Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
3154 - Telegram Web
Telegram Web
ПОЕЗДЛАРНИНГ ХАВФСИЗ ВА РАВОН ҲАРАКАТИНИ
ТАЪМИНЛАШ ДОЛЗАРБ ВАЗИФА!


Бугун “Тошкент МТУ” филиалига қарашли барча темир йўл участкаларида ҳамда станциялар ва корхоналарида “Ҳаракат хавфсизлиги куни” ўтказилмоқда. Алоқа, йўл, энергия таъминот хўжалиги ходимлари жойларда ҳаракат хавфсизлигини таъминлаш борасида қилинган ишларни кўздан кечиришмоқда. Шунингдек, бугун Ўзбекистон темир йўл станциянинг тоқ ва жуфт йўлларида лойиҳага асосан реконструкция ишлари амалга оширилди. Оғир турдаги йўл машиналардан фойдаланган ҳолда 2 та стрелкали ўтказгич олиб ташланиб, ўрнига темир йўл изи ётқизилди.


Расмий саҳифаларимиз 👇 👇
🕊 Telegram 🥈 Facebook 🥉Instagram
🚆Qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi:

✓ Qo‘shimcha qatnovlar:

"Toshkent – Urganch – Toshkent" yo‘nalishida 2024-yil 17-dekabrdan boshlab 18 ta qo‘shimcha qatnov amalga oshiriladi.

"Samarqand – Toshkent – Samarqand" yo‘nalishida 2024-yil 15-dekabrdan boshlab, "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdi qo‘shimcha 30 ta qatnovni amalga oshiradi.

✓ Qo‘shimcha vagonlar:

"Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent", "Toshkent – Termiz – Toshkent", "Toshkent – Urganch – Toshkent" va "Toshkent – Sariosiyo – Toshkent" yo‘nalishlarida 2024-yil 20-dekabrdan har kuni 4 ta qo‘shimcha platskart vagonlari qo‘shiladi.
🚆В целях удовлетворения повышенного спроса на пассажирские перевозки в период зимних праздников, с 15 декабря 2024 года по 12 января 2025 года будут организованы дополнительные рейсы поездов и увеличено количество вагонов на ряде маршрутов:

✓Дополнительные рейсы:

На маршруте "Ташкент – Ургенч – Ташкент" будет осуществлено 18 дополнительных рейсов начиная с 17 декабря 2024 года.

На маршруте "Самарканд – Ташкент – Самарканд" скоростной поезд "Afrosiyob" выполнит 30 дополнительных рейсов, начиная с 15 декабря 2024 года.

✓Дополнительные вагоны:

На маршрутах "Ташкент – Кунград – Ташкент", "Ташкент – Термез – Ташкент", "Ташкент – Ургенч – Ташкент" и "Ташкент – Сариосиё – Ташкент" с 20 декабря 2024 года ежедневно будут добавляться 4 дополнительных плацкартных вагона.
Talabalar uchun sayyor kassalar tashkil etildi

Qishki ta’til munosabati bilan Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning doimiy yashash manzillariga yetib borishlarida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida sayyor kassalar tashkil etildi.

Mazkur sayyor kassalarda talabalar temir yo‘l hamda avtobus qatnovlariga chiptalarni sotib olishlari mumkin.

Talabalardan ushbu chiptalarni xarid qilish uchun:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat
talabalik guvohnomasini taqdim etishlari kerak boʻladi.

Sayyor kassalar quyidagi manzillarda tashkil etilgan:

▫️O‘zbekiston milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti binosi 1-qavati.

Manzil: Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi., 4-uy.
📍lokatsiya

▫️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti A-binosida.

Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 60-A-uy. Sobiq Toshkent moliya instituti binosi
📍lokatsiya

▫️Toshkent davlat Agrar universiteti binosida

Manzil: Toshkent shahri, Universitet koʻchasi 2- uy
📍lokatsiya

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Temir yoʻl transporti chiptalariga talablar ortib borayotganligi sababli tez sotilib ketmoqda va bunday holatlarga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan aholiga qulayliklar yaratish maqsadida qanday chora tadbirlar olib borilmoqda.

Bayram arafasi hamda ta’tilga oz qolganligi sababli aholining hamda talabalarning temir yoʻl transporti xizmatiga boʻlgan talablari ortmoqda va buning oqibatida ilovalardan elektron chiptalarni xarid qilish keskin koʻpaymoqda.

Ushbu holatni bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan qoʻshimcha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda va yoʻlovchi poyezdlariga qoʻshimcha vagonlar ulanishi hamda yangi yoʻlovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda.

Bundan tashqari aholi va talabalar temir yoʻl chiptalarini chiptaxonalardan tashqari mobil ilova orqali onlayn xarid qilishlari mumkin.

Temir yoʻl chiptalarini onlayn xarid qilish tartibini yuqoridagi video lavha orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Chiptalarni elektron xarid qilishda siz eticket.railway.uz sayti va Android va iOS ilovalaridan foydalanishingiz mumkin.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar uchun yoʻlovchi poyezdlariga chegirma e’lon qilingan lekin temir yoʻl kassalarida va ilovada temir yoʻl chiptalari qolmaganligi haqidagi habarlarga izoh

❗️ Hozirgi kunda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida Sayyor kassalar tashkil etilgan.

➡️ Ushbu Sayyor kassalar orqali talabalar bemalol oʻz yashash manzillariga qatnovchi yoʻlovchi poyezdlari uchun chiptalarni xarid qilishlari mumkin.

📌 Shu bilan birga yoʻlovchi poyezdlariga qoʻshimcha vagonlar ulanishi hamda yangi yoʻlovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda.

🔊 Shu oʻrinda 50% chegirma bilan talabalar tomonidan xarid qilingan chiptalar boʻyicha kunlik ma’lumotlar e’lon qilinmoqda.

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni O‘zbekiston bo’yicha 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/12/26 14:11:58
Back to Top
HTML Embed Code: