Allabergenova tadbirkorlar va fuqarolar bilan uchrashdi
🔼 Bugun Yakkasaroy tumanida joylashgan “Asaka bank”ning avtotransport filiali binosida aholi daromadlarini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda Yakkasaroy tumanida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
💠 Unda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, hokimning birinchi o'rinbosari N.Shamsiyev, Respublika markaziy bank mas’ul hodim S.Xolmurodov, Markaziy bank Toshkent shahar bo‘limi mas’ul xodim B.Ishmirzaev, tumandagi bank rahbar xodimlari, mahallalardagi hokim yordamchilari, fuqarolar ishtirok etdilar.
💢 Uchrashuvda tadbirkorlik qilish, mikroloyihalarni tadbiq etish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha kredit rasmiylashtirish uchun fuqarolar tomonidan murojaatlar tinglandi.
🔵 Uchrashuv so‘nggida tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan tushgan murojaatlar tegishli mas’ullarga yunaltirilib, murojaatlar qonun doirasida ko‘rib chiqilib amaliy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Allabergenova hokim yordamchilari va bank rahbar xodimlari bilan uchrashdi
🔼 Bugun Yakkasaroy tumanida joylashgan “Asaka bank”ning avtotransport filiali binosida tuman hokimi va bank tizimi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbirda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, hokimning birinchi o‘rinbosari N.Shamsiyev, Respublika Markaziy bankining mas’ul vakili S.Xolmurodov, Markaziy bank Toshkent shahar boshqarmasi mas’ul xodimi B.Ishmirzayev, tumandagi bank rahbarlari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etdilar.
➡️ Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi mahallalarga biriktirilgan bank xodimlari va hokim yordamchilari o‘rtasida samarali hamkorlikni rivojlantirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va davlat xizmatlarini aholiga yetkazishda tizimli ishlashni ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
✨ Uchrashuv davomida hokim yordamchilari va bank xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni joriy etish yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, bank xizmatlarini aholiga yanada qulay va tezkor tarzda ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
📱 Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova o‘z nutqida mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda bank tizimining roli katta ekanini ta’kidladi.
✨ Shuningdek, u bank xodimlari va hokim yordamchilarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi nafaqat davlat xizmatlarining sifatini oshirishga, balki fuqarolarning hayot darajasini yaxshilashga xizmat qilishini qayd etdi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM