Telegram Web
Halol savdogar uchun o‘n oltin qoida

10. Ey musulmon tijoratchi, jannatda eng yaxshi do‘stlar bilan qo‘shni bo‘lish saodatiga erishay desang, o‘z ishing va tijoratingni to‘g‘rilik asosi ustida bino etishing va hech qachon haqiqatdan ayrilmasliging lozim.

💥 "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti" kitobidan parcha.

@AHADquli_Xolmuhammad
" To‘g‘riso‘z va ishonchli tijoratchilar Nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladilar".

O‘qib bo‘ldimu, qilgan tijoratimiz, ulkan savdo saltanatimiz, topgan oltinlarimiz, olgan ilmlarimiz ko‘z oldimdan o‘ta boshladi. Qiyomatgacha oltin qo‘llanma bo‘la oladigan o‘gitlarni ko‘ksimga bosdim.

💥 "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti" kitobidan parcha.

@AHADquli_Xolmuhammad
HA bu o'sha
mashhur kitob "Haqiqiy omad kaliti yoxud SAVDOGARLAR USTOZI"
Ushbu kitobda Imomi A'zam R.Z hazratlarning shogirdlari buyuk savdogar Abdulloh ibn Muborak R.Z hazratlarining tijoriy faoliyatlaridagi tutgan yo'llari, halloligi, taqvosi, o'gitlari yoritib berilgan.
Kitobni o'qir ekansiz tijoratning oltin qoidalari va barakaning haqiqiy sirlaridan voqif bo'lasiz. Bu kitob qisqa mudatda juda ko'plab kitobxonlar qalbidan joy olib, tadbirkorlarninig yo'l boshchisiga aylanib ulgurdi.

Muallif: Ahadquli Xolmuhammad o'g'li
Yumshoq muqova: 160 bet.

☎️ 99 790 40 01
14 noyabr kuni Yuksalish liderlar akademiyasi Xorazm filialiga qadrli ustozimiz, barchamiz bilgan, tanigan «SAVDOGARLAR USTOZI yoxud HAQIQIY OMAD KALITI» kitobi muallifi Ahadquli Xolmuhammad oʻgʻli tashrif buyurdilar.

Ustoz yosh biznes egalari va yuksalish o'quvchilari bilan uchrashib ularga "Tijorat ilmining nozik sirlari' bo'yicha juda qimmatli bilimlar, o'z tajribalaridan kelib chiqib, muhim tavsiya va maslahatlarni berib o'tdilar.

P.S. Suhbat juda maroqli va mazmunli o'tdi. Buning uchun vaqt ajratib uzoq yo'l bosib kelgan Ustozimizga chuqur minnatdorchiligimizni bildirib, Alloh rizosini so'rab qolamiz.

👉🏻 Batafsil rasmiy kanalimizda:
@Zamaxshariyuz
ЯХШИЛАР ЁРДАМИГА МУҲТОЖ ОИЛА

Ота-она узоқ йиллар интиқлик билан фарзанд илинжида юришиб, Аллоҳдан тилаб-тилаб бир фарзандли бўлишади. Дунёларга сиғмай кетган ота-она унга Муроджон деб исм қўйишади. Аллоҳга шукроналар келтиришади. Бахтли ҳаёт тафтини суришиб, икки нафар неварали бўлишади. 60 ёшдан ошган ота-она ўзига йўқ севинчда эди, аммо Аллоҳнинг синови бу сафар Муроджоннинг бошига тушди.
Муроджон иккала буйрак қуриши билан ҳозир диалезга тушиб қолган. Ота-онанинг кўз олдида кундан-кунга сўлиб бормоқда. Нафақадаги бу икки инсон боласини даволатиш учун шу йил давомида бор-будини сарфлаб бўлди, охирги чора сифатида ўзлари яшаб турган уйни сотувга қўйишди. Кўчада қолсак ҳам иккита норасидасини бошида Муроджон тирик қолса бас дейишмоқда.
Донор сифатида Муроджоннинг турмуш ўртоғи рози. Фақат буйрак алмаштириш харажатлари катта, бу катта суммани тўлаш оила учун оғирлик қилади. Шунинг учун бу оила яхшилар ёрдамига муҳтож. Илтимос, қўлдан келгунча ёрдам қўлини чўзинг. Ёрдам қилишга имконингиз бўлмаса, бошқа гуруҳларга тарқатинг, албатта бу оила сизни дуо қилади. Зеро, Саййидлар авлодидан бўлган бу оила бугунги кунда Аллоҳнинг синовида, шунинг учун уларнинг дуоси мустажоб бўлади, иншаоллоҳ.
Муроджон номидаги пластик рақам қуйида; 9860082546733849
тел: 99 502 89 57
#Masjid #Hashar #Shanba

🤝 Birgalikda MASJID QURAMIZ!


🕌 Barcha savobtalab insonlarni ertaga 8-dekabr, chorshanba kuni Muhammadali Eshonqulov ishtiroklarida Jizzax viloyati BAXMAL tumanida joylashgan «MARKAZIY MASJID» qurilishi xayriya hashariga chorlab qolamiz!

💳 Karta raqam:

8600 0417 7055 5259
(Rahimov Dilmurod)

🤲 ALLOH xayr-u ehsonlaringizni ajrini ziyoda qilib bersin! Omin!

Havo sovuq bo'lishi ehtimoli sababli qalinroq kiyinib olish tavsiya etiladi.

@Muhammadali_Eshonqulov
Forwarded from OYDIN_HAYOT_official (Baxtiyor Adilov 🅰️🅱️)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4.01.2022 @oydin_hayot_tv
" Maqsadi yo‘qlar maqsadi borlarga xizmat qiladi..."

"Haqiqiy omad kaliti yohud savdogarlar ustozi" kitobi muallifi Ahadquli Xolmuhammad o‘g‘li "Oydin hayot" live mehmoni.
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ!

Битта таклиф бор.
Сурхондарёнинг Қумқўрғон туманида адирлар бағрида Пайғамбаримиз САВнинг азийз авлодлари- Саййидлар қишлоғи бор. Ҳамма намозхон. Жуда файзли қишлоқ.

Шу қишлоқда бир неча ўн йилдан буён ичимлик суви йўқ. Халқ қийналиб, узоқ масофадан сув ташийди ёки ичишга яроқсиз бўлган сув истеъмол қилади. Натижада кўпчилик турли хил касалликка чалинади, айниқса болалар…

Африкага эмас, шу ўзимизнинг юртдаги, биз билан ҳамнафас Саййидлар қишлоғига ичимлик суви чиқариб берсак нима дейсизлар!?

Агар шундай савобли ишни қилиш бизларга насиб этса ўзиям савобни тагида қолиб кетардик ин ша АЛЛОҲ.

Ичимлик суви учун 3 минг АҚШ доллар маблағ керак.

Дўстларим, бирлашиб шу ишни қила оламизми? Нима дейсизлар?
Forwarded from BN M
Aziz Musulmonlar. G’AFLATDAN UYG’ONAYLIK!!!

Diyni va Qadriyatlarini, ROBBISIni yaxshi kôrgan musulmonlar!

ALLOH Ta’aloni ISMI A’ZIYZI kuppa kunduzi har kuni oyog’osti bölyapti. Biz bôlsa qornimizdan boshqani ôylolmayapmiz... Bu holda na diynimiz, na oxiratimiz qoladi...
Quyida Özbekistonda chiqarilayotgan Bayce Choyi va Crafers shirinliklarining Logolari. Ikkovlari ham الله Lafzi Jalolani öz logolariga surbetlarcha joylagan. Natijada har sotib olingan Choy va shirinlik axlat qutisidan joy olganda ALLOH Ta’aloning Muborak va Aziz Ismi ham ösha joyga tushadi.... Biz Shunga bevosita sababchi bölmoqdamiz.
Endi shu ishlarni tugatish vaqti yetmadimi?....
shaytonlar ALLOH Ta’aloni mazah qilib kulib yursa biz qornimizni to’ydirib, kôzimizni chirt yumib yuraveramizmi?!!!!
Bugundan bu mahsulotlarni olishga butkul chek qöyish kerak.
Diynimizni xorlash va Robbimizni Ismi A’ziyzini oyog’osti qilishdan tôxtasin. Shoyad, ertaga qiyomatda hisob mahali ALLOH Ta’alo Shu amalimizni qabul qilib, gumrohligimizni kechirsa!!!
ASSALOMU ALAYKUM do'stlar

ALLOH TA'OLO ushbu ramazonni sizdan va bizdan qabul etsin! Kelasi yilgi Ramazon oylariga sog'-Salomat yetishlikni nasib etsin! Siz orqali oila a'zolaringizni ham ushbu muborak kun bilan tabriklaymiz! Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin
ASSALOMU ALAYKUM hurmatli qanotimiz (kanalimiz azolari), uzoq muddatli tanafusdan keyin, yana sizlarga va bizga foydali bo'lgan tijoratga oid xabarlar va ma'lumotlar bilan bo'lishishni boshlayalmiz XUDO xohlasa.

Ushbu mahsulot sotuvini boshlaganimizni ma'lum qilamiz. BioEkoGidrogel suv tanqisligi sabab mehnat zoe bo'lishi, o'simliklarning nobud bo'lishi kabi og'riqli holatlarning oldini oladi XUDO xohlasa
Quyida rasm va videotasvirlarni havola qilamiz

Mahsulotga aloqador yangiliklarni tez - tez e'lon qilib boramiz

Biz bilan bog'lanish uchun:
+998990836345
+998974254665 (telegramm)
2024/10/02 06:25:47
Back to Top
HTML Embed Code: