Telegram Web
Mendan ko'p moliyaviy maslahatlar so'rab turishadi. Masalan, qanday aksiyalar olish, qaysi moliyaviy instrumentlarga sarmoya qilish… Bunday maslahatlar berishdan men o'zimni doimo tiyib turaman.

Lekin, bugun bir maslahat bermasam bo’lmaydi. Ya’ni, teskarisi - nima qilmaslik haqida ogohlantirmoqchiman.

Kriptovalyutalar, turli tokenlar, tangalarga sarmoya qilishdan o’zingizni saqlashni tavsiya etaman.

Pul nuqtai nazardan ham, vaqt nuqtai nazardan ham.

Tushunaman, FOMO ko’pchilikda bo’ladi. Lekin, irratsional bozorda ratsional bo’la turish cho’ntakka ham, ruhiy salomatlikka ham foydali. Ayniqsa hozirga, ijtimoiy tarmoqlarda inflyuenerlarning odamlar e'tibori va hissiyotlari bilan o'ynashib ularni bir narsaga ishontira olish imkoniyatlari oshgan zamonda. Va, ayniqsa Amerika Qo'shma Shtatlarining prezidenti shunday narsalarga aralashib, prezidentlik inauguratsiyasidan ikki kun oldin o'z mem-tangasini chiqarib turganda. Zamonamizning eng ochiqcha moliyaviy firibgarligi ko'z oldimizda mujassam bo'lmoqda desam ko'p adashmagan bo'laman.

@uzbekonomics
​​Hozir bo'layotgan Tramp inauguratsiyasining 1-qatorida: Amerikadagi barcha ijtimoiy tarmoqlarga egalik qiluvchi, boshqaruvchi eng boy odamlar.
2-qatorda: kabinet vakillari.

Yangi oligarxiya davri.

@uzbekonomics
2025 yilgi Tramp 2017 yilgi Trampdan keskin farq qiladi. 2025 yilgi Tramp qayta saylanish haqida qayg’urmaydi.
Faqat to’rt yilga kelyapti, tez o’tib ketadi deyish xato. 2025 yilgi Trampda 2017 yilgi Trampdan kuch va ta’sir ko’proq: sudlarda ham, Kongressda ham, boy qatlamda ham, mediada ham, yoshlarda ham vhkz. Va, uning harakatlari ta'siri bir necha yillar, avlodlarga, boshqa mamlakatlarga ham o'tadi, ba'zilari qayta tiklanmaydigan darajada.

Bir narsa aniq - bugundan boshlab AQShdagi institutlar, qonun kuchi, konstitutsiya, mamlakat asoschilari g’oyalari va prinsiplar keskin sinovdan o’tadigan davr boshlanmoqda. Bugundan boshlab Tramp bir nechta ijro hokimiyati qarorlariga imzo qo’yadi.

@uzbekonomics
Qoil!

Dunyoning eng kuchli ligasida o'zbek o'g'loni.
🇺🇿

https://www.tgoop.com/davletovuz/22164
Aslida, bugungi kunning haqiqiy inauguratsiyasi Trampda emas, Abduqodir Husanovda:)

@uzbekonomics
​​Xitoyda esa aholi soni qisqarmoqda. 2 yildan beri qisqarib kelayotgan edi, 2024 yilda ham shunday bo'libdi.

2035 yilgacha aholi soni 50 millionga qisqarishi kutilmoqda ekan.

@uzbekonomics
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Finlyandiya prezidenti va Norvegiya, Shvetsiya va Daniya bosh vazirlari Daniya bosh vazirining uyida kechki ovqat ustida suhbat qilishmoqda.

Tramp bilan qong'iroqdan keyingi rasm ekan.

Menga bu rasm xuddi bir do'stlar tushgan rasmdek tuyuldi boshida. Dunyoning eng boy mamlakatlari yetakchilari uchrashuviga ham o'xshamaydi.
Manba.
AQShdagi texnologiya sektori yetakchilari o'tgan haftada siyosat va hukumat bilan yaqinlashish bilan band bo'lganlarida Xitoy texnologiya sektori ish bilan mashg'ul bo'lishgan ko'rinadi. Yana AQShliklar TikTokingizni ta'qiqlaymiz-ta'qiqlamaymiz o'yinini qilayotgan haftada xitoyliklardan bunday yangilik chiqishi o'ta tasodif bo'lmasa kerak.

@uzbekonomics
​​Bugundan boshlab Tramp AQShga Meksika va Kanadadan keladigan barcha tovarlarga 25% import bojini o'rnatmoqda. Har doimgidek, sudgacha.

O'zbek tiliga tarjima qiladigan bo'lsak, Tramp do'stona mamlakatlarni fiktiv sabablarni deb qo'rqitish va ularni nimadir qilishga majbur qilish uchun amerikalik iste'molchilarni jazolayapti. Pomidor, avokado, konditsioner, yuk mashinalari, neft, avtomobil qismlari, o'yinchoqlar va vhkz minglab tovarlarning katta qismi aynan shu mamlakatlardan keladi.

Bugun uning yuziga qarab menimcha birinchi marta "janob, tariflarni biz AQShlik iste'molchilar to'laymizku, bu esa siz va'da qilgan iste'mol xarajatlarni tushirish emas, aksincha oshiradiku" deb so'rashibdi. Javobini yarimidan ko'pi ingliz tilida aytiladigandek "word salad", lekin narxlar oshishini o'zi ham tan olib turibdi.

Xullas, aql bovar qilmaydigan darajada ahmoqlik. Bu esa prezidentlikning bor yo'g'i 11-kuni...

@uzbekonomics
Aytgancha, bugun the Wall Street Journal tahririyati kolonka yozishibdi. Tarixdagi eng ahmoqona savdo urishi degan sarlavha bilan.

WSJ tahririyati g'alati, xuddi bugun uzoq yillik komadan uyg'onishgandek. Tramp saylovda aynan shuni: do'stona mamlakatlar bilan urishish, ahmoqona tariflarni, amerikalik iste'molchilarni jazolashni va'da berib kelganda bular ko'z yumib uni qo'llab-quvvatlab kelishgan edi. Bugun esa tarixdagi eng ahmoqona savdo urishi deb yozishibdi. Uyg'onishgani bilan tabriklayman.Ishga ketayotib yo'lda yeydigan avakado tosti narxi oshishi orqali tariflar oqibatini o'z tanalarida sezishyapti shekilli.

@uzbekonomics
​​​​Bu tariflar va do'stona mamlakatlar bilan savdo urushi ahmoqona ekanligining yana bir xususiyati shundaki- Trampning tariflar bo'yicha psixologiyasida zarracha iqtisodiyotning o'rni yo'q. Tilida “defitsit”, “savdo balansi” kabi so’zlarni ishlatsa ham u tariflarni iqtisodiy o’ylar bilan amalga oshirmayapti desak bo’ladi. Avvalambor, tariflar qanday ishlashi va umuman tarif va iqtisodiyot bog’liqligi haqida hech qanday tushunchaga ega emas ekanligi har safar og’zini ochganda bilinib bormoqda.

Aslida, Kanadadan va Meksikadan nima hohlayotganini ham bilmaydi. Tramp uchun tariflar bu qasos olishning, qo’rqitishning bir instrumenti. Do’stona mamlakatlar, siyosiy raqiblari demokratlar, o’z aholisi (shu jumladan o’z elektorati)dan ham jazolagisi, ularga kuch kimda ekanligini ko’rsatmoqchi xolos. O’zini chuqur haqoratlangan, chuqur xo'rlangan, kamsitilgandek deb o’ylaydi.

Bu qasos vaqti.
Saylovoldi kampaniyasida buni aytgan ochiqchasiga). Qilayotgan ishlarida hech qanday iqtisodiy ham, siyosiy ham mantiq yo’q.

Bugun nima emish, biz Kanadani milliardlan dollar orqali subsidiya qilib kelyapmiz, bizga ulardan hech narsa kerak emas, shuning uchun Kanada 51-sonli shtat bo’lishi kerak deb yozibdi. Kanadaga tarifni ularni qo’rqitish uchun joriy qilayotganini anglash mumkin.

Kanada bilan yo’q joydan savdo urushi boshlash, va shu bilan do’stona mamlakatlar bilan aloqani yomonlash bu g’irt ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Shu bilan birga Tramp haqiqiy “adversary” mamlakatlar haqida amal u yerda tursin bir og’iz ham inday olmaydi. Masalan, na Rossiya, na Xitoy haqida. Lekin, Kanada, Meksika, Panama va Grenlandiyani yoki bosib olgisi keladi, yoki savdo urushi qilgisi keladi. Davlat kotibining birinchi tashqi safari ham Panamaga bo’libdi. An’analarga qarshi o’laroq.

@uzbekonomics
Sukut saqlamoqda, chunki ularga qizig'i yo'q va bilishmaydi ham. Chunki fentanil mutlaqo uydirma sabab.

Rasmiy faktlarga qaraydigan bo'lsak, so'nggi uch yil davomida AQShga Kanada chegarasidan kirgan fentanil miqdori AQShni barcha chegaralaridan (janubdan deylik) kontrabanda qilingan barcha fentanilning 1% dan kamrog'ini tashkil etar ekan.

Shunchaki qonunchilikda, konstutstiyada AQSh ijro hokimiyati, ya'ni prezidentga tariflarni Kongressiz joriy qilish faqat va faqat iqtisodiy favqulodda vaziyat va xavfsizlikka tahdid bo'lganda mumkin. Shuning uchun fentanil va chegaradagi favqulodda vaziyat bahonasini pesh qilib tariflar bilan o'ynashyapti.

@uzbekonomics
Bo'layotgan ishlardan, do'stona g'arb mamlakatlari mutlaqo yo'q joydan (Vashingtondagi bir ahmoqni deb) hozircha faqat tarif/savdo urushi qilayotganda, yaqin kelajakda boshqa maydonda ham tortishmoqchi va natijada barcha tomon yutqazib iqtisodiy zaiflashish bo'sag'asida bo'lib turgan bir paytda dunyoning bir chekkasida boshqa urushqoq odam har qachongidan ham xursand va kulayotgan bo'lsa kerak.

P.S. Shunaqa ham ekan, obunachi yubordi.

@uzbekonomics
Bu ahmoqona savdo urushining yechimi ham ahmoqona yoki o'ta oddiy bo'lsa kerak.

Ya'ni, bir insonning egosini qondirish, "men bu jangda g'olib bo'ldim" yoki "Amerikani hurmat qilishga, bizni aldab bizdan foydalanmasliklariga erishdim" degan shiorlar bilan "men/biz g'alaba qozondik" deya olishi uchun Meksika ham, Kanada ham qandaydir murosaga kelib "teatr" qo'yib berishlari o'zlari uchun ham to'g'ri yo'l bo'lsa kerak. Chunki, bu ahmoqona savdo urushida hech qaysi tomon yutmaydi.

Meksika prezidenti shunday "teatr"ni Trampga qo'yib beryapti chog'i. Qo'shimcha 10mingta meksikalik askarlarni Meksika-AQSh chegarasiga yuboramiz debdi. Buning evaziga Tramp Meksikaga bo'lgan tariflarni vaqtincha to'xtatmoqchi.

Menimcha, Kanada ham shunday yo'l bilan borishi, ya'ni qandaydir teatr qo'yib berib, "hop, chegarani mustahkamlaymiz" deyishi kerakmikan. Masalan, "hop, shu chegaramizga 750 askar yuboramiz va fentanil kontrabandasini qiyinlashtiramiz" deb. Lekin, shaxsan Trudo uchun vaziyat eskalatsiya bo'lgani manfaatliroqdek ko'rinyapti. Masalan, Kanadaga AQShdan kirib keladigan tovarlarga kont-tarif o'rnatish ya'na o'sha masala - o'z aholisiga qo'shimcha soliq solish bilan barovar. Shunga Trampga majoziy hohlayotgan narsasini berish maqsadga muvofiq edimi? Kim bilsin, Tramp Kanadadan nima hohlayotganini o'zi ham bilmaydi chog'i. Yagona variant bu Kanadani 51-shtat qilib olgisi kelyapti, lekin baxslashadigan mavzu emas.

Ahmoqona savdo urushining ahmoqona natijasi shunday bo'lib qolishi mumkin -Meksika bilan tariflar tugatiladi, lekin Kanada bilan qoladi. Vaxolanki, tariflarning rasmiy/uydirma sababi fentanil ediku. 99% fentanil kiradigan janubiy chegaradosh mamlakat bilan do'stona kelishuvga kelinib, 1% fentanil kiradigan mamlakat bilan tariflar qoldirilishi eng g'alati muvozanat.

Shuning uchun, shoumen bo'lgan va reytinglar u uchun barcha narsadan muhim bo'lgan Trampga teatr qo'yib u "hohlagan" narsasini berish (majoziy va ancha arzonroq) bu ahmoqona savdo urushini tezroq tugatishi mumkin.

@uzbekonomics
​​Kutganimdek, Trudo Tramp uchun "teatr" qo'yib beribdi. Rasmiy bayonotda (rasmdagi) aytilayotgan chegarani mustahkamlash dasturi va 1.3 milliard dollarlik qo'shimcha sarmoya dekabr oyida, ya'ni Bayden prezidentligi davrida e'lon qilingan edi.

Hech narsa qilmay, shunchaki eski yangilikni qaytarib, Trampga qo'ng'iroq qilish natijasida Tramp Kanadaga tariflar to'xtatar ekan (vaqtincha). Trampni bunga munosabati o'qisak bu safar ancha muloyimroq bo'lib Trudoni bosh vazir debdi. Avvalgidek, AQShning 51-sonli shtatining gubernatori emas.

Xullas, bu ahmoqona savdo urushi uzoqqa bormaydiganga o'xshaydi, bu yaxshi. Bularning barchasi bir insonning egosini qondirish uchun qilingani va orada millionlab odamlar vaqti, e'tibori, moddiy xarajatlar va savdo zanjiriga shikast ketgani isrof xolos.

@uzbekonomics
Juda yomon va qo'rqinchli kutilmalar o'ngga aylanib bormoqda.
G'azo va falastinliklar kelajagi haqida Trampning bugungi mana bu gaplarini o'qish va ko'rish juda qiyin bo'ldi.

Achinarlisi, voqealarning bunday rivoji taajubli emas. Afsuski bu haqida Trampning o'zidan oldinroq ochiqcha signallar bo'lgan ediku, uning pozitsiyasi oydin ediku. Masalan, men yozgan mana shu ovoz beruvchilar (faqat bular emas, boshqalar ham) ishonib "tinchliksevar" va "insonparvar" Trampga ovoz bergan edilar. Saylovdagi ovozlar oqibatsiz bo'lmaydi, afsuski.

G'azo va falastinliklar taqdiri uchun bundanda mudhishroq yangilik bo'lmasa kerak...
Daxshatli kunlar oldinda.

@uzbekonomics
Prezident bo'lganiga bir oy ham bo'lmagan Trampning hozircha qilayotgan va qilishni boshlagan ishlarini ko'rib men bir narsani ayta olaman - saylovoldi kampaniyasi doirasida va'da bergan, ishora qilgan va ochiqchasiga aytgan ishlarni amalga oshiryapti. Hech bir ishidan men ajablanmayapman.

Ajablanarli narsa boshqa - uning qilayotgan ishlaridan hayratlanayotganlar nahotki undan boshqa harakatlarni kutishgan? "Unchalik qilmasa kerak" deb o'ylaganlar adashganliklarini tushinganmikanlar? Ayniqsa unga ovoz berganlar orasida. Eski prezidentlik paytidan yetarlicha signal, yetarlicha dalillar bor ediku. Uning ustiga Project 2025 deb dastur qilib berishgandi, hamma o'qisin deb.

@uzbekonomics
2025/02/06 05:39:43
Back to Top
HTML Embed Code: