Telegram Web
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Diqqat viktorina!

Bu qaysi rezavor meva?
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Rezavor meva - qorag’at: uning xususiyatlari va parvarishlashga oid tavsiyalar

🍇Qorag‘at buta yoki yarim buta shaklida o‘sadi va odatda 1,5-2 metr balandlikka yetadi. Uning barglari 3-5 qismli, tishli, o‘ziga xos hidga ega. Dumaloq yoki cho‘ziq mevalari mayda, qora, qizil yoki sariq rangda bo‘ladi. Ular shirin yoki nordon-tamga ega.

🌱Qorag‘at bahor mavsumida gullaydi. Gullar mayda, oq yoki pushti tusda bo‘lib, asalari va hasharotlarni jalb qiladi. Mevalari C vitaminiga boy bo‘lib, immunitetni mustahkamlaydi. Shuningdek, A, E va B guruh vitaminlari ham mavjud.

💧Qorag‘at o‘rtacha nam iqlimni va unumdor, yaxshi drenajlangan tuproqni afzal ko‘radi. Quyoshli yoki yarim soyali joylarda yaxshi o‘sadi. Uni yetishtirish davomida doimiy sug‘orish zarur, ayniqsa hosil pishish davrida sifatli agrotexnik amaliyotlarni olib borish tavsiya etiladi.

Uning asosiy dushmanlari chang zamburug‘, qorag‘at uchquri va o‘rgimchakkanalar hisoblanadi. Buning oldini olish uchun doimiy kuzatish va o‘z vaqtida davolash talab etiladi. Qorag‘at nafaqat mevali buta, balki shifobaxsh va oziq-ovqat sanoati uchun muhim ekin hisoblanadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺"O‘zbekiston 24" telekanali "Ахborot 24" informatsion dasturi orqali "Qishloq xo’jaligi sohasida gender tenglik masalalari" sarlavhasi ostida maxsus lavha efirga uzatildi.

💬Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAO bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan seminar tafsilotlari haqida batafsil so‘z yuritilgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tizimga oid umumiy natijadorlikni oshirishda to’g’ri yondashuvning o‘rni va ahamiyati yuqoridir

💬Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini oshirishga qaratilgan muhim yig‘ilish o‘tkazildi. Unda vazir o‘rinbosarlari, markaziy apparat vakillari, departament va boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda sohada olib borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish va natijadorlikni oshirish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Yig‘ilishda har bir viloyat va tuman kesimidagi asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol balansini shakllantirish masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu hisobotda ekin yerlari, ulardan foydalanish, fermerlar soni, ekin turlari va ularni parvarish qilish rejasi, shuningdek, hududlarga biriktirilgan mas’ul mutaxassislar haqidagi ma’lumotlar aks etishi lozimligi qayd etildi. Vazir mazkur hisobot sohada monitoring tizimini rivojlantirish, jarayonlarni tizimli boshqarish va natijadorlikni oshirish uchun samarali vosita bo‘lishini alohida ta’kidladi.

📌Yig‘ilish davomida oziq-ovqat mahsulotlari hisobotining mazmunini shakllantirishda maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash, 6 oylik ish rejasini ishlab chiqish zarurati muhokama qilindi. Ushbu yondashuv orqali qishloq xo‘jaligi sohasida xatolarni kamaytirish, ish samaradorligini oshirish va natijadorlikka qaratilgan usullarni joriy etish imkoniyati yuzaga kelishi mumkinligi aytib o‘tildi va bu borada tizimli ish tashkil qilish borasida vazifalar berildi.

Vazir yig‘ilishda har bir mas’ul xodimlarning ishga bo‘lgan munosabatini yaxshilash, tizimda ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashga qaratilgan topshiriqlarni berdi. Shuningdek, vazir qishloq xo‘jaligidagi natijadorlikni ta’minlash uchun ushbu hisobotlarni shakllantirish jarayoni nafaqat statistik ma’lumotlarni to‘plash, balki ularni tahlil qilib, sohadagi muammolarni aniqlash va hal qilish uchun ham muhim vosita ekanini qayd etdi.

✍️Yig‘ilish so‘ngida esa, kelgusi 2025-yilda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan qator loyihalar rejasi tahlil qilinib, yo‘nalishlar kesimida belgilangan vazifalar va unga biriktirilgan mas’ullarning zimmasidagi yuklamalarga nisbatan munosabatini ijobiylashtirish, tizimda ishchanlik kayfiyatini yaratish, urug‘chilikda, ekin yetishtirishda, hosilni ko‘paytirishda vijdonan yondashgan holda ijobiy ko‘rsatgichlarni qayd etish borasida vazifa va ko‘rsatmalar berildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11 oyda qancha dudlangan va yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarilgan?

🔝2024-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 10 ming tonna yarim dudlangan va dudlangan kolbasalar ishlab chiqarilgan.

ℹ️Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yillarning tegishli davrida quyidagicha:
2021-yil – 6 493,0 tonna;
2022-yil – 7 369,0 tonna;
2023-yil – 7 936,0 tonna;
2024-yil – 10 005,0 tonna.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ona asalari yetishtirish texnologiyasi: mukammal tizim va qo‘shimcha tavsiyalar

🐝Ona asalari yetishtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun texnologik jarayonning barcha bosqichi puxta rejalashtirilishi lozim. Dastavval, har bir asosiy oiladan 3 ta mumkatak romli, ona arisi mavjud kichik yosh oila shakllantiriladi.

💫Yotoq uyalarining orqa tomonidan kichik teshikcha ochilib, faner yoki kontrplak yordamida 4–5 ta mumkatak rom sig‘adigan cho‘ntak hosil qilinadi. Ushbu cho‘ntak kichik oilaning rivojlanishi uchun alohida maydon vazifasini bajaradi.

🍯Yosh oilani mustahkamlash uchun asal va gulchang aralashmasidan iborat qo‘shimcha oziq berish tavsiya etiladi. Yosh oilani kuchsizlantirmaslik uchun ularning ichiga begona asalari kirishining oldini olish maqsadida teshikchalarga maxsus himoya setkalar o‘rnatish lozim.

❗️Yotoq uyada asosiy va kichik oila qishlashga ketadi. Bu jarayon davomida 4–5 ta mumkatak romdagi arilar yetarli oziq bilan ta’minlanishi kerak. Qishki sovuqlardan himoya qilish uchun uyani maxsus izolyatsiya materiallari bilan qoplash tavsiya etiladi.

📌Kelgusi yil bahorida kichik yosh oilani kuchaytirish uchun asosiy oiladan 2 ta usti yopilgan lichinkali rom olib qo‘shiladi. Bu kichik oilaning tez o‘sishini ta’minlaydi. Jarayon davomida kichik yosh oilaning ona arisi vaqtincha dumaloq simli qafas to‘r ostiga joylashtiriladi.

📸Romlarni qo‘shishdan oldin arilarning sog‘lig‘i va lichinkalarning sifatini diqqat bilan tekshirish zarur. Har qanday yuqumli kasallik aniqlansa, davolash choralari ko‘rilishi kerak. Bahorda harorat barqaror bo‘lishini ta’minlash uchun yotoq uyaning joylashuvi va o‘rami e’tiborga olinishi lozim.

Ona arilarni yuqori mahsuldor zotlardan yetishtirish kichik oilalarning rivojlanishini tezlashtiradi va asalarichilikdan olinadigan umumiy foydani oshiradi. Asosiy va kichik oilalar o‘rtasida muntazam ravishda resurslar almashinuvini tashkil etish resurslardan samarali foydalanishga imkon beradi.

❗️Asalarilarning tabiiy sharoitini yaxshilash uchun ularning atrofidagi o‘simliklarni ko‘paytirish muhimdir. Ona asalari yetishtirish texnologiyasi samarali amalga oshirilsa, bu nafaqat asalarichilik mahsuldorligini oshiradi, balki kichik oilalarning iqtisodiy jihatdan mustahkamlanishiga ham yordam beradi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/12/26 06:55:41
Back to Top
HTML Embed Code: