

Одинахон Муҳаммад Содиқ томонларидан нашрга тайёрланган «Марваридлар шодаси» китоби нашр қилиниб, сотувга чиқди.

📚 Мазкур китоб Урдунлик машҳур устоз, ҳанафий фиқҳининг забардаст олими доктор Салоҳ Абул Ҳож Ҳанафий ҳазратларининг қаламига мансуб «Акаа-лилул-маас фии қовааъидил-ҳайзи ван-нифаас» («Ҳайз ва нифос қоидаларига оид олмос тожлар») номли китобнинг ўзбек тилидаги таржимасидир.

Китобда аёлларга хос масалалардаги энг муҳим қоидалар баён қилиниб, сўнг уларга тегишли фатволар берилган, китоб охирида эса мавзу доирасида савол- жавоблар келтирилган.

👉 Нархи: 24 000 сўм

☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

🚚 Онлайн берилган буюртмалар Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади

@hilolnashr
Assalomu alaylum!
Tez kunda yangilik!!! Taxmin qilib ko’ringlarchi)
Bir oyda shu kitobni Hilol-nashr do’konlaridan topa olasiz, inshaAlloh:)
Biz esa har kuni iqtiboslaridan o’rtoqlashib boramiz.
Alloh bu dinni mana shu fiqhiy mazhablar vositasida muhofaza qilib keldi. Mazhabdan tashqari yozilgan birorta moʻtabar fiqhiy kitob yoʻq.

Shayx Saloh Abulhojning “Hanafiy mazhabiga teran nigoh” kitobidan

👉@ulamolar_yogdusi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👇

Telegram  | Facebook  | Instagram  | Youtube | TikTok
Hanafiy mazhabi Qurʼon va Sunnatdan olingan qoidalar majmuasidir. Boshqacha qilib aytganda, hanafiy mazhabi Qurʼon va Sunnatdagi qoidalarga asosan chiqarib olish mumkin boʻlgan hukmlarning xulosasidir. Bu qoidalarni sahobalar, tobeʼinlar va mujtahid imomlardan iborat ummatning eng katta ulamolari ishlab chiqishgan, Qurʼon va Sunnatni oʻrganib, ushbu qoidalar majmuasiga asos solishgan.

Shayx Saloh Abulhojning “Hanafiy mazhabiga teran nigoh” kitobidan

👉@ulamolar_yogdusi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👇

Telegram  | Facebook  | Instagram  | Youtube | TikTok
Mazhab musulmonlar uchun yaxshilik yoʻlidir, musulmonlar duch kelayotgan barcha chalkashliklarning, muammolarning yechimidir.

Shayx Saloh Abulhojning “Hanafiy mazhabiga teran nigoh” kitobidan

👉@ulamolar_yogdusi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👇

Telegram  | Facebook  | Instagram  | Youtube | TikTok
Toʻrtinchi yoki beshinchi boʻlib Islomga kirgan Ibn Masʼud roziyallohu anhu Koʻfaga bordi. Bir necha yil oʻtib, u yerga Aliy roziyallohu anhu bordi. Soʻng yetmishta badriy (badr jangida qatnashgan) sahoba, soʻng bir yarim ming sahoba bordi. Ana shular hanafiy mazhabiga asos solishdi. Sizlar hozir oʻrganayotgan masalalar Ibn Masʼud roziyallohu anhuning masalalaridir.

Shayx Saloh Abulhojning “Hanafiy mazhabiga teran nigoh” kitobidan

👉@ulamolar_yogdusi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👇

Telegram  | Facebook  | Instagram  | Youtube | TikTok
Sahobalar ham o‘z davrida oralaridagi eng ilmli, eng salohiyatli zotlarga taqlid qilishgan. Tarixda sahobalarning eng bilimli odam turganda, undan pastrog‘ining fikrini olmaganiga dalolat qiladigan bir qancha dalillar bor. Axir bunga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Mening sunnatimni va mendan keyingi roshid xalifalarning sunnatini mahkam tutinglar», degan hadislari ochiqdan-ochiq dalolat qilib turibdi-ku!

Shayx Saloh Abulhojning “Hanafiy mazhabiga teran nigoh” kitobidan

👉@ulamolar_yogdusi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👇

Telegram  | Facebook  | Instagram  | Youtube | TikTok
2024/10/04 21:15:47
Back to Top
HTML Embed Code: