tgoop.com/uztdi/9209
Last Update:
“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi
Hukumatning "Maktabgacha ta'lim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori (18.12.2024 №848) qabul qilindi.
Unga ko‘ra 2025-yil 1-fevraldan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, 2025-yil 1-iyuldan boshlab esa barcha davlat MTTlarida:
➖xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritish;
➖ish vaqti tabellarini shakllantirish;
➖tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida hisoblash;
➖ota-onalar to‘lovi va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish
➖“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
2025-yil 1-iyuldan boshlab ota-onalar to‘lovi hamda boshqa to‘lovlar haqidagi ma'lumotlar “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida avtomatik tarzda qayd etiladi.