Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
"Ramazan kundaligim" - qanday kundalik?
Bolajonlarga Ramazon oyi uchun maxsus ishlab chiqilgan mashg'ulot kitobchasi. O'zida turli xil o'yinlar, boshqotirmalar, qiziqarli ma'lumotlarni jamlagan va bir qancha kutilmagan sovg'alar yashiringan.
Necha yoshli bolalar uchun mo'ljallangan?
Meni farzandlarim 8, 6, 3.5 va 1.5 yoshdalar. Men kundalikni har birlari uchun mos kelishini xohladim. Ma'lumotlarni ham shunga ko'ra har bir yosh uchun qiziqarli holda taqdim qildim. Masalan hozir katta o'g'lim kundalik ichidagi mashg'ulotlarni tezroq bajarishga intiqib ketayotgan bo'lsa, kichigim sahifalarini varoqlab rang barang rasmlarini mazza qilib tomosha qilib o'z tilida nimalarnidur gapiryapti.

Xullas kundalik har bir yoshdagi bolalar uchun va bolalikni sevuvchi kattalar uchun ham mos keladi!
"Ramazon kundaligim"ni Turkiyadan
sotib olishni istaganlar uchun e'lon!

19-mart kuniga qadar buyurtmalar
qabul qilamiz. To'lovni uzb kartadan
amalga oshirishingiz mumkin.

Kundaliklar 20-mart kuni berib yuboriladi. Borgandan keyin PTT kargo orqali adresingizga yuboriladi.
Musulmon bolaning uy-maktabi
Video
"Ramazon kundaligim"ni
Azon kitoblari do'konidan
ham xarid qilishingiz mumkin 😊
Olimbolajon kanali Ramazon oyi uchun "Mening ilk ramazonim" tanlovini e'lon qiladi.

Bolajonlar ramazon oyi bilan qanday tanishganligi, ilk ro'za tutganida nimalarni his qilgani, ramazon shukuhi, taroveh namozlari haqidagi taassurotlarini hikoya tarzida taqdim qilishlari kerak.

Tanlovda 7 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin.

Insholarni bolaning ismi, yoshi va yashash shaxri ko'rsatilgan holda @olimbolajon_admin'ga yuborish kerak.

Tanlov insholari Ramazonning 25 kunigacha qabul qilinadi. G'oliblar ismlari hayit kuni e'lon qilinadi va sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Kanal linki: @olimbolajon
"Arab alifbosi" plakati

Arab harflarni nomlari bilan bolajonlarga qiziqarli bo'lishi uchun turli xil ranglarda berilgan.

Bundan tashqari plakatda harakatlar va nomlari, arab raqamlari ham joy olgan.

Plakatni bolalar ko'zi tushadigan joyga osib qo'ysangiz ularni eslab qolishlari va yodda saqlashlari osonlashadi.

Format: A3, yumshoq laminat
Narxi: 10.000 so'm
Murojaat uchun: @olimbolajon_admin
"Qur'onda zikri kelgan hayvonlar" plakati

Qur'onda zikri kelgan hayvonlar nomlari arab, ingliz, o'zbek tillarida bolajonlarga qiziqarli bo'lishi uchun rasmlari bilan berilgan.

Bundan tashqari har biri qaysi surada nomlari kelgani ham qayd etilgan.

Bu plakat orqali bolalarga hayvonlarning nomlari bilan tanishtirishingiz, boshqa tillardagi nomlarini ham o'rgatib so'z boyliklarini oshirishingiz hamda qaysi surada nomlari kelganiga qarab Qur'oniy qissalardan so'zlab berishingiz mumkin.

Format: A3, yumshoq laminat
Narxi: 10.000 so'm
Murojaat uchun: @olimbolajon_admin
"Qur'onda zikri kelgan mevalar va sabzavotlar" plakati

Har bir meva va sabzavotlar arabcha yozilishi va o'qilishi bilan berilgan. Ingliz va o'zbek tilidagi tarjimasi hamda qaysi suraning qaysi oyatida zikr qilingani ham berilgan.

Format: A3, yumshoq laminat
Narxi: 10.000 so'm
Murojaat uchun: @olimbolajon_admin
"Qur'onda zikri kelgan 25 rasul va nabiylar" plakati

Qur'onda zikri kelgan 25 rasul va nabiylar ismlari arab va o'zbek tilida raqam li ketma-ketlikda berilgan.

Har bir payg'ambar qissalariga mos rasmlar ularning hikoyalarini yodda saqlab qolishlarini osonlashtiradi.

Format: A3, yumshoq laminat
Narxi: 10.000 so'm
Murojaat uchun: @olimbolajon_admin
Bolajonlar uchun islomiy plakatlar to'plami

To'plam 4xil plakatni o'z ichiga oladi:
🔹 "Arab alifbosi"
🔹"Qur'onda zikri kelgan hayvonlar"
🔹"Qur'onda zikri kelgan mevalar va sabzavotlar"
🔹"Qur'onda zikri kelgan 25 rasul va nabiylar"


Format: A3, yumshoq laminat
To'plam narxi: 35.000 so'm
Murojaat uchun: @olimbolajon_admin
Allohim, G'azo hujumlar ostida ekan panohimiz yolg'iz O'zing ekanligini esladik..

Muso alayhissalom va uning qavmiga dengizni ikkiga ajratib yo'l ochganing kabi, G'azo xalqi uchun ham ular hatto xayollariga ham kelmagan bir yo'l ochishingni so'raymiz..

Nuh alayhissalom va uning qavmini kemada saqlab qolganing kabi, ularni ham dunyoning cho'kayotgan sukunatidan saqlab qolishingni so'raymiz..

Sendan izlash - hurriyat kalitidir!
Xech bir raqam Seni oldingda zarracha ahamiyatga ega emas!

Sendan mazlumlar bilan birga bo'lishingni, ularni qo'rquvlarini  omonlik va hotirjamlik bilan almashtirishingni so'raymiz.

Ularga O'z himoyang ostida ekanliklarini his qildir, Senga bo'lgan iymonlari tufayli sinovdan o'tishlariga yordam ber.

Zero, Sen yora olamaydigan xech qanday dengiz, Sen himoya qila olmaydigan xech bir kema yo'qdir..
RAMAZON MALIKASI...
RAMAZON QAHRAMONI...
E'tiboringizga farzandlarimizni Ramazon oyiga va undagi ibodatlarni bajarishga qiziqtirish uchun ajoyib posterlarimizni taqdim etamiz!

RAMAZON MALIKASI

💞 Kichik malikam.. Ramazon oyida ro'za tutgan kunlaringizda tojlarni bo'yang. Kundalik besh mahal namozingizni o'qish bilan tojingizni durlar bilan bezab, Ramazon Malikasiga aylaning!

RAMAZON QAHRAMONI

🛡 Kichik Qahramonim.. Ramazon oyida ro'za tutib qalqonlarni  bo'yang. Kundalik besh mahal namozingizni o'qish bilan ularni yulduzlar bilan bezab, Ramazon Qahramoniga aylaning!

Format: A3 (qalin karton)
Narxi: 10.000 so'mdan
Murojaat uchun: @olimbolajon_admin
2024/09/24 01:32:19
Back to Top
HTML Embed Code: