Telegram Web
​​7️⃣ Konsta - Umr o'tar (remake Beki)

@uzraplyrics

#intro_Beki:

Umr o'tar, yana qancha qolar
Hayotimga ishonaman, bugun borman erta yo'qman
Umr o'tar yana qancha qolar
Sochingni oqlar egallar

#part_Konsta:

Tushimda cho'kdi, derazalar blockda
Kimdir yig'lardi, qarshimda doktor
Tushimda qo'rqdim, oyoqlarim yo'qdek
Bollar yugurardi, qarshimda top tepib

Tushimda ho'p deb, qoldim o'shetta
Men go'dakni ota-onam qoldirdiyu ketti
Tushimda ko'rdim, o'zimni chettan
Bor-budim tashkil topgan bir tomonga bilettan

Axir buni bari kim uchundir tush emas
Axir butun tan-u, jon-u es-u hushimiz
Bor-ku yaxshi ko'rgan kishimiz-u, ishimiz
Ba'zan esdan chiqib qoladi shukur deyishimiz

Axir buni bari kim uchundir tush emas
Axir butun tan-u, jon-u es-u hushimiz
Bor-ku yaxshi ko'rgan kishimiz-u, ishimiz
Ba'zan esdan chiqib qoladi shukur deyishimiz

#part_Beki:

Tabassum qil do'stim hayot ursa ham
Ko'nglingni cho'ktirmagin qalbingda dard yotsa ham
Yana o'sha beayb ko'ngillarimiz topmadilar malham
Charchadim yomon, charchadim yomon

"Hali beri topmadim malham" dema, sevmagan ko'ngillarni sevma
Bevafoni hali beri yorim dema, sevgi mavzusida qolib ketmagin ey
Hayot beriladi bir bor, uning ichida sen bor, kim bo'lishing aniq - o'zing hukmdor
Tanla - yaxshi, yomon yoki shaytonga bo'lgin qadrdon

#part_Konsta:

Qancha vaqtim qolar? bilmiman o'zim ham
Hayot o'tib ketar bilmay ma'nosini ham
Qancha ko'p topsang ham nega nega kam
Bitta qoladigan narsa yaxshilik ekan

Qo'rqaman mazmunsiz yashab o'tib ketishdan
Yaxshi mavzuga sababli gap qoldirmasam
Ba'zan qo'rqaman so'nggi manzilimga yetishdan
Amallarim so'roqlarga javob bermasa

Qo'rqaman oilam ertaga o'ylab qo'rqsa
Maqsadim ular uchun hamma narsani zo'r qisam
Qo'rqaman to'qlik meni ko'zlarimni ko'r qisa
Axir shu kungacha topkanim bari 4 qism

Nega hozir turmoqda insondan oldin sonlar?
Aholi ko'paydiyu, nega kam insonlar
Qo'rqaman do'stim, umr o'tib ketmasa
Insonlardan biri bo'lish nasib etmasa

#outro_Beki:

Umr o'tar ko'ngil yo'q
Vaqtim ketar ketar
Bo'ldimmi yomon osmonga yo'lak bor
Jonim omon tabibim osmon

🎧 Telegram | @uzraplyrics

Do'stlarga ulashish ⤴️
​​8️⃣ Konsta ft Dilnoz - Layli

@uzraplyrics

#naqorat: (x2)

Yaraladi Layli Layli Layli
Yuraksizligi tufayli mayli mayli
Arzimas bag'ishlagani yuraging
Yo'q bo'lsa unga keraging

#part_Dilnoz:

Tungi shahar biladi qancha ko'ngillarni
Qancha manziliga yetmagan gullarni
Xatolar ichida eng katta xato
Arzimaganlarga berganing yillarni

Qancha qancha ushalmagan orzularni
Ochilganu yopilmagan mavzularni
Xatolar ichida eng katta xato
Yuraksizlarga berganing tuyg'ularni

Yo'q bilmas
U sevganingni bilmas
Yurak berganingni bilmas

Yo'q sevma
O'zingga jabr qilma
U bevafoni sevma

#naqorat: (x2)

Yaraladi Layli Layli Layli
Yuraksizligi tufayli mayli mayli
Arzimas bag'ishlagani yuraging
Yo'q bo'lsa unga keraging

#part_Konsta:

Tungi shahar guvoh qancha tuyg'ular uvol
Eng samimiy so'zlarni vokzallar tinglaydi goh
Ba'zan so'zlar aytolmaganni aytadi nigoh
Ba'zan ketib azoblaganlar qaytadi bekor

Megabaytlar guvoh ko'pincha yaqinlar uzoqda
Ko'pincha uzoqlar yaqin yo yaqinlaring soxta
Juda ko'plar guvoh shuncha ko'p yaqin insonni
Kim seni dardingni tinglashga tayyor xatto azonda

Aytilmay qogan so'zlarda barcha mazmun qolar ba'zan
Ba'zan jiddiy aytolmagan so'zlarimiz bo'lar hazil
Ba'zan kerakli so'zlar aytilar keraksizlarga
Yurak ishlarini ishonib qo'yib yuraksizlarga

Bu ko'ngil ishlarida hamma bilgancha yashidi
Kimdir yolg'izlik istar kimgadir yor bilan yaxshidi
Tuyg'ularsiz odam bo'm-bo'sh tana ichra yashidi
Insonga inson kerak borini qilishga baxshida

#naqorat: (x2)

Yaraladi Layli Layli Layli
Yuraksizligi tufayli mayli mayli
Arzimas bag'ishlagani yuraging
Yo'q bo'lsa unga keraging

🎧 Telegram | @uzraplyrics

Do'stlarga ulashish ⤴️
​​9️⃣ Konsta - Izladim

@uzraplyrics

#naqorat: (x2)

Izladim o'zimni qator xato qadoxlardan
To'yib dildan qashshoq arzon maddohlardan
Yo'qotdim o'zimni topganda dollar kirga botkanda qo'llar
Qaytmi ko'zda yosh bo'lgandi to'la

#part_1:

Aytishlaricha bu ijodim boshidan oxirgacha motivatsiya
Lekin men unda o'zimni izladim doim xuddi Sherlok Holms bilan Vatson
Aytishlaricha ijodim ijodmasakan sevgi-muhabbatsiz okey
Lekin shuncha kutkanlar orasidan olib ketdim uzrapni navbatsiz

Befarosatla yaxshi ko'radi o'zi bilmagan narsani gapirishni
Hech bo'masa havas qilishni bilmidi qilolmagandan keyin eplab bir ishni
Bilimsizlar egalladi to'rini mikrofonni hech kimga bermidi
It hammaga sakridi bilmasdan asli itligi uchunam unga hech kim gapirmidi

Bu dushovka orzularing keremas opketo'vrgin uka hurmatingda bo'lib
Xohlagan o'yiningni o'yna faqat mensiz va oyoni tagida yurmaginda bola
Kulgan paytimda ham men behazillaringdan jiddiyroqman
Eslab qol yolg'on gapirgandayam haqiqatlaringda haqiqiyroqman

Men izlanishdaman doim izlan o'zing ham shu bugungi mavzu
Men kerakmas tormoz fan baza menga o'nta tushunganlar undan avzal
Nodonlar ko'p aldash oson faqat pul ishlashmidi shunda maqsad
Yo'q izlanish topish bo'lishish tushunganlar uchun bu maxsus

#naqorat: (x2)

Izladim o'zimni qator xato qadoxlardan
To'yib dildan qashshoq arzon maddohlardan
Yo'qotdim o'zimni topganda dollar kirga botkanda qo'llar
Qaytmi ko'zda yosh bo'lgandi to'la

#part_2:

Aytishlaricha bu ijodim tugallanmagan avtobiografiya
Umrim o'qishda o'tadi uni bir qismi jahon tillari bir qismi geografiya
Bir dunyo kitoblar va haligacha o'rganilmagan psixologiya
Meni haqiqiy dushmanim tilim ishqilib bir kun yetqizmasin baloga

Yulduz bo'gim kemidi chunki bugungi yulduzlarni ko'pi tasqara
Bu maqsqarabozla san'ati hamma obrazda atrofda xuddi maskarad
Piar va uning barcha rangi kimdur o'zi xohlidi bo'lishni masqara
Agar senda ko'ngil bilan aloqa bo'masa ijodim tomonga keremas qarash

Irvin Uvelishni Fantastik tunlaridan boshlab
Shamollarni ortidan quvgande yoshlar to'kib
Remarsh bilan yangi kun va yangi quyoshlar kutib
Kunduzi uxlab tunda porlashga urinib
Xuddi Qutb yulduzi izladim izladim o'zimni

#naqorat: (x2)

Izladim o'zimni qator xato qadoxlardan
To'yib dildan qashshoq arzon maddohlardan
Yo'qotdim o'zimni topganda dollar kirga botkanda qo'llar
Qaytmi ko'zda yosh bo'lgandi to'la

🎧 Telegram | @uzraplyrics

Do'stlarga ulashish ⤴️
Mana azizlar, yangi loyihamizning ilk soni sizlarga taqdim etdik. Fikrlaringizni @uzraplyricschat guruhimizda kutamiz!

Ushbu loyihaning ilk sonida bizga yaqindan yordam bergan @Yooldashoff, DIVMOND, @AsadullaBotirov va @Scooby_wolf_official barchangizga kattakon rahmat!🙌

📝 @UZRAPLYRICS — barcha uzrap ijodkorlari treklarining matnlari shu yerda!
🎼 Masta Rhyme (662 Real Broz) - Tuz Fasli

🎧 Telegram | @uzraplyrics
​​📝 Masta (662 Real Broz) - Tuz Fasli

#part_1:

Eslayman isitardi yozgi quyosh singari
Xatto oqshom oy-nurlari
Yer quchog'idagi toshlar nafasi
O'tgan kunlar kabi o'tdi hammasi

Kuz fasli ketidan Tuz fasli
Qaldirg'ochlar iniga qaytmasdi
Maqsadlar devori qoqilish payti
Sen ketding-u bari sarg'aydi

Bari aldaydi ko'zlar ayniqsa
Do'stlar aynisa senku aynisa
Taqdir xadyasi shu qo'pol chandiq
Qalbir bir kaliti yo'qolgan sandiq

Shamol kuchi tashvishga cho'ktirdi
Sabr tinchlatardiyu men doktor deb
Ammo sensiz bulutlar osti zindon
Qaytishingni istaymiz chindan

#part_2:

Samolardan yig'lagan Jayxun
Nega endi ko'zlaringda nam
Kirib kelding shunchaki qayg'u
Eshigim qoqmasdan ham

Balki piyolamni to'ldirib
Quyarsan ko'z yoshlaringdan sen
Balki hayolimni kuldirib
Kuyarsan hazonglaringla sen

Yoki uchaymi burgut misoli
Yoki tirnaymi nafratga o'xshab
Yoki yonaymi gugurt misoli
Yoki ketaymi Fuqatga o'xshab

Yoki o'chaymi xotirangdan
Boshim bu yerlardan olib ketay
Yoki qayg'u sog'inganingda
Bag'ringga qaytay..

#naqorat: (x2)

Sensizlikdan sensizlikdan
Sensizlikda ezildi gado, topolmay iloj
Cheksizlikdan cheksizlikdan
Cheksizlikdan sezildi sado uyg'ondi ishonch

#part_3:

Osmon iris Espresso cofe
Puri kopu bo'liki ofi
Obi chashmash ba zor
Shiri kucha intizor

Xar yak tan kucha
Ki megud sad sol zinda bosh
Man megum, sad sol sang tarosh
Ne mayli mul sarf shudagi ruzon

Rugani pushaymon bisyor suzon
Toni agar kanda nameshudi zad
Toki dast merasad ba ki zad
Xamtiki dast narasida kistat

Xa tu mugireza na shamol testar
Xoba mebinam dusti tanushon
Dardoshon vazmin pulu tillo
Devol omadu zadda peshona

Astafirlo (astafirlo)

#naqorat: (x2)

Sensizlikdan sensizlikdan
Sensizlikda ezildi gado, topolmay iloj
Cheksizlikdan cheksizlikdan
Cheksizlikdan sezildi sado uyg'ondi ishonch

Mazkur tekst yozilishidan yaqindan yordam bergan @LIONKURUKSAYREP'ga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

🎧 Telegram | @uzraplyrics

Do'stlarga ulashish ⤴️
🎼 ReydZi - Besamar (prod. by FayZee)

🎧 Telegram | uzraplyrics
​​📝 ReydZi x FayZee - Besamar

@uzraplyrics

#part_1 #ReydZi:

Kulgichlaring ovozi yodimda hamon
San mani bedavo dardimga davo
Sanga yetolmadim qalbimda armon
Bariga ko’nib qadamlarim san tomon

Bedor o’tgan kunlarim sababi san
Yuragim qulfin ochib band etgansan
Aslo o’ylamiysan nega ahvolimni sira
San o’zin yagona malikam qalbimda

#naqorat_FayZee: (x2)

Xatolarin o’zinga ko'rinmadi nahot
Pardozinga kunla yetmadi xatto
Besamar harakating aldanmiman aslo
Atrofimda tumonad sandaka visol

#part_2: #ReydZi:

O’zga qizlarni sevishga qolmadi madorim
Dardim bedavo topilmas mani dard dorim
O’zga qasrda balki man sevgan yorim
Manda bor gumonim qani sevgi tumori

Bilmagan ekanman to’risi boylik ekan baxt
Besamar ekan u bilan o’tgan vaqt
(Besamar ekan man bilan o’tgan vaqt
Man bilan o’tgan vaqt qadrimga yetmadi mani)

Bedor o’tgan kunlarim sababi san
Yuragim qulfin ochib band etgansan
Aslo o’ylamiysan nega ahvolimni sira
San o’zin yagona malikam qalbimda

#naqorat_FayZee: (x2)

Xatolarin o’zinga ko'rinmadi nahot
Pardozinga kunla yetmadi xatto
Besamar harakating aldanmiman aslo
Atrofimda tumonad sandaka visol


🎧 Telegram | @uzraplyrics

Do'stlarga ulashish ⤴️
🎼 Ravshan R.R - Halos et

🎧 Telegram | uzraplyrics
​​📝 Ravshan R.R - Halos et

#part_1:

Maydan boshqa zulmat tunda topilmadi darddoshim
Shuncha payt chidab kelyapman bugun sindi bardoshim
Azoblarim aytmaganman do'stimga ham sen tugul
Uzildi tugun va men sindim bugun

Mensidim u gulni oldin oddiy ko'rinardi
Yonimda qo'limda chiroyini his qilmabman
U gul deb boridan kechishga xatto ko'r unardi
Men yig'latib qo'yib xatto uni deb siqilmabman

#naqorat: (x4)

Azobdan halos et kelib tezroq bir yelkamni
Qancha vaqt beray ayt qaytishingga bir yil kammi
Shuncha vaqt yo'q bo'lding atay meni "Qayt" desin deb
Ovozing eshitib meni qalbim qayta sindi

#part_2:

Soyabonsiz qolib yomg'irda birga
Hayolan yana qaytaylik baxtli o'sha davrga
Sochlaringni ho'l qilsa yomg'irga rashkim keladi
Seni xafa qilsam quchib yarashgim keladi

Bir kecha uxlamaylik birgacha
Bu kecha ayblarimdan o't kechir
Sevgimizdan cho'g' chiqib borsin xatto o'tgacha
Isinaylik unda qishda ham futbolkachan

Buncha jilo taratmasa yuzingdagi viqoring a?
Yuqoridan ato etgan chiroyini но yo'q ori da
Yo'q orada oq-qora dil men o'z juftimni quchayapman
O'q o'radi atrofimni lekin baribir uchayapman

Balandlarga sog'indim rasmingni yubor
Qalbda qasrlarga teng sog'inchni uyi bor
Yurakni o'yib ol sen deb urmasa soniya
Sog'inchim sanashga yetmas insoniyat soniyam

#naqorat: (x2)

Azobdan halos et kelib tezroq bir yelkamni
Qancha vaqt beray ayt qaytishingga bir yil kammi
Shuncha vaqt yo'q bo'lding atay meni "Qayt" desin deb
Ovozing eshitib meni qalbim qayta sindi

🎧 Telegram | @uzraplyrics

Do'stlarga ulashish ⤴️
Forwarded from www.ShumFM.net
🔴 Premyera!
MAKHMUDZADEE 2018 Yilda so'ngi kunda, yakuniy "Qadam" deb nomlangan trackini Premyera qiladi! www.ShumFM.net saytimizdan yuklab oling!
​​📝 MAKHMUDZADEE – Qadam

@uzraplyrics

#part_1:

Kechir bugunam bajavob xatlaring
Qalesan o’zi charchaganman yaxshi dam oling
Uzoqqa cho’zilmasdi dialog
Hozir vaqtim yo’ diganman sen dimasingdan alo

Balki bu sevgimasdir
Hammaga topilgan vaqt sen uchun topilmasdi
Qizlariz ko’p diysanmi ha ular sendeymasdi
Faqat sevganim uchunda sochlari o’ynidi pasda

Kechir esliyman seni faqat ichganda
Kechir yozolmadim ko’p vaqt ovorman lichkamda
Kechir men turmadim gapimda
Bergan va’dalarim unutdim u kiyimini yechganda

Sabab topmadim o’zimni oqlashga
Hamma narsaga tayyorman barin boshqattan boshlashga
Ke bugun ko’rishaylik so’nggi marta
Oxirgi marta

#naqorat: (x2)

Qara sengacha bir qadam
Qara mengacha bir qadam
Nega orqaga qaytamiz so’nggida
Manzillar so’nggida

#part_2:

Hafa qilaman ko’p men qo’polman ba’zida
Senda ketish varianti ko’pku qolishdan ko’ra
Men yolg’izman xonamda
Xuddi sendayin o’ldi deymi so’rashsa sen haqinda

Charchadim kimdandir xabar kutishdan
Qo’llaringni ber yordam ber bu chuqurdan chiqishga
Sen yagona sababsan g’amgin qo’shiq yozishimga
Endi imkon ko’rmayapman baxtliman deb aytishimga

Sen haq eding o’shanda menga chidash qiyin
Shuncha uzoqlashdim qancha yaqinlashganing sayin
Sen bergan sof tuyg’uni men ahmoq qildim o’yin
Tushundim yo’qotganim deganingda yaqinda to’yim

Bilsayding bu so’z qanchalik botkanin
Yana bir yurak o’z juftin yo’qotkandi
Ke bugun ko’rishaylik so’nggi marta
Oxirgi marta..

#naqorat: (x2)

Qara sengacha bir qadam
Qara mengacha bir qadam
Nega orqaga qaytamiz so’nggida
Manzillar so’nggida

🎧 Telegram | @uzraplyrics
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎼 MAKHMUDZADEE - Yoshlik

🎧 Telegram | uzraplyrics
​​📝 Makhmudzadee - Yoshlik

@uzraplyrics

#part_1:

Xa esimda yoshlik ko'chadan uyga kemasdik
Sovuqdan yuzlar qizargan a biz kechgacha tinmasdik
Xa biz kutardik sovg'a bu asli yolg'on ekan
Biz ishongan qorbobo bir devor qo'shni ekan

Menga sovg'alar kerak emas qaytar bolaligimni
Menga endi mers kerakmas tinchgina uchay chanamni
Yangi yil qaytar yoshlikni yur birga o'yniymiz
Hamma to'rt tarafda tarqalgan a manda uje "судимость"

Man judayam sog'indim yoshlikdagi ko'chamizni
Yur hammasini esliymiz yur qorda uchamizmi
Lekin hozir u ko'chalardan asar ham qolmagan
Nima bo'lgan deysanmi odamlar sal o'zgargan

Qara hammayoq bo'm bo'sh bollar muz uchmay qo'yishgan
Ularga ko'proq qiziq rasmni instaga qo'yishga
Lekin ko'chaga chiq deyishdan qiziq emas u paytlar
Biz yoqqan olovdekmas, isitmas megabaytlar

#naqorat: (x2)

Yog'ayotgan qor parchaladi yoshligimni (parchaladi yoshligimni)
Qaytar bolaligimni
Men anchadan beri kutmay qo'yganman yangi yilni
O'g'irladi u yana bir yilni

#part_2:

Do'st esingdami maktab orqasidagi ishkal
Meni burnim qonagan, sani ko'zin ishgan
O'shanda bizni nohaq maktabdan xaydashgandi
Esingdami katta sinflar ham bizdan qo'rqishardi

Bir amallab tugatdik, maktabni ham uchga
Keyingi manzil ish, joylashdim yuk tashishga
Felim tez ko'tarolmadim boshliq so'kishin
Uni tez yordam obketdi, a men...

Uch yillik dam olish o'rgatdi hayot darsini
Lekin hali ulgirmadim, to'yib yoshlik hissini
Men sog'indim yoshligim o'tgan chang ko'chamizni
Obchiq veligiyni, yoshlikni eslab uchamizmi

Men anchadan beri kutmay qo'yganman yangi yilni
O'g'irladi u yana bir yilni
Men hali ulgirmadim to'yib yoshlik hissini
Ancha bo'ldi kutmay qo'yganimga yangi yilni

#naqorat: (x4)

Yog'ayotgan qor parchaladi yoshligimni (parchaladi yoshligimni)
Qaytar bolaligimni
Men anchadan beri kutmay qo'yganman yangi yilni
O'g'irladi u yana bir yilni

🎧 Telegram | @uzraplyrics
2024/11/26 02:19:18
Back to Top
HTML Embed Code: