Telegram Web
MAKHMUDZADEE - Yoshlik (instrumental)
Telegram | @uzraplyrics
🎼 MAKHMUDZADEE - Yoshlik (Instrumental)

#BizBilanKuyla 🎤

Telegram | uzraplyrics
Inna lillahi va inna ilahi Roji'un...

Uzrepda o'z o'rniga ega, o'zgacha ovoz sohibi, yaxshi inson endi oramizda yo'q. Oxirati obod bo'lsin.

Rapiuz 21. Bobur aka endi yo'q..
🎼 Konsta - Oson (demo)

🎧 Telegram | uzraplyrics
📝 Konsta - Oson (demo)

To'la hamyonlar bo'm-bo'sh odamlarda
Qalbda isyonlar vijdoni borlarda
Muzlagan qo'llar bo'm-bo'sh hamyonlarda
Muzlagan yo'llar muzlagan yo'llar

Agarda bo'lganida oson
Har bir odam bo'lardi inson
Agarda bo'lganida arzon
Har bir odamda bo'lardi insof

Agarda bo'lganda oson
Yarim umrim ishda bo'lmasdi hazon
Bo'lmasdi qozon bo'sh kunlar bo'lmasdi hazon
Orzular bo'lmasdi arzon tunlarim sarson

Hamyonimdagi qog'oz chaqiradi odam
Hamyonimdagiga qarab gapiradi odam
Yuragimdagi ovoz baqiradi doim
Ishonma bu odamlar aldab ishontiradi doim

Hech kimga hakam emasman o'zimdan boshqa
Hech kimga xo'jayinmasman so'zimdan boshqa
Meni o'rganmoqchi bo'lsang ko'zimdan boshla
Dunyo yaxshi bo'lsin desang o'zingdan boshla

Hech qanday va'da kerak emas yonimda bo'l
Dunyo qarshi bo'lsa gar men tomonimda bo'l
Nima bo'lsa qo'yvorma uzatganimda qo'l
Dunyoda hamma narsani yo'qotganimda bo'l

Agarda bo'lganida oson
Har bir odam bo'lardi inson
Agarda bo'lganida arzon
Har bir odamda bo'lardi insof

🎧
Telegram | @uzraplyrics

Do'stlarga ulashish ⤴️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​📝 Konsta ft. Fayzee - Oila

#naqorat_Konsta (x2)

O'zimga - o'zim beraman va'da boshqa hech kimni yaqin qo'ymaslikga
Jondan o'tib ketsada, buni boshqa hech kimga bildirmaslikga
O'zimdan - o'zgadan yordam qo'lin cho'zishin kutmaslikga
Oilamday yaqinim tashlab hech ham taslim bo'lmaslikga

#part_Fayzee

Kunlarimni bag'ishladim man kimga?
Mani kutganida oilam
Tuyg'ularim bag'ishladim man kimga?
Kunlar yillar oylar

Mani do'stlarim teng oltinga
Yurardim o'zimcha o'ylab
Endi qani o'sha yaqinlarim oldingi
Topolmadim izlab

Meni izlama eski manzillardan
Izlama eski mavzulardan
Kulmiman boshqa bu xazillarga
Chaqirma oldingi bazimlarga

O'tmishda endi yashash tarzim
Endi man o'tmishdan yiroq
Harakat qilaman bo'lishga farzand
Iloji boricha yaxshiroq

#vocal

Agarda bo'lsa so'ngi nafas so'ngi nafas
O'ylamasdan beradigan yaqinlarim bor
Agarda dunyo bo'lsa qafas bo'lsa qafas
Endi aniq adashmiman yonimda kim bor

#naqorat_Konsta (x2)

O'zimga - o'zim beraman va'da boshqa hech kimni yaqin qo'ymaslikga
Jondan o'tib ketsada, buni boshqa hech kimga bildirmaslikga
O'zimdan - o'zgadan yordam qo'lin cho'zishin kutmaslikga
Oilamday yaqinim tashlab hech ham taslim bo'lmaslikga...

🎧 Telegram | @uzraplyrics
🎼 Konsta - Yolg'izlik (demo)

🎧 Telegram | uzraplyrics
​​📝 Konsta - Yolg'izlik

#naqorat:

Har safar yonimda sanoqli yaqinlar qolar
Ba'zan ko'zlarim to'rt bo'lib eshiklar taqqillab qolar
Doim bir xil qopqonlarga tushdim bir xil xatolar
O'z yolg'izligi bilan pastda hamma birga-bir qolar

Sen yolg'izmassan men yolg'izmasman baxtimiz har xil
Dardimiz bir xil yolg'izliging bilan sen yolg'izmassan
Bor ekan shu kunlar bo'larkan har xil holat
O'z yolg'izligi bilan pastda hamma birga-bir qolar

#part_1:

Menga ham tanish tushkunlik yolg'izlik bir necha kunlik
Depressiya qilar ustunlik ba'zan hayolga kelar yakunlash tovba
Ba'zan chekvorging keladi ketvorging keladi
Telefon jimligi miyyani teshadi ba'zan uni otvoring keladi

Uni hech kim bilan bo'lisholmisan hech kim bilan ko'risholmisan
Yo'q tinchgina yasholmisan yo'q hich kimga ishonimsan
Bir do'stim yo'qdek xuddi yomonmanmi shuncha
Degan savol qiynidi tushkunlikdan o'tkuncha

Yolg'iz qolasan xuddi har tomon hamma tarqaladi
Ichkilik va giyoxvandlik narsalar battar qiladi
Faqat sen va boshingda o'sha savollar qoladi
Birga-bir men bilan yolg'izligim hammasi shetta hal bo'ladi

#naqorat:

Har safar yonimda sanoqli yaqinlar qolar
Ba'zan ko'zlarim to'rt bo'lib eshiklar taqqillab qolar
Doim bir xil qopqonlarga tushdim bir xil xatolar
O'z yolg'izligi bilan pastda hamma birga-bir qolar

Sen yolg'izmassan men yolg'izmasman baxtimiz har xil
Dardimiz bir xil yolg'izliging bilan sen yolg'izmassan
Bor ekan shu kunlar bo'larkan har xil holat
O'z yolg'izligi bilan pastda hamma birga-bir qolar

#part_2:

Topolmisan dardingga sherik har doim ham u kerak emas
Har doim ham u sherik emas yoki bo'lsa ham senikimas
Terilgan raqam mavjud emas hech kimdan hech narsani kutma
Do'stlar ham hamma mavzudamas ular ham ba'zan hamma narsani tushunmas

Hammani o'zini ichida faqat o'zi bilgan urishi bor
Yolg'izlik judayam katta narsa unda hammani ulushi bor
To'g'ri osonmas chidash bunga sabr kosani bir kuni to'lishi bor
Lekin dardni bilgan qalblar kun kelib hammadan chiroyli kulishi bor

Sen yolg'izmassan men yolg'izmasman
Sirdoshmiz bir umrga bu dardni yengamiz birga
Tashqarisi bu sen ko'rgan ichkari senikidek bardak
Men bilan o'rgan sen bilan bir xil dardim

#naqorat:

Har safar yonimda sanoqli yaqinlar qolar
Ba'zan ko'zlarim to'rt bo'lib eshiklar taqqillab qolar
Doim bir xil qopqonlarga tushdim bir xil xatolar
O'z yolg'izligi bilan pastda hamma birga-bir qolar

Sen yolg'izmassan men yolg'izmasman baxtimiz har xil
Dardimiz bir xil yolg'izliging bilan sen yolg'izmassan
Bor ekan shu kunlar bo'larkan har xil holat
O'z yolg'izligi bilan pastda hamma birga-bir qolar

🎧 Telegram | @uzraplyrics

Do'stlarga ulashish ⤴️
🎼 Konsta - Sonador

🎧 Telegram | uzraplyrics
​​📝 Konsta - Sonador

Qanotlarimni beray senga shu bo'lsa qulay
Senga parvozlar tilab o'zim jarlikka qulay
Bir umr yetolmay shamollar ortidan quvlay
Sevgingga erisha olmay bir umr do'sting bo'lay

Sen ham yasholmaysan lek aytolmaysan buni
Bilasan sen unutolmaysan lek aytolmaysan buni
Sen hech qachon ichingda tuyg'ular qilsada isyon
Hayolingda bir inson lek sen aytmisan hech qachon
Yo'q sen aytmisan o'zing aqldan ozsang ham sen aytmisan o'zing
Bilmiman nega lekin baxtliman sen baxtli bo'sang
Ichingda tuyg'ular qilsada isyon
Hayolingda bir inson lek sen aytmisan hech qachon
Yo'q sen aytmisan o'zing aqldan ozsang ham sen aytmisan o'zing
Bilmiman nega lekin baxtliman sen baxtli bo'sang

Qanotlarimni beray senga shu bo'lsa qulay
Senga parvozlar tilab o'zim jarlikka qulay
Bir umr yeta olmay shamollar ortidan quvlay
Sevgingga erisha olmay bir umr do'sting bo'lay

🎧 Telegram | @uzraplyrics

Do'stlarga ulashish ⤴️
🎼 Shokir - Yomon

🎧 Telegram | uzraplyrics
​​📝 Shokir - Yomon

#naqorat: (x3)

Hammayo yolg‘on endi kimga etsam ekan dardim
Odamla sog‘lom bo‘lsa ham kasalman deb yurardi
Mana yo‘qoldi butun dunyolaringdanam tartib
Endi hammang yomon yomon yomon yomon yomon

#main_part:

Yomon o‘rtodan saqlasin Xudo
Alvido deb xayrlashib qochtim
Yomon yo‘llardan do‘stlarini tort
Yurmasin birovni pulini sochib

Tirichilini to‘g‘ri aybi yo‘q
Lekin boshqa ishdan baxtini topgan
Odamlardan eshitdik million
Hikoyalardan yo‘l ko‘rdik tuzoqqa

Ey o‘rtog‘ing kim ekanligini chunvogin
Shoshilib yugurib yurmi o‘zini bosvogin
Ertalabdan toza hayol bilan uyqudan turib
Yaxshi niyat bilan boshla hayotni yengi dasturin

#naqorat: (x3)

Hammayo yolg‘on endi kimga etsam ekan dardim
Odamla sog‘lom bo‘lsa xam kasalman deb yurardi
Mana yo‘qoldi butun dunyolarindanam tartib
Endi hammang yomon yomon yomon yomon yomon

🎧 Telegram | @uzraplyrics

YouTubeda tinglash
Shokir kanaliga a'zo bo'lish

Do'stlarga ulashish ⤴️
🎼 Shoxrux - Yoron ey

🎧 Telegram | uzraplyrics
​​📝 Shoxrux - Yoron ey

#part_1:

Ha ko’nglimga yoqasan ha ko’zimga oyday ko’rinasan
Lekin-a negadir holatim shu kuyga ko’nikmas
Hali beri nari ko’nglingga yo’l topilmas
Gapir-gapirma boshingni qotirma
Iltimos qilgandan umuman nima yo’q foyda
Deganing degan aytganing aytgan
Bizning gap esa negadir oxirgi rejada

#naqorat: (x2)

Yoron-ey yoron-ey hadeb ozor berma
Janonim janon-ey nochor qilma
Yoron-ey yoron-ey sabrimni sinama
Janonim janon-ey tuyg’ularimni so’ndirma

_#part_2:

Turishimni qara qo’lda guldasta
Ko’zlarim mushtog’u yuragim hasta
Bir soat bo’ldi toqatim o’ldi
Sen esa yo’q bir bo’larim bo’ldi
Kayfiyat yaxshi-yu yomoni emas
Bo’ldi yetar endi keragi emas
Ko’zimga ko’rinma aldamchi yovuz
Deya olmayman mani asalim afsus

#naqorat: (x2)

Yoron-ey yoron-ey hadeb ozor berma
Janonim janon-ey nochor qilma
Yoron-ey yoron-ey sabrimni sinama
Janonim janon-ey tuyg’ularimni so’ndirm

#part\3:

Janonim erkam erkala mayli
Yuragimni pora qilsang ham mayli
Yuzimga qaraganingda rostingni gapir
Kechikkaningda ko’p kutsam ham mayli
Kulganingni ko’rib asabim bosilar
Senga bo’lgan mehrim yana oshar
Baribir sevaman qanchalar
Yonimda doim o’zingni ko’rgim kelar ko’rgim kelar

#naqorat: (x2)

Yoron-ey yoron-ey hadeb ozor berma
Janonim janon-ey nochor qilma
Yoron-ey yoron-ey sabrimni sinama
Janonim janon-ey tuyg’ularimni so’ndirm

🎧 Telegram | @uzraplyrics

Do'stlarga ulashish ⤴️
🎼 Betaqlid - TraPapa (Namuna II)

🎧 Telegram | uzraplyrics
📝 Betaqlid - TraPapa

#naqorat:

Qani qo'lla tepaga, yana qo'lla teppaga,
Sanda qo'lla teppaga, a kel mana kere bo'sa rep agar!
Qani qo'lla tepaga, yana qo'lla teppaga,
Sanda qo'lla teppaga, e kel mana kere bo'sa rep agar!

#part_1:

Ayni payt mana sakra, a man tanitay sanga ama tayfun, bugun
Ana kayfu-mana kayf bolakay bu - oddiy xol okay, san kayfuy!
Man atay bum qilaman bilaman mani kuzatar u, man number one,
A nima, mani tanimadingmi? O'pkalama, sanga dam beraman!

Hey reper san bemalol bo'l dema lom mim, man zo'r hammadan oldin,
Hamma tan oldi san qolding! Sal qoldimi, qara hamma dam oldi!
Manga sani hamma fanating bir tiyin, ula rep nima bilmidi, bilding,
Qani qalaming san yoz alaming tark etsin, qiynama, qalbing!

Bra! Qani hamma man bilan, namuna mana man ammenam bilar,
Mister flow kanabiz ko'pro, qani miss kelaqo ol kamera bilan!
Daraja baland bari jam bo'lib, da rejam bula tanu jon bilan,
Man Milandaman, da bu moda ma, respaaa ana Vavilondanam!

Axaxaax!! O'zga sayyoraliklar,
Qilaman salom alik man, TraPapa man yerlikman!
Assalom Amerika, jim tingla qayeri kam,
Sani topgan o'zbek ilk bor, ana undan keyin Evrika!

#naqorat:

Qani qo'lla tepaga, yana qo'lla teppaga,
Sanda qo'lla teppaga, a kel mana kere bo'sa rep agar!
Qani qo'lla tepaga, yana qo'lla teppaga,
Sanda qo'lla teppaga, e kel mana kere bo'sa rep agar!

#part_2:

U didi bu didi g'idi-bidi didi battleda qoldida bo'ldi dedi bildi,
Modada Da Gudda bo'ganda kak eto kruto deganide kalambur kabutar!
Eminemi nima ma'no beradi mana bari biladi bilaman u bilan
mani tarifi tenglama lyuboyin yirtaman bilasammi kimman O'zbekcha Repdaman!

KING ! Nima gap Whuts up brother, azart g'azab ba'zan,
Mazax - qilaman maza man, man deganin buzaman, a hamma manga za!
Bez bazar bu vazari bir pasta pastan nazaring,
Yordam bermidi bu safar na zo'ring va na zaring!

Bra! Qani hamma man bilan, namuna mana man ammenam bilar,
Mister flow kanabiz ko'pro, qani miss kelaqo ol kamera bilan!
Daraja baland bari jam bo'lib, da rejam bula tanu jon bilan,
Man Milandaman, da bu moda ma, respaaa ana Vavilondanam!

Axaxaax!! O'zga sayyoraliklar,
Qilaman salom alik man, TraPapa man yerlikman!
Assalom Amerika, jim tingla qayeri kam,
Sani topgan o'zbek ilk bor, ana undan keyin Evrika!

#naqorat:

Qani qo'lla tepaga, yana qo'lla teppaga,
Sanda qo'lla teppaga, a kel mana kere bo'sa rep agar!
Qani qo'lla tepaga, yana qo'lla teppaga,
Sanda qo'lla teppaga, e kel mana kere bo'sa rep agar!

🎧 Telegram | @uzraplyrics

Do'stlarga ulashish ⤴️
2024/11/29 14:24:54
Back to Top
HTML Embed Code: