Telegram Web
Yaqinda O'zbekistonga Jan Tirol kelayotgan ekan va bir nechta ochiq ma'ruza o'tqazar ekan. Iqtisodchilar bilan uchrashuvini va uning tashrifini Yangi O'zbekiston universiteti tashkil qilayotgan ekan.

Bu nafaqat iqtisodiyot faniga qiziqadigan O'zbekistondagi talabalar, iqtisodchilar, olimlar balki hukumat vakillariga ham foydali bo'ladigan ma'ruza deb o'ylayman. Ayniqsa monopoliyaga qarshi kurashish, davlatning iqtisodiyotda o'rni, intellektual mulk, moliya tizimi, katta texnologik korxonalar kabi mavzularda gapirsa kerak.

Xullas, barcha qiziquvchilarga tavsiya etaman. Tadbirlar haqida batafsil ma'lumot:
https://www.uzbek-econ.org/jean-tirole/

Tirol haqida kanalimda 5 yilcha oldin yozgandim. PhDni boshlash oldidan uning MITdagi bir nechta leksiyasiga borganman, juda kuchli iqtisodchi. Uning ommabop “Economics for the Common Good” kitobini ham kanal obunachilarimga tavsiya etgandim. Tadbir doirasida aynan mana shu kitobi haqida ham ma'ruza qilar ekan.

Tirolning ishlari haqida o'qib olish uchun:
https://www.nobelprize.org/prizes/economic-sciences/2014/popular-information/

@uzbekonomics
Menimcha Nobelni kompyuterga emas, Nobel oladigan olimni tanlash jarayononi insonlardan kompyuterga berib ko'rish kerak (inson yaratgan va inson tushunadigan algoritmda, albatta). Qiziq bo'lar edi.

https://www.tgoop.com/iqtisodchi_kundaligi/3018

@uzbekonomics
Aytgancha, Nobel mukofoti sovrindorlari haqida men ko'rgan eng zo'r maqola va vizualizatsiya yaqinda Nature jurnalida chiqqan edi. Tavsiya etaman:
https://www.nature.com/immersive/d41586-024-02897-2/index.html

Masalan, qiziq bir statistikadan biri bu 2023 yilgacha ilm-fan va iqtisod bo‘yicha sovrinlarni qo‘lga kiritgan 736 olimdan 702 nafari bitta akademik "oilaga" tegishli, ya'ni ular o‘z tarixlarida qachondir va qayerdadir bir joyda umumiy aloqa bilan bog‘langan.

Lekin, men uchun juda g'ayritabiiy fakt emas, chunki ilm-fan qaysidir ma'noda o'zi bir katta oila.

@uzbekonomics
Kalendarda hozir 2024 yil. Lekin bu, bu va bu yangiliklarga ko'ra kalendar boshqa yillarni ko'rsatayotgandek.

@uzbekonomics
PhD ga tayyorlanish, u haqida ko'proq o'rganish, "qanday va qayerga" kabi savollarni ko'p olaman, va qanday maslahat bera olishimni so'rashadi. Shuning uchun, 3 yil avval bir post yozgan edim, qo'llanma va yaxshi tavsiyalar yozilgan materiallarni jamlagan holda.

Shu postimga yana bir bor havola qoldiraman, kimgadir foydali bo'ladi degan umidda. Albatta, ingliz tilida.
https://www.tgoop.com/uzbekonomics/458

@uzbekonomics
Elon Musk fazoga raketa uchirishi mumkin, Marsda lager qurishi, eng ilg'or elektrokar, texnologiyalar ustida ishlashi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarni 45 milliard dollarga, zararga sotib olishi va investorlarni, ommani istalgancha manipulyatsiya qilishi mumkin. Lekin, bu dunyoda u hech qanaqasiga qila olmaydigan eng katta narsa bu AQSh prezidentligiga nomzod bo'lish. Trillion dollarga ham "sotib" ola olmaydi.

Sababi u AQSh fuqarosi bo'lsa ham AQShda tug'ilmagan. Janubiy Afrika respublikasida tug'ilgan. AQSh konstitutsiyaga ko'ra AQSh prezidentligiga nomzod bo'la olmaydi.

Shuning uchun ham, u Tramp orqali Oq uyga maksimal darajada yaqinlashishi mumkinligini bilgan holda ham harakat qilyapti. Buning uchun ochiqchasiga hamma narsani qilib ko'ryapti.

https://www.nytimes.com/2024/10/11/us/politics/elon-musk-donald-trump-pennsylvania.html

@uzbekonomics
Nobel 2024: ​​Achemoglu, Jonson va Robinson.

Batafsil o'qish uchun (1, 2, 3)

@uzbekonomics
Menimcha, Daron Acemoglu tarixda ikki marta Nobelni olgan birinchi iqtisodchi bo'lsa kerak.

Uning ishlari, va ta'sir etgan yo'nalishlari shunchalik kengki, barchasi e'tirofga sazovor. Masalan, bugungi Nobel mukofoti Daronning texnologiya va mehnat bozori haqidagi tadqiqotlarini umuman qamrab olmaydi. Shuning uchun keyingisini kutib qolamiz.

@uzbekonomics
Xullas, Nobel haqidagi mavzuni tugatar ekanmiz, bugungi kunning sur'ati mana shu bo'lsa kerak.

@uzbekonomics
Biroz tanaffusdan so'ng podkastimizning yangi soni chiqdi.

2017 yilning sentyabr oyida o'tqazilgan O'zbekistondagi valyuta islohotiga bu yil roppa-rosa 7 yil bo'ldi. Bu epizodda biz milliy valyutamiz so'm, "valyuta konvertatsiya"si yopiqligi paytidagi va undan keyingi vaziyat haqida suhbatlashdik.

Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.
https://youtu.be/HRaNXLc4SbU

Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean

Bu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/

@uzbekonomics
​​Sun'iy intellektga yadro energiyasi kerak.

'Big tech' ning oxirgi haftalardagi asosiy yangiligi bu korxonalarning atom elektr stansiyalari (kichik modulli reaktorlar) qurilishiga sarmoya qilishidir. Google, Microsoft va endi Amazon elektr stansiyasini quradigan, uni ishlatatadigan korxonalarga katta sarmoya qilyaptilar. Nima uchun? Chunki sun'iy intellekt tizimlarini ishga tushirish, ta'minlash uchun zarur bo'lgan yirik ma'lumotlar markazlarini quvvatlantirish uchun yangi va muhimi toza energiya manbalari kerak. Ya'ni, katta texnologiya korxonalari hozir eng toza va muntazam bo'lgan energiya manbaalari uchun poyga qilmoqdalar.

Buni yadro energetikasining qaytishi desa ham bo'lsa kerak. Kuzatamiz. The Economist ham yozgan ekan.

@uzbekonomics
​​Shu o'rinda Germaniya va mana bu grafik esimga tushib qoldi.

Ham siyosiy, ham iqtisodiy nuqtai nazardan katta xato ekanligi oydinlashib bormoqda. Ko'mirdan oldin yadro energiyasidan voz kechdilar.

Yevropada texnologiya va innovatsiyalarga bo'lgan antipatiya uch narsada namoyon bo'ladi: ularni jilovlash uchun haddan ziyod regulyatsiyaning ko'pligi, va shu sohalarga kerak bo'lgan ikki narsa: kadrlar (immigratsiya) va eng muhim xomashyo (energiya) taqchilligi.

@uzbekonomics
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aytgancha, shu mavzuga aloqador Makronning bu haftadagi mana bu gaplari ham o'rinli: "juda ko'p regulyatsiya va kam sarmoya Yevropa ittifoqini bozorda o'ldiradi".

SpaceX ning oxirgi raketa uchirilishi/qo'nishini ko'rgan bo'lsangiz kerak...

@uzbekonomics
Bugun iqtisodiyot fani bo'yicha Nobel mukofotini olgan 23ta olim Harrisga endorsement qilib xat yozishibdi. Ya'ni, iqtisodchilarning fikricha, Harrisning iqtisodiy dasturi Trampnikidan ko'ra kuchliroq iqtisodiy ko'rsatkichlarga, o'sishga, barqarorlikka olib keladi.

Aslida ikkala nomzodning iqtisodiy siyosat dasturini haligacha to'liq bilmaymiz. Lekin, iqtisodchilar hozirgacha ma'lum bo'lgan ishoralar orqali xulosa qilishmoqda, masalan Trampning tarif siyosati. Qo'shimcha qiladigan bo'lsam, bu iqtisodchilar Harrisdan kutilayogan siyosat mutlaqo to'g'ri, yoki mutlaqo yaxshi deyishmayapti, shunchaki Trampnikiga solishtirilmoqda.

@uzbekonomics
"Iqtisodiyot fanini o'rganmoqchiman, qayerdan boshlay, qaysi kitoblarni yoki ilmiy maqolalarni o'qisam bo'ladi?" deb so'rab turishadi. Shunga oid bo'lgan bir qiziq kolonkaga ko'zim tushib qoldi, u yerda o'qilishi kerak (va nega) bo'lgan ba'zi tadqiqotlar keltirilgan ekan. Albatta, bularning orasida boshlang'ich tushunchalarni beradiganlari ko'p, lekin ba'zilari, masalan AJR 2001 ni tushunish uchun metodni bilish kerak. Metodni bilish uchun esa darslik, sinfxona kerak.

https://nicholasdecker.substack.com/p/so-you-want-to-learn-about-economics

@uzbekonomics
Dunyoda yilning eng muhim hodisasi - AQShda prezidentlik sayloviga bir haftadan kamroq vaqt qoldi. Shu haqida bu hafta yozib boraman.

Hozirda qanday kutilmalar bor? Menimcha, 4ta indikator bor. Lekin bular naqadar aniq degan savol bor va ulardan nimani o'rganishimiz mumkin degan savol bor.

1. So'rovnomalar (polls).
Tarixan so'rovnomalar to'g'ri bashorat qilmaydi. Saylovning oxirgi haftasida so'rovlar taxminan 60% aniq bo'ladi, masalan, natijaning xatolik chegarasiga tushishi ehtimoli 60%. 10 haftadan ko'proq vaqt qolsa, bu tanga tashlash - taxminan 50% aniqlik darajasini ko'rsatadi. Hozircha, so'rovnomalarda Harris biroz oldinda ko'rinyapti.

2. Erta ovoz berganlar ko'rsatkichlari.
AQShning ko'p shtatlarida erta ovoz berish mumkin, turli shartlarga to'g'ri kelgan aholi tomonida. Shu kungacha 54 millionta odam erta ovoz berib bo'lgan. Indikator bu yerda. Bular kimga ovoz berganini hozir bilib bo'lmaydi, lekin ularning partiya bo'yicha registratsiyasini bilish mumkin. Masalan, hozirda shu 54 milliondan 41% demokratlarga registratsiya qilganlar, 40% respublikachilarga va qolgan 19% foizi bo'yicha ma'lumot yo'q. Bu yerda masalan demokratlarga registratsiya qilgan odam demokratlarga ovoz beradi degani emas.

3. Bashorat/kutilmalar bozori.
Bu bozor haqida kanalda oldin ham yozganman. Bu qaysidir ma'noda kazino yoki totalizatorni mimika qiladigan bozor. Odamlar qandaydir voqea natijasiga pul tikadilar. U sport o'yini natijasi bo'lishi mumkin, ob-havo, bitcoin narxi qanchaga chiqishi, SP500 indeksi va bu yildan boshlab siyosiy saylovlar natijalariga ham pul tikish AQShda legallashdi. Bu bozorning so'rovnomalardan farqi shundaki, odamlar o'z pullari bilan "ovoz" bergan bo'ladilar. Shuning uchun undan nimanidir o'rganish mumkin. Lekin, muammoli ko'p. Avvalambor u juda kichik bozor, atigi 100 million dollarlik "oborot" bor. Eng muhimi, bu bozor manipulyatsiyaga ham biroz moyil. Masalan, eng katta shunday platformalardan biri Polymarketda yaqinda katta bozor qo'zg'atuvchisi sifatida 3-4ta odamni aniqlashgan. Biri fransiyalik bir treyder bo'lib chiqqan. Ha aytgancha, bu platformada faqat kripto pul orqali va AQShda yashamaydigan odamlargina qatnasha oladi. Shunga, bular qanchalik AQShlik saylovchilarni reprezentatsiya qiladi degan savol bor. Xullas, mana shu bashoratlar bozoriga ko'ra hozir Tramp mutlaq oldinda. Kalshi, Predictit, Manifold, Polymarket bozorlarini o'zingiz tekshirib ko'rishingiz mumkin.

4. Davlat va korporativ obligatsiyalar, aksiyalar bozoridagi investorlar.
Investorlar uchun hozirda eng katta muammo bu fiskal siyosat. Harris yutsa ham, Tramp yutsa ham bitta kutilma deyarli aniqdek - davlat xarajatlar va davlat xarajatlarini moliyalashtirish xarajatlari oshadi. Bu esa inflyatsiyani yanada oshirishi mumkin. Hozir bozorda g'aznachilik obligatsiyalari qaytimi oshmoqda. AQSh hukumatiga qarz beradigan Fedrezerv monetar siyosat hisobotini saylovdan ikki kun oldin beradi, bu ham o'ta muhim voqea. Tramp yutsa, u hohlaydigan (qila oladimi yo'qmi u boshqa masala) narsa bu Markaziy bank mustaqilligini tugatish va uni siyosiylashtirish. Markaziy bank mustaqilligi bu fundamental xususiyat va bunga putur yetqazishning oqibati juda yomon. Masalan, Tramp markaziy bank stavkasini tushurishni hohlaydi, shunda fiskal siyosatni moliyalashtirish arzonroqqa tushib va xususiy sektorga "yengillik" bergandek bo'ladi. Riskli aktivlar qiymati va ularga sarmoya yanada oshadi (bitkoyn hozir), korporativ investitsiyalar vhkz oshadi. Lekin, Tramp siyosati foiz stavkasini aksincha oshirishi kutiladi, ya'ni ko'proq tariflar, yanada ko'proq federal hukumat qarzi evaziga. Aksiya bozoriga kelsak, Tramp yutsa xususiy qamoqxonalar, qurol ishlab chiqaridigan korxonalar, va banklarning aksiyalari (chunki kamroq regulyatsiya kutilmalari) oshishini kutish mumkin, shunday bo'lyapti ham hozir menimcha. Harris yutsa esa yashil energetika korxonalari, uy qurilishida ishlaydigan korxonalar (Harris ko'proq uyish qurilishini qo'llaydigan siyosatni oldinga surmoqda) aksiyalari oshishi mumkin.

@uzbekonomics
Kuni kecha Jo Bayden ham erta ovoz beribdi (rasmda navbatda turibdi).

Menimcha Jo Baydenning iqtisodiy siyosatiga hozir emas kelajakda yaxshiroq e'tirof beriladi. O'zidan tarixdagi eng kuchli va barqaror iqtisodiyotni qoldirib ketyapti. Ayniqsa, pandemiya paytida prezidentlikka kelganini inobatga olsak.

@uzbekonomics
​​Prezidentlik saylov uchun eng muhim shtatlardan biri bu Pensilvaniya. Oq Uyga yo'l Pensilvaniya shtatidan o'tadi deyishadi. Menimcha shu yo'l Baks tumanining qoq markazidan o'tadi.

Pensilvaniya elektoral kolledj bo'yicha 19ta ovozga ega shtat. Shtatda ko'pchilik kimga ovoz bersa (1 donaga ham), barcha o'sha nomzodga ovoz berildi deb hisoblanadi.

Pensilvaniyaliklar 2008 yildan beri har bir prezidentlik saylovlarida g'olibga ovoz berishgan. Bundan oldingi to'rtta prezidentlik saylovlarida Pensilvaniya ishonchli tarzda demokratlarga ovoz bergan. Ya'ni, "ko'k" shtat bo'lgan. Ammo 2016-yilda Tramp atiga 45 mingga yaqin ovoz bilan g‘alaba qozonib shtatni qizilga aylantirgan. 2020 yilda esa shtat yana ko'kka aylandi, o'shanda Jo Bayden atiga 80 mingga yaqin ovoz bilan g'alaba qozongandi. Shuning uchun Pensilvaniyadagi ovozlar kimga borishini aniq aytib bo'lmaydi, masalan Kaliforniya, Nyu York, Texas shtatlaridan farqli o'laroq.

Shuning uchun ko'p saylovoldi kampaniyasi ham, mablag'lar ham o'sha shtatga qaratilgan. Trampning bugungi reaksiyasiga ko'ra Pensilvaniya qil ustida turganini va balki yutqazishi mumkinligi real ekanlinigi sezayotgandir.

@uzbekonomics
Trampning iqtisodiy dasturidan.

#1. Import bojlarini oshirish.

AQShga kelayotgan barcha import tovarlarga bojlarni o'rnatish, mavjud bo'lgan bojlarni yanada oshirish. Barcha tovarlarga boj 20%, Xitoydan kelganlariga 60% va AQSh korxonalari chetda ish o'rni yaratsa ularni qo'shimcha soliqqa tortish. Trampning fikricha, "import bojlari, bu dunyoda o'ylab topilgan eng yaxshi narsa". Aql bovar qilmaydigan gaplar-a?

Uning argumenti taxminan mana bunday:
"xorij mamlakatlar, asosan Xitoy, ularning ishlab chiqaruvchilari bizning bozorimizni arzon tovarlar bilan to'ldirishmoqda va shu bilan bizni zaifligimizdan foydalanishmoqda, ustimizdan kulishmoqda. Shuning uchun biz ular yuboradigan barcha tovarlarga boj o'rnatamiz va ularga to'latamiz."

Bunga javoban, iqtisoddan biroz bo'lsa ham xabari bor bo'lgan odam, yoki mantiqan o'ylab ko'ra oladigan odam, yoki shunchaki oddiy iste'molchi aytishi mumkin:
"agar Xitoydan kelayotgan o'yinchoq yoki pampersga boj o'rnatsangiz uni Xitoy hukumati yoki xitoylik ishlab chiqaruvchi emas, shu o'yinchoqni AQShga olib kelayotgan mahalliy importyor to'laydiku" deb.

Trampning javobi esa taxminan mana bunday:
"Yo'q, biz o'rnatadigan import bojlarning amerikalik iste'molchilarga umuman og'irligi tushmaydi. Narxlar ham oshmaydi."

Vaholanki, bular mutlaqo xato fikrlar. Narx albatta oshadi. Nimaga? Ikkita sabab:
1. Import bojlarini chet ellik "yovuz" hukumatlar yoki g'alamis kapitalistlar emas, mahalliy iste'molchi o'z cho'ntagidan to'laydi. Keladigan o'yinchoq narxi chegarada oshsa, ichkarida ham oshadi. Import qiladiganlar boj deb oshgan narxni o'zlari qoplamaydilar, ular albatta oshgan narxni zanjirdan pastga - iste'molchiga yuboradilar. Mana shuni yaqinda AQShdagi bir nechta bizneslar aytibdi, WaPost da maqolada. Ya'ni, ular Tramp yutishini kutgan holda va u siyosatini amalga oshira olsa - o'zlari ishlab chiqaradigan va import qiladigan barcha tovarlarning narxini oshirishni reja qilib turgan ekanlar.
2. Inflyatsiyani oshiradigan eng katta omillardan biri bu inflyatsion kutilmalar. Ya'ni, masalan xom-ashyo ertaga oshishini bilgan ishlab chiqaruvchi oldindan narxlarini oshirishni boshlaydi. Ishchilar ko'proq maosh so'rashni boshlaydilar vhkz. Mana shunday kutilmaga asoslangan harakatlarni o'zi narxlarni oshiradi.
Import bojlarini chet-el hukumatlari yoki chet ellik ishlab chiqaruvchilar emas, mahalliy importerlar va mahalliy iste'molchilar to'laydi. Tramp aytayotgan - Xitoyga boj to'latamiz degan gap bu xuddi "chegarada devor qurdirib Meksikaga to'latamiz" degan rubrikadan.

Aytgancha, bu hammasi emas. Trump tariflarni oshirish bilan bir paytda daromad solig'idan voz kechmoqchi. Ya'ni, tushumlar endi soliqdan emas, xorij mamlakatlari to'laydigan bojlar evaziga to'ldirmoqchi ekan....

@uzbekonomics
2025/06/30 15:55:59
Back to Top
HTML Embed Code: