Telegram Web
O‘qituvchilarning 11 foizi 6 milliondan 10 million so‘mgacha oylik olmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

O‘qituvchilarga mahorati va erishgan yutuqlariga qarab to‘lanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirildi.

Bugun muallimlarning 88 foizi 6 million so‘mgacha, 11 foizi 6 milliondan 10 million so‘mgacha oylik olmoqda.

O‘z ustida astoydil ishlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming o‘qituvchi 10 million so‘mdan ziyod maosh olmoqda. 2020-yilda bunday o‘qituvchilar 102 nafar bo‘lgan.

Albatta, bu hali yetarli emas, lekin ushbu raqam keyingi ikki yilda 5,3 barobar oshganini ta’kidlash lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyada qatnashgan o‘qituvchilarning 10 foizi malaka bo‘yicha yetarli ball to‘play olmagan

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

"Yana bir bor aytaman: qancha islohot qilmaylik, birinchi navbatda o‘qituvchining bilimi va kasb mahoratini oshirmas ekanmiz, sifatli ta’limni ta’minlay olmaymiz. Bu – ayni haqiqat.

Afsuski, bugungi kunda, davlat ta’lim muassasalarida 46 ming nafar (7 foiz), xususiy tashkilotlarda esa 38 ming nafar pedagog 5 yil davomida malaka oshirmagan.

Bu yil attestatsiya jarayonlari shaffof bo‘lishi uchun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar qo‘llandi.

Natijada 198 ming o‘qituvchidan 21 ming nafari (10 foiz) malaka bo‘yicha yetarli ball to‘play olmadi. Afsuski, bunday holatlar o‘quvchilarning bilimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bu yil bitiruvchilarning 130 ming nafari (30 foizi) oliygohlarga kirishda eng past – 57 ball ham to‘play olmagan.

Bu barchamizni tashvishga solishi kerak" — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida uy-joy beriladi”, - dedi Prezident.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Oʻqituvchilar maoshi oshadi” — Prezident

Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchining maoshi kelgusi yildan qay tarzda 12 millionga yetkazilishiga toʻxtaldi.

Muallimlarni qoʻllab-quvvatlashni, ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirishni albatta davom ettiramiz”, — degan davlat rahbari bugungi yigʻinda.

“Mana, 1-oktyabrdan pedagog xodimlar ish haqini 15 foizga oshirdik. Kelgusi oʻquv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yoʻlga qoʻyiladi” dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qoʻshimcha 70 foiz ustama oladi.

Misol uchun, oliy toifali biologiya oʻqituvchisi oʻz fani boʻyicha xalqaro sertifikati boʻlsa – 50 foiz, direktor jamgʻarmasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi.

Prezidentning qayd etishicha, shu tariqa oʻqituvchining umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming soʻmdan 12 million soʻmga yetadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yildan xususiy maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard soʻmgacha kredit ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqotida yangi yildan boshlab, xususiy sektorda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard so‘mgacha kredit ajratilishi ma'lum qilindi.

Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oshgan qismi (7 foizi) byudjetdan qoplanadi.

Shuningdek, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5 yil muddatgacha byudjetdan to‘lab beriladi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar o‘z hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda solig‘idan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun, 30-sentyabr kuni pedagog kadrlar attestatsiyasiga hujjat topshirish va to'lov qilishning oxirgi kuni

Joriy yilning 1-avgust kuni boshlangan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborish jarayoni 1-oktyabr (30-sentyabr 24:00) ga qadar davom etadi.

Buning uchun pedagoglar pedkadr.uzedu.uz platformasi, DXM yoki my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Hujjat topshirishdan avval o‘zingizni qiziqtirgan savollarga quyidagi javob olishingiz mumkin:

👉 Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi

👉
Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov miqdori qancha?

👉
Attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tishda pedagoglar tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko’riladi?

👉
Talabalar attestatsiyada ishtirok eta oladimi?

👉
Ishga yangi kirgan pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

👉Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilish mumkin?

👉 Tugʻruq taʼtilidagi oʻqituvchilar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

👉Parolni tiklash bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Quyidagi telegram botlar yordamida esa attestatsiyaga bepul tayyorlanishingiz mumkin:

👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot

Tez kunlarda yangi testlar ham yuklanadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz bilan suhbat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-oktyabr — o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillari, taʼlimda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muloqot o‘tkazdilar.

Muloqot davomida yuridik fanlari doktori — Axtam Yakubovning sohani rivojlanishiga doir takliflari davlat rahbari tomonidan qo’llab-quvvatlandi.
⚡️Hozirning o’zida oktyabr oyida qancha maosh olishingizni bilib oling!

Xabaringiz bor, Prezidentning tegishli farmoni bilan 1-oktyabrdan boshlab pedagoglarning oyliklari 15 foizga oshirildi.

@oylikhisoblaydigan_bot yordamida oktyabr oyidan boshlab oladigan oylik maoshingizni turli ustamalar, soliqlar va qo‘shimchalar bilan birga hisoblashingiz mumkin.

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va foydalanishni boshlang!

Lavozimlar kesimida oshgan oylik maoshlar miqdori: https://talimxabarlari.uz/7761/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kollej va texnikumlarda oʻqiyotgan xotin-qizlar davlat granti asosida oʻqishlari mumkin

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (29.09.2023-yildagi 516-son)ga muvofiq, kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal qishloq xoʻjaligi sohalarida taʼlim olayotgan qizlar toʻliq davlat granti asosida taʼlim olishlari mumkin.

Buning uchun talabgor 10-oktyabrga qadar kollej (texnikum) direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Kollej (texnikum) direktori 3 ish kunida arizalarni koʻrib chiqadi va umumlashtirib, hududiy boʻlinmalarga taqdim etadi.

Hududiy boʻlinmalar umumlashtirilgan maʼlumotlarni 15-oktyabrga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 20-oktyabrga qadar umumlashtirilgan xotin qizlarning yakuniy roʻyxatini shakllantiradi va tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralarga yuboradi.

Tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralar 25-oktyabrga qadar xotin-qizlarni davlat granti asosida taʼlim olishlari uchun mablagʻ ajratish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kunida murojaatlar asosida grant uchun mablagʻ ajratadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi

Prezidentning “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

2025-yildan boshlab:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;

terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;

xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, eslatma!
pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan arizalarni tahrirlash 4-oktyabr soat 23:59 da to‘xtatiladi

O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining majburiy attestatsiyadan o‘tish yoki navbatdan tashqari (ixtiyoriy) attestatsiyada ishtirok etish istagida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va arizasi ko‘rib chiqilayotgan pedagog kadrlar joriy yilning 4-oktyabr kuni yakuniga qadar arizalarini tahrirlashlari va belgilangan yig‘im summasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishlari lozimligini eslatamiz.

❗️O‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirmagan arizalar ko‘rib chiqilmasligini ma’lum qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!

Attestatsiya jarayonlari uchun to‘lovlarni 2024-yilning 10-oktabriga qadar amalga oshirishingiz mumkin.

Xabaringiz bor, 2024-yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 1-avgustdan 1-oktabrga qadar davom etdi.

Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo‘lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilishgan.

❗️O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-oktabriga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talimxabarlari.uz saytida hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti

🔹 Talaba dars qoldirsa, kredit miqdori qanday hisoblanadi?

🔹 Oʻqituvchilar uchun qanday imtiyozlar bor?

🔹 Farg‘onada davlat oliygohlari tugatiladimi?

🔹 Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqot o'tkazdi

🔹 Toshkent davlat agrar universiteti hududida yongʻin boʻldi

🔹 Ta’lim krediti olgan talabalarga chet elga chiqishda ta’qiq bormi?

🔹 Pedagog xodimlarga beriladigan ustama turlari haqida bilasizmi?

🔹 Qancha o‘zbekistonlik talabalar xorijda tahsil olmoqda?

🔹 Magistraturadagi o‘qish davri ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi

🔹 Samarqand Arxitektura-qurilish universiteti hududida yong‘in sodir bo‘lgan

🔹 Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi xorijda o‘qitiladi

🔹 Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda - vazirlik

🔹 Maktab o‘quvchisi ustiga futbol maydonidagi darvoza to‘sini qulashi natijasida vafot etdi

🔹 Endilikda talabalar amaliyot o‘tagani uchun pul olishi mumkin

🔹 Startap loyihalar diplom ishi o‘rniga o‘tadi

🔹 Pedagog kadrlarga attestatsiyadan o‘tish imtihonida qancha vaqt beriladi?

🔹 Toifa testlarida ishtirok uchun murojaat qabul qilinganligini qayerdan bilish mumkin?

🔹 Pedagoglar uchun attestatsiya to‘lovlari muddati uzaytirildi

🔹 Endilikda bogʻchalar rahbar va pedagoglari ham moddiy ragʻbatlantiriladi

🔹 Samarqand viloyatida maktab binosi qurilishida bir qator qoidabuzarliklarga yo’l qo’yilgan

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi

Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:

▪️shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-­momosi:

etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

▪️xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;

▪️30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;

▪️o‘zbek tilini bilishi lozim.

Batafsil ma’lumot va tegishli yo‘nalishlari mavjud oliygohlar ro‘yxati bu yerda:
👉https://talimxabarlari.uz/11262/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biz sizga sifatli «Izlanuvchilar» ilmiy tashkilotni taklif qilamiz, bu tashkilot orqali siz ilmiy va ijodiy faoliyatingizni rivojlantirishingiz mumkin!

📚 BIZNING XIZMATLAR;
- Xalqaro va mahalliy jurnallarda ilmiy maqola chiqarish;
- Impact factorli jurnallar va OAK roʻyxatidagi sifatli jurnallarda maqola nashr etish;
- Monografiya, oʻquv qoʻllanma, darslik tayyorlab berish va ularni rasmiy tarzda nashr qilish;
- Xalqaro almanax va tanlovlar;
- Scopus, Web of science jurnallarida rasmiy shartnoma bilan maqola chiqarish;
- Tahrir a’zosi boʻlish va shu turdagi xizmatlar sizga kerak boʻlsa, bizga murojaat qiling va biz sizga rivojlanishingizda yordam beramiz!

MUROJAAT UCHUN ➡️ @jurnalmaqolaqabul

🇺🇿 KANALIMIZ ➡️ @izlanuvchiuz
2025/02/22 23:59:11
Back to Top
HTML Embed Code: