tgoop.com/BB_Tulyaganov/6009
Last Update:
"Chinozda ayolga tan jarohati yetkazildi" izohi bilan tarqalgan xabarlar yuzasidan
Joriy yilning 16-yanvar kuni Oqqo‘rg‘on tumanida 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro (K.G.) va uning 2001-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i (Sh.U.) o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi Chinoz tumani tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan.
1988-yilda tug‘ilgan fuqaro (K.G.) protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 126(1)-moddasi (Oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. Jabrlanuvchining tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan qat'iy nazoratiga olingan. Tergov yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
@BB_Tulyaganov
BY Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
Share with your friend now:
tgoop.com/BB_Tulyaganov/6009