Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Opasi bo'lish qanday maza-ya!

Sen uchun qayg'uradigan insoning bormi, demak, Sen — baxtlisan!

@xayrliuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tassavvur qiling, agar quloqlaringiz umuman eshitmay qolsa, nima bo'ladi!?

Alloh bergan har bir ne'matga shukr qilishimiz kerak!

👉 @xayrliuz
Agar mendan yashashning oliy maqsadi nima deb so'rasalar. Bir kuni bu olamdan rixlat qilganingda, sen uchun butunlay begona insonlarning bu xabardan qayg'uga tushib, "Eh, qanday yaxshi inson edi-ya", deya iztirobga tushishi degan bo'lardim.

👉 @xayrliuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuz, yomg'ir...
Ohista-ohista yog‘adi yomg‘ir,
Ohista-ohista qo‘zg‘alar shamol.
Ohista-ohista to‘kar yumshoq nur
Bulutlar bag‘ridan ko‘ringan hilol.
Ohista-ohista yig‘laydi bir qiz,
Kaptar patidan ham mayin dardlari...
Tun tirik... Yaxshilab tinglab ko‘rsangiz
Eshitilar uning yurak zarblari...
Ne nafis tug‘yonlar ichida qoldik!
Sevgilim, gapirma, o‘ltirgan tinib —
Go‘yo dunyo go‘dak qalbidan nozik,
Go‘yo entiksang ham ketadi sinib...

Usmon Azim

👉 @xayrliuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎨Ijodkorlik yosh tanlamaydi

82 yoshli rassom Mey Lin buvi o‘zining noan’anaviy texnikasi bilan san’at olamini hayratda qoldirdi.

☺️ Siz ham uning ijodiga baho bering!

👉 @xayrliuz
#qoralama

Yuqoriga lavozimga chiqqan har bir amoldordan bir vijdonsizlik qilishligi bilan sinaladi. Agar o'shanda, qalb amriga quloq tutib, vijdoni buyurgan ishni qila olsa, marra uniki. Agar teskarisi bo'lsa, bir umrlik sharpa uni taqib qiladi. Keyinchalik esa u shu ko'lankada yashashga o'rganib ham qoladi. Ko'lankasiz yashayolmay, bu eng to'g'ri yo'l, hammada shunday bo'lgan, degan fikrni o'ziga ham o'zgalarga ham singdirishga harakat qiladi!

@xayrliuz
Ko'z yosh shunday jarayonki, u qalbdagi holatlarni aks etadi. Ba'zida ayol nega yig'layotganining sababini bilmay yig'laydi. Shuning uchun biror ayol unsiz yig'layotgan bo'lsa, unga hech qachon "Nega yig'layabsan",— deya savol bermang!

👉 @xayrliuz
1-oktabr— O'qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo'lsin, aziz Ustozlar!!!

👉 @xayrliuz
#qoralama
Ayol chap qovurg'adan yaralgan, shuning uchun uning ruhi doim o'ng qovurg'aga bosh qo'yishni istaydi.

👉 @xayrliuz
Bir ayol, bir ona uchun farzandining tundan tonggacha tinchgina, orom olib uxlashidan ortiq baxt yo'q bo'lsa kerak.

Buni farzandi uchun tunni tongga ulagan bedor onalar yaxshi tushunadi.

@xayrliuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kayfiyat

Qoyil, biz bolaligimizda sevib ko'radigan "Qirol she'r" multfilimi ijodkorlari hayvonlarning barcha xususiyatlarini puxta o'rganishgan ekan.

@xayrliuz
Ba'zida "Men farishta emasman. Xato qilishga haqqim bor" yoki "odamzod farishta emas", degan fikrlarni eshitib qolamiz.

To'g'ri, inson farishta emas, farishta bo'la olmaydi. Lekin u o'z nafsoniy xohishlarini yengib, farishtadan ham yuqori turishi mumkin.

Baqara surasi, 30–34-oyatda
“Eslang, (ey, Muhammad,) Rabbingiz farishtalarga: “Men Yerda xalifa (Odam) yaratmoqchiman”, deganida, (ular) aytdilar: “ Unda (Yerda) buzg‘unchilik qiladigan, (nohaq ravishda) qonlar to‘kadigan kimsani yaratmoqchimisan? Holbuki, biz Senga hamding bilan tasbehlar aytamiz va Seni muqaddas deb bilamiz”. (Alloh) aytdi: “ Men sizlar bilmagan narsani bilaman”.


Nazarimda, bu ochun yaralgandan beri bu dunyo shaytondan ham tuban, farishtadan ham pok insonlarni ko'rgan va hol bundan keyin ham davom etsa kerak.

👉 @xayrliuz
Borgan sari samimiy insonlarni topish anqoning urug'i bo'lib bormoqda. Odam sal mansabga chiqsa, yoki cho'ntagi pul ko'rsa, avvalgi qiyofasini unutib, kibrga berilishni boshlar ekan. Afsuski, yaqindan bilgan eski tanish, do'stlaringda ham shu holatni ko'rish g'oyat og'riqli.

👉 @xayrliuz
Bolaligimda muzqaymoq sotuvchisini muzqaymoqlari ko‘p bo‘lgani uchun dunyodagi eng boy va baxtli odam bo‘lsa kerak, deb o‘ylardim. Bugun ko‘pchiligimizning baxtli odamlar haqidagi tasavvurlarimiz ayni shunga o‘xshaydi...

👉 @xayrliuz
Meni o'ziga yaqin deb bilgan insonni hayotidan shunchaki, hissiz va so'zsiz hech narsa demay, suvga tushgan toshdek yo'qolib qolsam, nima bo'larkin? Izlarmikan yo'llarimni, yo'qlarmikan izlarimni?
Qalbimdan topa olarmikan o'zini, so'zini...

Bir muddat yo'qolib qolsam, nima bo'larkan?
Dunyo kelgan joyidan davom etaveradi dumoloq doira kabi aylanaverar, mening tegramdan aylangan kabi taqdir charxpalagi.

Borligim, kimlargadir halal berar, yashashiga, nafas olishiga...

Balki bir muddat yo'qolsam, to'yib nafas olar o'pkasi to'lguncha, maza qilib o'ynar o'yinchog'ini...
Men ketaman, siz qoling dunyongizda...
Siz sig'dirmagan dunyoda maza qilib yashang to'yguncha...
Sizga qoldirdim dunyoni...

👉 @xayrliuz
Sabr qil!

Yer yuzidagi suvlar bug'ga aylanib,
samoda yig'ilgani va ma'lum bir muddat o'tgach yangi va jilovli shaklda takror yerga tushgani kabi, sening ham duolaring ayni shaklda samoda yig'iladi.

Va bir kun xuddi yomg'ir tomchilari
kabi duolaring boshing uzra yog'ganini ko'rasan.

👉 @xayrliuz
2024/11/13 09:15:10
Back to Top
HTML Embed Code: