Telegram Web
Ushbu kitobni doʻkonlardan topolmayapmiz deganlar boʻlyapti. Istalgan kitob doʻkonlarga kirib mana shu kitobdan olib kelinglar deb bezor qilinglar. Ularni ana shunday tergab turmasa qimirlamaydigan kitob doʻkonlar bor. Yoki issiqqina oʻrningizda oʻtirib @taskinkitob ga murojaat qilib olib keltirsangizlar boʻladi.

👉 @umarhalil 👈
Kitob okean oshib Amerikagacha borganda sen nima qilib oʻtiribsan topolmayapman deb? Tur oʻrningdan kitob doʻkonlarni qidir deydigan odam bormi? )))

Doʻkonga chiqib olib kelishga erinadiganlar uchun 🚶🏻‍♂️‍➡️ @taskinkitob

👉 @umarhalil 👈
Kitob barchaga manzur boʻlayotganidan hursandman. Muhabbat madrasasida ta’lim olmoqchi boʻlganlar nechtamiz 🙌

👉 @umarhalil 👈
Ushbu satrlar har doim hayotimning murakkab onlarida menga dalda boʻladi. Hayot qonuni shu - faqat kuchlilargina yashab qoladi. Tabiat qonunlari jismonan kuchlilarni tanlasa, ilohiy qonuniyat ruhan baquvvat boʻlganlarni saralaydi.

*
Yoʻgʻon choʻzilib, ingichka uziladigan, bardoshing sinaladigan vaziyat kelganda, shu gaplar qoʻlingdan mahkam tutadi!

Agar Alloh seni mol-dunyodan qisganini, ustingda balo va musibatlarni koʻpaytirganini koʻrsang, bilgilki, sen Uning huzurida azizsan. Uning huzurida darajang bor, seni avliyo va asfiyolari yoʻlida yurgʻizib qoʻygandir. U seni koʻrib turgan.

Alloh taoloning: "Robbingning hukmiga sabr qil, albatta sen koʻz oʻngimizdasan. Va qoyim boʻlgan paytingda Robbingni hamdi bilan poklagin", deganini eshitmaganmisan?

Imom Abu Homid Gʻazzoliy

👉 @umarhalil 👈
Atrofing toʻla odam, ammo bu yer seni tushunishni xohlamaydigan, dardingni his qilmaydigan odamlar bilan toʻlgan. Qismating, faqat sengina ularni tushunishga mahkum ekaning. Ular sen uchun allaqachon hukm oʻqib boʻlishgan: “Chunki senda hammasi yaxshi, senga doim oson”, deb.

👉 @umarhalil 👈
“Muhabbat madrasasi” kitobini oʻqiyotganlar bormi? Taassurotlaringiz qanday?

👉 @umarhalil 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muxlislarimizdan biri “Muhabbat madrasasi” kitobiga chiroyli videorolik olishibdi. Menga yoqdi 👏

👉 @umarhalil 👈
Qorda ham “Muhabbat madrasasi”dan ta’lim olayotganlar bor ekan. Respect 👏👏👏
Madinam
Omar Xalil
She’riyat boʻstoniga sayr qilamiz.

Bilasizlarmi, Madina va Makka shaharlariga bitilgan she’rlarni oʻqish va eshitish qandaydir odamga oʻzgacha zavq beradi.

👉 @umarhalil 👈
Sizni juda qattiq sevadigan insoningizning mubabbati ham sizning rizqingizdir. Allohim, bergan rizqing naqadar goʻzal! Robbim barchani sevgi bilan rizqlantirsin.

👉 @umarhalil 👈
Ey, Makkam!
Omar Xalil
Bu safargi she’riy sayohatimiz muqaddas va mukarram Makka shahriga boʻladi 🕊️

👉 @umarhalil 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz qanday kitobni tarjima qilganimizni bilgan biladi. Bilmagan esa oʻzi biladi 😎

👉 @umarhalil 👈
Qalbimizni samimiylik va begʼuborlik tark etishi bilan uni shahvat mahv etadi. Shahvat esa qalbni oʼldiradi. Shuning uchun boʼlsa kerak, samimiy va begʼubor boʼlmagan davralarda fayz yoki baraka boʼlmaydi, odam esa oʼzini yomon his qiladi.

👉 @umarhalil 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoʻqondagi “Enerzon” biznes klubida boʻlib oʻtgan seminarimga kelgan muxlislardan Alloh rozi boʻlsin. Barcha qatnashchilarga manfaatli bilim bera olgan boʻlsam hursandman.

Omar Xalil
Kitobni nomini koʻrib mensimaganlarga joʻnatib qoʻyinglar shu rasmni. Har kim borki, nomidan boshqacha tasavvurga boradi, ichini ochganda kechirim soʻraydi 😎

👉 @umarhalil 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoʻqon shahrida Omar Xalilning notiqlik darslari yoʻlga qoʻyildi. Shogird tushish va ta’lim olish talabida yurgan hamshaharlarimiz quyidagi raqam orqali roʻyxatga yozilib olishlari mumkin. Darslar xohishga koʻra guruhli va individual tarzda olib boriladi.

☎️ +998 90 838-50-07
Statistikaga qaraganda “Muhabbat madrasasi” kitobini sotib olayotganlarning koʻp qismi qizlar ekan. Sustsizlar, yigitlar 🤧

👉 @umarhalil 👈
2024/12/29 06:19:25
Back to Top
HTML Embed Code: