Telegram Web
⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Prezident Farmoni (PF-77-son, 05.05.2025-y.)ga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi:

🔹 “El-yurt umidi” stipendiyasi gʻoliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat oʻtkazish orqali aniqlanadi;

🔹 test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.

📊 Bakalavriat boʻyicha hamda magistratura va doktorantura boʻyicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga koʻra:

🔸birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) toʻliq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

🔸 birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

🔸 birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
El-yurt umidi PF-77.pdf
31.8 MB
Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tashkil etiladi

“Iqtidorli mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, ularda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida” gi Prezident Farmoni (PF-77-son, 05.05.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi etib qayta tashkil etildi.

✔️ 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:

🔹vazirlik, idora, iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari orasidan maqsadli stajirovkaga yuboriladigan nomzodlar roʻyxati shakllantiriladi;

🔹stajirovka tashkil etiladigan xorijiy tashkilotlar va stajirovka muddati buyurtmachilar, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan belgilanadi;

🔹maqsadli stajirovkaga yuboriladigan mutaxassislarning stajirovka oʻtashda zarur boʻladigan xorijiy tilni oʻrganishi uchun vazirlik, idora va iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari tomonidan tegishli sharoitlar yaratib beriladi.

“El-yurt umidi” stipendiyasi haqida: 👉 https://www.tgoop.com/uztdi/9618

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kimlar kasbiy sertifikatlash jarayonlariga jalb etilmaydi?

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning Maʼmuriy Reglamentining 9-bandi:

Quyidagilar kasbiy sertifikatlashga jalb etilmaydi:

fan nomzodi, falsafa doktori Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlar;

magistr darajasiga ega mutaxassislar;

pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan darajada koʻrsatkichga ega boʻlgan pedagoglar.

❗️Quyidagilar kasbiy sertifikatlashdan maʼlum muddatga ozod qilinadi:

homilador ayollar, homiladorlik yoki tugʻish taʼtilida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar);

uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan soʻng olti oy davomida.

📃Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryodagi bog‘chalarda bolalar qamrovi eng past darajada

Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi B. Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh parlament nazorati doirasida Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati o’rganilgan.

Ma’lum bo’lishicha, bog’chalarda bolalar qamrovi 68 foizni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich respublika bo‘yicha eng past darajada ekanligi aniqlangan. Hozirgi kunda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 32 foizi maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan qamrab olinmagan.

Shuningdek, 28 ta mahallada hali ham maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud emas.

Bundan tashqari, ayrim tashkilotlarda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash talab darajasida emasligi, oshpazlar tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan ishga jalb qilingani va bolalarga belgilangan meʼyorda oziq-ovqat taʼminlanmayotgani kabi holatlar ham aniqlangan.

Shu bois, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, masʼul idoralarga yetkazilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident: Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi

Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilinishicha, oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab taʼlimi uchun mablagʻ 7 karra oshirilgani, joriy yilda bunga 60 trillion soʻm yoʻnaltirilayotgani taʼkidlandi.

Maktablarda 1 millionga yaqin, bogʻchalarda 1,5 million yangi oʻrinlar yaratildi. Bogʻcha bilan qamrov 3 karra oshib, 78 foizga yetdi.

Malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida oʻqituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming oʻqituvchi hozirda 8-12 million soʻm maosh olyapti.

Bogʻcha tarbiyachilari oyligi 65 foizga oshib, maktab oʻqituvchilari maoshiga tenglashdi. Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident ta'lim sohada mavjud muammolarga toʻxtaldi

Taʼlim dasturlari eng ilgʻor mamlakatlar tajribasiga moslashtirilmoqda, darsliklar yangilanmoqda, maktablarga zamonaviy jihozlar olib berilayapti.

Lekin tizimdagi muallimlarning yangi metodikalarni oʻzlashtirishi, taʼlim sifatini taʼminlashi qay darajada ekani savol ostida.

Masalan, ikki yil oldin toifa berish tizimi shaffof, raqamlashgan platformaga oʻtgani haqiqiy ahvolni koʻrsatdi.

Jumladan, oʻtgan yili 341 ming oʻqituvchi yangi tizim asosida toifaga topshirgan boʻlsa, shundan 102 ming nafari imtihondan oʻta olmagani qayd etildi.

Ishga olishda diplomga qarab emas, bilim va malakani baholash tizimiga oʻtildi. Bu yangi tizim orqali imtihon qilingan 13 ming nomzoddan 6 mingi bilimi qoniqarsiz boʻlgani uchun ishga kira olmadi.

Yoki 61 ta xususiy oliygohda pedagog-kadrlar oʻqitilayotgani bilan birortasida kimyo, biologiya va fizika boʻyicha muallim tayyorlanmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Har bir tumandan kamida 5 nafar o'qituvchini malaka oshirish uchun xorijga yuborish vazifasi qoʻyildi

Bir yil ichida 215 nafar oʻqituvchi Angliya, Fransiya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreyadagi eng nufuzli universitetlarda malaka oshirdi.

Muhimi, xususiy maktablar ham bu tizimga qoʻshilib, oʻqituvchilarini xorijga joʻnatmoqda.

Prezident kelgusida malaka oshirishga borayotganlarning 25-30 foizi xususiy maktablardan boʻlishi haqidagi taklifni maʼqulladi va mutasaddilarga buni yangi oʻquv yilidan boshlab tashkil qilishga topshiriq berdi.

Joriy yilning oʻzida pedagogika oliygohlari va malaka oshirish markazlaridan kamida 5 nafardan, har bir tumandan shunchadan muallimni xorijga yuborish vazifasi qoʻyildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?

🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
     Ushbu karuselni varoqlang va Yaponiya sari qadamni hoziroq tashlang 😊

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 23-24-25-may (juma-shanba-yakshanba) kunlari matematika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📅 23-may kuni 3 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:30 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 11:00 dan 12:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 12:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 3-smena uchun soat 15:00 dan 16:00 ga qadar amalga oshiriladi. (3-smenada soat 16:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).


📅 24-25-may kuni 2 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 12:30 dan 14:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 14:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).


👝 Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarga forma joriy etilmaydi!

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona "talaba formasi" joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qilamiz.

Aslida, tarqalgan xabar asos qilib keltirilayotgan hujjat – Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasiga ilova qilingan "Oliy ta’lim tashkiloti brendini yaratish to‘g‘risidagi nizom" bo‘lib, mazkur nizom har bir oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi brend va imij konsepsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Nizom loyihasida talabalar uchun yagona forma joriy etilishi yoki majburiy tartibda talab etilishiga doir hech qanday norma mavjud emas.

Aksincha, oliy ta’lim muassasalari o‘zining tarixi, vazifasi, madaniy qadriyatlari va hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘ziga xos korporativ uslub va ramzlarini ishlab chiqish huquqiga ega. Bunga ta’lim tashkilotlarining individual imijini shakllantirishga qaratilgan tashabbus sifatida qaralishi lozim. Shu bilan birga, estetik, gigiyenik yoki tashqi ko‘rinishga oid tavsiyalar faqat ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lib, ularni joriy etish yoki qo‘llashning amaliy jihatlari har bir ta’lim muassasasining ichki qarorlariga bog‘liq. Ya’ni, mazkur Nizom loyihasi doirasida maxsus forma joriy etish yoki uni majburiy tartibda talab qilish umuman nazarda tutilmagan.

Shu bilan birga, korporativ uslub va brend elementlari (logotip, rang sxemasi va h.lar) shakllantirish tashabbusi universitetlarni nafaqat mahalliy, balki xalqaro maydonda ham samarali targ‘ib etish, ularning raqobatbardoshligini oshirish hamda nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunday yondashuv dunyo tajribasida ham ta’lim muassasalarining marketing strategiyasining muhim qismi sifatida qaraladi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida har bir talabaning shaxs sifatidagi erkinligi va huquqlari Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi. Vazirlik barcha axborot manbalarini mas’uliyat bilan yoritishga chaqiradi va rasmiy ma’lumotlarga tayanib harakat qilishni tavsiya etadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/05/18 21:08:39
Back to Top
HTML Embed Code: