Telegram Web
Kurash – g‘alabaga halol yo‘l!

🖐Bugun poytaxtimizdagi Taekvondo assotsiatsiyasi Universal sport saroyida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi kurash bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasi final bosqichining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Sport vaziri Adham Ikramov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevlar so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.

👏Mahalla yoshlari hal qiluvchi bahslarga kirishdi. Tomoshabinlar hayajon va jo‘shqin hayqiriqlar bilan ularni qo‘llab-quvvatlashmoqda.

#Beshtashabbusolimpiadasi #Kurash

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshguzarda yoshlar tashabbusi bilan bog‘ tashkil etildi

🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qashqadaryoning har bir mahallasida “Yoshlar bog‘i” barpo etilmoqda. Bu tabiatga ehtirom, avlodlarga yo‘llangan meros, va albatta, kelajak uchun katta qadamlardan biri.

G‘uzor tumanidagi “Toshguzar” mahallasi yoshlari ham ushbu tashabbusga o‘zlarining yuksak ruhiyati va birlashgan jamoaviy kuchi bilan qo‘shildi! Aksiya doirasida ular 1300 tup mevali daraxt ko‘chatlarini ekib, mahallalariga yangi hayot va yashil rang olib keldi.

🌿Aziz yoshlar. Siz ham ushbu umummilliy loyihalarda ishtirok eting va tabiatga o‘z hissangizni qo‘shing!

#yashilmakon

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi tajriba – yangicha yondashuv

🔥Ilk marotaba respublika miqyosida prokuratura organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Xorijiy til bilimdoni” marafoni oyligi o‘tkaziladi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligi va “Ibrat Farzandlari” bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Marafonning asosiy maqsadi prokuratura organlaridagi yosh xodimlarning ingliz tilini kasbiy faoliyatda samarali qo‘llashlari, xorijiy tillar bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish hamda til bilish darajasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish.

📰Biz marafon orqali til o‘rganishni ommalashtirish va mazkur jarayonda hamkorlik muhitini yaratishdan mamnunmiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JCH-2026 saralashi: Qatar-O‘zbekiston

⚽️Bugun, 14-noyabr kuni futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Qatarga qarshi maydonga tushadi.

⏰️O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:15 da boshlanadi. Uchrashuvni “Sport” telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

🇺🇿Yigitlarimizga omad tilaymiz! Olg‘a O‘zbekiston!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Deputatlikka saylangan yoshlar yetakchilari!

✔️ Xabaringiz bor, joriy yil 27-oktyabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur saylovlarda 541 nafar mahalladagi yoshlar yetakchilari o‘z nomzodlarini ilgari surgan edi. Natijada 2 nafar yoshlar yetakchisi hududiy hamda 117 nafari esa mahalliy Kengashlar deputatligiga saylandi. Yoshlar yetakchilarining bunday yutuqlarga erishishi ularga berilgan ishonch va imkoniyatlarning natijasidir.

🤝Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan ushbu yoshlar yetakchilarini tabriklaymiz! Yoshlar manfaatlarini himoya qilish va ularning rivojlanishiga ko‘maklashish yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Lider yoshlar faoliyati yuzasidan Yoshlar Akademiyasi Assambleyasi

Bugun “UzEkspoMarkaz” milliy ko’rgazma majmuasida “InnoWeek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi Yoshlar Akademiyasi Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Respublikamizning 64 ta oliy ta’lim muassasalarida “Yoshlar Akademiyasi lideri” tizimi tashkil etilgan bo’lib, 2025-yilda yana 21 ta OTM da ham tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 14 nafar Yoshlar Akademiyasining hududiy liderlari faoliyati ham yo’lga qo’yilgan.

Yoshlar Akademiyasi Assambleyasida oliy ta’lim muassasalari va hududlarda ilmiy innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan takliflar, tashabbuslar va g’oyalar muhokama qilinadi.

👏Tadbir yakunida ilmiy-innovatsion tadbirlar faol ishtirokchilari hamda tanlovlar g‘oliblari munosib taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barakali yerda – barakali hosil!

👥 Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani, Manas mahallasida yashovchi 20 nafar yosh birgalikda katta muvaffaqiyatga erishmoqda. Yoshlar yetakchisi ko‘magida ularga 1 gektar yer ajratilgan bo‘lib, avvaliga qovun, tarvuz, kungaboqar va mosh kabi turli ekinlarni yetishtirib, yaxshi daromad olishdi.

🥦Birgalikdagi mehnatning natijasini ko‘rgan yoshlar ikkinchi hosil sifatida brokkoli karamlarini ekishdi. Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida bu yerda yetishtirilgan brokkoli karami nafaqat mahalliy bozorlarga, balki Rossiya bozorlariga ham eksport qilinadigan bo‘ldi.

Bu jarayon haqida batafsil ma’lumotni qahramonimiz Dostonbek Qo‘ldoshevdan eshitamiz!

#yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/15 05:59:33
Back to Top
HTML Embed Code: