tgoop.com/uzraplyrics/2781
Last Update:
​​📝 MAKHMUDZADEE – Qadam
@uzraplyrics
#part_1:
Kechir bugunam bajavob xatlaring
Qalesan o’zi charchaganman yaxshi dam oling
Uzoqqa cho’zilmasdi dialog
Hozir vaqtim yo’ diganman sen dimasingdan alo
Balki bu sevgimasdir
Hammaga topilgan vaqt sen uchun topilmasdi
Qizlariz ko’p diysanmi ha ular sendeymasdi
Faqat sevganim uchunda sochlari o’ynidi pasda
Kechir esliyman seni faqat ichganda
Kechir yozolmadim ko’p vaqt ovorman lichkamda
Kechir men turmadim gapimda
Bergan va’dalarim unutdim u kiyimini yechganda
Sabab topmadim o’zimni oqlashga
Hamma narsaga tayyorman barin boshqattan boshlashga
Ke bugun ko’rishaylik so’nggi marta
Oxirgi marta
#naqorat: (x2)
Qara sengacha bir qadam
Qara mengacha bir qadam
Nega orqaga qaytamiz so’nggida
Manzillar so’nggida
#part_2:
Hafa qilaman ko’p men qo’polman ba’zida
Senda ketish varianti ko’pku qolishdan ko’ra
Men yolg’izman xonamda
Xuddi sendayin o’ldi deymi so’rashsa sen haqinda
Charchadim kimdandir xabar kutishdan
Qo’llaringni ber yordam ber bu chuqurdan chiqishga
Sen yagona sababsan g’amgin qo’shiq yozishimga
Endi imkon ko’rmayapman baxtliman deb aytishimga
Sen haq eding o’shanda menga chidash qiyin
Shuncha uzoqlashdim qancha yaqinlashganing sayin
Sen bergan sof tuyg’uni men ahmoq qildim o’yin
Tushundim yo’qotganim deganingda yaqinda to’yim
Bilsayding bu so’z qanchalik botkanin
Yana bir yurak o’z juftin yo’qotkandi
Ke bugun ko’rishaylik so’nggi marta
Oxirgi marta..
#naqorat: (x2)
Qara sengacha bir qadam
Qara mengacha bir qadam
Nega orqaga qaytamiz so’nggida
Manzillar so’nggida
🎧 Telegram | @uzraplyrics
BY 🖋 UZRAPLYRICS 🎧
Share with your friend now:
tgoop.com/uzraplyrics/2781