Telegram Web
Ustoz Omar Xalildan yangi premyera.

Tirik tobutlar 1-qism.
Muallif: Fahriya Yoqub
Ijrochi: Omar Xalil

Havola: https://youtu.be/09xoGJLo2xM?si=YqLqdMRKwvvSiaBY 👈

Hikoyani to‘liq xolda Sakiyna gold sahifamizda tinglasangiz bo‘ladi. Qo‘shilish uchun adminga yozing: @abror_admin 👈

👉 @umarhalil 👈
Kelsang...
Omar Xalil
Lirik chekinish qilmaganimizga ham ancha boʻlibdi. Bir boʻydoqlik dardida yurgan ukamizning iztiroblari toʻlib toshib she’rga aylanib chiqibdi. Shuni ovozga solib koʻrdik )))

👉 @umarhalil 👈
“Yaponamama”ga hech qachon kirmagan ekanman. Endi hech qachon kirmasam kerak. Toki, oʻris shovinizmi bor ekan.

👉 @umarhalil 👈
Rashk
Omar Xalil
Rashk ajoyib hissiyot. Farzandlarni qizgʻonish, ota-ona mehrini qizgʻonish, doʻst-u dugonaning e’tiborini qizgʻonish va hokazo. Bularning ichida eng kuchligi sevgan juftini rashk qilish hissi boʻlsa kerak.

Benazir shoir Erkin Vohidov rashkni oʻzbek tilining soʻz boyligi ila betakror qilib ifodalab bergan ekanlar. Uni kamina Omar Xalil jonlantirdi. Bir tinglab koʻring…

👉 @umarhalil 👈
Bu avlod soliqlarni toʻlaydi, lekin toʻlagan soliqlari qanday sarflanishini muhokama qilmaydi, ular axloqsiz ishlarga gʻayrat qiladi, lekin yaxshi ishlarga ragʻbat qilmaydi, ular siyosatdan nolishni biladi, lekin uni isloh qilishga tashabbus qilmaydi, ular sharmanda boʻlishni yoqtirmaydi, ammo sharmanda boʻlganni tomosha qilishni hush koʻradi. Bu avlod faqat mayda-chuyda narsalarda qirpichoq boʻladigan, kuyib pishadigan, oʻzini koʻrsatadigan avlod. Oʻzbek jamiyati oʻzidan qanday avlod qoldirishni orzu qiladi oʻzi? Bu yigitlarni otalari va onalarini farzand binosi haqidagi tasavvurlari qanday oʻzi? Nahotki, ular inson oʻlaroq buyuk farzand yetishtirishni orzu qilishmaganmi?

👉 @umarhalil 👈
Qaribmanda...
Omar Xalil
Ba’zida ota-onalarimiz turmush tashvishlaridan charchab, orzularini koʻmib, shafqatsiz hayotning zarbalaridan toliqqan asablari tufayli jizzaki boʻlib qolishadi. Ular qarilik yoshiga yetganda ulardan yetadigan ozorlarga sabr qilishimiz vojibdir.

Ushbu she’r ayni mana shu mavzuga bagʻishlangan.

👉 @umarhalil 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
InBazar keysidan keyin Bahodir Jalolov sharaf yoʻlini tanladi. Bir paytlar haqini olib targʻib qilgan brendi bugun insoniy qadriyatlarni qoʻpol ravishda buzganida haq olgan tarafida emas, balki haqiqat tarafida turishini e’lon qilibdi. Xalqimizda zulm va diskriminatsiyaga qarshi ijtimoiy birdamlik hissi shakllanayotgani faqat va faqat meni quvontiradi. Barakalla, Jalolov!

👉 @umarhalil 👈
Tez kunda sensatsion yangilik boʻladi, hurmatli muxlislar… 🕊️

👉 @umarhalil 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vanihoyat Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi yoxud muhabbatning 55 muammosi" kitobini kitobsevarlar hukmiga havola etamiz🔥🎉
Kitobdan muallifning "Shayton uyimizda yashaydi" asari ham joy olgan.

Qattiq muqova, 286 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Biz xohlaymizmi, xohlamaymizmi baribir ikki jins oʻrtasidagi munosabatlarga kirishib qolamiz. U xoh shar’iy, xoh noshar’iy boʻlsin oʻziga xos xatoliklarni sodir etamiz. Balki, siz toʻydan keyin muhabbat paydo boʻladi degan fikrga qat’iy ishonarsiz yoki birinchi muhabbat doim haqiqiy boʻladi degan aqidaga suyanarsiz. Ehtimol, muhabbatning pisixologik jihatlari borligini hech oʻylab koʻrmagan, aksincha uni anglab boʻlmas gʻaybiy tushuncha deb hisoblarsiz. Umuman olganda, oʻsmirlik davri muhabbat oʻyinlariga kirib qolganlar, muhabbatdan kuyganlar, uylanish arafasida turganlar, oila qurganlar va er xotinlik munosabatida boʻlganlar oʻqishi kerak boʻlgan hayotiy tajribalarga boy asar. Endi bu moʻjaz kitob uyingizdan oʻrin olishi mumkin.

👉 @umarhalil 👈
“Muhabbat madrasasi” kitobini kimlar harid qilib oldi?

Kitob haqida rasm va muloxazalaringizni izohlarga yuboring, please… ))
Uyatli ishlar
Omar Xalil
Ushbu voqeadagi manzaraga deyarli hammamiz guvoh bo'lganmiz. Hattoki, o'zimiz ham shu kabi ishlarning qahramoni bo'lishimiz mumkin. Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi" asari shu kabi yoshlar orasidagi munosabat va undan hosil bo'lgan real muammolarga oqilona yechimlar bergan.

👉 @umarhalil 👈
Muallimlikning asosiy vazifasi shogirdlarni mustaqil fikrlashga va jur’at bilan hayot kechirishga oʻrgatishdir. Oʻz ilohiy vazifasini haq ila bajarib kelayotgan barcha ustozlarni muborakbod etaman. Alloh sizlarni haq yoʻldan atashtirmasin, doimo shon va sharafga toʻlib yashanglar!

👉 @umarhalil 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 BAYONOT

Hayriya mablagʻlari hisobidan ovozlashtirilayotgan Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi boʻlgan “Bayon-ul Furqon” asari ma’lum sabablarga koʻra toʻxtab qolgandi. Orada bir audiokitobni tugallash vazifasi turgani bois u loyiha toʻxtab turdi. Endilikda yana davom ettirmoqdamiz.

Duolaringizda qoʻllab quvvatlab turinglar. Chiroyli asar qolsin bizdan.

👉 @umarhalil 👈
2025/01/18 05:59:33
Back to Top
HTML Embed Code: