Yeng shimarib
“Astoydil, jon-jahdi bilan” ma’nosini bildiradi. Bu iboraning yuzaga kelishi xalqimizning kiyinish madaniyati bilan bog‘liq.
Ma’lumki, avval yengi kalta kiyim kiyish urf bo‘lmagan, ayniqsa, o‘zbek ayollari kiyimlarining yengi, shar’iy qoidalarga ko‘ra, qo‘l barmoqlari boshlanadigan joygacha bo‘lgan. Shu sababli biror yumush bajarishdan oldin kir bo‘lmasligi, xalaqit qilmasligi uchun kiyim yengi shimarib olingan.
Masalan, “Nusratilla pochcha yeng shimarib, oshga qo‘l uzatdi” (Murod Mansur, Judolik diyori), “Asqaralining kelini yeng shimarib tappi yopardi” (Tohir Malik, Devona) gaplarida qahramonlar, haqiqatan, kiyim yengini shimarib ishga kirishgan. Ammo keyinchalik kiyimlar yengi qisqargach, yengil-yelpi ishlarni bajarish uchun, deylik, ko‘ylak yengini shimarish shart bo‘lmay qolgan.
Natijada yeng shimarib birikmasi ko‘chma ma’noda qo‘llanishni boshlagan va shu ko‘chma ma’nosi bilan birga iboralashgan.
Masalan: “Bugun, shanba kuni, ertalabdan tahririyatga kelib, yeng shimarib ishlab o‘tirsam, qo‘ng‘iroq bo‘lib qoldi”. (A.Meliboyev, Qirq beshinchi bekat) jumlasida biron-bir yumushni “astoydil, jon-jahdi bilan” qilmoq ma’nosida kelgan.
Yorqinjon Odilov
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

Savol: yoqqanda yoki yog‘ganda?
Bu savolga javob matn qaysi alifboda yozilishiga qarab turlicha bo‘ladi. Biz hanuz ikki alifbodan birdek foydalanayotgan davlat bo‘lib qolayotgan ekanmiz, har ikkisining qoidalarini bilib qo‘yganimiz o‘rinli bo‘ladi.
— Kirill alifbosida
O‘zagi ғ harfi bilan tugaydigan so‘zlarga -га, -ган, -ганча, -гунча, -гани kabi qo‘shimchalar qo‘shilsa, talaffuzda ham, yozuvda ham tovush almashishi (қ + қа) kuzatiladi:
Тоғ + га = тоққа
Ёғ + ган = ёққан
Оғ + гунча = оққунча
— Lotin alifbosida
O‘zagi g‘ harfi bilan tugaydigan so‘zlarga -ga, -gan, -gancha, -guncha, -gani kabi qo‘shimchalar qo‘shilsa, faqatgina nutqda tovush almashishi kuzatiladi (q + qa), yozuvda esa aslicha qolaveradi (g‘ + ga):
Tog‘ + ga = tog‘ga
Yog‘ + gan = yog‘gan
Og‘ + guncha = og‘guncha
— Talaffuzda
Aslida, talaffuzda ham tovushlar o‘zgaradi: boshi oqqan tomonga ketdi, qor yoqqanda boqqa boramiz.
Ammo so‘nggi paytlarda aslicha aytish ham urfga kiryapti. Balki, bir necha yillar o‘tib, so‘zlashuvdagi holat ta’sirida yozilganidek aytilishi (bog‘ga, yog‘ganda...) me’yorga aylanib qolar.
—
Demak, yozuvda:
Қор ёғганда ❌
Қор ёққанда ✅
Qor yoqqanda ❌
Qor yog‘ganda ✅

🟡 Yil sarhisobi (2024)
“Hechdan ko‘ra kech” deganlaridek, o‘tgan yil sarhisobini qilib qo‘ysak. 2024 yilda (o‘zim va kichik jamoam) erishganlarimiz men o‘ylaganchalik katta bo‘lmadi, ammo yutuqlarni umuman yo‘q ham deb bo‘lmaydi. Ba’zilarini sanab o‘tsak:
▪️ «To‘g‘ri kopirayting» mualliflik kursim o‘quvchilari soni 400 ga yetdi.
▪️ Saber Publisher tahririyati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydim.
▪️ 4 ta agentlik bilan hamkorlikni davom ettirdim, bular: Minim Design, McCann Tashkent, Wunder Digital (Samsung), Web Promotion.
▪️ Oyina platformasi uchun intervyu berdim.
▪️ O‘zim istagan BYD E2 elektromobilini oldim.
▪️ Ekran diagonali naq 12.4 dyuym bo‘lgan kuchli planshet oldim.
▪️ Yoshlar ishlari agentligining 1000kitob loyihasi doirasida Styuart Rasselning “Insonga mos sun’iy intellekt” kitobiga muharrirlik/musahhihlik qildim.
▪️ Otabek Mahkamovning “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” nomli kitobi qayta nashr etildi, u uchun qayta tahrir/tashih qilindi.
▪️ @xatolik_bot konvertatsiya botimizni takomillashtirish ustida ishladik, tez orada yangi talqinda ishga tushadi.
▪️ Gʻiyosiddin Yusuf va Nadiya Ramazon muallifligidagi “Solihalar gulshani” kitobiga musahhih bo‘lish nasib etdi.
▪️ oncogid.uz saytini o‘zbek tiliga o‘girdik.
▪️ Yana tibbiyot, tadbirkorlik, qurilish, marketing, publisistika va boshqa yo‘nalishlaridagi bir qancha loyihalar uchun kopirayting, tarjima, tahrir va tashih xizmatlarini ko‘rsatdik.
2024 yilda siz qanday yutuqlarga erishdingiz?

So‘zning zavoli haqida ikki og‘iz so‘z...
Tilning milliy tabiatini his etmagan odam nimani tarjima qilmasin, asliyat tili jodusiga berilib, “asliga to‘g‘ri” qilib ag‘darib ketaveradi.
Ruscha “принимать” — eng ko‘p qo‘llanadigan, ammo hamisha xato o‘giriladigan so‘zlardan biri. Ha, uning ilk ma’nosi — “qabul qilmoq”dir. Ammo istalgan o‘rinda emas-da.
“Mы приняли решение” degan kalima o‘zbek tilida “Biz shunday qarorga keldik” bo‘ladi, “Biz shunday qaror qabul qildik” emas. Axir qarorni kimdan qabul qilib olamiz? Shu tariqa “Парламент принял закон”ni tili buzilmagan o‘zbek “Parlament qonun chiqardi” deydi, “Указ, принятый Президентом” jumlasi “Prezident chiqargan farmon” bo‘ladi. Chunki davlat rahbari farmonni birovdan qabul qilib olmaydi, aks holda, farmon bergan emas, bajarish uchun qabul qilgan bo‘lib qoladi.
Manba: Tarjima va til, Zuhriddin ISOMIDDINOV

Sal avvalroq jo‘natishgan ekan. Televideniyedagi xatolarga odam o‘rganib ham qoldi. Lekin kelib-kelib “prezident” so‘zida ham adashadimi?
Prezidnet ❌
Prezident ✅
*Rasm obunachilarimizdan
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Prezidnet ❌
Prezident ✅
*Rasm obunachilarimizdan
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
Sal avvalroq jo‘natishgan ekan. Televideniyedagi xatolarga odam o‘rganib ham qoldi. Lekin kelib-kelib “prezident” so‘zida ham adashadimi? Prezidnet ❌ Prezident ✅ *Rasm obunachilarimizdan @xatoliklar @xatoliklar_lotin
Qo‘rqinchli xatomi?
Bunaqa holatlar unchalik ham katta xato hisoblanmaydi, chunki unga savodsizlik tufayli emas, shunchaki terishda shoshqaloqlik va e’tiborsizlik tufayli yo‘l qo‘yilgan.
Matn bilan ishlovchi mutaxassis sifatida ayta olaman: har qanday kuchli muharrir/musahhih ham ba’zida xatolarni o‘tkazib yuborishi, kerakli joylarni ko‘zi ilg‘amay qolishi mumkin. Chunki u inson — toliqadi, diqqati tarqaydi, ko‘zi xiralashadi.
Umuman, inson omili bor joyda kamchilik boʻladi. Shuning uchun hech toliqmaydigan, birorta harfni eʼtibordan chetda qoldirmaydigan texnologiya imkoniyatlaridan ham foydalanib turish kerak. Masalan, Tahrirchi'dan.

Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
34%
Natijada, hammasi yaxshi tugadi.
66%
Natijada hammasi yaxshi tugadi.
ChatGPT haqida ikki og‘iz
Mendan ko‘pincha matnlar yozish va ularni tahrirlashda yordam bera oladigan ChatGPT haqida so‘rashadi. U haqiqatan ham aqllimi?
Albatta, u mantiqli, mazmunli va ta’sirli matnlar yoza oladi. Lekin har qanday tiniq ko‘zgu ham atrofdagi dunyoni aniq aks ettiradi, ammo hech kim ko‘zguni aqlli deb aytmaydi.
ChatGPT ham inson fikrini aks ettiradi, ya’ni u faqat o‘ziga berilgan ma’lumotlar asosida ishlaydi. Undan chiqqan g‘oyalar yangi emas, balki oldingi millionlab bilimlarning tahlili va qayta ishlangan varianti. Shuning uchun ChatGPT dono emas, balki o‘ta yaxshi tashkil etilgan vosita.
Bugun uning imkoniyatlari aql bovar qilmas darajaga chiqdi. U yaxshi yordamchi — kundalik savollarga javob beradi, matnlarni tahrir va tarjima qiladi, yangi marralarga ilhomlantiradi. Ammo unga to‘liq ishonish emas, balki undan foydalanish kerak. Axir qalam ham o‘z-o‘zidan kitob yoza olmaydi, shunday emasmi?
Styuart Rasselning “Sun’iy intellekt” kitobidan ilhomlanib yozildi.

27%
Tong otganda, qushlar sayraydi.
73%
Tong otganda qushlar sayraydi.
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
48%
Tong otganda, qushlar sayragan boʻlardi.
52%
Tong otganda qushlar sayragan boʻlardi.
Vergulmi yoki nuqta?
Birgina tinish belgisi gapning ma’nosini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Rasmdagi gapda sanab o‘tilgan uyushiq bo‘laklar fe’lga bog‘lanib qolgan, ya’ni shu-shu sifatlar talab etilmaydi, degan ma’no hosil bo‘lgan.
Qanday yozish kerak edi?
Xushmuomalalik bilan gapni tugatib, tajriba talab etilmasligini alohida gap qilib yozish kerak edi.
Talablar: muloqot qilish va jamoada ishlash qobiliyatlari, ozodalik, qat’iyat, xushmuomalalik. Ish tajribasi talab etilmaydi. ✅

Kopirayting kursini so‘rab turishibdi. Yangi guruhga qabul ochaylikmi?
To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
Kopirayting kursini so‘rab turishibdi. Yangi guruhga qabul ochaylikmi?
Ramazonda o‘z ustingizda ishlang
«To‘g‘ri kopirayting» kursiga qabul ochilganini e’lon qilamiz. Ramazon oyi o‘z ustingizda ishlab, yangi bilimlarni egallash uchun yaxshi fursat.
Bu soha o‘zi kimlar uchun?
— ota-onasidan pul so‘rash yoshidan o‘tib borayotgan yigit-qizlar;
— oylik maoshiga qoniqmaydigan va qo‘shimcha daromad manbayi izlayotganlar;
— ishsizlikdan charchagan bekorchi yoki dekretdagi ayollar;
— kopirayter bo‘lib ishlayotgan, ammo malakasini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun.
Kurs davomiyligi: 1 oy (12 ta videodars)
Kurs narxi: 1 mln so‘m
Ustoz nazorati (qo‘shimcha xizmat): 250 ming so‘m
🔥 Birinchi to‘lov qilgan 3 kishiga kurs narxidan 25% chegirma bor, ya’ni 250 000 so‘m qaytarib beriladi.
——
*Agar kursda berilgan topshiriqlarni vijdonan bajarib, hech qanday natijaga erishmasangiz, pulingizni qaytarib beramiz!
Batafsil ushbu havolada: https://teletype.in/@xatoliklar/kurs-noyabr
Kurs haqida ko‘proq bilish uchun yozing: @Copywriting_Support

Ramazonda o‘z ustingizda ishlang «To‘g‘ri kopirayting» kursiga qabul ochilganini e’lon qilamiz. Ramazon oyi o‘z ustingizda ishlab, yangi bilimlarni egallash uchun yaxshi fursat. Bu soha o‘zi kimlar uchun? — ota-onasidan pul so‘rash yoshidan o‘tib borayotgan…
Hech bir harakat samarasiz ketmaydi
Harakat qilgan ertami-kech natijaga erishishi muqarrar. Faqat ozgina sabr va iroda kerak.
O‘quvchilarimizdan shunaqa xabarlar kelib tursa, mehnatimiz zoye ketmaganiga yana bir bor amin bo‘lamiz. Yuzimiz yorug‘, yo‘limiz ochiq.
Qiziq bo‘lsa, siz ham kursda o‘qib oling: @Copywriting_Support

Shu kazo-kazo brendlarga besh ketmayman-da: hisobida milliardlab pul aylanadi, reklamaga kattagina byudjet ajratiladi, lekin tuzukroq mutaxassis ishlatay deyishmaydi.
Siz istalgan vaqtda va joyga boradi ❌
Siz istagan vaqtda kerakli joyga boradi ✅
#olibtashlansin
*Rasm obunachilarimizdan
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Siz istalgan vaqtda va joyga boradi ❌
Siz istagan vaqtda kerakli joyga boradi ✅
#olibtashlansin
*Rasm obunachilarimizdan
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
Ramazonda o‘z ustingizda ishlang «To‘g‘ri kopirayting» kursiga qabul ochilganini e’lon qilamiz. Ramazon oyi o‘z ustingizda ishlab, yangi bilimlarni egallash uchun yaxshi fursat. Bu soha o‘zi kimlar uchun? — ota-onasidan pul so‘rash yoshidan o‘tib borayotgan…
Keyingi qabulni kutmang
Keyingi qabulda narxlar 40–50% ga oshadi. Shu safar eski narxda o‘qishga ulgurib qoling.
@Copywriting_Support