Oʻzbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim tasdiqlandi — Prezident Qarori.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishida ishtirok etish uchun 25-sentyabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari yigʻilishning yalpi sessiyasida nutq soʻzlaydi hamda tadbir doirasida bir qator uchrashuvlar oʻtkazadi.
Samarqand shahrida oʻtkaziladigan ikki kunlik sammitda 100 dan ortiq mamlakatdan yuqori darajali delegatsiyalar, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari, yetakchi xorijiy kompaniyalarning boshqaruvchilari va nufuzli ekspertlar, jami 2 mingga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

Inson kapitalini rivojlantirish mamlakatimiz barqaror va uzoq muddatli iqtisodiy oʻsishining mustahkam poydevori hisoblanadi.
Bu borada soʻnggi sakkiz yilda maktabgacha taʼlim qamrovi 27 foizdan 74 foizga oshirildi. Yangi maktablar qurilib, qoʻshimcha 800 mingta oʻquvchi oʻrni yaratildi. Oliy oʻquv yurtlari soni 200 dan oshib, qamrov 9 foizdan 38 foizga yetdi.
Oʻzbekiston kelgusi 3-4 yilda maktabgacha taʼlim qamrovini kamida 80 foizga yetkazishni maqsad qilgan. Buning uchun xususiy sektor bilan birga 240 ming oʻrinli bogʻchalar barpo etiladi.
Shuningdek, kelgusi yildan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosida har yili barcha shahar va qishloqlarda eng ilgʻor standartlarga mos keladigan 100 tadan yangi maktablarni ishga tushirish reja qilingan. Bunga kelgusi yillarda 2 milliard dollar investitsiya kiritiladi.
Prezident taʼlimdagi loyihalarni xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning yangi istiqbolli yoʻnalishi sifatida belgilab olishni taklif qildi.

Hisob-kitoblarga koʻra, Oʻzbekistonda energetika, suv, transport, IT va boshqa infratuzilmalarni yaxshilash uchun yillik ehtiyoj yalpi ichki mahsulotning 10 foiziga teng.
Shu maʼnoda, Prezident bugungi anjuman “Barcha uchun barqaror infratuzilma yaratish” mavzusida oʻtkazilayotgani olqishladi.
Bu borada xalqaro moliya tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib, katta tajriba orttirildi. Buning natijasida ushbu sohalarga xususiy sektor faol kirib bormoqda.
Oʻzbekistonda 2030-yilgacha 30 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha katta dastur qabul qilingan.
Xususan, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yoʻnalishlarida pullik avtomobil yoʻllari, “Toshkent – Samarqand”, “Samarqand – Navoiy – Buxoro” yoʻnalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temir yoʻl qurish loyihalari amalga oshiriladi.
Respublikaning 6 ta xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish davlat-xususiy sheriklikka beriladi.

Shuningdek, kelgusi besh yilda elektr, suv va gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga oʻtadi. Masalan, Samarqand viloyatining elektr tarmoqlarini boshqaruvga olish boʻyicha oʻtkaziladigan tenderga 50 dan ziyod xorijiy nufuzli kompaniyalar oʻz qiziqishini bildirdi.
Shu bilan birga, bizda har yili 100 mingdan ziyod xonadonli uy-joylar qurilmoqda. Masalan, Toshkent, Samarqand, Namangan va Andijon kabi yirik shaharlar hamda qolgan viloyatlar markazlariga yoʻldosh “Yangi Oʻzbekiston” shaharchalarini qurish boʻyicha katta loyihalar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz oʻrta shaharlarni rivojlantirish boʻyicha 200 million dollarlik, qishloq joylaridagi infratuzilmani yaxshilash boʻyicha 130 million dollarlik loyihalar Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda boshlaganganini alohida eʼtirof etdi. Bank va boshqa hamkorlar bilan bunday infratuzilmaviy loyihalar yanada kengaytirilishiga ishonch bildirdi.

UzA | Tezkor xabarlar
Shuningdek, kelgusi besh yilda elektr, suv va gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga oʻtadi. Masalan, Samarqand viloyatining elektr tarmoqlarini boshqaruvga olish boʻyicha oʻtkaziladigan tenderga 50 dan ziyod xorijiy nufuzli kompaniyalar…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirayotgan va keng koʻlamli islohotlarni qoʻllab kelayotgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Lisyunga, Bankka aʼzo davlatlar hukumatlari va boshqaruvchilariga yana bir bor chuqur minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, anjumanda ishtirok etayotgan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki hamda yirik kompaniya va investorlarga oʻzining alohida hurmat va ehtiromni izhor etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilari kengashining toʻqqizinchi yillik yigʻilishidagi nutqi
Nutq matni — https://uza.uz/posts/639210
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Nutq matni — https://uza.uz/posts/639210
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Chang boʻronlariga qarshi kurashish boʻyicha milliy dastur tasdiqlandi
Prezident Qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish boʻyicha 2024–2030-yillarga moʻljallangan milliy dastur tasdiqlandi.
Quyidagilar Milliy dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan:
— chang va qum boʻronlari oldini olish va oqibatlarini yumshatishda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish hamda hududlarda yashil qoplamalarni kengaytirish;
— 2028-yilgacha kuchli chang boʻronlari hosil boʻlish surʼatlarini hozirgi holatiga nisbatan 50 foizga qisqartirish.
2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining 12 ta tumanida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarni oʻrnatish ishlari boshlanadi.
2026-yil 1-yanvardan Toshkentda oʻrnatilgan maxsus monitor va tablolarda majburiy ravishda atmosfera havosining ifloslanish darajasi hamda gidrometeorologik maʼlumotlar eʼlon qilib boriladi.