Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
#bayram
#8_mart

💐Samarqand viloyat soliq boshqarmasida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

🌺Tadbirda boshqarma boshlig'i Elyor Tolliyev so‘zga chiqib, fasllar kelinchagi bahorning ilk ayyomi sababchilari bo‘lmish ayollarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

🌹Xotin-qizlarga soliq tizimida mehnat qilib kelayotgan yigitlar nomidan sovg‘alar va gullar taqdim etildi.
🟢 Samarqand viloyatida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar

📊 2025-yil 1-mart holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 525 ming nafardan oshdi!

📈 Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 154% ga (339 ming nafar) ko‘p!

🇺🇿 Respublika bo‘yicha esa o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4,6 million nafardan oshdi!

📲 Soliq mobil ilovasi orqali 100 dan ortiq faoliyat turidan birini tanlab, bepul va masofadan ro‘yxatdan o‘tish hamda QR-kodli ma’lumotnomani yuklab olish mumkin.

💰Mehnat staji hisoblanishi uchun o‘zini o‘zi band qilganlar 31-dekabrga qadar kamida 375 000 so‘m ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin (Soliq kodeksi 408-modda).

📌 O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar bular:
🔹 Maishiy xizmatlar – 95,7%;
🔹 Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish – 94,1%;
🔹 Axborot-kommunikatsiya – 82,5%.

⚡️Siz ham ro‘yxatdan o‘ting va rasmiy mehnat faoliyatingizni yo‘lga qo‘ying!
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi endi yanada qulay!

Yangi 2.0.12 versiyasida:

🏠 "Mening uyim" bo‘limida fuqarolar ko'p kvartirali uylarni boshqaruvchi kompaniyalar (XUJMSh) xizmatlari uchun to'lovni amalga oshirishlari;

📈 eksportyorlar - sotib olingan qishloq xo'jaligi mahsulotlari bo'yicha kirim dalolatnomalarini rasmiylashtirishi mumkin.

❗️Soliq mobil ilovasini faqatgina rasmiy platformalardan yuklab oling:
📱 Play Market
📱 App Store

Soliq mobil ilovasida 10 mlndan ortiq foydalanuvchi ro'yxatdan o'tdi.
__________
#мобильное_приложение

Приложение Soliq теперь еще удобнее!

В новой версии 2.0.12:

🏠 граждане могут оплатить услуги управляющей компании многоквартирного дома (ТЧСЖ) в разделе "Мой дом";

📈 экспортеры - оформить акт закупки сельхозпродукции.

❗️Скачивайте мобильное приложение Soliq только с официальных платформ:
📱 Play Market
📱 App Store

В приложении уже более 10 млн пользователей.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
60 yosh muborak!

🎂 Soliq tizimida 30 yildan ortiq samarali mehnat qilib kelayotgan Pastdarg‘om tuman soliq inspeksiyasi Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorida ishlarni tashkil qilish sho‘basi davlat soliq bosh inspektori Komoljon Turaev 60 yoshni qarshilamoqda.

Yubiley munosabati bilan K.Turaevga Soliq qo‘mitasi rahbariyati tabriknoma yo‘lladi.

Mazkur tabriknoma tug‘ilgan kun sohibiga tantanali topshirildi.

Fursatdan foydalanib, Sizni viloyat soliq xizmati organlari xodimlari nomidan tavallud kuningiz bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizga mustahkam sog‘liq, xonadoningizga tinchlik, farovonlik va fayz-baraka tilab qolamiz!

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi jamoasi
#xarid_qilish_dalolatnomasi

1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jismoniy shaxslardan xarid qiluvchi eksportyor korxonalar dalolatnomalarni elektron rasmiylashtirishlari mumkin

👉 PF-22-son, 14.02.2025-yil.

Jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish maqsadida xarid qilgan korxonalar uchun soliq to‘lovchilarning my3.soliq.uz shaxsiy kabinetida dalolatnomalarni elektron rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi:

"Elektron hujjat almashish" bo‘limida “Yuridik shaxslar tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish dalolatnomalari” xizmatini tanlab, “Eksportchi” belgisini bosing.

Mazkur xizmat Soliq mobil ilovasining "Soliq biznes" bo‘limiga ham qo‘shildi.
______________
#акт_закупки

С 1 марта экспортеры, закупающие сельскохозяйственную продукцию у физических лиц, могут оформлять акты закупки в электронной форме

👉УП№22 от 14.02.2025г.

Оформление в электронной форме приходных документов предприятиями, закупающими у физлиц сельскохоз продукцию в целях экспорта, осуществляется через кабинет налогоплательщика на my3.soliq.uz:

– в разделе "Электронный документооборот" выберите "Акты о приобретении сельскохозяйственной продукции юридическими лицами" и при формировании акта закупки нажмите на кнопку "Экспортер".

Данная услуга также добавлена в раздел Soliq biznes мобильного приложения Soliq.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
❇️ Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi tashsabbusi bilan Samarqand shahar soliq inspeksiyasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas’ullari, shahar prokurori va ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etgan tadbirda dastlab Sh.Mirziyoev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar haqida so‘z yuritildi.

  Mutaxassislar korrupsiya illatiga qarshi kurashda avvalo har bir xodim oilasi, ota-onasi, ishxonasi, eng muhimi davlatning obro'sini ustuvor bilib, halol mehnat qilishi, belgilangan vazifalarni vijdonan bajarishi, qonundan chetga chiqmaslik kabi jihatlarga amal qilishi batafsil tushuntirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube
💐Go‘zallik ayyomi muborak bo‘lsin!

8️⃣  Aziz ayollar, munis onaxonlar, hurmatli opa-singillar Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan o‘z nomimdan va viloyat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman.

    Qadrli nafosat olami vakilalari, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Umringiz uzoq, baxtingiz ziyoda bo‘lsin.

🌺 Barchangizni yana bir bor tabriklayman.

Hurmat bilan,


E.Tolliyev,
Samarqand viloyati soliq
boshqarmasi boshlig‘i
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KUN XABARLARI

KORRUPSIYA - JAMIYAT KUSHANDASI
2025/03/11 03:19:21
Back to Top
HTML Embed Code: