Telegram Web
Forwarded from Madina A'zam
photo colorist : @vasilbro
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tugadi.

Karl va Karlalarim sizlar bilan faxrlanaman. Biz katta kuchmiz🫡

@vasilbro
So’rovnoma

Inson tashqi stimulsiz uzoq vaqt yashay oladimi ?

Deylikki, faqat aqliy ozuqa qabul qilaversa, biroq kimdir uni bag’riga bosmasa, qo’lidan tutmasa, o’pich hadiya qilmasa, zarba bermasa, intim aloqada bo’lmasa.

Bu qanchalik uzoq davom etadi va asorati qanday bo’ladi ?
Elflarning ulug’vorligi

Elflar donolik hamda g’amginlik aurasiga ega. Ming yillab umr ko’rganliklari bois yuzlarida quvonch va qayg’uning ifodasini ko’rish mumkin.

Bo’ylari odamnikiga nisbatan baland, biroq nozik tana tuzlishiga ega. Jang qilganda o’ta nafis harakat qilishsada, chaqqonligi va harakatlarining silliqligi yaqqol ko’zga tashlanadi.

Ko’zlari yorqin, donolik ufurib turadi, hamda uzoq masofalarni ko’rishga moslashgan. Terilarining rangi oq tusda, doim toza va nafis - bu ularga sirli ko’rinish beradi. Sochlari oltin, kumush va qora rangda bo’ladi. Yoshi ulug’ va qudratli elflar o’zlaridan g’ayrioddiy nur taratishadi. Abadiylik ularning tashqi qiyofasida o’zining aksini topgan.

Elflarning nutqi jozibali va she’riy, bu ularning madaniyatini, yuksak bilimlarini ifodalaydi. Ular tashqi qiyofalarini yanada go’zallashtiradigan kiyimlarni kiyishadi, hattoki zirhli kiymlari ham nafis bo’lib, shon-shavkatlarini ko’rsatib turadi.

Boshqa bu mavzu ko’tarilmaydi degan umiddaman.

@vasilbro
T-top🫡

Shlyapamni yechaman, Zabarjad.

Mirzohidning mehnatini ham alohida e’tirof etmoq lozim.

@vasilbro
Bir idoraga borgandim, bog’ida kashtan o’sarkan. Daraxtga chiqib mevasini terdim. Hamma hayron.

- Nima qilasiz ?
- Qovurib yeyman.

Ko’zlar yanada kattalashdi.

Kashtan mevalari juda totli bo’ladi, biroq bizni mintaqada o’sadigan aesculus hippocastanum yoki xalq tilida aytganda ot kashtani baxtga qarshi zaharli hisoblanadi. Asosan manzarali daraxt sifatida yetishtiriladi.

Ilgari turgan uyimizning yaqinidagi stadion atrofi kashtanzor edi. Mevalarning shakli, silliqligini yoqtirardim.

Xullas, uyga ekish uchun ovoldim, biri chiqmasa, boshqasi unib chiqar. Yaxshi sharoitda ming yildan ziyod yashaydi. Evara-yu, chevaralarim eslab yuradi )
Lyutsifer aytadi:

Ey quyosh, sening nurlaringdan nafratlanaman, ular menga o‘sha ulug‘ martabadan qanday qulaganimni eslatadi. Bir vaqtlar sendan ham yuqorida, yuksak sharaf ichida yashardim. Endi esa, nurlaring bu yo‘qotilgan ulug‘vorlikni qayta yodga solib, qalbimda alam uyg‘otadi.

Jon Milton. Yo’qotilgan Jannat.

Milton asarining Xristianlikka ta’siri ulkan, ayniqsa Lyutsifer shaxsiyati aynan shu kitobdan so’ng murakkablashib, omma e’tiboriga tushgan.

Birdan eslab qolganimga xayron bo’lmang, Lyutsifer serialing 6 mavsumini ko’rishni boshladim.
Lucifer

Serial Neil Gaiman va Sem Keytning komikslari mahsulidir. Uning asosida to’liq din yotmaydi, serialda Neilning aralashuvi sezilib turadi, bundan tashqari mifalogik harakterlar ham bor. Demoqchimanki, serialni ko’rib, nasroniylikda shunday ekan-da degan fikrga bormaslik kerak. Sytujet qiziqarli, jumboqlar va hayajonli kuttirishlarga boy.

Asosiy qahramon, nomidan ham ma’lumki, do’zaxning hukmdori - Lyutsifer. Loyiha bizni Iblis hayotiga boshqacha nazar tashlashga undaydi.

Deylik ko’pgina filmlar, adabiyotlar, diniy bitiklarda Iblis insoniyatning asosiy dushmani, antagonist obrazida gavdalanadi. Odamlarda uning harakteri, ayyorligi, qonga tashnaligi, har bir qadami makrdan iborat ekanligi to’g’risida fikr vujudga kelgan, shakillangan. Serialda esa biz mutloq boshqa Iblisni kuzatamiz. Lyutsiferning ham bolaligi bo’lgani, uning ham oddiy odamlarga o’xshab ruhiy azoblari mavjud ekanligi, eng muhimi esa u hozirgi qilayotgan ishlari, aynan uning xohishi emas Xudo bergan vazifa ekanligi ko’rsatilgan. Lyutsi aytadiki;

Sizlar barcha yomonlik, makrni, adashishlarni mendan ko’rasizlar, aslida esa buni o’zingiz qilasiz, bunda mening dahlim yo’q. Mening qilayotgan ishlarim shunchaki vazifa va bu meni asli kimligini ko’rsatib bermaydi.

O’ylantiradigan so’zlar. Masalan militsiya xodimlarining ham o’z vazifasi bor, ular jinoyatchilarni tutishlari kerak. Bu jinoyatchiga yoqmaydi albatta, ammo bu xodimning vazifasi. Balki qilayotgan ishi o’ziga yoqmas, ammo bu uning burchidir. Lyutsifer obrazi ham shuni tushuntirishga urinadi. Eng e’tiborli tomoni esa, Iblisda ham qalb borligi, u ham yaxshilik qilishi, sevishi, achinishi mumkinligi ko’rsatilgan. Biroq yuqoridagilarni o’qib, uni avlioyoga chiqarib qo’yish ham yaramaydi. Uning ham o’ziga yarasha kamchiliklari, illatlari yo’q emas. Bu tomondan olib qaraganda, mukammal bo’lish imkonsizligini kuzatishingiz mumkin.

Endi syujetning o’ziga to’xtaladigan bo’lsak, serial voqealari detektiv uslubda rivojlangan. Politsiya bilan hamkorlikda ishlayotgan Iblis, qiziq eshtiladi, a labbay ?

Do’zaxdagi ishlaridan zerikkan Lyutsifer yerda odamlar orasida yashay boshlaydi, bu esa unga yoqib qoladi. Chetdan qaraganda, Iblisning odamlar orasida o’zini qanday tutishini kuzatish, ayniqsa uni boshqa tomondan kashf qilish ko’pchilik uchun qiziqarli bo’lishi turgan gap. Bundan tashqari serialda, faqat Lyutsi emas, boshqa e’tiborga molik personajlar ko’p. Masalan; Xudo. Uning obrazi serialda ko’rinish bermasada, biroq o’zining qarorlari bilan doim voqealar markazida bo’ladi. O’zining xarizmasi bilan filmga o’zgacha ruh bag’ishlagan ekspert Ella Lopez shaxsiyatiga ham alohida to’xtalsa bo’ladi. Men shu qizga oshiq bo’ldim, agar o’lib, netib qolganda, serialni ohirigacha ko’rmasdim. Ayrim yemagan personlar va keraksiz voqealar ham yo’q emas, biroq voqealar fonida ko’z yumvorsa bo’ladi.

Grafika va maxsus effektlar haqida gapiradigan bo’lsam, o’rtacha. Ammo, serialning falsafasi bu minusni yopib ketadi. Ayniqsa, Tom Ellisning rolidan rohatlanish mumkin, u aynan Lyutsifer rolini o’ynash uchun tug’ulgandek go’yo, mahoratiga gap yo’q. Qiziqarli fakt shundaki, uning oilasigilar Tomning rolidan hayratga tushishgan, sababi Ellisning dadasi, amakisi, opasi xudojo’y ruhoniylar ekanligida. Uning o’zi hazillashib;

Men, o’zimning super shaxsiy cherkovimdan kelganman. Oilamdagilar bunday rolni o’ynashga rozi bo’lganimdan qattiq hayajonlanishdi, biroq ularni barchasi serialni ko’rib chiqishgan.

Aktyor bu so’zlarni heyterlar va radikallar tomon bildirgani turgan gap. Uning katolik oilasi buni normal qabul qilgan ekan, demak unchalik qo’rqadigan joyi yo’q. Xullas loyiha sizni hayotga turli rakurslardan qarashga undaydi. Ammo, serialda olg’a surilgan motivlarni o’zingizga manba va asos qilib olmang. Fikrni keng qilib ko’ring.

Shaxsiy reyting: 9/10. 6 mavsum

P.s: qayta repost.

@vasilbro
Kun mavzusi

Tollerantlik, bag’rikenglik haqida ma’ruza o’qiydiganlarning hamsterchilar ustidan kulishga haqqi yo’q.

…va men tollerant emasman.
Oktyabrning ajoyibligi

Yengi uzun kiysang ham isib ketmaysan. Yengil kiyinsang ham sovqotmaysan. Na issiqdan qiynalasan, na sovuqdan titraysan. Faqatgina oktyabr shundayin go’zal.

Bahorda esa buning teskarisi - nima kiyishingni bilmaysan. Arosatda qolasan.
Tungi soat 01:58. Fikrlar xuruji.

O’lim tushning akasidir - degan edi, Oskar Uayld.

Ha aynan shunday.

Tush - cheklangan vaqt ichidagi bepoyon makon bo’ylab faraxbash va g’amli sayohat. O’lim esa bu sayohatning abadiy davomi.
28 sentyabr, ya’ni ertaga soat 12:00 da Vino festivali bo’larkan. Jonli musiqa, jo’shqin davra.

Kim meni vino bilan siylamoqchi edi ?
Forwarded from Shisha bino
Tayoqchalaringizni yuqoriga ko’taring. Professor MakGonagall endi oramizda yo’q.

Aktrisa 90 yoshida vafot etdi.

@shisha_bino
Forwarded from Bored Panda
​​#haqida

Professor MakGonagall

Minerva MakGonagall. "Xogvarts" Sehrgarlik va Afsungarlik maktabi direktorining o‘rinbosari, Griffindor fakulteti dekani, Transfiguratsiya fani o‘qituvchisi, keyinchalik "Xogvars" direktori. Bugun ushbu ayolni rolini qoyilmaqom ijro etgan aktrisa Meggi Smit 90 yoshida vafot etibdi.

Har birimiz yoshligimizda u kabi qattiqqo'l, lekin adolatli ustozimiz bo'lishi istaganmiz. Shu bilan birga u ezgulik yo'lida qoidalarni istisno qilishi ham mumkin, masalan, Garrining supurgida ruxsatsiz uchgani uchun jazolash o'rniga, uning talantidan to'g'ri foydalanib, Quidditch jamoasiga qo'shib qo'yadi. Ammo doim ham emas, misol 3-qismda Garrining Hogsmitga borishi uchun ruxsat bermaydi. Lekin baribir biz uni yaxshi ko'raveramiz. U kabi mehribon dekan kamdan-kam uchraydi.

Qachondir orzuyimiz ushalib, Hogwarts maktabi darvozalaridan kirib borarkanmiz, oldingizga qora cho'qqi shlyapa kiygan, qora ko'ylakka burkangan xushqomat ayol chiqsa bilingki, u Professor MakGonagall bo'ladi. U baland ovoz bilan shunday deydi:

"Xogvars"ga xush kelibsiz!
Yaqinda o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan ziyofat boshlanadi, lekin siz stolga o‘tirmasingizdan oldin, sizlar 4 ta fakultetga bo‘linasiz. Tanlov - juda jiddiy jarayon, chunki bugundan boshlab maktabni bitirgunga qadar fakultetingiz siz uchun ikkinchi oilaga aylanadi. Siz birgalikda o‘qiysiz, bir yotoqxonada uxlaysiz va bo‘sh vaqtingizni fakultetingiz uchun maxsus ajratilgan xonada o‘tkazasiz. Hammasi tushunarlimi?"

@boredpandablog
2024/09/28 01:27:13
Back to Top
HTML Embed Code: