tgoop.com/BaholashUz/4642
Last Update:
Chet tili imtihoni natijalari yuzasidan apellatsiya berish
🔰 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga binoan chet tili imtihoni natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
📌 Shuningdek, mazkur qarorda apellatsiya shikoyati talabgor tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ravishda to‘ldirilishi belgilangan.
🖥 Ya’ni chet tili imtihoni natijalari yuzasidan apellatsiya berish my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi (my.gov.uz/oz/service/564).
✅ Talabgor test natijasi yuzasidan apellatsiya shikoyatini test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida berishi mumkin.
📆 Apellatsiya shikoyati Apellatsiya komissiyasi tomonidan 2 hafta mobaynida ko‘rib chiqiladi va talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida my.gov.uz sayti orqali xabardor qilinadi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
BY Bilimni baholash agentligi
Share with your friend now:
tgoop.com/BaholashUz/4642