"Eng yaxshi kitob" tanlovi ekspertlarining birinchi muhokama yigʻilishi o'tkazildi
Bu tanlovda respublikamizning yozuvchilari, shoirlari, ilmiy tadqiqotchilari va ijodkorlari orasida bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi badiiy va ilmiy yoʻnalishdagi asarlar aniqlanadi.
Muhokama yig'ilishida yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, A.Navoiy nomidagi milliy kutubxona va Respublika bolalar kutubxonasi mutaxassislari, axborot resurs markazlari rahbarlari, AOKA va taʼlim vazirliklari vakillari, jurnalistlar ishtirok etishdi.
Ekspertlar tanlovning adolatli, shaffof oʻtishini taʼminlash maqsadida, uning bosqichlarini, mezonlarini muhokama qilishdi. Tanlovda 1800dan ortiq ariza kelib tushgan boʻlib, uning natijalari aprel oyining kitobxonlik haftasida eʼlon qilinadi.
#muhokama #tanlov
Telegram sahifamiz👉@yoshlar_agentligi_rasmiy

👍1
"Yosh kitobxon" tanlovining Toshkent shahri va Navoiy viloyati bosqichi oʻz yakuniga yetdi
📚 Navoiy viloyati va Toshkent shahrida o'tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining tuman(shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tanlovning hududiy bosqichida o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar.
🏆 “Yosh kitobxon” tanlovining Toshkent shahri bosqichi g’oliblari:
• 10-14 yosh - Turg'unboyev Shaxriyor
• 15-19 yosh - Suyunboyeva Moxichexra
• 20-30 yosh - Avazova Sevinch
🏆 “Yosh kitobxon” tanlovining Navoiy viloyati bosqichi g’oliblari:
• 10-14 yosh - Islomova Farangiz
• 15-19 yosh - Mardonova Sevinch
• 20-30 yosh - Mustafoyev G'anisher
Barcha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga omad yor bo'lsin!
#yoshkitobxon #Toshkentshahri #Navoiy

👍1🎉1
Jizzax viloyati Yangiobod tumanining “Sovot” mahallasida "Mahalla yoshlari festivali" bo'lib o'tdi
Festival doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Mudofaa vazirligi, DXX chegara qo'shinlari hamda Milliy Gvardiya tomonidan mahalla yoshlari uchun zamonaviy harbiy texnika, qurol-aslaha va anjomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Jizzax viloyatining eng chekka, Tojikiston bilan chegara hududida joylashgan “Sovot” mahallasida yoshlar yetakchilari uchun taqdimotlar bo'lib o'tdi.
Taqdimotda yil davomida 96 yo'nalishdagi loyiha va tadbirlar tashkil qilinishi orqali, 600 mingdan ortiq yoshlar qamrab olinishi haqida aytib o'tildi.
#jizzax #mahalla