Telegram Web
Mana buni yangilik desa boʼladi )

🔥 Yetakchi АyTi markazlardan biri «Najot Ta'lim» 2-noyabr kuni oʼzining navbatdagi 6-filialini Samarqand viloyatida ochmoqda.

⚡️ Tadbir kuni sizni sovgʼali oʼyinlar, oʼz sohasining mutaxassislari bilan suhbatlar, vaucherlar va katta chegirmalar kutib turibdi.

📅 Qachon: 2-noyabr, shanba, soat 14:30
🙋‍♂️ Kim uchun: barcha uchun ochiq
📍 Qayerda: «Najot Ta'lim» Samarqand filiali

👉 Ochilish marosimida qatnashish

Ochilish marosimi kuni sovgʼali oʼyinda qatnashish uchun yuqoridagi havola orqali hoziroq roʼyxatdan oʼting.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-noyabr kunidan oylik bazaviy meʼyorlar isitish mavsumi uchun mo‘ljallangan shkalaga o‘tadi.

Noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylarida bir oylik meʼyorlar quyidagi tartibda bo‘ladi:

500 m3 gacha — 650 so‘m (1 m3 gaz uchun);
501 m3 dan 2500 m3 gacha — 1500 so‘m;
2501 m3 dan 5000 m3 gacha — 1950 so‘m;
5001 m3 dan 10000 m3 gacha — 2275 so‘m;
10001 m3 va undan yuqori — 2600 so‘m.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
#Iqtibos

“Qirq ming qonunga ega xalqda qonun bo‘lmaydi”.

©️Onore de Balzak


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Tilni eng ko‘p buzayotganlar – tilshunoslar”

Azon Global’ning “Asr shohidi” ko‘rsatuvi, 39-qismida yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon til masalasida fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Tomosha qiling 👉 https://youtu.be/QGoYrnc3cmk

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
#Iqtibos

“Yomon qonunlar va yaxshi amaldorlar bilan mamlakatni boshqarsa bo‘ladi, ammo amaldorlar yomon bo‘lsa, eng yaxshi qonunlar ham yordam bermaydi”.

©️Otto fon Bismark

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi

Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runovning ma’lum qilishicha, tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha 14 oy davom etgan ikki tomonlama muzokaralar yakunlangan.

Shu tariqa AQSh mamlakatimizning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagan 21-davlat bo‘ldi.

Umid qilamizki, a’zo boʻlish ishlari yakuniga yetgach, bu iqtisodiyotimiz yuksalishi yoʻlida muhim qadam boʻladi.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
#Iqtibos

“Hamma odamlar bukri bo‘lgan joyda qaddi-qomati rost majruhdek tuyuladi”.

©️Onore de Balzak

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi saylangan viloyat deputatlari o‘z faoliyatini boshladi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining VII chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
#Iqtibos

“Ongning balandligi alam-ozorlarni ziyoda qiladi. Shuning uchun ruhiy tushkunlikka tushib qolganlarning ko‘pchiligi ziyolilardir”.

©️Odil Sodiq


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
“Xalq nazorati” platformasi ishga tushadi

Aholining gaz, elektr, suv taʼminoti, qurilish, yo‘l va boshqa infratuzilmadagi mavjud muammolari yuzasidan real vaqt rejimida xabar berishga mo‘ljallangan “Xalq nazorati” platformasi ishga tushiriladi.

Mazkur platformaga kelib tushgan murojaatlar tegishli masʼul tashkilotlarga hal qilish uchun yuboriladi.

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
#Iqtibos

“Ikki kecha kitob o‘qiy olmaganman xolos. Nikoh kecham va otam vafot etgan kechada”.

©️Ibn Rushd


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
Samarqanddagi maktablarda taʼlim sifatini oshirish uchun Singapur tajribasidan foydalaniladi

Bu usul qanday samara beradi?

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/ceib

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
🎉 Xushxabar, Lola Animation multfilmi endi YouTubeda!

Do'stlar, bizni shu vaqtgacha qo'llab-quvvatlab kelgan obunachilar, bugun sizga 3 yil davomida tayyorlagan ishimizning ilk namunasini taqdim etamiz. Ishonamizki, Lulu va Nana nomli, ko'p qismli multfilm sizga va bolajonlarga manzur bo'ladi. Ushbu multfilm farzandlarimizning tarbiyasiga ijobiy ta'sir o'tkazishiga ishonamiz va maqsadimiz ham shundan iborat.

So'rardikki, multfilmni farzandlaringiz, jiyanlaringiz, umumiy olganda bolalar bilan birga tomosha qiling. Multfimdagi g'oyalarni batafsil tarzda ularga tushuntirib bering. Agar sizning qurilmangiz Dolby Digital formatni (maxsus ovoz vositasi) qo'llab-quvvatlasa, multfilmni yanada maroq bilan tinglashingiz mumkin bo'ladi. Multfilmdagi barcha jarayonlar, animatsiyadan tortib ovozgacha eng original holda bo'lib, o'zbek xalqiga tuhfa tarzida multfilmni taqdim etamiz!

Marhamat tomosha qiling: https://youtu.be/RFrpXcHtplA

Ko'proq bolalarga yetib borishi uchun ushbu havolani barcha tarmoqlarda ulashing! Do'stlaringiz, tanishlaringiz, hamkasblaringizga ya'ni barcha-barchaga tavsiya qiling. Bizga eng katta yordam bu tavsiyangiz va qo'llab-quvvatlashingizdir!

👉 Qo'llab-quvvatlash

@lola_animationuz
Aziz va muhtaram tibbiyot xodimlari!

Bayramingiz qutlug’ bõlsin. Aholi sog’ligini tiklashda va bevosita bemorlarni davolashda amalga oshirayotgan mashaqqatli va õta ma’suliyatli vazifangizda, sizlarga mustahkam sog’lik, omad va zafarlar tilayman.

Vatanimiz ravnaqi uchun tibbiyot sohasida qilayotgan samarali ishlaringiz uchun õz minnatdorchiligimni bildiraman.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
#Iqtibos

“Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan boy bo‘lmoqqa say ko‘rguzg‘ilki, mol bila boy bo‘lg‘ondan, aql bila boy bo‘lg‘on yaxshiroqdur, nedinkim aql bila mol jam etsa bo‘lur, ammo mol bila aql o‘rganib bo‘lmas. Bilg‘il, aql bir moldurki, uni o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas, suvga oqmas”.

©️Kaykovus


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha yurtimizda tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlandi.

Bu kun Samarqand shahrida faoliyat koʻrsatuvchi shifokorlar uchun ikki hissa quvonchli boʻldi.

Sababi bu yil Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi tashkil etilganiga 100 yil toʻldi.

Biz ushbu qoʻshaloq bayram bilan birlashma xodimlarini yana bir bor tabriklaymiz.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
#Iqtibos

“Hayotdagi muvaffaqiyatsizliging eng muhim sababi barchaning diqqat markazidaman, hamma men bilan mashg‘ul deb o‘ylashingdir. Ishon menga, sen hech kimni qiziqtirmaysan”.

©️Fyodor Dostoyevskiy


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
Tojikistonda Amir Temur hayoti haqida o‘zbek tilida bitilgan qo‘lyozma topildi

Bu haqda Tojikiston milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori, Navoiyshunos olim Badriddin Maqsudov o‘z maʼruzasida maʼlum qildi.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
#Iqtibos

“G‘oyalarni amalga oshirish uchun sarflangan bir dollar bombalar ishlab chiqarish uchun ketgan 100 dollar qiymatiga teng”.

©️Jozef Nay


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
Yangi tizim tajribadan oʻtdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan muhtoj shaxslar uchun protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalarini vaucher asosida elektron tijorat orqali olish tizimi yoʻlga qoʻyilgan edi. Bu tizim muvaffaqiyatli tajribadan oʻtdi.

Tizim 1-oktyabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida ishlab kelmoqda. 1-noyabrdan boshlab esa, Agentlik tomonidan muhtojlikni aniqlash ishlari yanada faollashdi.

Mahsulotlar nogironligi boʻlgan shaxslarga (Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xulosasi asosida) va pensiya yoshidagi nogironligi boʻlmagan shaxslarga (Vrachlik maslahat komissiyasining tibbiy xulosasi asosida) bepul beriladi.

Protez-ortopediya vositalariga ehtiyoji boʻlganlar “Inson” markazlari va mahallalardagi ijtimoiy xodimlarga yoki 1140 qisqa raqami orqali Call-markazga murojaat qilishlari mumkin.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
2024/11/13 17:16:22
Back to Top
HTML Embed Code: