Telegram Web
Holland 1:1 Mbappe

Silliqbosh bugun Abduqodirni tushirmasa, City yutqazadiyov.


🔘 @xushnudbekuz
5 yil davomida 🇺🇸AQSh terma jamoasi tarkibida dona surgan grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova bundan buyon yana 🇺🇿O’zbekiston nomidan ishtirok etishi e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun: Gulruhbegim Tohirjonova shu paytgacha AQSh terma jamoasining 1-raqamli shaxmatchisi edi. 2023-yilda AQShda «Yilning eng yaxshi ayol shaxmatchisi» deb topilgan.

Lekin e’tiborlisi, oxirgi ikkita Olimpiada davomida AQSh va O’zbekiston o’zaro duch kelganda Gulruhbegim o’z yurtiga qarshi dona surishdan bosh tortgandi.


🔘 @xushnudbekuz
Dramatik o'tgan yarim final bahsida Fabiano Karuana armageddon bahsida Javohir Sindarov ustidan g'alaba qozondi. Afsus, Javohir finalga juda yaqin edi, oooozgina omad yetishmadi. Lekin Javoh 6 ta partiyaga turib berdi, Fabianodan kuchsiz emasligini isbotladi. Turnirning haqiqiy kashfiyoti bo'ldi.

Endi Sindarov 3-o'rin uchun bahsda Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Saralash bahsida Javohir Karlsenni mag'lub etgan edi, umid qilamiz, bu safar ham uning qo'li baland keladi.

Nodirbek Abdusattorov esa 5-o'rin uchun bahsda Hikaru Nakamura bilan kuch sinashadi.


🔘 @xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Deymon Ranon. Hazilkash (hikoya)

Izoh
: Hazilkash Joga farqi yoʻq, siz hazilni tushunasizmi yoki tushunmaysizmi. U hamma bilan birdek hazillashadi va bu ishni juda boplaydi. Lekin oxirgi hazili hammasidan ham oʻtib tushdi. Xoʻsh, bu voqea nima bilan tugarkin?

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/deymon-ranon-hazilkash

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/qt6bpMfW7l8

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
#boburday muborak!

Arxiv foto. 2016-yil.


🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Abduqodir “Nyukasl”ga qarshi asosiy tarkibda ekan. 🔘 @xushnudbekuz
FAKT: Manchester City jamoasi tashkil topgandan beri, ya’ni 1880-yildan buyon hali biron marta Abduqodir Husanov maydonga tushgan o’yinda yutqazmagan.


🔘 @xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 14 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Aron Tamashi. Ozodlik qushi

Izoh
: 1848–1849-yillardagi Mojoriston inqilobi Vengriyaning mustaqillikka intilish yo‘lidagi muhim voqealardan biri edi. Bu davrda polyak harbiy va siyosiy arbobi Yuzef Bem mojor qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan. Mashhur shoir va inqilobchi Shandor Petyofi ham uning armiyasida xizmat qilgan va Shegeshvar ostonasidagi Feyeredxaza qishlog‘idagi jang maydonida halok bo‘lgan, deya hikoya qiladi Lyorins bobo.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/aron-tamashi-ozodlik-qushi

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/5UuJUrIbASo

🎙Bugungi hikoya audiosini Muhammad Umar Baxtiyorov o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
Hurmatli talabalar, rostini aytinglar, shunaqa xabarlarni yoqtirmaysizlar-a? Ayniqsa, ota-onangiz shunaqa xabarlarni o’qib qolishini xohlamaysizlar-ku, a? 😀


🔘 @xushnudbekuz
Forwarded from Xushnudbek.uz
🇪🇺 Bugun qaysi jamoa keyingi bosqichga chiqishini xohlaysiz?
Final Results
41%
🇪🇸 Real Madrid
59%
🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Manchester City
⚡️Abduqodir Husanov “Real”ga qarshi asosiy tarkibda!

Omad, jigar!


🔘 @xushnudbekuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Eksklyuziv video: Abduqodir Husanov “Santyago Bernabeu”da chigalyozdi mashqlarini qilmoqda.


🔘 @xushnudbekuz
Embappening davri keldi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mbappe. 1:0.

Stadiondan eksklyuziv videolar kelib tushmoqda.


🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Embappening davri keldi
Kimning davri keldi? Embappening davri keldi.

2:0
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abduqodir — haqiqiy jangchi! Xatosini tezda to’g’riladi, Viniga hech qanday imkon bermadi.

Lekin butun jamoa bo’sh o’ynayotgani hisobiga yutqazishmoqda. Umuman olganda, Chempionlar ligasida “Santyago Bernabeu”da kim ham “Real”ni qiynay olardi? Bunisini ham tan olish kerak.


🔘 @xushnudbekuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mbappe. 3-0. Xet-trik.

City himoyasini bir o’zi yeb qo’ydi bugun.


🔘@xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eh, shu gol bo’lgandami, juda bir go’zal yakun bo’lardi-da…


🔘 @xushnudbekuz
2025/02/26 07:18:27
Back to Top
HTML Embed Code: