Telegram Web
Mahallalarda sport tadbirlari o’tkazilmoqda

🗣Tumanimizda yoshlarning jismoniy faolligini oshirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida, "Besh tashabbus" loyihasi doirasida bir qator sport tadbirlari tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar, mahallalarda yoshlar o'rtasida sportni ommalashtirish, salomatlikni mustahkamlash va bir-biriga bo'lgan hurmatni oshirishga qaratilgan.

Yoshlar ishlari agentligi Uzun tuman bo’limining qo'llab-quvvatlashi bilan tashkil etilgan musobaqalar turli sport yo'nalishlarida o’tkazilmoqda. Mahallalardagi yoshlar uchun yaratilgan bunday imkoniyatlar ularga nafaqat sog’lom va faol turmush tarzini targ’ib qiladi, balki o’zaro do’stlik va hamkorlikni mustahkamlaydi.

🕊 Telegram 📱 Facebook 🕊Web-site 📺 Youtube 📱 instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
30 gektar yerdan 4,5-5 milliard so‘m daromad

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidan fermer Sherzod Maxmatmurodov uch yillik tajribasi asosida yiliga ikki marta yerdan hosil olishning samarali usulini qo‘llab, 30 gektar yerdan 4,5-5 milliard so‘m sof daromad olishni rejalashtirmoqda.

Hozirda hududdagi boshqa fermerlar 1 gektar yerdan 30-50 million so‘m daromad olayotgan bo‘lsa, ushbu fermer 1 gektardan 150 million so‘mdan ziyod daromad olmoqda.

Shuningdek, fermer o‘z tajribalarini boshqa fermerlarga ham o‘rgatib, qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirishga hissa qo‘shmoqda.

🕊 Telegram 📱 Facebook 🕊Web-site 📺 Youtube 📱 instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Bugun Uzun tumanining Yangi yo’l, O’zbekiston hamda Bahoriston mahallalarida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada 31 taga yaqin korxona va tashkilotlar 250 ta  bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

Yarmarka davomida korxona va tashkilotlarga 12 nafar fuqaro ishga qabul qilindi. Shuningdek, 23 nafar fuqaroga  Mehnat qonunchiligi bo‘yicha maslahatlar berildi.

🕊 Telegram 📱 Facebook 🕊Web-site 📺 Youtube 📱 instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌳“Yashil makon” umummilliy loyihasi

🌱“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Uzun tumanidagi fermer xo'jaliklarida dala maydonlari chetlariga daraxt ekish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda.

🌱Bu tadbirlar tabiiy muhitni saqlash va iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda muhim o'rin tutadi. Ekilayotgan daraxtlar tumanning ekologik holatini yaxshilashga, tuproq eroziyasi jarayonlarini kamaytirishga hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga hissa qo'shadi.

🕊 Telegram 📱 Facebook 🕊Web-site 📺 Youtube 📱 instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Uzun tumani prokurori B.Boymurov tomonidan 2-sektor hududidagi Yangi kuch mahallasida mahalla aholisi va yoshlar bilan uchrashuv hamda sayyor qabul  o‘tkazildi.

Mazkur qabulda 20 nafar fuqarolar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi elektr energiya, gaz va ijtimoiy himoya bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga oldi.

Qabul qilingan murojaatlarning ayrimlari shu joyning o’zida hal qilingan bo‘lsa, o‘rganish uchun muddat talab qiladigan murojaatlar ish yurituvga olinib, o‘rganilmoqda.

🕊 Telegram 📱 Facebook 🕊Web-site 📺 Youtube 📱 instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Uzun tumanidagi “Behruz mebel” xususiy korxonasida “Meyos mebel va yog’ochsozlik sanoati” uyishmasi hamda tuman hokimligi tomonidan seminar tashkil etildi

Tadbirda tumanimizdagi barcha mebel ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari ishtirok etib, sohadagi yangiliklar, innovatsion texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, seminar davomidamebel sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi va korxonalarga yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha yo‘nalishlar belgilandi.

Tadbir soha vakillarining tajriba almashishiga, hamda tuman mebel sanoatini yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.

🕊 Telegram 📱 Facebook 🕊Web-site 📺 Youtube 📱 instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/05/30 00:51:55
Back to Top
HTML Embed Code: