Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
5693 - Telegram Web
Telegram Web
#tavsiya

Kuzda kayfiyatini toʻliq his qilish uchun koʻrishingiz tavsiya etiladigan filmlar roʻyxati.

Men hozircha bittasini koʻrdim. Kuz hali davom etarkan, birma-bir koʻraveramiz, nasib.

P.S: kuzni bekorga sarflamanglar dedi Azbobo :)

@usmonosphere
Forwarded from OYINA.UZ
“100 so‘z” esselar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

“Kitoblararo 80 kun” marafoni doirasida eʼlon qilingan “100 so‘z” esselar tanlovi oʻz nihoyasiga yetdi. Tanlovda 150 ga yaqin yurtdoshlarimiz ishtirok etdilar.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/announcement/115

Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
#sanʼat

Kecha Anhor bogʻida oʻtkazilayotgan “RE/GENERATION” sanʼat festivalini tomosha qilishga borgandim. Festival faqat 4-5-sentyabr kunlari boʻladi, deb shoshilinchda boribman. Koʻrgazmadan qaytib kelganim zahoti, muddati choʻzilgani haqida xabar chiqdi.

Lekin festival nomiga mos boʻlyapti. Katta pavilionda, bir-biridan farq qiladigan rassom va fotograflarning ishlari namoyish etilyapti. Ularning orasida Umar Rajabov, Yigit Sattorov, Sardor Erkinov, Baxtiyor Serkeev, Inkuzart kabi mashhur rassomlar ham, nomi menga notanish ijodkorlar ham bor ekan.

Koʻrgazmada tanish ijodkorlardan Muhiddin Risqiyevni uchratdim. Muhiddin aka oʻzining “Diffuziya” va “Kosmik modernizm” ishlari haqida aytib berdi.

Undan tashqari ustozim Aʼzam Obidov bilan ham tasodifan koʻrishib, ozroq suhbat qurdik.

Xullas, festival ajoyib tashkil etilgan. Vaqt topib borsangiz, umuman afsuslanmaysiz.

@usmonosphere
Forwarded from Sanduvoch
#xushxabar

Sanduvochimizning Instagram sahifasi 10K ga yetdi! Endi oʻn mingdan koʻproq odamga iqtibos ulashyapman deb maqtansam boʻladi.

Siz ham Instagramda kuzatsangiz, aʼlo ish boʻlardi :)

@sanduvoch_uz
“Talaba”, Asaxiy, xodim va inkor madaniyati

Men yozmasam ham hammasidan xabaringiz bor. Shuning uchun tafsilotlarga ortiqcha toʻxtalmayman.

Ham Asaxiy Booksda faoliyat yuritadigan xodim, ham Bukblogerlar jamoasining aʼzosi, ham bugungi mojaroga sabab boʻlgan kishining hamkasbi sifatida fikr bildirmoqchiman.

Ziyoda opa nashriyotimizda musahhih boʻlib ishlaydi. Kechagi audiochatda aytgan fikrlari toʻliq yozib olinmaganidan xabar topib, ortiqcha hissiyotga berilib, butun jamoaning hamiyatiga tegadigan ohangda gapirgan. Qolaversa, salkam 200 kishilik Asaxiy kompaniyasi nomidan gapirgani umuman notoʻgʻri boʻldi. (Ayni soʻzlarni hamkasbimning oʻziga ham aytdim).

Endi boshqa xatboshiga oʻtamiz. Bir xodimning qiziqqonligi va kompaniya nomidan gapirgani chindan ham butun kompaniyaning pozitsiyasini bildirmaydi. Korxona rahbari va marketing boʻlimi vaziyatga toʻgʻri yondashib, ham ommaviy tarzda, ham bir nechta bukblogerlarga aloqaga chiqqan holda tushunmovchilik uchun uzr soʻradi. Mijozlarini hurmat qiladigan kompaniya shunday qilishi kerak aslida.

Bukblogerlar allaqachon inkor pozitsiyasini boshlab berdi. Hatto Asaxiy Books doʻkoniga borib “Talaba” kitobini qaytarib berganlar ham boʻldi. Kanallarda postlar yozildi. Qaysidir maʼnoda mana shu postlar va harakatlar yetarlicha shov-shuv koʻtardi. Bu juda yaxshi, hamma sohada shunaqa boʻlishi kerak. Lekin Asaxiy xodimi bahonasida “boshqa nashriyotlardan ham kitob olmaymiz bunaqada” deb qaramaslik lozim. Aslida, Asaxiy ham bu maqsadda sovgʻa ulashmagan hech kimga. Boshqa nashriyotlar ham chin dildan, azbaroyi sovgʻa oluvchiga ehtiromi borligidan nimadir ilinadi, deb ishonaman.

Xullas, bori shu. Birgina mix sabab butun boshli urushda magʻlubiyatga uchralgani haqida rivoyat boʻlardi. Jahl ustida yozilgan birgina gap shuncha jiddiy tus olishini kim ham oʻylabdi deysiz.

P.S: muhim gapni esdan chiqaray debman, bu postni hamkasbimni oqlash yoki ishxonamni maqtash uchun yozmadim, men doimgidek adolatga doʻstman :)

@usmonosphere
Hech kim sizni ushlab turgani yoʻq!

Hayron qolaman, anonim muloqot ochsam, koʻpincha pessimist, hayot koʻziga rangsiz koʻrinadigan, ekzistensial inqirozga uchragan, oʻlimini sogʻingan, goʻyoki yashayotganidan norizo kayfiyatdagi odamlar yozishadi.

Bitta-ikkita yo barmoq bilan sanarli emas, juda koʻp shunaqa turdagi xabarlar keladi. Yoʻqsa, bu mavzuda nimadir yozish ham xayolimga kelmasdi.

Qadrli doʻstim, uka-singlim, tengdoshim, sizni tushunishga harakat qilaman, hayot azaldan beshafqat, adolat degan narsaning oʻzi yoʻq, ezgulik faqat ertaklarda qolib ketgan, tasavvuringizdagi komil insonlar mumtoz kitoblar sahifalarida bitilgan xolos. Suyanay desangiz, arzirli suyanchiq yoʻq, oʻpkamni toʻldirib nafas olay desangiz, havo ham rasvo. Baqiray desangiz, jinni deyishadi, yigʻlay desangiz, pinhon joy topish muammo. Ehtimol, muammo emasdir, lekin erinadi odam.

Mayli, gaplarim hazil. Oʻzi shundogʻam choʻkkan ruhingizni battar choʻktirmay. Lekin negadir “oʻlishni istayapman”, “toʻyib ketdim hayotdan”, “nega bu hayotga keldik oʻzi”, “qachon oʻlamiz ekan-a” qabilidagi gaplarni anonim tarzda yozib yuborishingizni hech tushunolmayman. Chindan ham shu qadar yashashdan toʻyib ketganmisiz, oʻlimga shu qadar tashnamisiz yoki oʻzingizni shunday koʻrsatish sizga biror xil zavq beradimi?

Modomiki, oʻlimga gʻoyat mushtoq ekansiz, nega oʻlib qoʻya qolmaysiz? Kimgadir badbin fikrlaringizni bayon qilishga ketkizadigan vaqtingizni intihor usullarini oʻrganishga sarflang. Bilaman, jon shirin. Osonroq yoʻlini toping. Sizga oʻzimdan ham koʻproq ishonaman, hayotning adolatsizligini anglagan aqlingiz ortiqcha qiynoqsiz oʻlim topish yoʻllarini oʻrganishga ham yetadi.

A labbay? Bolaligimda koʻp travma olganman deysizmi? Sizga aytsam, shuncha tanish orttirib, birorta travma olmay ulgʻayganini koʻrmadim. Ehtimol, mendagi ruhiy jarohatlar siznikidan bir necha chandon koʻp boʻlsa ham ajabmas. Shunday ekan, travma bahona boʻlolmaydi, chunki ongli tarzda uning asoratlarini yengib oʻtsa boʻladi.

Bu dunyoga kelishni oʻzim soʻramaganman, mendan beruxsat bu hayotga tashlashgan deysizmi? Boʻldi-da, siz ham hech kimdan soʻramasdan, hech kimga aytmasdan asfalasofilinga ravona boʻlavering. Shunda bir-u bir boʻladi. Oʻzingizni oʻylang, tamom-vassalom. Qolaversa, bugun oʻldingiz nima-yu, ertaga oʻldingiz nima? Yashayapsizmi, yoʻl oxiriga yetishi muqarrar-ku.

Xullas, gapning poʻstkallasi shuldir: oʻlimni bunchalar mushtoq boʻlib kutgan, chirkin hayotdan toʻyib ketgan odam birovga indab oʻtirmaydi. Shartta hayotiga nuqta qoʻyadi boʻldi. Oʻlgim kelyapti deb piqillay-piqillay saksonga kirib qolmang tagʻin. Vaqt gʻanimat deyman-da. Siz ketsangiz, dunyo biror talafot koʻrmaydi, oʻrningizga boshqa bir oʻlimparast keladi, nima qipti?

Shuncha gapni oʻqib ham, jim yotavergan boʻlsangiz, gap hayotda emas, sizning eʼtibortalab, ojiz va jurʼatsizligingizda. Axir arqon uncha qimmat turmaydi, ustun boʻlsa topilar. Margimush ham ana dorixonada toʻlib yotibdi. Hech qursa uyingizda ustaraning piskasi bordir? Bilaman, aslida, hammasi bor, shunchaki kuchingiz yoʻq. Nolib-nolib, ming laʼnatlar oʻqib, baribir yashashda davom etaverasiz. Agar qaroringiz qatʼiy boʻlganida, allaqachon oʻlib ketgan boʻlardingiz.

Fikrlarimni toʻgʻri ifodalay oldimmi yo yoʻqmi, bilmadim. Lekin oʻladigan odam ayuhannos solmasdan, suhbatdoshiga pessimistik kayfiyatini namoyish qilmasdan, oʻlib qoʻya qolaveradi... Mayli, hammaga xohlaganiday oʻlim nasib qilsin. Ayniqsa, mayda sabablarni deb goʻyoki oʻzini yashashdan toʻygan-u, oʻlimni qoʻmsayotganday koʻrsatadiganlarga.

P.S: Umid qilamanki, (aniqrogʻi, ishonamanki) bu postdan keyin kimdir shartta borib oʻzini oʻldirmaydi🤓

@usmonosphere
#xushxabar

Uzoq kutilgan yangilikni nihoyat eʼlon qilyapman. Suyuklilar ichra tengsiz “Al-Mustafo”miz nashrdan chiqdi!

Kitobda ustoz tarjimonlar ​​— Sharifjon Ahmad va Abduhamid Pardayev tarjimalari oʻrin olgan. Kamina esa muharrirlik qildim. Bu kitob holida chop etilgan birinchi muharrirlik ishim. Albatta, olib oʻqiysiz degan umiddaman.

Qolaversa, Jubron Xalilning ikkinchi kitobi ham nashrga tayyor. Undan oʻzimning tarjimalarim ham joy olgan. Tez orada nashrdan chiqadi.

Yangi kitob Jubron Xalilga (xudo rahmat qilsin), tarjimonlarga, oʻquvchilarga va muallifning eng ashaddiy muxlisi boʻlmish kaminaga muborak boʻlsin!

P.S: kitob sotuvda mavjud, shuningdek, @jubronxalil sahifasi ham sizga muntazir :)

@usmonosphere
#kechinma

Inson hammaga ham maktub yozavermaydi. Maktub yozdimi, demak hayotida arzirli oʻrni bor. Agar maktub yozsa-yu, oʻziga joʻnatmasa, hech kim bosolmaydigan oʻrni bor degani.

@usmonosphere
2024/09/22 00:24:25
Back to Top
HTML Embed Code: