Telegram Web
Tuyg‘ularning ham bugungisi, kechagisi va ertangisi bo‘lar ekan.

Bugungi kun tuyg‘ulari: xursandchilik, zavq, xotirjamlik, g‘ayrat, jur’at, mehr, shukr.

Kechagi kun tuyg‘ulari: aybdorlik, yomon xayollar, kutish, qarg‘ash, kechirmaslik, “nega?!” deb savol beraverish, o‘zini ayblash, baxtsiz sezish.

Ertangi kun tuyg‘ulari: kutish, umid, rahm, rejalashtiraverish, xavotir, qo‘rquv.

Qaysi dunyoda yashayapsiz? Kechagi kunda qolib ketibsizmi? O‘lgan daqiqalarni tahlil qilib yomon xayol va so‘ngsiz “nega?!” degan savol bilan baxtsiz bo‘lmoqdamisiz?

Hali tug‘ilmagan ertangi kunga baxtli bo‘lish daqiqalarini qoldirib, baxtli onlarni kechiktiryapsizmi? Qanday qaytasiz bu kechagi azadan, kelajakda uchib yurishingizdan men bilolmadim. Ammo bitta to‘g‘ri yo‘lni bilaman, boringiz bilan bugunoq baxtli bo‘ling.

Qizingizning nim tabassumiga qarab, qayerdan pul topib uni turmushga beraman degan qayg‘uga cho‘kmang. O‘sha nima tabassumga oshiq insonlar topilishiga yuz foiz ishoning. Yaxshi inson siz qayg‘urgan mol-dunyoga emas, mehrli qizingizga oshiq bo‘ladi. Buni unutmang. Munosabat tilingiz qayg‘u tili emas, lotin tili emas, mehr tiliga aylanadi. Munosabati qayg‘u tili bilan boshlanib, mol dunyo tiliga aylanib, qayg‘u bilan tugallanadigan munosabatlar ham bor. Tanlov sizda.

“Baxt nima?” degan savolga hamma har xil javob beradi. Ammo uning tarkibiy qismi bitta, yashashni istash, kelajakka katta niyatlar qilish, quvnash, zavq olish va albatta, shukronalik bilan dunyoga boqish.

“Baxtsizlik nima?” degan savolga ham hamma har-xil javob beradi. Ammo baxtsizlikning ham tarkibiy qismi bir xil: hayotdan qoniqmaslik, yomon fikrlar chulg‘ashi oqibatida yaxshi niyat qila olmaslik, xavotir, qo‘rquv bilan yashash, boriga ko‘nmaslik, xo‘rlanish, o‘zini ezilgan va jafo ko‘rgandek his qilish, tuhmat balosidaman deb undan qutula olmaslik, yolg‘on qurboniga aylanish, yolg‘on bilan yashash, ayblov, kuchsizlik, baxillik, qisqasi, bir so‘z bilan aytganda noshukurlik.

© Zebiniso Ahmedova

📕 «O‘zligingizni o‘zingizdan izlang» kitobini xarid qiling.

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
Abuser mavzusida reels joyladik.
Qizingizni kimga topshiryapsiz?
https://www.instagram.com/reel/DDMnIwBNdI9/?igsh=ajB6MmtqdDRxMmcz
​​Avvalo, bolaga erkaklik sifatlarini nima ekanligini tushuntirib borish kerak. Bu sifatlar kinoda, gapning ichida, romanlarda emas, hayotdagi jonli insonlardan topish va ko‘rish lozim. Buning uchun otani yomonlamaslik kerak. Bolaga qattiq turish, kaltaklash bu erkakona tarbiya deb o‘ylashadi baʼzi onalar. Baʼzilari esa kimdandir bola qo‘rqishi kerak deyishadi. Kaltaklash bu erkak tarbiyasi emas, kimdandir qo‘rqitish qo‘rquvni bola ichiga kirgazishdir.

Ichadigan otani ichmaydi deb bolani aldash va yolg‘on gapirish kerak emas. Borini aytish va otani bu holatdan chiqib ketishiga umid qilib ishonib berish to‘g‘ri tarbiyadir.

Bolangizga hech qachon otasini yomonlamang, otaning xatolarini, qilig‘ini fakt sifatida aytishingiz mumkin. Bu xatolarni takrorlash kerak emasligini birga suhbat tarzida kelishib olish lozim. Otaga qanday yordam bera olish haqida ham suhbat qilish, bolaning ichki kechinmalarini davolaydi. Bola bilan otaning uchrashuvidan qo‘rqish kerak emas. Farzand o‘z aqli bilan onasiga xam otasiga xam baho bera oladi. Aylanma yo‘llar qidirish, yolg‘onchi makonlar topish bu bolani sizga bo‘lgan hurmatini yo‘qotadi. Farzandingiz otasi oldidan «hafsalasi pir» bo‘lib, xafa bo‘lib qaytib kelsa xam bu xafagarchilikni tagidagi fikrlarni o‘rganing. Oxir oqibat bola bu uchrashuvlardan qo‘rqishi, qochishi va qoralashi kerak emas, balki to‘g‘ri xulosa chiqara olishi MUHIM. Bola o‘z otasidan uyalishi kerak emas, aksincha otasiga to‘g‘ri yo‘l topishi uchun biror so‘z topib ayta olishi muhim.

Xuddi shu holatga tushgan onaga ham oson emas. Otada qolgan dilbandini ko‘rishga kelib uni olib keta olmasligi onaga azobli hissiyotlar beradi. Buni ota va ona hamda balkim yangi (o‘gay) ona ham to‘g‘ri tushunishlari kerak. Farzandga o‘z onasini yomonlash bolaning diydasi qattiqlashishiga olib keladi. Nima bo‘lganida ham bolaning o‘z aqli, farosati, mehri borligiga ishoning. Mehr qahrga aylanishi hammani baxtsiz qiladi. Bolangizda otaga nisbatan nafrat uyg‘onishi ertaga dunyoga va sizga ham qarshi nafratga aylanish qonuniyati borligini Unutmang.

Bolangizga nisbatan hurmat doirasida erkakka munosabatni shakllantiring. Uyda biror bir xo‘jayinlik sifatlarini namoyon qilsa, uni toptamang. Bolaga tazyiq va xo‘rlik ko‘rsatmang. Tabassum bu boylik. Oilangizni ichki kuchi tabassumdan boshlanadi.

Men psixolog sifatida besh yillar oldin bir maslahat bergan ekanman: hayvon bilan odamning farqi nima?” deb savol beribman. Shunda tushkunlikka tushib qolgan bu qiz javob bera olmaganida «Odam kuladi, hayvon kulishni bilmaydi» deganimda o‘sha qiz kulib yuborgan ekan. Bu gap haqiqatdan ham kulguli emas, biror muammoni yengish tabassumdan boshlanadi. Sizga yordam bermoqchi bo‘layotgan bolangizga rahm o‘rniga, tabassum inʼom qiling kuchli bo‘ladi. Sizga maslahat bermoqchi bo‘lgan bolangizga yana bir tabassum inʼom eting. Bolangiz er yetadi shunda. Bolangizni qo‘rqmas qilib tarbiyalang!

© Zebiniso Ahmedova

«Ajrimdagi bolalar» kitobimdan lavha. Kitobni sotib olish

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
33 yillik qo'rquv ketdi👇👇
https://www.youtube.com/watch?v=Bdry2ZSDg30

© Zebiniso Ahmedova

————‼️————
— Barcha turdagi psixiatrik, psixoterapevtik xizmatlar;
— Psixiatr, Psixoteraoevtdan Konsultatsiya olish uchun;
— Vahima, qo‘rquv, yopishqoq fikr, xavotirlar;
— Nevrotik depressiyalarda bizga murojaat qiling!

🏃🏻Hoziroq,
qo‘ng‘iroq qiling!👇
📞 Tel:
+998951662662
"Qaynotamdan qo'rqaman" fikri va
qo'rquvidan qutilish👇👇
https://www.youtube.com/watch?v=IaY2MfLZR5Y

© Zebiniso Ahmedova

————‼️————
— Barcha turdagi psixiatrik, psixoterapevtik xizmatlar;
— Psixiatr, Psixoteraoevtdan Konsultatsiya olish uchun;
— Vahima, qo‘rquv, yopishqoq fikr, xavotirlar;
— Nevrotik depressiyalarda bizga murojaat qiling!

🏃🏻Hoziroq,
qo‘ng‘iroq qiling!👇
📞 Tel:
+998951662662
Yodda qolgan ojizlik” eksperimenti

Amerikalik olim Martin Seligman «yodda qolgan ojizlik» deb nomlangan eksperiment o‘tkazdi va tushkunlik asoratlarini tushuntirib berdi. Yodda qolgan ojizlik – bu ilojsizlik holatidagi ruhiyat jarohatlanishi oqibatida hayotga qiziqish so‘nishi deb nomlanadi. Martin Seligman eksperiment o‘tkaziluvchi kuchuk uchun uchta joy yasadi. Birinchi joyga tok uladi va kuchuk tokning azobidan qochib chiqib ketish imkonini berdi. Eshik qulflanmaganligi tufayli kuchuk bu azobdan qochib ketdi. Ikkinchi xonaga tok ulandi va eshik berkitib qo‘yildi. Kuchuk tok azobidan uvillab, eshikni g‘ajirdi va oxir-oqibat bu holatga ko‘ndi. Shu ojizlikni qabul qilgan kuchukni uchinchi inga kirgizib, tok ulamadi, ammo kuchuk yana uvillashda davom etdi. Tok yo‘q, lekin kuchuk uvillardi. Bu eksperiment Martin Seligmanni dahshatga tushirdi. Xulosa sifatida insonlarga xam «yodlab olingan baxtsizlik, ojizlik» degan tashxis borligini tan oldi. O‘zingdagi erkinlikni yo‘qotish eng katta ojizlikdir. Bolalar uyidagi bolalarga o‘z xonalariga o‘zgartirish kiritishga ruxsat tegganida ularning kayfiyatlari ko‘tarilganligi, zavq paydo bo‘lganligi e’tirof etildi. Bolalarda javobgarlik va mas’uliyat tuyg‘usi paydo bo‘ldi. Tushkunlikning ruhiy mexanizmi xuddi shunday: «hech narsa qila olmaysan, sen ojizsan!» fikri yodlab olinadi.

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
“Majburlab qurilgan turmush” oqibatida egizak farzandlar nobud bo’ldi!👇👇
https://www.instagram.com/reel/DDcBgUto6q-/?igsh=YTd4dml5djE3czY3

© Zebiniso Ahmedova

————‼️————
— Barcha turdagi psixiatrik, psixoterapevtik xizmatlar;
— Psixiatr, Psixoteraoevtdan Konsultatsiya olish uchun;
— Vahima, qo‘rquv, yopishqoq fikr, xavotirlar;
— Nevrotik depressiyalarda bizga murojaat qiling!

🏃🏻Hoziroq,
qo‘ng‘iroq qiling!👇
📞 Tel:
+998951662662
Agorafobiya

Agorafobiya - uydan uzoqlashishga, odam ko‘p bo‘lgan va ochiq joylarga borishdan qo‘rqishdir. Bir voqealar, qo‘rquvlar sabab bo‘ladi-ki, inson uydan tashqariga chiqmay qo‘yadi. Agorafobiyaning yengil turida uyiga yaqin va tanish joylargagina boradi.

Agorafobiyaning og‘irroq ko‘rinishida inson bir o‘zi ham uyda yolg‘iz qolishdan qo‘rqadi. Doim biror insonni o‘z yonida bo‘lishiga harakat qilishi asablarining charchashiga olib keladi.

Agorafobiya boshqa qo‘rquvlar bilan birga keladi: yopiq joylardan qo‘rqish, kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqish, o‘zini boshqarolmay qolishdan qo‘rqish, o‘lib qolishdan qo‘rqish, xushdan ketib qolishdan qo‘rqish.

Bu qo‘rquvlar yopirilib kelganida quyidagi holatlar ro‘y beradi:
— yurak urib ketadi,
— nafas yetmagandek bo‘ladi,
— tana isib so‘ng dag‘-dag‘ titrab sovib ketishi mumkin,
— ichki qaltiroq bo‘ladi,
— tomoqqa bir narsa tiqiladi,
— ko‘krakda behalovatlik, g‘ashlik hissi paydo bo‘lishi mumkin.

❗️Agorafobiya bilan panik atakalar va depressiya qo‘shilib kelganida kasallik yanayam og‘ir ko‘rinish oladi.

Agorafobiyaga uchragan odamlar tanasining barcha organlarini tekshirtirib sog‘ ekanligini tasdiqlatgach ham yengil yasholmaydilar. Chunki bu bosh aylanishi, nafas yetishmasligi, panik ataka bo‘lib qolishidan qo‘rqish hayotini yanayam azobga qo‘yadi.

Biror nima bo‘lib qolishidan xavotirlanish, kayfiyatsizlikka u esa g‘amginlikka aylanadi.

Davolash usuli — psixoterapiya va dori darmon, davoli fizkultura, hamda iroda xususiyatlarini shakllantirishdan iborat.

Murojaat qiling davolaymiz: +998951662662

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
Psixologik tinchlanish mashqi

Hayotingiz haqida, tanangiz, kelajagingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Qayerda edingiz va qayerga yetib kelib qolibsiz? Tinchlaning... Buning uchun chuqur nafas oling. Endi nafasingizni o‘ngacha sanab ushlab turing.......

👉 BATAFSIL o'qing

📑 Rasmiy psixologik BLOG👇
https://doktorzebiniso.uz/psixologiya
Hayot yaralishi bilan birga O‘lim ham yaralgan ekan. U boshqalarga hech o‘xshamas ekan. Hayot o‘zini O‘limsiz tasavvur qila olmas ekan. Hayot paydo qilsa, O‘lim uni yakson qilar ekan. Bahor kurtak yozdirsa, Qish barglarni o‘ldirgani kabi Hayot va Mamot birga umrguzaronlik qilar ekan. Insonlar uylariga Hayotni kiritishayotganlarida O‘lim ham birga kirib kelar ekan. Eng ajablanarlisi O‘lim mehmonga kelganiga hech kim Xafa bo‘lmas ekan.

Nima uchun odamlar O‘limni o‘z uylariga kirgizishi sizga ham qiziq bo‘lsa kerak. O‘lim rivojlanish uchun, yangilanish uchun yagona yo‘l ekan. Eski o‘lsagina yangisi tug‘ilishi mumkinligini eski odamlar bilishar ekan-da! U odamlarning qalblaridagi eskiliklarni o‘ldirib, o‘rniga yangi hayot kelishi uchun zamin yaratib berar ekan. Yolg‘onni o‘ldirib o‘rniga Rostlik paydo bo‘lishi, Dangasalik o‘lib, o‘rniga G‘ayrat paydo bo‘lishi, Kasallik o‘lib o‘rniga sog‘lik paydo bo‘lishi ham faqat va faqat O‘limning tozalashi orqali amalga oshirilar ekan. O‘tmishni unitilishi ham O‘limning xizmati ekanligini bilmasangiz kerak? Eski jonsiz g‘oyalar ham o‘larkan, o‘rniga hayotga chanqoq fikrlar tug‘ilishi uchun.

Odamlar o‘tmishni unutib O‘limga rahmat desalar, kasallikni o‘ldirib yangitdan hayot boshlasalar, nega butunlay o‘lib ketishdan qo‘rqmay yashashar ekan deb savol berishingiz mumkin. Insonlar qalbidagi og‘riqlarni o‘ldira olsa ular har safar yangi Hayotni qarshi olishar ekan. Shunday qilib o‘lmas odamlar paydo bo‘lgan ekan.

«Vahima, Qo‘rquv, Xavotir» kitobimdan lavha.

© Zebiniso Ahmedova

————‼️————
— Barcha turdagi psixiatrik, psixoterapevtik xizmatlar;
— Psixiatr, Psixoterapevtdan Konsultatsiya olish uchun;
— Vahima, qo‘rquv, yopishqoq fikr, xavotirlar;
— Nevrotik depressiyalarda bizga murojaat qiling!

🏃🏻Hoziroq,
qo‘ng‘iroq qiling!👇
📞 Tel:
+998951662662
✂️Foydali qaror chiqarish qaychisi

(prokastinatsiya)

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
Sizda yoki yaqiningizda KARDIONEVROZ alomatlari mavjud bo'lsa, tezkor aloqaga chiqing

Yanada toʻliq maʼlumot:👇
https://www.youtube.com/live/_rP2E4N66Y4?feature=shared

— Barcha turdagi psixiatrik, psixoterapevtik xizmatlar;
— Psixiatr, Psixoterapevtdan Konsultatsiya olish uchun;
— Vahima, qo‘rquv, yopishqoq fikr, xavotirlar;
— Nevrotik depressiyalarda bizga murojaat qiling!

Murojaat qiling davolaymiz: +998951662662

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
Himoya

Insoniyat borki, o‘z-o‘zini himoyalashga bo‘lgan talabi juda kuchlidir. Himoyalanish yo‘lida, barcha resurslarini ishlatadi va maqsadiga erishmaguncha harakat qilaveradi.

Himoyalanish jestlarini yopiqlik xatti-harakatlari deb ataylik-da, bu orqali himoyalanish haqida ma’lumotlar olaylik. Qo‘lini ko‘kragiga “tugib” olishi, o‘zini himoya qilishning, ya’ni, sizga yo‘q deyishning ramzidir........

👉 BATAFSIL o'qing

📑 Rasmiy psixologik BLOG👇
https://doktorzebiniso.uz/psixologiya
Internet o'yinga qaramlikdan chiqishni o'rganamiz

Videoni to'liq tomosha qiling:
https://www.youtube.com/watch?v=C3wUN7JXPVE

© Zebiniso Ahmedova

————‼️————
— Barcha turdagi psixiatrik, psixoterapevtik xizmatlar;
— Psixiatr, Psixoterapevtdan Konsultatsiya olish uchun;
— Vahima, qo‘rquv, yopishqoq fikr, xavotirlar;
— Nevrotik depressiyalarda bizga murojaat qiling!

🏃🏻Hoziroq,
qo‘ng‘iroq qiling!👇
📞 Tel:
+998951662662
ARQONDAN QO'RQISH - O'zimni osib qo'ymaymanmi? | Psixoterapevt masalahati

Yangi videoni to'liq tomosha qiling:
https://www.youtube.com/watch?v=upMZws47-Lk

© Zebiniso Ahmedova

————‼️————
— Barcha turdagi psixiatrik, psixoterapevtik xizmatlar;
— Psixiatr, Psixoterapevtdan Konsultatsiya olish uchun;
— Vahima, qo‘rquv, yopishqoq fikr, xavotirlar;
— Nevrotik depressiyalarda bizga murojaat qiling!

🏃🏻Hoziroq,
qo‘ng‘iroq qiling!👇
📞 Tel:
+998951662662
2025/06/27 21:51:31
Back to Top
HTML Embed Code: