Telegram Web
⚡️UZB: Termiz aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli “Air Samarkand” aviakompaniyasining Jidda - Termiz yoʻnalishidagi 9S2407 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻl olishga qaror qildi.

“SIlk Avia” aviakompaniyasining Toshkent - Termiz yoʻnalishidagi US-751 reysi ham mahalliy vaqt bilan soat 8:58 da Qarshidagi muqobil aerodromga borib qo‘ndi.



⚡️RUS: В связи с неблагоприятными метеоусловиями в аэропорту Термез (туман) экипаж рейса 9S2407 по направлению Джидда — "Термез" авиакомпании Air Samarkand принял решение следовать на запасной аэродром в Самарканд.

Рейс US-751 по направлению Ташкент — Термез авиакомпании SIlk Avia также произвёл посадку на запасной аэродром "Карши" в 8:58 по местному времени.
⚡️ Mahalliy vaqt bilan soat 12:10 dan boshlab Termiz aeroportida samolyotlarning kelishi va jo‘nashiga qo‘yilgan cheklovlar olindi. Aeroport odatiy rejimda ishlamoqda.

— — —

⚡️
С 12:10 по местному времени в аэропорту Термез сняты ограничения на прием и выпуск воздушных судов. Аэропорт работает в штатном режиме.
Forwarded from Airports Training Center
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✈️ Airports Training Center — professional ta’lim poydevori

Shuni faxr bilan ta’kidlashimiz kerakki, "Airports Training Center" markazi O‘zbekiston aeroportlari xodimlarining malakasini oshirish va ularning kasbiy mahoratini rivojlantirishning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.

Tinglovchilarimiz jadal rivojlanayotgan sohada talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar bo‘lib qolishlari uchun zamonaviy ta’lim texnologiya va ilg‘or metodikalarni joriy etmoqdamiz.

Instruktorlarimiz aeroportlarning samarali va xavfsiz ishlashi uchun bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashadigan yuqori malakali mutaxassislardir.

Airports Training Center — bu shunchaki o‘qish emas, balki O‘zbekiston aeroportlarining kadrlar salohiyati va professional kelajagini mustahkamlashga hissa qo‘shadigan ta’lim markazi.

🎓 Bizning o‘quv dasturlarimiz zamonaviy simulyatorlar, VR-texnologiyalar va multimedia vositalaridan foydalangan holda xalqaro tajribani mahalliy ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtiradi.

💬 Kurs tinglovchilarining fikr-mulohazalari o‘quv dasturlarining amaliy qiymatini va instruktorlarning yuksak kasbiy mahoratga ega ekanligini tasdiqlamoqda.

✈️ Airports Training Center faoliyatini boshlaganini ma’lum qilishdan mamnunmiz. Markazimiz butun dunyodagi o‘z xodimlarining malakasini oshirishdan manfaatdor bo‘lgan aeroportlar, aviakompaniyalar va hamkorlar bilan samarali hamkorlik qilishga tayyor. Biz birgalikda kasbiy mahorat, innovatsiyalar va xavfsizlik aeroportlarning muvaffaqiyatli faoliyatiga asos bo‘ladigan kelajakni yaratmoqdamiz.

✈️ Airports Training Center — фундамент профессионализма

С гордостью представляем, Airports Training Center - ключевое звено в повышении квалификации сотрудников аэропортов Узбекистана и совершенствовании их профессиональных навыков.

Мы внедряем современные образовательные технологии и передовые методики, чтобы наши слушатели оставались востребованными профессионалами в стремительно развивающейся отрасли.

Наши инструкторы —высококвалифицированные специалисты, которые делятся знаниями и опытом критически важными для эффективной и безопасной работы аэропортов.

Airports Training Center — это не просто обучение, а вклад в  укрепление кадрового потенциала и профессионального будущего аэропортов Узбекистана, реализуемый образовательным центром.

🎓 Наши программы обучения сочетают международный опыт с локальными потребностями, используя современные симуляторы, VR-технологии и мультимедийные инструменты.

💬 Отзывы слушателей курсов подтверждают их практическую ценность и высокий уровень профессионализма инструкторов.

✈️ Мы рады объявить о начале деятельности Airports Training Center. Наш центр открыт для плодотворного сотрудничества с аэропортами, авиакомпаниями и партнёрами, заинтересованными в развитии квалификации своих сотрудников, со всего мира. Вместе мы создаём будущее, в котором профессионализм, инновации и безопасность становятся основой успешной работы аэропортов.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️UZB: Noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli Urganch aeroportida havo kemalarining qo’nishi va uchishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy qilindi.

— — —

⚡️RUS: В связи с неблагоприятными метеоусловиями (туман) в аэропорту Ургенч временно введены ограничения на прием и выпуск воздушных судов.
⚡️UZB: Olmaota aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli Atlas Air aviakompaniyasining Amsterdam-Olmaota yoʻnalishi boʻyicha GTI8229 yuk reysi ekipaji Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻl olishga qaror qildi.

— — —

⚡️RUS: В свзяи с неблагоприятными метеоусловиями в аэропорту Алматы (туман) экипаж грузового рейса GTI8229 авиакомпании Atlas Air по маршруту Амстердам - Алматы принял решение следовать на запасной аэродром в Ташкент.
​​Toshkent aeroportida mushuklar uchun uylar o'rnatildi

Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali va bosh binosi oralig‘ida joylashgan yashil maydonda mushuklar uchun uychalar paydo bo‘ldi. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari tomonidan loyihalashtirilgan mushuk uylari binoning tashqi ko‘rinishi va yashil hudid manzarasiga juda mos tushadi.

"Mushuklar shahar muhitining tabiiy aholisi bo'lib, o'zlarining ekologik o’rniga egadirlar. Poytaxt aeroportida doimo mushuklar bo‘lgan. Bu jonzotlarning odamlarga foydasi oydin, yoqimli estetikadan tashqari, ular uy sichqonlarini va hatto kalamushlarni yo'q qiladigan haqiqiy ovchilardir. Bizda ular uchun uylar o‘rnatish g‘oyasi anchadan beri bor edi, biroq aeroportda bir necha yillardan buyon olib borilayotgan qurilish ishlari tufayli bunday imkoniyat endigina paydo bo‘ldi. “Mushukkent” loyihasi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari bilan birgalikda uylar uchun uychalar loyihasini ishlab chiqdik va ularni aeroport faoliyati uchun ham, hayvonlarning o‘zlari uchun ham xavfsiz bo’lgan joylarga o‘rnatdik”,

— deya izoh berdi “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.

Tashqi ko'rinishga qo'shimcha ravishda, dizayn jarayonida uylar yig'ilgan materiallarga katta e'tibor berildi - yemirilishga chidamli, yonmaydigan va ayni paytda ekologik toza. Sovuq mavsumda isitish va issiqda shamollatish tizimlari ham o'ylangan.

“Uzbekistan Airports uchun, birinchi navbatda, bu kompaniya va uning xodimlarining hayvonlarga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadigan ijtimoiy loyihadir. Mamlakat hawidagi tasavvur aeroportdan boshlanadi va mushuklar uchun uychalar nafaqat bir kompaniya miqyosida, balki butun shahar va mamlakatning munosabati ko'rsatkichidir. Biz ushbu ajoyib tashabbusni qo‘llab-quvvatlaganimizdan va mamlakatdagi hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan juda mamnunmiz”, — deya qo‘shimcha qildi kompaniya matbuot xizmati.

“Mushukkent” loyihasi 2019-yilda boshlangan bo‘lib, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi hamda boshqa davlat idoralari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Loyihaning asosiy maqsadlari jamiyatda hayvonlarga nisbatan insonparvar munosabatni targ‘ib qilish, shaharda mushuklar uchun uylar o‘rnatish, ko‘cha mushuklari sonini nazorat qilish, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jazoni kuchaytirishdan iborat.
​​В ташкентском аэропорту установили котодомики

Домики для уличных кошек появились в зеленой зоне, расположенной между холлом и основным зданием терминала вылета международного аэропорта «Ташкент». Котодомики, за дизайн которых взялись студенты Ташкентского архитектурно-строительного университета, отлично вписались в экстерьер здания и ландшафт зеленой террасы.

«Кошки – это естественные обитатели городской среды, занимающие собственную экологическую нишу. В аэропорту столицы кошки были всегда. Польза этих животных очевидна, помимо безусловной эстетики, они настоящие охотники, которые уничтожают домовых мышей и даже крыс. Идея установить для них домики была у нас давно, однако в связи со строительными работами, которые ведутся на территории аэропорта уже несколько лет, такая возможность появилась только сейчас. Совместно с проектом «Мушуккент» и студентами Ташкентского архитектурно-строительного университета мы разработали дизайн домиков и установили их в безопасных местах, как для работы аэропорта, так и для самих животных», - прокомментировали в пресс-службе Uzbekistan Airports.

Помимо внешнего вида при проектировании большое внимание было уделено материалам, из которых изготовлены домики – антивандальные, негорючие и при этом экологичные. Также был продуман обогрев в холодное время года и вентиляция в жару.

«Для Uzbekistan Airports, в первую очередь, это социальный проект, показывающий отношение компании и ее сотрудников к животным. Как театр начинается с вешалки, так страна начинается с аэропорта, и котодомики – это показатель отношения не только в масштабах одной компании, но и города, и страны в целом. Мы очень рады поддержать эту замечательную инициативу и внести свой вклад в деятельность, проводимую зоозащитными организациями страны», - добавили в пресс-службе компании.

Проект «Мушуккент» стартовал в 2019 году и был поддержан ГУВД Ташкента, Национальной гвардией Узбекистана и другими госорганами и ННО. Основными целями проекта являются пропаганда в обществе гуманного отношения к животным, установка котодомиков в городе, контроль популяции уличных кошек, а также ужесточение наказания за жестокое обращение с животными.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar, sizlarni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz!

Qonun himoyasi, yurtimiz sarhadlari va suverenitetini qo‘riqlayotgan, o‘z qalbi chaqirig‘i bilan mashaqqatli, ammo oliyjanob ishni tanlagan, o‘zini ayamay, Vatan va fuqarolarimizni himoya qilayotgan insonlarga chuqur hurmat va minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Ushbu bayram kunlari, sizlarga, mustahkam sog‘lik va farovonlik, barcha ishlaringizda muvaffaqiyatlar, mardlik va matonat tilaymiz. Vatanparvarlik, Vatanga muhabbat yanada mustahkamlansin, mardlik va mehnatga fidoyilik doimo munosib qadrlansin.



Дорогие соотечественники, поздравляем вас с Днём защитников Родины!

Выражаем глубокое уважение и признательность людям, которые стоят на страже закона и порядка, границ и суверенитета нашей страны, которые по зову сердца выбрали трудную и рискованную работу и, не жалея себя, защищают Родину и граждан от внутренних и внешних угроз, участвуют в решении важнейших общенациональных задач.

В этот праздничный день желаем вам крепкого здоровья и благополучия, успехов во всех начинаниях, мужественности и стойкости. Пусть крепнут патриотизм и любовь к Отчизне, а отвага и преданность своему делу всегда вознаграждаются по достоинству!
​​13,5 million yo‘lovchi: “Uzbekistan Airports” 2024-yil yakunlarini sarhisob qildi

"Uzbekistan Airports" boshqaruv kompaniyasi 2024-yilni o‘tgan yilga nisbatan barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sish bilan yakunladi. Shunday qilib, 2024-yil yakuni bo‘yicha respublika xalqaro aeroportlari tomonidan 113 622 ta reysga xizmat ko‘rsatildi. Ularning 80 213 tasi xalqaro yo‘nalishlarda, 33 409 tasi esa ichki yo‘nalishlarda amalga oshirilgan. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 33 foizni tashkil etdi.

Yanvardan dekabrgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston aeroportlari 13 503 199 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Jumladan, ichki reyslarda 2 480 359 nafar, xalqaro reyslarda 11 022 840 nafar yo‘lovchi. 2023-yilning shu davriga (10 409 609) nisbatan o‘sish 30 foizni tashkil etdi.

O‘tgan yil davomida rezident aviakompaniyalar 73 969 ta reysni amalga oshirdi va 8 735 996 yo‘lovchini tashidi. Yil davomida xorijiy aviakompaniyalar tomonidan 39 653 ta reys amalga oshirilib, 4 767 203 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi.

Yuk tashish sohasida 2024-yilda 87 461 tonna yuk va pochta tashildi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan (71 314 tonna) 23 foizga ko‘pdir.

Shuningdek, 2024-yilda O‘zbekiston aeroportlariga to‘qqizta yangi yo‘lovchi aviakompaniyalari jalb etilgani e’tiborga molikdir. Bular, Ispaniyaning "World2Fly" va "IberoJet" aviakompaniyalari, Vengriyaning "WizzAir", "Malaysian Batic Air", Polshaning "LOT Polish Airlines", Qatarning "Qatar Airways", Turkiyaning "Ajet", Qirg‘izistonning "TezJet" va Arabistonning "FlyAdeal" avikompaniyalaridir.
​​13,5 млн пассажиров: Uzbekistan Airports подвела итоги 2024 года

Управляющая компания Uzbekistan Airports завершила 2024 год ростом по всем показателям по отношению к прошлому году. Так, по итогам 2024 года международными аэропортами республики было обслужено 113 622 авиарейса. Из них 80 213 рейсов совершено по международным направлениям и 33 409 – по внутренним. Прирост по сравнению с прошлым годом составил 33%.

С января по декабрь включительно аэропорты Узбекистана обслужили 13 503 199 пассажиров. В том числе, 2 480 359 пассажиров, совершивших внутренние перелеты, и 11 022 840 — международные. Прирост к аналогичному периоду 2023 года (10 409 609) составил 30%.

За минувший год авиакомпаниями-резидентами совершено 73 969 авиарейсов и перевезено 8 735 996 пассажиров. Зарубежные авиакомпании в течение года совершили 39 653 рейсов и перевезли 4 767 203 пассажиров.

В секторе грузоперевозок в 2024 году было обслужено 87 461 тонн грузов и почты, что на 23% выше прошлогодних показателей (71 314 тонн).

Также, стоит отметить, что в 2024 году в аэропорты Узбекистана было привлечено девять новых пассажирских авиакомпаний: испанские авиакомпании World2Fly и IberoJet, венгерская WizzAir, малазийская Batic Air, польская LOT Polish Airlines, катарская Qatar Airways, турецкая Ajet, кыргызская TezJet и арабская FlyAdeal.
​​"Flyadeal" aviakompaniyasi Namanganga parvozlarni boshladi

15-yanvar kuni Namangan aeroportida Saudiya Arabistonining "Flyadeal" aviakompaniyasi birinchi reysi kutib olindi. Havo kemasi sathida 350 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan 10:21 da Namanganga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi.

Jidda-Namangan-Jidda yoʻnalishi boʻyicha muntazam ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar Airbus A330 samolyotlarida haftasiga uch marta dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, "Flyadeal" aviakompaniyasi 2024-yil 21-noyabrdan Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻygan edi – Toshkent va Jidda oʻrtasidagi reyslar har kuni amalga oshirilmoqda.

"Flyadeal" Saudiya Arabistonining loukostr formatidagi aviakompaniyasi bo'lib, Jiddadagi Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportida joylashgan. Aviakompaniya Saudiya Arabistonining yetakchi havo tashuvchisi "Saudia Groupning" transformatsiya strategiyasi doirasida 2017-yilda tashkil etilgan.
​​Авиакомпания Flyadeal начала полеты в Наманган

15 января в аэропорту Намангана встретили первый рейс авиакомпании из Саудовской Аравии Flyadeal. Самолет с 350 пассажирами на борту приземлился в Намангане в 10:21 по местному времени. По традиции, самолет встретили водной аркой.

Прямые авиарейсы на регулярной основе по маршруту Джидда – Наманган – Джидда будут осуществляться на воздушных судах типа Airbus A330 с частотой три раза в неделю по понедельникам, средам и пятницам.

Напомним, авиакомпания Flyаdeal запустила прямые рейсы в Узбекистан 21 ноября 2024 года – авиасообщение между Ташкентом и Джиддой осуществляется на ежедневной основе.

Flyаdeal – саудовская бюджетная авиакомпания, базирующаяся в международном аэропорту короля Абдулазиза в Джидде. Авиакомпания была создана в 2017 году саудовским флагманским авиаперевозчиком Saudia в рамках стратегии трансформации Saudia Group.
​​Farg‘ona aeroportida yangi yoritish-signal moslamalari o‘rnatildi

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Fargʻona xalqaro aeroportining uchish-qoʻnish yoʻlagiga yangi yoritish moslamalarini oʻrnatish loyihasini amalga oshirdi. Bugungi kunga qadar CAT-1 tipidagi (ICAO) yangi uskunalarni ishga tushirish bo'yicha barcha ishlar yakunlandi va parvoz sinovi o'tkazildi.

"Ilgari aerodromda 1984-yilda ishlab chiqarilgan texnik va ma’naviy holati bo‘yicha eskirgan, foydalanish muddati 3 martadan o‘tib bo‘lgan va Oʻzbekiston va ICAO aviatsiya qoidalari talablariga javob bermaydigan past intensivlikdagi “Луч-4у”  yoritish moslamalari o‘rnatilgan edi. Qo'nish faqat bitta yo'nalishdan amalga oshirilgan, chiroqlarning yoritilishi esa qoniqarli darajada bo'lmagan”, - deya taʼkidladi "Uzbekistan Airports" parvozlarni aerodrom-texnik taʼminlash bo'limi boshlig'i Baxtiyor Rahmatullaev.

Mazkur aeroport Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda foydalanilganligi uchun aerodromda zamonaviy jihozlarni o'rnatish bo'yicha o'zaro qaror qabul qilindi. Yangi yoritish tizimi ICAO CAT-I birinchi toifasi bo'yicha kunduzi va tunda, qiyin ob-havo sharoitida uchish-qo'nish yo'lagini ko'rish imkoniyatlarini 750x60 m bo'lgan holda har ikkala kursdan aniq qo'nishini ta'minlash imkonini beradi.
2025/02/04 15:48:31
Back to Top
HTML Embed Code: