Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Solishtirish uchun mos nomzod - bu o'zingiz!
#xulosa

😕 Yoshligimizdan uydagilarimiz ham bizni kimlargadir solishtirishlari tabiiy hol: "akangga o'xshasang bo'lmaydimi yaxshi bankda ishlaydi", "tog'angni qiziga o'xshab sen ham tikishni o'rgansang bo'lmaydimi" va h.k gaplar deyarli hammamizga tanish. Lekin boshqa sharoitdagi insonlarni boshqalarga solishtirish qanchalik adolatli?

🤔 Aytaylik Sirdaryoda katta bo'lgan 20 yoshli yigit bilan Toshkentda o'sgan 20 yoshli yigitni qaysidir jiharlarda solishtirish xatolik, sababi ularning yashash sharoiti, istaklari va ular yashayotgan muhit turlichadir.

Unda biror shaxsni rivojlangan yoki yo'qligini qanday aniqlash mumkin? Solishtirish uchun odamni qanday tanlash kerak?

Javob: O'zingizni oldingi o'zingiz bilan solishtiring. Masalan, men hozirda 29 yoshman va buni tushunarli bo'lish uchun Valijon v29 deylik (dasturlarda versiyasi bo'ladiku 😁), Valijon v25 yoki v28 dan hozirgi v29 yaxshiroqmi yoki yomonroqmi? Shunday solishtirish menimcha ancha to'g'ri bo'ladi. Bundan tashqari rejalar qilishda ham v30 larda qaysidir rejalalarga erishgan bo'laman deyish va o'sha muddat kelganda maqsadga erishish yoki yo'qligi ham bizni samarali yoki samarasiz hayot kechirayotganimizni anglatadi.

📈 Telefon dasturlari yangilangani sari yaxshilanganidek, biz ham borgan sari yaxshilanib borishga intilishimiz kerak.

@VMblogi
Samaradorlikning 21 yo'li kitobini birga o'qiymiz
#kitob

ℹ️ Brayan Treysiga tegishli ushbu kitob 90 betdan iborat va samaradorlikka erishishga ko'mak beruvchi 21 yo'lni o'rgatishni va'da qilgan.

Ushbu kitobni o'qish davomida asosiy jihatlarini blogimda yozib borishga harakat qilaman va kerakli joylarini hayotimga tadbiq qilishga harakat qilamiz.

@VMblogi
Valijon Maxmudov blogi
Samaradorlikning 21 yo'li kitobini birga o'qiymiz #kitob ℹ️ Brayan Treysiga tegishli ushbu kitob 90 betdan iborat va samaradorlikka erishishga ko'mak beruvchi 21 yo'lni o'rgatishni va'da qilgan. Ushbu kitobni o'qish davomida asosiy jihatlarini blogimda…
1-yo'li. Ish tartibingizni tuzing.

Qaysidir maqsadga nimalarnidir bajarish orqali erishiladi. Oʻsha "nimalarni" qogʻozga tushirish kerak ekan.

📊 Qoʻygan maqsadlarga erishish uchun kuchli formula boʻlib, u 7 bosqichdan iborat ekan:
1. Nimani xohlashingizni aniqlab oling.
2. Yozib boring.
3. Maqsadlaringizga muddat belgilang.
4. Maqsadga yetish uchun bajarilishi kerak boʻlgan ishlar roʻyxatini tuzish.
5. Roʻyxatni rejaga aylantiring.
6. Rejangizni bajarishga darhol kirishing.
7. Har kuni asosiy maqsadingizga yaqinlashtiradigan nimadir qilishga ahd qiling.

@VMblogi
Har bir ishga 1 soat
#tajriba

😔 Baʼzan qilishim kerak boʻlgan ishlar koʻpayib ketadi va eng yomon tomonu har biri oʻziga yarasha zarur ish yoki mashgʻulot hisoblanadi. Bunday vaqtda faqat bittasiga koʻp vaqt ajratish boshqalarini qilolmaganim va "boʻynimda turgani" uchun halovatni yoʻqoladi.

Mana shunday vaziyatlarda ayni paytda qilishim kerak deb bilgan topshiriqlarimni yozib, yoniga raqamlab chiqaman. Keyin Google ga kirib random number sequence deb izlayman. Birinchi chiqqan saytga qilishim kerak boʻlgan ishlar sonini bersam u ixtiyoriy tartib yaratib beradi. Shu tartib asosida har bir topshiriqqa 1 soatcha vaqt ajratib bajaraman.

😎 Masalan:
1. Kitob oʻqish
2. AppSheet ni 6-darsini tugatish
3. Kanalga video yozish
4. Data science kursini davom etish

🌐 Random number sequence yordamida quyidagicha natija olishim mumkin: 3, 1, 4, 2

Ishlarni ham shu asosda, baʼzan oʻzimni majburlab bajaraman 😅.

@VMblogi
Yur doʻstim toʻyiga borib kelamiz
#xulosa

Taksida ketish payti shu qoʻshiqni klipini eshitdim, unda qiz otasi boshqaga berayotganini aytganida "yigiti" siqilishni boshlaydi va qoʻshiq shu "dard" ustiga quriladi.

🧐 Keyin oʻylab qoldim, nimaga bizda bunchalik muammolar koʻp:
- sevgi "iztiroblari"
- sogʻliqdagi muammolar
- oila aʼzolarining oʻzaro muammolari
- mol dunyo tashvishlari va h.k

Aslida bu muammolarga qoidalarni buzish orqali yo'liqamiz:
- sevgidan azob chekmaslik uchun faqatgina toʻydan keyin sev;
- sogʻliqni saqlash uchun kamroq va sifatli ovqat ye, roʻza tutib yur;
- oila aʼzolarining oʻzaro muammolari boʻlmasligi uchun oilada hamma oʻz majburiyati va huquqlarini bilib, amal qilib yashashsa yetarli;
- mol mulkka mehr qoʻyma, boriga shukr qil, harakatlaring yetarli natija bermasa taqdir ekanligini unutma va gʻam chekma va h.k.

😔 Bizda dinimizni barcha sohalar uchun yetarlicha koʻrsatmalari mavjud. Xaritamiz boʻla turib, yoʻl izlab dovdirab yuribmiz...

🤗 Umuman muammo duch kelganda ushbu gapni eslayman: Bu dunyodagi tashvishlardan (kasallik , faqirlik, qarzlar va h.k) birgina oʻlib qutulamiz, shunday ekan keyin qayerga qanday borishimizni oʻylashimiz kerak.

🕋 Juma ayyomi muborak boʻlsin!

@VMblogi
Xotin sendan roziman
#xulosa

Juma kuni namozni o'qib bo'lganimizdan so'ng janoza namozi ham o'qishimizni imom aytdi. Mayitni tanishtirdi: ulug' yoshli xoji ona ekan, bir farzandi olamdan o'tgani sabablari xoji bobo bilan birgalikda yetim qolgan nevaralariga huddi farzandlariga qilishganidek ota-onalik qilishayotgan ekan.

Imomimizni aytib berishlaricha bir shunday hodisa ro'y bergan ekan. Xoji bobo xoji onamizni chaqirganlarida xoji onamiz labbay deb yetib kelib, nimadadir kamchilik bormi degan hadik bilan havotirli holatda bo'lgan paytlari erlari xotin men sendan roziman debdilar. Balki bu voqea boboning o'limlariga yaqin bo'lgandir, bunisini bilmadim.

Jamoat bilan barchamiz onaxonni erlarini roziligini topganlari kabi Robbimizning ham roziligini topishlarini duo qildik va onaxonni ezozlab masjiddan chiqib abadiy uylariga ketishlariga qisman xizmat qildik...

Xulosa: Alloh "itoat qil" degan insonni roziligiga erishishni eng katta baxt deb hisoblayman.

@VMblogi
Bizni ham endi masjidimiz bor 😍.

Alhamdullillah, uyimizni yonidagi masjidda namoz o'qib boshlanibdi.

Shu atrofdan o'tganda namozga kirib o'ting.

@VMblogi
Vaqt yaqinlardan uzoqlashtiradi (mi)

Oʻzi Instagramga kirmayapman (anchadan beri), lekin ishxonamni sahifalarini yuritish uchun instagram, facebook ga kirishim kerak boʻlyapti.

Instagramda ozgina aylanishim davomida oʻqish, ishda orttirilgan bir qancha tanishlarimni profili koʻrindi. U insonlar bilan oxirgi marta qachon suhbat qilganimni toʻgʻrisi eslolmadim va xulosa qildim: vaqt yaqinlardan ayirar ekan yoki oʻzaro manfaat boʻlmasa koʻp tanishlardan uzoqlashib ketar ekanmiz.

Tanishlar mayli, lekin yaqin va do'stlarimizdan uzoqlashib ketmaylik...

@VMblogi
🤗 Oʻzimda bor elektron kitoblarni sizga ham ilindim: @vm_library
Katta i va kichik L muammosiga yechim

Katta i va kichik L lar bir biriga oʻxshagani uchun katta harflar bilan yozilgan joyda ham i ni kichkina yozgan maʼqul: YOURSiTE

@VMblogi
"Hazrati Umar" Ahmad Lutfiy Qozonchi audio kitobini tugatdim
#kitob

😅 Toʻgʻrisini aytsam Umar ibn Hattob serialini koʻrganim uchun ushbu audiokitobdan koʻp narsa ololmadim. Ham desa audioda koʻproq janglar va Hazrati Umarning jangchilari haqida gap ketgani uchun menga biroz zerikarli tuyuldi.

@VMblogi
Miyaga tinchlik ham kerak
#xulosa

Tinimsiz oʻqish yoki ishlash miyani charchatadi, uyqu orqali charchoqni chiqarishimiz munkin. Lekin ora orada miyaga tinchlik ham kerak boʻladi.

Aytaylik ishda bir muammo duch keldingiz, soatlar muammo bilan "разбор" qilasiz ammo befoyda. Qachonki WC xonasiga borganizda yoki choʻmilish paytida yechimlar tinimsiz keladi. Bunga sabab miya mavjud maʼlumotlarni tahlil qilib, yechimni oʻzi ishlamayotgan paytda taqdim etishida deb oʻylayman. Mendeleyev ham davriy jadvalni tushida koʻrgan deyishadiku.

Qisqa qilib aytganda onda sonda hech nimani oʻylamay shunchaki miyani dam olishiga ruxsat bering. Aytib qoʻyay instagram miyaga dam bermaydi 😉.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tezroq yoz kelsin 🥹

Zalda mashgʻulotlarni tugatishga yaqin yozni sogʻinib qolaman. Qani edi tezroq yoz kelsa va yopishib turadigan futbolkalarni kiyib yursang 😁.

Avvalosi sport sogʻliqni mustahkamlashga koʻmaklashadi. Eng kamida shu maqsad uchun ham harakatda boʻlishimiz kerak.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzim va kanal haqida 3 ogʻiz

Ismim Valijon. Ayni paytda "Yashil Energiya" MChJ da dispetcher boʻlib ishlayman. Undan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda IT yoʻnalishida taʼlimga oid loyihalarimni yuritaman.

Har kuni xohlaymanmi, yoʻqmi qandaydir tajriba olaman. Bu ish yoki loyihalarim boʻyicha boʻlishi mumkin. Shunday tajribalarni yaxshilarini sizlar bilan boʻlishish maqsadida kanalni ochdim. Agar qaysidir kuni post chiqmasa, demak men oʻsha kuni tajriba olmagan boʻlaman, bu esa yomon.

Ilgarilari yangi narslar oʻrgansam bloknotimga yozib yurardim, endi bu ishni telegramda qilamiz. Shu kanalni yuritish uchun ham har kuni birorta mazmunli ish bilan shugʻullanishga harakat qilaman, inshaalloh.

👉 @Maxmudovning_tajribasi
2024/11/16 08:49:47
Back to Top
HTML Embed Code: