Forwarded from BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI (Umid Gaffarov)
#uchrashuv_2025
#TDTU
Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbari Toshkent Davlat Transport Universiteti talabalari bilan joriy yilning 12 mart sanasiga belgilangan uchrashuvni o'tkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining “Transport sohasidagi tashkilotlar rahbarlari hamda Toshkent davlat transport universiteti talabalari oʻrtasida uchrashuvlar tashkil etish toʻgʻrisida”gi tegishli buyruq ijrosi yuzasidan Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbari A.Sh.Bozorov ishtirokida universitetda tahsil olayotgan talaba yoshlar bilan “Rahbar va talaba yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.
Tadbirda yoshlarning taklif va murojaatlari oʻrganildi, bir guruh iqtidorli talaba yoshlar esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, uzel rahbari A.Sh.Bozorov tomonidan Toshkent davlat transport universitetida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar va hamkorlik dasturlari bilan yaqindan tanishildi.
Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

Forwarded from 🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢
Harakat xavfsizligi kuni
2025-yil 12-mart kuni “Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i o‘rinbosari Q.B.Ahmadjonov boshchiligida DNCH A.Qodirov, MTUP, MTUSHE, ECH, PCHlar ishtirokida Qaqir, Furqat, Oltiariq, Margʻilon, Oxunboboyev, Kirgili, Fargʻona-2, Quvasoy stansiyalarida va Oltiariq vagonlarni bugʻlab yuvish korxonalarida profilaktik ishlar olib borildi.
Tekshiruv davomida harakat xavfsizligi, yuk va yo‘lovchi poyezdlarining harakati, signal tizimlari hamda texnik xizmat sifati ko‘zdan kechirildi.
Raqamlashtirish boʻyicha elektron tizimlarda ishlash jarayoni oʻrganildi. Shuningdek, ishchi-xodimlarning xizmat intizomi ham tahlil qilindi.Tashrif davomida aniqlangan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Xavfsizlik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Telegram | Instagram