tgoop.com/ArabTiLi_TakaLLum/39
Last Update:
ARAB TILIDAN BOSHQA HECH QAYSI TIL SIZGA BUNDAY IMKONIYATLARNI BERA OLMAYDI !
Arab tilidan boshqa hech qaysi til sizga Allohning Kalomi (Qur’oni Karim)ni o'zi nozil bo'lgan tilda o'qish imkoniyatini bera olmaydi.
Abdulloh ibn Mas’ud r.a. rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:
“Kim Allohning Kalomidan bitta harf o‘qisa, unga bitta savob yoziladi. O‘sha savob o‘n baravar ko‘paytiriladi. Men alif lom mimni bitta harf demayman. Alif bir harf, lom bir harf, mim bir harfdir”
📖 Alloh Qur’on o‘qigan bandasiga juda ko‘p ajr-savob beradi. Buning uchun birinchi navbatda Qur’onni to‘g‘ri o‘qish qoidalari o‘rganiladi.
Yurtdoshimiz Mahmud Zamaxshariy rohimahulloh “Al-Kashshof” tafsirida Qur’oni Karimda 325343 dona harf bor, deb yozganlar.
325343 dona harfni 10 ga ko'paytirganda 3 253 430 ta kelib chiqdi.
Aynan, arab tili sizga shunday ajru savobga erishish imkoniyatini bera oladi.
Agar siz arab tilini o'rganib, o'zingizga shunday imkoniyatlar eshigini ochishni istasangiz ⤵️
BY Muxlis ilm markazi
Share with your friend now:
tgoop.com/ArabTiLi_TakaLLum/39