UZAUTOMOTORSCOM Telegram 3347
“UzAuto Motors” AJ Tbilisida Chevrolet brendi ostida yangi dilerlik markazini ochdi

Gruziyada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillarining rasmiy sotuvlari boshlandi. Tbilisi shahridagi yangi dilerlik markazi “UzAuto Motors” AJ mahsulotlarining jahon avtomobil bozoridagi o‘rnini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

“UzAuto Motors” AJ Gruziyadagi rasmiy dileri “Strada Motors” MChJ bo‘lib, u Chevrolet avtomobillarini sotish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha xizmatlarni taqdim etadi. Mijozlarga zamonaviy uslub, ishonchlilik va qulay boshqarish sifatlarini o‘zida mujassam etgan talabgir avtomobil modellarini taklif etadi.

Ochilish marosimida “Strada Motors” MChJ bosh direktori Zurab Gvazava so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida Chevrolet brendining mahalliy bozorga kirib kelishi Gruziya yo‘llari uchun mos avtomobillarni xarid qilish imkonini berib, haydovchilarga mamlakat bo‘ylab qulay harakatlanishni ta’minlaydi, deya ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 25-avgust kuni Chevrolet avtomobillarining birinchi partiyasi Asakadagi zavoddan Gruziyaga jo‘nab ketgan edi.

Ochilish marosimida tadbir ishtirokchilari avtomobillarda test-drayv o‘tkazib, ularni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi va Chevrolet avtomobillarining sifati hamda iste’molchi xususiyatlarini munosib baholashdi.

tgoop.com/uzautomotorscom/3347
Create:
Last Update:

BY UZAUTO MOTORS UZ/РУ

Share with your friend now:
tgoop.com/uzautomotorscom/3347

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

How to Create a Private or Public Channel on Telegram? “[The defendant] could not shift his criminal liability,” Hui said. best-secure-messaging-apps-shutterstock-1892950018.jpg 5Telegram Channel avatar size/dimensions The Standard Channel
from us

Telegram UZAUTO MOTORS UZ/РУ
FROM American