Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
702 - Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from Vohid Karimov | Hello world (Vohid Karimov)
O'zim ham shunday maktablarni birida o'qiganim va universitetda ham toza Computer Science o'qimaganim tufayli ko'p Math va Computer Science bilimlarni o'zim online resurslardan o'rganaman. Bugun silar bilan o'zimga yoqqan resurslar bilan ulashaman. Kettik:

1. The essence of calculus: YouTube
2. Linear algebra: MIT Website
3. Discrete math: YouTube
4. Probability and combinatorics: Coursera
5. Introduction to Algorithms: MIT Website
6. Operating systems: Archive
7. Networking: Khan Academy Website

Yana, quyidagi YouTube kanallar va GitHub repolarni tavsiya qilaman:

1. 3Blue1Brown
2. Eddie Woo
3. Khan Academy
4. MIT OpenCourseWare
5. BrilliantOrg
6. Coding Interview University
7. Awesome courses

Siz ham o'zingizga yoqgan resurslarni ulashing!

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
Deylik siz ishingizda $1000 oylik olasiz va sizning darajangiz/maxoratingiz/bilimingiz shunga mos. Siz bundan mamnunsiz. Deylik bir kuni boshlig'ingiz kelib sizga proyekt maintenance'ga qo'yilayotganini va katta featurelar ustida ishlanmasligini aytdi. Sizni hali ham ishda qoldirishmoqchi va o'sha oylikni berishga rozilar.

Sizdan faqat ertalab 9da kelib kechga 6da ketish, bir-ikki kichik meetinglarga qatnashish, va bazi kichik buglarni kun davomida fix qilish talab qilinadi. Qolgan vaqtda siz ofisda xoxlagan ishingiz bilan shug'ullansangiz bo'ladi.

Siz shu xolatda qanday yo'l tutgan bo'lardingiz? O'zimni fikrimni keyinroq yozaman.
Forwarded from Jahongir Ibragimov
1. careers.google.com ga kiraman.
2. O'zimga mos vacancy dagi requirements ni ko'raman
3. Interviewga tayyorlanaman.
4. @talk2vovopap ga "Brat mani refer qiling" deb yozaman.

😁😁😁
Proyektingiz maintenance’ga tushsa tepadagi xolatda qolasizmi yoki ketasizmi?

Albatta bu yerda yagona to’g’ri yechim yo’q. Hamma har xil xolatda. Kimdur student, kimdurda faqat ish masuliyati bor. Kimdur flexible, kimdurda oila masulyatlari bor. Lekin umuman o’ylab ko’rsam yangi ish topish ko’p xolatda yaxshi yechim ekan.

1. Ipidan ignasigacha biladigan proyektingizda yangi muammolar ustida ishlamaysiz va yangi narsalar o’rganmaysiz. Komandaga endi qo’shilgan bo’lsangiz ham tez orada siz bilmagan narsa qolmaydi — xush kelibsan, comfort zone va stagnation!

2. Proyekt maintenance’ga tushdi degani sizni tez orada ishdan xaydashi extimolligi katta degani. Ayniqsa agar bu xali yetarlicha klientlari bo’lmagan startup bo’lsa.

3. Ishdan xaydashmasalar ham, siz komandada yagona bo’lasiz chunki maintenance uchun ko’p odam kerak emas. Komandaning o’rni juda katta. Birinchi o’rinda albatta bir-biringizdan o’rganib rivojlanish va networking qilish uchun kerak. Yana, odamlar “social creature” ekanligini xisobga olganda komanda bilan ishlash xar doim maroqli va qiziqarli.

4. O’smayotgan proyektda sizda juda katta extimollik bilan promotion bo’lmaydi. Ketaman deb ultimatum qo’ysangiz, o’rningizga orzonrog’ini olib kelishadi.

5. Bu ishdan keyin boshqa ish topish qiyinroq bo’lishi mumkin chunki siz o’sha vaqtni “quruq” o’tkazdingiz — qiziq muammolar yechmadingiz. Siz endi $1500 xoxlaysiz lekin darajangiz/maxoratingiz/bilimingiz hali ham $1000ga mos.
Forwarded from Vohid Karimov | Hello world (Vohid Karimov)
Sherali Obidov aytib bergan bir voqea esga tushib ketdi.

Bir kuni taxida Sherali akadan bir odam oyligi so'rabdi. Sherali aka "500-600 olaman" desa, u odam "ha to'g'ri uzi shunaqa programistlar 500-600 ming so'm olishadi" deganmish 🤣

#StoryTime #DasturchiHikoyalari #Germany #Uzbekistan #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
Bolaligimdan beri katta korporatsiyalarga ishlashni orzu qilardim. Har kuni standup meetinglarda qatnashish, emaillar yozish, ticketlarni yopish va ofisda notanishlar bilan small talk qilishni o’smirligimda vizualizatsiya qilardim.

Har kuni ertalab turib bir kuni agile komandada sprint planning qilib backlogdagi tasklarni kamaytirishga xissa qo’shishimni onamga mag’rurlik bilan aytardim. Yillik OKR’lar tushlarimga kirib chiqardi. Dreams come true deganlari shu bo’lsa kerak.

Jiddiy olmaysizlar, Myunxenda shu kunlarda ob-xavo juda ma’yus, kayfiyatga ta’sir qilyapti. Hop mayli men ketdim, daily meeting boshlanyapti…
Forwarded from Vohid Karimov | Hello world (Vohid Karimov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday referral so’rash kerak?

1-chi xolat:

Notanish: Salom, Vohid aka. Yaxshimisiz? Ishlariz yaxshi ketyaptimi?
Notanish: [Javob olmaydi]
Notanish: Men Googlega topshirmoqchiman. Sizdan referral olsam bo’ladimi?
Notanish: [Javob olmaydi]

2-chi xolat:

Notanish:

Salom, Vohid aka. Meni ismim Palonchi. Umid qilaman sog’lig’iz va ishlariz joyida.

I am currently working at ABC as a Software Engineer. I have a X years of experience building software (attaching my resume). I am currently preparing for interviews at top tech companies (FAANG). Among them is Google as well. I would really appreciate if you could refer me.

For the last X months, I’ve been spending X hours each day for preparation:

1. Learning Computer Science topics such as A, B, C, etc.
2. Solving X problems per day.
3. Doing X mock interviews per week.
4. etc

Based on my prep schedule, I will be ready for the real interviews in X weeks. Thanks for your time. Looking forward to your reply!

Notanish: [Javob oladi]

Lesson: Do your homework!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men hammaga ham referral beravermayman, lekin referral berganimda taxminan shunaqa bo'ladi.
Negadir junior so'zi xaqoratga yaqin so’z bo'lib qolibdi. Hammamiz ham bir paytlar junior bo’lganmiz. Linus Torvalds ham bir paytlar recursive funksiya yozolmay stackoverflow qilib yuborgan.

Juniorlik anchagina mashaqatli bo’lsada mening fikrimda juniorlik seniorlikdan ancha qiziqarliroq. Chunki siz yechib ko’rmagan masalalar, o’rganilmagan konseptlar, va hali hello world yozib ko’rmagan dasturlash tillari talaygina. The sky is the limit. Shunday ekan, ko’p qaysi dasturlash tilini o’rgansam ekan deb o’ylanavermasdan birini tanlab unda koooooo’p kod yozing (roadmap).

Nega men junior dasturchilarga qo’limdan kelgancha yordam beraman? Nega ularga foydali bo’lgan postlar yozaman? Nega ularga ozroq bo’lsada motivatsiya beraman? Chunki ularning ko’pi 3-4 yilda yaxshi dasturchi bo’lib yetishib chiqishadi. Agar shu jarayonda meni yordamim ozroq bo’lsada tegsa men xursand bo’laman — impact!

Keling bugun juniorlarni nishonlaymiz! Agar junior bo’lsangiz ❤️ yoki 🚀 reaksiyasini bosing yoki junior do’stingizga shu postni jo’natib qo’ying 🙂
Forwarded from Vohid Karimov | Hello world (Vohid Karimov)
Bir yosh dasturchi: Vohid brat, shu desez… hamma eng zo'r dasturchi bo'lishga harakat qiladi. Men aksincha eng yomon dasturchi bo'lmoqchiman. Nima maslahat berasiz?

Men: Xop, unda meni eshiting...

Hammasi maqsaddan boshlanadi. Dasturlash soxasiga kirishdan asosiy maqsadingiz pul bo’lishi kerak. Dasturlash soxasiga qiziqishingiz qancha kam bo’lsa shuncha yaxshi.

Keyin dasturlash tili keladi. Boshida haftalab o’ylanib yuring qaysi dasturlash tilidan boshlasam ekan deb. Keyin bir tilni chuqur o’rganib yurmang-a ishqilib. Birini sal-pal o’rganib keyingisiga o’ting.

Afsuski, tildan tilga sakrashni o’zi yetmaydi. Siz tinimsiz yangi frameworklar o’rganishingiz kerak. Keyin, har bir frameworkni qanday o’rganishni bilasiz-a? Yashang, sayoz.

To’xtang, siz ingliz tilini bilaman dedizmi? Hmm unda sal qiyin bo’ladiyo. Mayli amallasa bo’ladi, asosiysi uni dalshe rivojlantirmang va technical communication ustida ishlamang.

Keyin, dasturlash soxasida sizga ziyon bir odat bor, ko’p yaxshi dasturchilar qiladigan. Bu algorithmic problem solving. Umuman unday narsani yaqiniga bormang. Aks xolda sizni big techga tiqib qo’yishadi. Yurasiz katta masshtabdagi qiziq muammolarni xal qilib. Impact emish.
— Wow! Your car looks expensive. How did you earn the money for it?
— Duh, can’t you read my license plate?! I WORK every day, with 0 vacation days and 16 hours a day.

Akani eshitdilar, ish-lay-miz! Kodingiz xatosiz compile bo'lishini va kuningiz samarali o'tsishini tilayman 👌
I and Rustam solved the problem
Rustam and I solved the problem

I, Rustam, and Azim wrote the doc
Rustam, Azim, and I wrote the doc

Nega?
— Boshqa xissa qo'shganlarni o'zingizdan ko'proq tan olyapsiz (giving credit).
— Ingliz tilida to'g'riroq grammatika xisoblanadi.

O'zbek tilida ham shunday navbatda yozing/ayting.
Telegram postlarimda 4ta sifat bo'lishni xoxlayman:
— mazmunli
— foydali
— qiziqarli/kulguli
— ixcham

Bir post yozishdan oldin o'zimdan bir muhim savolni so’rayman: Men qanday fikrni yetkazmoqchiman? Postni o’qiganlar o’zi bilan yagona bir message olib ketadimi? Agar javob yo’q bo'lsa postni chopaman 🪓

Foydali bo'lishi ham juda muhim. Foydali bo'lmasa obunachilarni vaqtini bekorga sarflagan bo'laman — postni chopish kerak 🪓

Agar iloji bo'lsa qiziqarli va kulguli qilishga harakat qilaman. Meni kanalimni insomniaga uchraganlar uxlab qolish uchun ishlatishlarini xoxlamayman.

Postni chiqarishdan oldin qo'limga boltani olib har gapni/so'zni savolga tutaman: Fikrimni yetkazishim uchun sen rostan kerakmisan? Javob yo'q bo'lsa gapni/so’zni chopaman 🪓

Har doim ham bunga amal qila olmayman albatta, lekin harakat qilaman.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vanixoyat ish kuni tugaganda men:

P.s. GIFni saqlab qo'yilar 😉
Biz endi 5000tamiz 🎯

Keling Ask Me Anything (AMA) qilamiz. Mendan xoxlagan savolingizni so'rang, qo'limdan kelgancha javob beraman.

Keyingi 30 minut ichida so'ralgan hamma savollarga javob beraman. Let's go!

Update: AMA tugadi! Hammaga savollar uchun raxmat 🙂
Dasturlash karyerasidagi achchiq xaqiqatlar (2-qism).

1. 3 yillik tajriba bilan ham junior ham senior bo’lishingiz mumkin. Yillik tajribangiz emas, balki yechgan muammolaringiz va o'rgangan bilimlaringiz sizning darajangizni belgilaydi.

2. Senior bo'lib boshqa joyda mid bo’lib ishlayotgan odamdan kamroq oylik olishingiz mumkin. Darajangiz har doim ham maoshingizni aniqlamaydi.

3. LinkedIn sertifikatlari nolga tenga. Bilim uchun o'rganing, sertifikat uchun emas.

4. Sizning komandangiz sizning oilangiz emas. Shu narsani tez-tez o'zingizga eslatib turing.

5. Hamma ham siz xoxlagandek zo'r muloqot qilmaydi. Kimdurlar bilan ishlash qiyin. Qo'lingizdan kelgancha harakat qiling va o'z yo'lingizda davom e'ting.

6. Qanchalik dasturlashni sevib "php yomon python zo'r" qilmaylik, dastur bu odamlar xayotini osonlashtirish uchun odamlar tomonidan o'ylab topilgan bir asbob. Shuni esda tutish dasturchiga to'g'ri prioritetlarni tanlashga yordam beradi.

7. Har kuningiz ham samarali o'tavermaydi. Bazi kunlari nima qilishingizdan qattiy nazar hech nima o'xshamaydi: kodingiz compile bo'lmaydi, code editoringiz buzulib qoladi, yoki burningiz tagida turgan bug ni ko'rmaysiz. Shunday vaziyatlarda asabni saqlashni qancha tezroq o'rgansangiz shuncha uzoq yashaysiz.
Googleda ham shunaqasi bo'ladi 😅
Nega sizning komandangiz sizning oilangiz emas?

Bazi komandalar shunday yaxshi bo'ladiki siz o'zingizni huddi oiladek xis qilishni boshlaysiz. "Biz bu yerda bir oilamiz" deyishlari ham shart emas, o'zingiz shunday o'ylashni boshlaysiz. Bu albatta juda yaxshi xolat, hamma jamoalar shunday muhit yaratishga harakat qilishi kerak.

Lekin nima bo'lganda ham u sizning oilangiz emas. Chunki oilangiz har doim siz bilan:
- Biznes yurmay qolsa "oilangiz" tarqatib yuborilmaydi.
- Boshqa "oilada" ko'proq oylik berishayotgan bo'lsa boshqa "oilaga" o'tib ketmaysiz.
- Sal yaxshi ishlamasangiz "oila" boshlig'i sizni "oiladan" xaydab yubormaydi.

Menimcha fikrimni yetqaza oldim 🙂
Forwarded from kamoloff.log
Uber is hiring 50+ engineers in Amsterdam and Aarhus by the end of 2024.

Check out open positions and let me(@kamoloff_work) know if you think you would be a good fit for the role.

Please read the requirements carefully and provide the following:

1. Resume
2. Short self-introduction (2-3 sentences are fine)
3. Links to up to 3 positions you’re interested in
4. LeetCode profile link


Upd:
Explore internship opportunities at the link provided below:
https://university-uber.icims.com/

@kamoloff_log
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Apple maxsulotlarini narxini ko'rganingda degan rasm...

P.s. Biror odamni kayfiyatini ko'taramiz degan umidda rasmni o'chirmadik 😉
2024/12/27 04:15:22
Back to Top
HTML Embed Code: