Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UZEX 2023-yil uchun 194,8 milliard so‘m dividend to‘lashga yo‘naltirgan!

2023-yilda UZEX aksiyadorlariga dividendlarni to‘lashga 194,8 milliard so‘m yo‘naltirgan (har bir aksiya uchun 2600 so‘mdan). Bu kompaniyaning sof foydasining 85,03% ni tashkil etib, uning investorlar bilan muvaffaqiyatni bo‘lishishga intilishidan dalolat beradi.

Eslatib o'tamiz, hozir sizda Xalqchil IPO doirasida UZEX aksiyalarini sotib olish imkoniyati mavjud. Aksiyalarga ariz berish tugashiga 4 kun qoldi.

📈Bir dona aksiyaning narxi 12 900 so‘mdan. Xarid qilingan har bir aksiya 4 ta qo‘shimcha aksiya olish imkonini beradi, bu esa sizning sarmoyangizni oshiradi.

Aksiyalarni quyidagi usullar orqali xarid qilishingiz mumkin:
ipo.e-auksion.uz,
GoInvest (hozirda Google Play’da mavjud),
Jett servisi (Multicard, Zoomrad, MyUztelecom, DavrMobile 2.0 ilovalarida), yoki app.jett.uz veb terminali,
• yoki brokerlar orqali.

👉 UZEX tomonidan to‘langan barcha dividend to‘lovlarni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://uzex.uz/fr/pages/public-data-on-accrued-dividends

Murojaat uchun kontaktlar:
☎️ +998555110202.
👨‍💻 Mutaxassis bilan bog'lanish - @kapdepo_support.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
🔔 UZEX aksiyalarini sotib olish uchun arizalarni qabul qilish
8-noyabrga qadar uzaytirildi!


Olib borilgan targʻibot-tashviqot ishlari va hududlarda oʻtkazilgan Road show taqdimotlari hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan qiziqishlari natijasida O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining (UZEX) aksiyalarini sotib olish boʻyicha yetarlicha buyurtmalar yigʻildi.

Shunga qaramasdan, UZEX aksiyalarga bo‘lgan talab o‘sishda davom etmoqda va ko‘pchilik dasturda ishtirok etishni istashmoqda.

Aksiyalarning ommaviy taklifi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylov kampaniyasiga to‘g‘ri kelganini, shuningdek, aksiyalarni sotib olishga qiziqish saqlanib qolayotganini inobatga olib, anderrayterlar tomonidan arizalarni topshirish muddatini uzaytirish taklif etilgan.

Endi barcha xohlovchilar 2024-yil 8 noyabr soat 23:59 gacha (Toshkent vaqti bilan) "Xalqchil IPO" doirasida UZEX aksiylarini xarid qilish uchun ariza topshirishi mumkin. Ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Aksiyalarni quyidagi usullar orqali sotib olishingiz mumkin:
ipo.e-auksion.uz,
GoInvest (hozirda Google Play’da mavjud),
• Jett servisi (Multicard, Zoomrad, MyUztelecom, DavrMobile 2.0 ilovalarida), yoki app.jett.uz veb terminali,
• yoki brokerlar orqali.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqchil IPO dasturi doirasida barcha qiziquvchilarga Xalqchil IPO, uning imkoniyatlari va afzalliklari haqida ma’lumot berish maqsadida keng qamrovli targʻibot-tashviqot tadbirlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, UZEX aksiyalarini sotib olish uchun arizalarni qabul qilish 8 noyabrga qadar uzaytirildi.

👉 Ariza berish: www.xalqchilipo.uz

Murojaat uchun kontaktlar:
☎️ +998555110202.
👨‍💻 Mutaxassis bilan bog'lanish - @kapdepo_support.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UZEX aksiyadorlari ham dividendlar, ham 4 ta qo‘shimcha aksiya olishadimi?

2024-yil yakunlariga ko‘ra, "O‘zRTXB" AJning(UZEX) sof foydasi 321,3 milliard so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Kompaniya ushbu foydaning 50 foizini dividendlar to‘lashga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

1 dona aksiya uchun mo‘ljallanayotgan daromad (aksiyalar umumiy sonining besh baravar ko‘payishini hisobga olgan holda) 2 949 so‘mni tashkil etadi, shundan:

429 so‘m - pul mablag‘lari ko‘rinishida
• qolgan 2 520 so‘m esa - 4ta qo‘shimcha aksiya shaklida to‘lanadi.

Shunday qilib aksiyadorlar ham dividend, ham 4ta qo‘shimcha aksiyaga ega bo'lishadilar.

Bunday imkoniyatni qoldan boy bermang!

👉 Ariza berish: www.xalqchilipo.uz

Murojaat uchun kontaktlar:
☎️ +998555110202.
👨‍💻 Mutaxassis bilan bog'lanish - @kapdepo_support.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
Ushbu videoda Xalqchil IPOda qanday ishtirok etish va UZEX aksiyalarini sotib olish ko‘rsatilgan.

https://www.youtube.com/watch?v=upVKZ9aoVgU

Eslatib o'tamiz, aksiyalarni quyidagi usullar orqali xarid qilishingiz mumkin:
ipo.e-auksion.uz,
GoInvest (hozirda Google Play’da mavjud),
Jett servisi (Multicard, Zoomrad, MyUztelecom, DavrMobile 2.0 ilovalarida), yoki app.jett.uz veb terminali,
• yoki brokerlar orqali.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
Dunyoda tovar-xomashyo birjalari va UZEXning Markaziy Osiyodagi roli

Tovar-xomashyo birjalari - bu neft, metallar, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko'plab mahsulotlar sotiladigan maydonlar. Chikago tovar birjasi (neft, g‘alla va oltin uchun eng yirik birja), London metall birjasi (metallar bo‘yicha yetakchi, nikel, mis va boshqalarga jahon narxlarini belgilaydi), Shanxay fyuchers birjasi (yetakchi xitoy birjasi, metallga ixtisoslashgan) va boshqa yirik xomashyo birjalarida turli mahsulotlar narxlari belgilanadi, va bu o'z o'rnida kompaniyalarni narx xavflaridan himoya qilishga yordam beradi va savdoni shaffof va qulay qiladi.

UZEX - Markaziy Osiyodagi eng yirik birja.
1994-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (UZEX) Markaziy Osiyodagi eng yirik va MDHning jadal rivojlanayotgan birjalaridan biridir. UZEX turli savdolar uchun bir qator xizmatlar va raqamli platformalarni taqdim etadi, jumladan birja savdolari (spot.uzex.uz), davlat xaridlari (xarid.uzex.uz), ko‘rgazma-yarmarka savdolari (yarmarka.uzex.uz) va avtoraqamlar va telefon raqamlari uchun onlayn-auksionlar (avtoraqam.uzex.uz va mobilraqam.uzex.uz).

Xalqchil IPO doirasida siz ushbu yirik kompaniyaning aksiyalarini foydali sotib olish, uni rivojlanishida ishtirok etish va u bilan birga daromad olish imkoniyatiga egasiz.

👉 Ariza berish: www.xalqchilipo.uz

Murojaat uchun kontaktlar:
☎️ +998555110202.
👨‍💻 Mutaxassis bilan bog'lanish - @kapdepo_support.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UZEX aksiyalari Sizning brokerlik hisobingizga qachon tushadi?

Ariza berish bosqichi rasman yakunlangach (3 kun qoldi), aksiyalarni taqsimlash va ularni investorlarning hisob raqamlariga o‘tkazish jarayoni boshlanadi. Bu bir necha kun davom etishi mumkin, chunki barcha zarur tekshiruvlarni o‘tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish talab etiladi.

Barcha hisob-kitoblar va aksiyalar taqsimoti tugagandan so‘ng, ular sizning hisob raqamingizga o‘tkaziladi. Odatda bu jarayon 2 ish kunidan 5 ish kunigacha davom etishi mumkin, kelib tushgan arizalar soni va shartlariga qarab muddat o‘zgarishi mumkin.

🔍 Hisobga olish haqida qanday bilish mumkin?
Jarayonni Jett yoki GoInvest kabi investitsiya ilovangizda kuzatishingiz mumkin yoki brokeringizdan bilib o’lishingiz mumkin bo’ladi. Hisobingizga kelib tushganidan keyin aksiyalar Sizning portfelingizda aks etadi.

👉 Ariza berish: www.xalqchilipo.uz

Murojaat uchun kontaktlar:
☎️ +998555110202.
👨‍💻 Mutaxassis bilan bog'lanish - @kapdepo_support.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
UZEX aksiyalaridan daromad olishning 2 yo‘li

Xalqchil IPO doirasida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (UZEX) aksiyalariga ariza topshirishning oxirgi kunlari yaqinlashmoqda! Hozir sizda nafaqat Markaziy Osiyodagi eng yirik birjaning aksiyadori bo‘lish, balki ikki usulda daromad olish imkoniyati mavjud:

1. Aksiyalar narxining o‘sishi
Kompaniya rivojlanib, o‘z xizmatlarini kengaytirgani sari UZEX aksiyalari narxi oshishi mumkin. Kompaniya qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lsa, aksiyalarning qiymati shunchalik yuqori bo‘ladi, demak, sizning sarmoyangiz shunchaki narxning oshishi tufayli sizga foyda keltirishi mumkin.

2. Dividendlar olish
Aksiyador sifatida siz dividendlar olishingiz mumkin - kompaniyaning foydasining bir qismi, uni UZEX aksiyalar egalari o‘rtasida taqsimlaydi. Ma’lumot uchun, 2009-yildan beri UZEX har yili o‘z aksiyadorlariga dividendlar to‘lab kelmoqda, bu kompaniyaning barqarorligi va investorlarni qo‘llab-quvvatlashga intilishi haqida dalolat beradi. Bundan tashqari, kompaniya o‘z foydasining kamida 50 foizini kelajakda dividendlarni to‘lashga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda, bu esa investitsiyalarni uzoq muddatli aksiyadorlar uchun yanada jozibador qiladi.

Ikki tomonlama foyda: qiymat o‘sish ehtimoli va dividendlar olish
Shunday qilib, ushbu postda siz UZEX aksiyalari bilan daromad olishning ikki usuli haqida bilib oldingiz: aksiyalar qiymatining potensial o‘sishi* va barqaror dividendlar hisobiga. UZEXning bir qismi bo‘lishga shoshiling va kelajakdagi daromadni yaratish imkoniyatidan foydalaning!

*Kompaniya rivojlanishi bilan aksiyalarning narxi oshishi mumkin bo‘lsa-da, bu kafolatlangan natija emas, balki kelajak istiqbollarini baholash ekanligini yodda tutish muhimdir.

👉 Ariza berish: www.xalqchilipo.uz

Murojaat uchun kontaktlar:
☎️ +998555110202.
👨‍💻 Mutaxassis bilan bog'lanish - @kapdepo_support.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
🌟 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang: Xalqchil IPO doirasida UZEX aksiyalarini xarid qilishning oxirgi kuni!

Bugun, 8-noyabr - Xalqchil IPO doirasida UZEX aksiyalarini sotib olish uchun arizalarni qabul qilishning oxirgi kuni. Arizalar soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Ariza berishga ulguring va imkoniyatni o‘tkazib yubormang!

🔹 Nima uchun UZEX aksiyalariga sarmoya kiritish kerakligini eslatib o‘tamiz:

• Qoshimcha daromad topish: Dividend tolovlari va aksiyalarning ehtimoliy o‘sishi orqali qoshimcha daromadga ega bo’lish imkoniyati.
• Investitsiyalarni turlilashtirish: UZEXga investitsiya kiritish orqali siz o‘z portfelingizni turlilashtirishingiz va muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshirishingiz mumkin.
• Mahalliy bozorda sarmoya tikish tajribasi: Bu mahalliy darajada sarmoya tikish haqida qimmatli tajriba va bilimga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lib, u keyingi moliyaviy o‘sish uchun asos bo‘lishi mumkin.

Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

👉 Ariza berish: www.xalqchilipo.uz

Murojaat uchun kontaktlar:
☎️ +998555110202.
👨‍💻 Mutaxassis bilan bog'lanish - @kapdepo_support.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
"Xalqchil IPO" dasturining dastlabki natijalari sarhisob qilindi!

2024-yil 26-sentyabrdan 8-noyabrga qadar "Xalqchil IPO" dasturi doirasida "O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi" AJ (UZEX) aksiyalari ommaviy joylashtirildi.

💼 Investorlardan arizalar: UZEX aksiyalarini taklif etish kampaniyasi katta qiziqish uyg‘otdi — jismoniy va yuridik shaxslardan 3 606 466 dona aksiya sotib olish uchun 46,6 mlrd so‘mlik 12,6 ming ariza kelib tushdi, bu rejalashtirilgan joylashtirish hajmining 108 foizini tashkil etadi.

📈Arizalar taqsimoti: ta’kidlash joizki, birinchi navbatda jismoniy shaxslarning arizalari qanoatlantirildi. Natijada, jami 42,9 mlrd so‘mlik 11 298 ta ariza qanoatlantirilib, quyidagicha taqsimlandi:

👥 jismoniy shaxslar - 11 234
🏢 yuridik shaxslar - 64.

Ta’kidlash joizki, UZEX aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining 2024 yil 26 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra, investorlarga "Xalqchil IPO" dasturi doirasida sotib olingan har bir aksiya uchun 4 tadan qo‘shimcha aksiyalar taqdim etiladi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ UZEX yangi "domain.uzex.uz" savdo platformasini ishga tushirdi

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) domen nomlarini sotish bo‘yicha yangi domain.uzex.uz elektron savdo platformasini ishga tushirdi. Ushbu platforma noyob harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega talab yuqori bo‘lgan domenlarni xarid qilish imkonini beradi.

Bunday tashabbus UZEXning jadal rivojlanishini tasdiqlaydi va birjaning zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga bo‘lgan intilishini namoyish etib, aksiyadorlar uchun ijobiy belgi hisoblanadi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
Xalqchil IPOdan keyin UZEX aksiyalari narxi qanday rivojlanmoqda?

2024-yilning 8-noyabridan 20-dekabriga qadar UZEX aksiyalari barqaror ijobiy dinamikani namoyish etmoqda. Xalqchil IPO dasturi doirasida joylashtirish narxi har bir aksiya uchun 12900 so‘mni tashkil etgan (kapitalizatsiya munosabati bilan ushbu narx 2580 so‘mga teng bo‘lgan; 2580 x 5 = 12900 so'm).

2024-yil 20-dekabr holatiga ko‘ra, aksiyalarning qiymati 3 605 so‘m teng bo'ldi, bu esa ushbu davrda jami 39,7% daromadlilikni ta’minladi.

Bunday natijalar investorlarning UZEX aksiyalariga yuqori qiziqishini ta’kidlaydi, bu esa xususiy investorlarga mamlakatning asosiy kompaniyalaridan birini rivojlanishida ishtirok etib daromad topish imkonini beradi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💬 "Bu to'g'risini aytaman, super natija", Nurmuhammad Ismoilov

Investitsiyalar va treyding bo‘yicha mutaxassis Nurmuhammad Ismoilov o‘zining YouTube kanalida Xalqchil IPO doirasida taklif qilingan UZEX aksiyalari bo‘yicha obunachilariga o‘z fikrini bildirdi:

"SPO-da qatnashganlar 30% lik natija qildi va adashmasam 2025-yil martda har bitta aksiyasi uchun 426 mi, 428 so'mdan dividend olishadi. Va bu umumiy hisoblaganimda taxminan yarim yilda 50% natija degani. Bu so'mda tushuntirib beradigan bo'lsam, 1 million tikkan odam 1.5 million pul qilib olyapti yarim yilda. Bitta kompaniyaga investitsiya kiritish orqali. Bu to'g'risini aytaman, super natija. Misol uchun bankda ham omonatga bunaqa darajada foiz bermaydi. Bu yarim yilda aytayotgan natija."

Xalqchil IPO kanaliga obuna bo‘ling va navbatdagi Xalqchil IPOdan xabardor turing!

🌐 To‘liq videoga havola: https://www.youtube.com/live/0C4VY7jazB4?si=MyjmUgkZ3FxNQveP

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/17 17:15:46
Back to Top
HTML Embed Code: