tgoop.com/Arabcha_sozlashish/4122
Last Update:
Oldin kamina chet el safariga ko'p chiqqanman. Alhamdulillah bu yil umra safari nasib etdi.
Saudiya Arabistoniga qilgan safarim davomida olgan ba'zi tajribalarimni sizlarga ham ilindim.
Umraga boradiganlarga muhim tavsiyalar.
1. O'ziz bilan ko'p yegulik olmang.
Chunki siz bu safarda och qolmaysiz. Yanayam aniqrog'i ibodat bilan bo'lib olib kelgan narsalaringizni yeyishga vaqtingiz ham bo'lavermaydi. Uni ustiga mehmonxonada beriladigan 2 ba'zan 3 mahal ovqat sizga bemalol yetib ortadi. Ba'zilar olib kelgan pista bodom va nonlarini yeyishga ulgurmaganidan ketishdan oldin boshqalarga berib ketishyapti.
2. Xurmo sotib olishga shoshmang.
Madinada xurmo bog'iga borilganda ko'pchilik o'sha yerdan xurmo sotib olishga shoshiladi. Siz bunday qilmang. Chunki Madinaning har qanday joyidan xatto o'zizga yaqin mexmonxona yonidagi xurmo magazinidan undanda arzon va sifatli ajva xurmosini sotib olishingiz mumkin.
3.Xaramga borishda e'tiborli bo'ling.
Xaramga bormoqchi bo'lsangiz odam kam bo'lganda boraman deb saxar yoki kechasi bormang. Chunki ba'zi paytlari saxar ham, kechasi ham odam ko'p bo'lishi mumkin.
Xo'p unda qachon borish kerak dersiz a ? Siz turgan mehmonxona xonasida televizor bo'ladi. Birinchi kanalida xaramni jonli tarzda uzatib turadi. Shuni kuzatib turing odam kamaygan payt darrov mehmonxona avtobusiga chiqib xaramga yo'l oling. Bepul avtobuslar esa 24 soat ishlab turadi.
4. Zamzam suvini ichishdagi niyat.
Bu borada Xaj va umra kitobchasidagi tavsiyani keltiraman xulosa o'zingizdan.
" Zamzam suvi nimaga ichilsa o'shanga bo'ladi ", - deb, Rasuli Akram sollallohu alayhi va sallam qiziqtirib turganlarida, Abdulloh ibni Muborak roziyallohu anhu:
"...men qiyomat kunidagi chanqog'im uchun ichaman ", deb o'rnak bo'lganlar.
5. Agar sizning kotta xatmi Qur'oningiz bo'lsa.
Agar siz kelishdan oldin kotta xatmi Qur'on boshlab qo'ygan bo'sez uni bu muborak joylarda yakunlab olsez yanada fazilatli bo'ladi.
6. Uydan joynamoz olib kelish.
Sumkangizni to'ldirib uydan kotta joynamoz olib kelmang. Chunki qaytishda sovg'a olganingizda o'sha joynamoz ham joy egallaydi.
Siz turgan mexmonxonaning xar bir xonasida joynamoz bo'ladi. O'shandan ketguningizcha bemalol foydalanib tursez bo'ladi. Ketayotib esa tashlab ketasiz.
Yoki bo'lmasa bu yerga kelganizda o'ziz uchun joynamoz sotib olsez ham bo'ldi o'shani ishlatib yurorasiz.
Joynamozlar juda arzon bu yerlarda.
Xa yana bir gap agar umraga borishdan oldin u yerda o'qiladigan duolarni tarjimasi bilan o'rganib olishni xohlasangiz @ANSORSTUDY arab tili markaziga boring.
Bu xabarni Umraga bormoqchi bo'lgan tanishlarizga yuborib qo'ying.
©Mansurjon Rustamov
Kanalga ulanish ♻️
https://www.tgoop.com/Mansurjon_Rustamov
BY 🇸🇦ARABCHA SO'ZLASHISH🇺🇿
Share with your friend now:
tgoop.com/Arabcha_sozlashish/4122