Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
5843 - Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from Shahriyor Shavkat
"ҲамНафас"

Абдуманнон Муҳаммад олган суратлар.
Siz Usmonipni kim sifatida taniysiz?
Anonymous Poll
25%
Ijodkor
33%
(Buk)bloger
38%
Tarjimon
3%
Muharrir
#eʼlon

Orangizda marketingga qiziqadigan, kelajagini shu sohada koʻrmoqchi va katta jamoada tajriba orttirmoqchilar boʻlsa, yaxshi xabar bor.

Asaxiy.uz marketing boʻlimiga amaliyotchilarni taklif qilmoqda. Amaliyot davomida oʻzini yaxshi koʻrsatganlar ishli boʻlib qoladi. Qolaversa, stipendiya ham olishadi.

Sizdan nima ketdi, bir urinib koʻring:
👉🏿 https://forms.gle/TjD3erJ3BhnHJTJt6

@usmonosphere
#ajabtovur

​​— Qoʻzim, “Mehr-oqibat kuni” inglizchada nima boʻladi? ​​— deb yozdi oʻrtogʻim.
​​— Inglizlarni mehr-oqibati boʻlmaydi, ​​— dedim tarjimasini topolmay.
​​— Oʻzi bizdayam yoʻq-u, nomi bor ekan-da.
​​— Mayli, unda “Day of Nonexistent Feelings” deb beraqoling.

@usmonosphere

P.S: surat shunchaki koʻz-koʻz maqsadida :)
#dunyo_daholari

Mana, va nihoyat “Dunyo daholari” rukni toʻliq nashrdan chiqdi. Farzandlaringizga, uka-singillaringizga Stiv Jobs, Muhammad Ali, Leonardo da Vinchi, Volfgang Amadey Motsart va Albert Eynshteyn hayoti haqida oʻqib berishingiz mumkin.

Toʻplam holida xarid qilsangiz, nur ustiga nur boʻladi :)
👉🏿 asaxiy.uz/u/dunyo_daholari

@usmonosphere
#sarhisob

Oktyabr oyida 4 ta kitob oʻqibman. Asosan dramalar, sahna asarlari va Xayriddin Salohning “Ohu” sheʼrlar toʻplami.

Sofoklning “Shoh Edip” va Shekspirning “Qirol Lir” tragediyalarini inglizchaga solishtirib oʻqidim. Fitratning “Abulfayzxon” dramasini esa narigi ikki asarga solishtirdim.

Qolaversa, Fitratning sheʼr va maqolalarini ham oʻqidim. Usmon Azimning “Saylanma”sidagi sheʼrlar gazak boʻldi.

Xullas, trekerda boʻsh joy ortib qoldi-yu, mayli kamomadini keyingi oy yopamiz, nasib.

@usmonosphere
Şevval Sam & Kazım Koyun...
Kalan Müzik
Men shu kungacha bunaqa goʻzal qargʻishni eshitmaganman:

“Kimse almasun seni oy, kimse almasun seni,
Yine bana kalasun”


@usmonosphere
Bilamizki, inson tanasini ovqat, ruhini esa ilm va maʼrifat toʻydiradi.

Ikkinchisini birinchisidan ortiqroq toʻydirish muhim

Hammasiga ulanganlar 🔥
#parcha

“Biz farangilar diningizning dushmani esak-da, diniy xusumatlarimiz taqozo qilganidek, Qurʼon va hadislarongizni kuydirish oʻrniga ulardan oʻz manfaatimiz nuqtayi nazaridan foydalanmoqqa, sanqogʻimizni qondirmoqqa oʻrgandik. Uning amrlarini amalga oshirdik va favqulodda taraqqiyotgʻa erishdik...”

© Fitrat, “Munozara”

@usmonosphere
#tarjima

“Saodat” jurnalida tarjimam bosilibdi. Jurnal tahririyati va sababchi boʻlgan ogʻamga katta rahmat.

Jurnal sahifalarini quyidagi havola orqali varaqlashingiz mumkin:
👉🏿 https://www.tgoop.com/gazetalar_sharhi/32112

@usmonosphere
RDKS42425 ZULFI ZUNNOR MANDADUR
SANOBAR SATTOROVA
Oʻldim-u, ikki koʻzim qabrim boʻlib qoldi mening,
Ruhlar orzusidagi bezovta bozor mandadur.

© Halima Ahmad

@usmonosphere
#tarmoqdan

Umberto Ekoning ulkan shaxsiy kutubxonasida bir necha oʻn minglab kitoblar boʻlgan. Baʼzilar uning kutubxonasidagi kitoblar soni 30 mingga yaqin deb taʼkidlashgan. Yozuvchidan koʻpincha shuncha kitoblarning qanchasini oʻqib chiqqanligi haqida soʻrashar edi. Umberto Ekoning oʻzi bu haqda shunday degan:

“Mening uyimga birinchi marta kelib, katta kutubxonamni koʻrgan kishi «Bu kitoblarning hammasini oʻqib chiqqanmisiz?” deb soʻraganida, javob uchun bir nechta tayyor variantlarim bor. Mening bir doʻstim oʻziga berilgan bunday savolga quyidagicha javob beradi: “Ha, hatto bundan ham koʻproq kitob oʻqiganman”.

Menda esa ikki xil javob bor. Birinchisi: “Yoʻq. Bu yerda faqat kelasi hafta oʻqishim kerak boʻlgan kitoblar turibdi. Oʻqib boʻlgan kitoblarim esa universitetda saqlanadi”. Ikkinchisi: “Men bu kitoblarning birortasini oʻqimaganman. Aks holda, ularni uyimda saqlashimning nima keragi bor?” Albatta, suhbatdoshimni yanada qattiqroq “jazolashim” uchun yana boshqa turli-tuman javoblarim ham bor.

Haqiqat shundaki, har birimizda — agar kutubxonasi juda katta boʻlsa — oʻqilmagan oʻnlab, yuzlab, balki minglab kitoblar bor. Ammo vaqt oʻtib ularni qoʻlimizga olsak, ularni tanishday his qilamiz. Qanday qilib? Qanday qilib oʻqimagan kitobni bilamiz?

Birinchi javob - mistik, lekin men uni qabul qilmayman: kitobdan sizga qandaydir toʻlqinlar oʻtib turadi, deyishadi.

Ikkinchi javob - aslida, yillar davomida biron marta ham bu kitobni ochmaganingiz toʻgʻri emas; siz uni koʻp marta joyini oʻzgartirgansiz, ehtimol, hatto bir ikki sahifalarini varaqlab chiqqansiz, lekin esingizda yoʻq.

Uchinchi javob: yillar davomida boshqa koʻplab kitoblarni oʻqigansiz, ularda esa bu kitob haqida iqtiboslar keltirilgan, va oxir-oqibat u sizga tanish boʻlib qolgan.

Demak, biz oʻqimagan kitoblar haqida nimalardir bilishning koʻplab yoʻllari bor. Yaxshiyamki, shunday. Aks holda bir kitobni toʻrt marta oʻqish uchun vaqtni qayerdan topamiz?

©“Kitobxonlar davrasi”dan olindi

@usmonosphere
* * *

Ishq avvali – baland, bepoyon osmon,
Ishq oxiri – botqoq, dunyo – qorongʻu.
Ishq avvali – yosh va qaynoq orzular,
Ishq oxiri – qarib, keksaygan orzu.

Ishq avvali – qoʻllar yorning boʻynida,
Ishq oxiri – qoʻllar qoʻltiqda bari.
Ishq avvali – nigoh yorga yuzma-yuz,
Ishq oxiri – boqar yuzsizlik sari.

Ishq avvali – kokil uzra gul-chechak,
Ishq oxiri – bir bogʻ xor-u xas, soʻnik.
Ishq avvali – tengsiz dunyo egasi,
Ishq oxiri – essiz, egasiz oʻlik.

Ishq avvali – mardlar toʻnin kiygan lof,
Ishq oxiri – nomard toʻqigan tuhmat.
Ishq avvali – dilda lazzatli azob,
Ishq oxiri – dilda oʻrtangan gʻurbat.

Ishq avvali – labda erigan boʻsa,
Ishq oxiri – achchiq, shoʻr bosgan kadar.
Ishq avvali – diydor nash’u namosi,
Ishq oxiri – hijron tutqazgan zahar.

Ishq avvali – gulga burkangan bahor,
Ishq oxiri – xazon fasli, xiyonat.
Ishq avvali – ilk bor yaralgan dunyo,
Ishq oxiri – qoyim boʻlgan qiyomat.

Loyiq Sherali

[Tojik tilidan Odil Ikrom tarjimasi]

@usmonosphere #nazm
#tarjima

Esingizda boʻlsa, Xuan Rulfoning “Makario” degan hikoyasini tarjima qilgandim bir zamonlar. Shu asar “tarjimalar uz” saytida eʼlon qilindi.

Rulfo ajoyib yozuvchi, u bilan adabiy sayohatimiz hali oldinda :)

Oʻqib, fikr bildirsangiz xursand boʻlaman:
👉🏿 https://tarjimalar.uz/?p=580

@usmonosphere
Kun sovuq xabar bilan boshlandi. Mansur aka endi oramizda yoʻqligi haqidagi gap hamma joyda. Kuni bilan kayfiyatim boʻlmadi. Ijodini, shaxsiyatini, nuktadonligini, ilmini hurmat qilgan, har doim quyuq koʻrishadigan odamlarimdan biri, katta isteʼdod olamdan ketdi.

Hali ham chuqur oʻylar girdobidan chiqolmayapman. Oxiratingiz obod boʻlsin, Mansur aka. Goʻzal va toza sheʼrlar uchun butun umr minnatdormiz!

ISHQULLOH

Kimsan boqiymi, foniy,
yerlikmi yo osmoniy,
yo firʼavni misriysan,
yo kisroyi eroniy,
qaysar rummomiding yo,
qavmi tubbomiding yo,
yo sheri turk, yo ey jon,
xulafoyi musulmon,
yo yerdagi qirolsan,
yo koʻkdagi hilolsan
nechuk sanga qul boʻldim,
koshki edi bilolsam...
san roviy, ravodirman,
san cholgʻu, navodirman
el bir kun sani man deb
oʻylarmi, xavotirman.
Kimsan, seningmi dunyo,
nesan, seningmi dunyo,
yo men sening edimmi,
yo sen meningmiding yo?!
Qalb degan mulkim bilan
safirman silking bilan;
rizoman, agar robbiy
oʻldursa ilking bilan.
Ey ishqi Haq, ishqullo,
manim oshiqligim, o,
sanam sezganmiding yo,
sanam sevganmiding yo?!
Kel-u oshiq qoshiga,
boqmay koʻzim yoshiga,
sochib yubor ruhimni
oshiqlarning boshidan.
San qalbimga asir-u,
sanga asirman asru,
gʻaribman dunyosida,
ishq ichra vale masrur.
Bitganim bor xatimmi,
ishq avval-u xatmmi
sevgi bilan siylagay
Tangri muhabbatimni!

Mansur JUMAYEV

@usmonosphere
MEN QAYTAMAN

Men qaytaman, kipriging soyasiga qaytaman,
irmoqlarga – dunyoning doyasiga qaytaman,
boshlarini toshlarga urgan keksa burgutning
polaponi koʻz ochgan qoyasiga qaytaman.

Men qaytaman, dilu yod orasida qaytaman,
men qaytaman, koʻzlaring qorasida qaytaman,
bir qizchaning kulgichli chehrasida porlagum,
bir jununvash oʻgʻilning orazida qaytaman.

Men shundayin kuyuk dil porasida yasharman,
men shundayin begʻubor, norasida yasharman,
men shundayin beqaror – tuproq, havo, oʻt va suv
himmatidan zarralab bino boʻlgan basharman.

Anglamayman qandayin tugʻilmoqda aytarim;
qulogʻingga shivirlab aytayotgan baytlarim
andozasi ruhimda yaralgandir, ehtimol,
rabbim bilan falakda vaʼdalashgan paytlarim.

Men qaytaman, ketdi deb suyunma bir lahza ham,
yo qaroqda jimirlab oʻynamasin zarra nam,
gʻam chekmagin, Sendaman – pok dilingda zindaman;
shoirlar oʻlish uchun tugʻilmaydi, jonginam!

© Mansur JUMAYEV

@usmonosphere
2024/11/14 09:53:30
Back to Top
HTML Embed Code: