Telegram Web
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ustozlar,
Qadrli o‘quvchilar!


Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman.

Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi.

Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir.

Aziz o‘quvchilar!

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun yangiliklarga boy kun bo’ldi

Davlatimiz rahbari maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda aytilgan eng muhim yangiliklar:

Maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtiriladi hamda undan bepul foydalanish mumkin.

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.

Davlat bog‘chalarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qo‘yilmoqda.

Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.

Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

@hilola_umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ижтимоий_ролик

Йўлларда болаларни асранг!

Ҳурматли ота-оналар! Вояга етмаган фарзандларингизни автомобиль йўлларида назоратсиз қолдириб, уларнинг тақдирига бефарқ бўлманг.
#IOI_2024

⚡️36-Xalqaro Informatika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida
tantanali tarzda kutib olindi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda tizimdagi ta'lim muassasalari mas'ullari ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.

Eslatib oʻtamiz, Misrda 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida oʻtkazilgan 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2024) da Oʻzbekiston terma jamoasi sovrinli oʻrinni egalladi.

Xususan, Agentligimiz tizimidagi Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabasi Mardon Hazratov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston terma jamoasining yana bir aʼzosi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Asilbek Sunnatov o‘zining ajoyib bilimlarini namoyish etib, "honorable mention" (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor boʻldi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT

Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o'quvchisi Sultanov Akbarbek Xalqaro SAT sertifikatini 1410 ball bilan qo'lga kiritdi.

👆 Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

🏆 SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.

Eslatib o'tamiz, o'quvchimiz Sultanov Akbarbek biroz avval IELTS imtihonidan 8.0 ballik natigaja erishgan edi.

https://www.tgoop.com/zpiima
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun juda muhim, oʻziga xos tarixiy marosimda ishtirok etdik. Toshkent shahrida ochilishi rejalishtirilgan Pedagog kadrlar malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun tamal toshi qoʻydik. Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Janubiy Koreyaning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligidagi ushbu yirik loyihani ikki davlat doʻstligining yuksak namunasi deyish mumkin.

Loyihada katta natijalar kutilmoqda. Jumladan, erta yoshda taʼlim olish imkoniyatlarini yaxshilash, shaxsga-yoʻnaltirilgan yondashuv dasturlari boʻyicha tayyorlangan pedagoglar sonini koʻpaytirish, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish kabi koʻrsatkichlarda sezilarli natijalarga erishish rejalashtirilmoqda.

Umumiy qiymati 11 million AQSh dollari boʻlgan mazkur loyiha 500 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, yiliga 4000 pedagogning malakasini oshirishga xizmat qiladigan markazni oʻz ichiga oladi. Natijada 66 ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Oʻylaymanki, bugun tamal toshi qoʻyilgan ushbu loyiha keyingi tashabbuslar uchun namuna va butun tizimimiz uchun manfaatli boʻladi. Koreyalik hamkorlarimizning bu boradagi boy tajribalarini oʻrganishga doimo tayyormiz🇺🇿🤝🇰🇷

@hilola_umarova
#Motivatsion time
AGAR SIZGA HECH NARSANI UDDALAY OLMASLIGINGIZNI AYTISHSA, QUYIDAGI FAKTLARNI YODGA OLING:

😉 Uolt Disney yangi g‘oyalar o‘ylab topa olmagani uchun gazetadan ishdan haydalgan.

🎼 Betxovenning boshlang‘ich o‘qituvchisi uni butunlay qobiliyatsiz deb hisoblagan.

💡 Edisonning ustozi uni aqlsiz va hech narsani o‘rgana olmaydi, degan ekan.

🤪 Eynshteyn 4 yoshgacha gapirmagan. O‘qituvchisi uning aqliy salohiyati ortda qolgan, deb ta’kidlagan.

🪜 Buyuk haykaltarosh Rodenning otasi: "Mening o‘g‘lim ahmoq. U uch safar ham san’at maktabiga o‘qishga kira olmadi", degan ekan.

🧬 Mendeleev ximiyadan" 3" bahoga o‘qigan.

📻 Radioni o‘ylab topgan Marko do‘stlariga ovozni masofadan turib havoda yetkazib beraman, deganida hamma uni aqldan ozgan, deb psixiatrga borishi kerakligini aytgan. Lekin bir necha oydan so‘ng uning radiosi ko‘pchilik dengizchilar hayotini saqlab qolgan.


@Xasanovmatematikakanali
SAT sertifikati sizga qanday imkoniyat beradi?

👨‍🎓Agar siz SAT Math score 700+ hamda IELTS 6+ sertifikatlaringiz bo'lsa, Yangi O'zbekiston Uiversitetiga Grand yutish imkoningiz bo'ladi.

🧑‍🎓Agar sizda SAT Math score 570+ hamda IELTS 6+ ballingiz bo'lsa, siz allaqachon Westminster universiteti talabasisiz, imtihon topshirish shart emas

👩‍🎓Total SAT 1460+ ball egasi bo'lsangiz xalqaro Top-100 Universitetlariga Grand yutish imkoningiz bo'ladi.

👩‍🏫Agar bu sertifikatdan matematika o'qituvchisi faqat matematika qismidan 700+ balli bo'lsa, 3 yil davomida 50 foiz ustamaga ega bo'ldilar.

Siz yana qanday malumotlarni bilasiz?
Forwarded from Zangiota IM
# Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#New_results
#Bizning_faxrimiz

❗️XUSHXABAR ❗️

🏢 Tanishing Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining aniq fanlarga yoʻnaltirilgan 11- sinf oʻquvchilari Sultonov A. va Ozodova F. lar avgust oyida boʻlib oʻtgan SAT xalqaro imtihonida yuqori ball toʻplab ustozlari ishonchini oqladi.

Ma'lumot uchun : Sultonov A. International English Language Testing System (IELTS)dan ham 8 ballni qo'lga kiritgan.

Ozodova Feruzaxon esa CEFR dan 60 ball olgan edi.

📚Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing !
Boshlangan yangi o'quv yilida mana shunday muvaffaqiyatlar zanjiri bardavom bo'lsin.

💫Katta natijalar uchun mehnat qilayotgan va bunga erishayotgan har bir o'quvchimiz bilan faxrlanamiz!

Oʻquvchimizga tarbiya bergan ota onasiga hamda bunday natijalarga erishishda yordam bergan ustozlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
❗️ 21-sentabr, shanba kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining Toshkent viloyati saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi!

Viloyat bosqichi o‘yini jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkaziladi.

👥 Turnirda jamoalar 7 nafar (6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira) ishtirokchidan iborat tarkib bilan qatnashishi mumkin.

Viloyat bosqichida qatnashadigan jamoalardan o‘yinga o‘zlari bilan maxsus shakldagi arizani to‘ldirgan holda olib kelishlari talab etiladi.

📍 Viloyat bosqichi o‘yini 21-sentabr, shanba kuni soat 9:00 da Nurafshon shahar Prezident maktabida boshlanadi.

Viloyat bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etadi.

@Toshkent_viloyati_ZakovatNNT
Nurafshon shahar Prezident maktabi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining Toshkent viloyati saralash bosqichini o‘tkazishga tayyor!

O‘yin ertaga soat 09:00da boshlanadi.

ℹ️Eslatma,jamoalar 8:30 da o'yin bo'ladigan manzilga yetib kelishlari so'raladi

Manzil: Nurafshon shahar Prezident maktabi

@Toshkent_viloyati_ZakovatNNT
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 12:15:19
Back to Top
HTML Embed Code: