Telegram Web
#Kun_tartibi

Chinoz tumani markazi katta o‘zgarishlar arafasida

Bugun Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Chinoz tumanida bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xususan, infratuzilmani yaxshilash borasida aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan holatlarni tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qildi.

Bu yerda yillar davomida e’tibordan chetda qolib ketgan muammolar to‘planib qolgan. Jumladan, o‘sib borayotgan mashinalar qatnovi hisobga olingan holda ko‘chalar kengaytirilmagan, yo‘l yoqalariga o‘zboshimchalik bilan qurib olingan savdo nuqtalari transportlar oqimiga xalal beryapti, markaz piyodalar uchun xatarli holatga kelib qolgan, xiyobon ham alohida obodonlashtirishga muhtoj.

Zoyir Mirzayev Chinoz markazini piyoda aylanib, bu hududlar qiyofasini tubdan o‘zgartirish, insonlar xotirjam yurishi, dam olishi, sayrga chiqishi, bozor-o‘char qilishi uchun qulay maskanga aylantirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
#Эълон

Ўзбекистон Республикасини ҳимоя қилиш — Ўзбекистон Республикаси ҳар бир фуқаросининг бурчидир. Фуқаролар қонунда белгиланган тартибда ҳарбий ёки муқобил хизматни ўташга мажбурдирлар. (Ўзбекистон Республикаси Конституцияси 64-модда)

«Умумий ҳарбий мажбурият ва ҳарбий хизмат тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни ижросини таъминлаш мақсадида, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 29 январдаги «Ўзбекистон Республикаси фуқароларининг муддатли ҳарбий хизматга навбатдаги чақируви ҳамда белгиланган хизмат муддатини ўтаб бўлган муддатли ҳарбий хизматчиларни Қуролли Кучлар резервига бўшатиш тўғрисида»ги ПҚ- 31 – сонли қарорига асосан 18 ёшдан 27 ёшгача бўлган, бўйи 1.65 смдан баланд, вазни 55 кгдан ортиқ, чақирув ёшдаги фуқаролар МУДДАТЛИ ҲАРБИЙ ХИЗМАТ ва СЧР (1 ойлик) хизматига юборилиш учун 15 февралдан бошлаб (шанба ва якшанба кунларидан ташқари) соат 9:00дан 17:00гача Чиноз тумани Мудофаа Ишлари бўлимига мурожаат қилишлари мумкин.

ЧИНОЗ ТУМАНИ МУДОФАА ИШЛАРИ БЎЛИМИ!!!

Ҳазрат Алишер Навоий айтганларидек, бу дунёда эр йигитнинг энг буюк, эзгу ва муқаддас вазифаси, аввало, ўз оиласи, Ватани ва халқини муносиб ҳимоя қилишдан иборатдир.

МАНЗИЛ: Чиноз тумани ХЎЖА МФЙ Охунбобоев кўчаси 11-уй

Мурожаат учун телефонлар: 71 5931119;
+998931054599
#Тарбия #Фойдали
Болалар эслашмайди:

🙅‍♂️ Қаерга айланишга борганларини
🙅‍♂️ Улар учун қанчалик ишлаганингизни
🙅‍♂️ Қанча кўп ўйинчоқ олиб берганингизни...

✔️ Болалар эслайди:

Уларни қандай ҳис қилдирганингизни
Улар билан ўтказган вақтингизни
Ваъдангизда турганинггизни

@Chinoz_yoshlar
#Chinoz_tumani

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 29-yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida"gi PQ-31 sonli, Toshkent viloyati hokimining 2025 yil 4-fevraldagi 68-10-0-Q/25 sonli qarori hamda Chinoz tumani hokimining 2025 yil 10-fevraldagi 51-10-144-Q/25 sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Chinoz tumani mudofaa ishlari boʻlimida navbatdagi 2025 yil Chaqiruv mavsumiga tayyorgarlikning tashkillashtirilganligi boʻyicha Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov 2025 yil 12-fevral kuni Chinoz tumani mudofaa ishlari boʻlimida yigʻilish oʻtkazdi.

👉BATAFSIL


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Unutmang

❗️Psixotrop va sintetik dori vositalarini surunkali isteʼmol qilish oʻlim bilan yakunlanadi!


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nazorat

⚡️ Giyohvandlik vositalarini sotish uchun Zangiotaga olib kelgan shaxslar IIB tomonidan qoʻlga olindi


Toshkent viloyatida oʻtkazilayotgan “Qoradori-2025” keng qamrovli profilaktik oyligi doirasida Zangiota tumani IIB va DXX tezkor xodimlari hamkorligida navbatdagi tadbir oʻtkazildi.

Batafsil👉 https://IIBB/Dolzar7


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Toshkent_viloyati #Chinoz_tumani
#Humo_MFY

"MILLIYLIK-QONIMIZDA"
liboslar ko'rgazmasi!

👗👚👒👜 Bugun milliylikni targ'ib qilgan holda hududimizda joylashgan 15-sonli maktabning yuqori sinf o'quvchi qizlari o'rtasida mahalla yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va maktab hamkorligida "MILLIYLIK-QONIMIZDA" shiori ostida milliy liboslar ko'rgazmasini o'tkazdik.

(Jarayondan fotolavhalar👆)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maslahat oshi...

"Maslahat oshi" atrofida dabdabali to‘y, ortiqcha chiqimlar haqida emas, farzandlarimizning kelajagi, ta’lim olishi, hunar o‘rganishi haqida gaplashaylik.

@Chinoz_yoshlar
Birozdan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti boshlanadi. Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, faol yoshlarning takliflari eshitiladi.

@alisher_sadullaev
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi

🖋Bugun buyuk siymo, shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. U o‘zidan nafaqat qudratli saltanat, balki bebaho adabiy, ilmiy va tarixiy meros qoldirgan buyuk zotdir.

“Boburnoma” — bu shunchaki xotiralar yoki tarixiy asar emas. Bu hayot maktabi, tajriba, saboq va ibrat manbai. Bobur o‘z hayoti, yurishlari va boshqaruv tajribasi haqida shunchalik aniqlik bilan yozganki, uning asarlari bugun ham yoshlarimizga saboq bo‘lib xizmat qilmoqda.

Biz ajdodlarimiz qoldirgan merosni o‘rganish, qadrlash va undan saboq olish orqali o‘z kelajagimizni barpo etamiz. Boburdek buyuk zotlarning hayoti bizga shuni o‘rgatadi.

#Bobur542 #AjdodlarMerosi

Bizning sahifamiz
: @Chinoz_yoshlar
2025/02/21 13:09:43
Back to Top
HTML Embed Code: