Telegram Web
Assalomu alaykum, hurmatli doʻstlar!

Alhamdulillah! Bugun uzoq kutilgan natijaga erishdim va nihoyat bugundan rasman advokatman desam boʻladi.

Bugundan professional faoliyatimning yangi bosqichini – fuqarolik va iqtisodiy sohada advokatlikni boshlaganimni maʼlum qilaman.

Yuridik maslahat va yordam zarur boʻlsa, murojaat qilishingiz mumkin.
#ishdanboshatish

Kuni kecha Namangan davlat texnika universitetini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23-son qarori kuchga kirdi.

Uning 1-bandida ushbu universitet Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan toʻqimachilik sanoat instituti negizida tashkil etilishi belgilangan.

Ushbu qaror 7-bandi b kichik bandi 3-xatboshisida Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan toʻqimachilik sanoat institutining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalar boʻyicha Universitet huquqiy voris ekanligi qayd etilgan.

Buni nimaga aytayotganimni tushuntiray.

Qarorga ilovada tasdiqlangan Yoʻl xaritasida universitet faoliyatini tashkil etish muddati etib 2025 yil mart belgilangan.

Demak, shu yaqin kunlarda yuqoridagi 3ta institutda xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari yo institutlarning tugatilishi bilan yoki qisqarish sababli bekor qilinishi boshlanishi mumkin.

Biroq, bu mutlaqo notoʻgʻri boʻladi.

Birinchidan, qarorning oʻzida universitet institutlarga huquqiy voris ekanligi bevosita keltirilgan.

Ikkinchidan, Fuqarolik kodeksining 50-moddasiga muvofiq yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganida ulardan har birining huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga oʻtadi.

Aynan mana shu qoida yuridik shaxslarga ular qoʻshib yuborish orqali qayta tashkil etilganda oʻzidan avvalgi tashkilotning barcha huquq va majburiyatlari uchun vorislikni zimmasiga olishini ifodalaydi.

Uchinchidan, Mehnat kodeksining 156-moddasida tashkilotning mulkdori almashganda, xuddi shuningdek tashkilot qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborilganda, qoʻshib olinganda, boʻlinganda, ajratib chiqarilganda, oʻzgartirilganda) yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar xodimning roziligi bilan davom ettirilishi belgilangan.

Yuqoridagilarga koʻra 3ta institutdagi barcha xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari davom ettirilishi kerak. Bunda ularga institutni tugatilishi munosabati bilan ogohlantirish xati berish yoki ishdan boʻshatish notoʻgʻri boʻladi.

Ushbu institutlarda ishlaydigan xodimlar diqqatiga, agar sizlarga ogohlantirish xati berilsa, huquqlaringizni tiklash uchun murojaat qilishingiz mumkin.

➡️ @yurist_imomniyozov
“Hozir sotib ol, keyinroq to‘la” — “rasrochka” orqali tovar xarid qilish

👉 https://yuristpro.uz/hozir-sotib-ol-keyinroq-tola-rasrochka-orqali-tovar-xarid-qilish/

📌 @yurist_imomniyozov
Mulk huquqi mavjud boʻlmagan yerni (uy-joyni) qanday kadastr qilish mumkin?

👉 https://yuristpro.uz/mulk-huquqi-mavjud-boʻlmagan-yerni-uy-joyni-qanday-kadastr-qilish-mumkin/

📌 @yurist_imomniyozov
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joy masalalarida qanday yordam koʻrsatiladi?

👉 https://yuristpro.uz/ayollar-daftariga-kiritilgan-xotin-qizlarning-uy-joy-masalalarida-qanday-yordam-koʻrsatiladi/

📌 @yurist_imomniyozov
Forwarded from Mehnat huquqi (Muhammadamin Karimjonov)
#savolimbor Assalomu alaykum, endilikda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatish taqiqlandimi?

https://www.tgoop.com/mehnathuquqi audio javobi📤:

⚠️ Ekspert fikrini diqqat bilan eshiting, ko'pchilik bu o'zgarishlarni noto'g'ri talqin qilmoqda

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
Yo’l harakati xavfsizligi: Yangi qonun nimalarga o’zgartirish kiritdi?

👉 https://yuristpro.uz/yol-harakati-xavfsizligi-yangi-qonun-nimalarga-ozgartirish-kiritdi/

📌 @yurist_imomniyozov
2025/02/25 21:30:07
Back to Top
HTML Embed Code: